Mutatsion o‘zgaruvchanlik. «Mutatsiya» atamasini fanga birinchi bo‘lib gollandiyalik genetik olim G. De-Friz kiritdi. U ko‘p yillar davomida o‘simliklarda uchraydigan mutatsiyalarni o‘rganib 1901–1903-yillari o‘zining mutatsion ta’limotini yaratdi. Hozirgi kunda mutatsion ta’limotda ilgari surilgan g‘oyalar quyidagilardir:
– mutatsiyalar to‘satdan paydo bo‘ladi, yo‘nalishga ega emas va irsiylanadigan
o‘zgaruvchanlikdir;
– mutatsiyalar individual xarakterga ega, ya’ni populatsiyaning ayrim individlarida sodir bo‘ladi;
– mutatsiya natijasida hosil bo‘lgan yangi belgilar turg‘undir;
– mutatsiyalar natijasida sifat jihatidan o‘zgarishlar sodir bo‘ladi;
– mutatsiyalar har xil ko‘rinishlarda bo‘lib, foydali va zararli, neytral bo‘lishi mumkin;
– mutatsiyalarning uchrash ehtimoli o‘rganilgan organizmlar soniga bog‘liq;
– o‘xshash mutatsiyalar bir necha marta paydo bo‘lishi mumkin. Mutatsion ta’limot keyinchalik har tomonlama rivojlantirildi va mutatsiyalarning ko‘plab
turlari aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |