360
Yukorida zikr etilgan suvni hisobga olish usullari alohida, yoki bir- biri
bilan kushilgan holda kullanishi mumkin. Ularni
tanlash suvni hisobga olish
maqsadi, suvni o’lchash ko’rinishi, suv sarf qiymati, gidravlik imkoniyatlar, suv
o’lchashdagi aniqlik va tezlik kabi omillarga bog’liq.
Suvni hisobga olish usullarini, gidromeliorativ tizimni ma’lum bir
texnologik qismi uchun, tanlash bo’yicha tavsiyalar (2) da batafsil berilgan.
Gidromeliorativ tizimdagi xar kanday suv o’lchash kuroli (suv o’lchash
inshooti, asbobi, qurilmasi) juda murakkab sharoitda (ochik xavoda, yukori namlik
va chang sharoitda, suv va xavo xaroratini keskin o’zgarishida,
aksariyat hollarda
elektr ta’minoti bulmagan joyda va x.o.) ishlaydi. Ular quyidagi asosiy
ekspluatatsion qurilish va texnik-iqtisodiy talablarga javob berishlari kerak.
1.O’lchovlarni talab qilingan aniqligini ta’minlashlari solishtirma xatolik +5
% dan oshmasligi kerak.
2.Nazorat qilinadigan ko’rsatkichlarni ulchov qiymatlarini ularni turli
o’zgarishlarida xam ulchay olishi, kichik bosim va b’eflarni suv satx qiymatlarini
kichik ulchamlarida xam ishlashi. SHu bilan birga tizimdagi
normal ish faoliyati
bo’zilmasligi loyka va kalkuvchisimon jismlarni o’zidan o’tkaza olishlari kerak.
3.Kiyin ekspluatatsion sharoitlarda xam bo’zilmasdan ishlashi.
4.Avtomatlashtirilgan tizimlarda suv hisobini avtomatik ravishda hisobga
olishni ta’minlashi.
5.Sodda va kulay bo’lishi, ishonchli ishlashi, tashki aks ta’sirlardan
ximoyalangan bo’lishi kerak.
6.Ularni gidrotexnik inshootlarda va gidrotexnik stvorlarda joylashishi
kelajakda tizimni avtomatlashtirish jarayoniga tusiklik kilmasligi kerak.
7. Gidromeliorativ tizimni ekspluatatsion, konstruktiv
qurilish va texnik
iqtisodiy talablariga iloji boricha tulikrok javob berishi kerak.
Meliorativ tizimlarda xozirgi kunga kelib kuplab suv ulchov kurollari tavsiya
etilgan va kullanilmokda.
Ular suvni o’lchash uslubi bo’yicha quyidagi asosiy guruxlarga mansubdir:
361
- suv o’lchash regulyatorlari – o’z tarkibida suv o’lchash qurilmasi bo’lgan
boshqariluvchi gidrotexnik inshootlar:,
- tranzit suv sarfini hisobga oluvchi suv o’lchash inshootlari va qurilmalari
(vodoslivlar, darajalangan novlar,ostonalar uchlik urnatma (nasadka)lar va x.o.):,
- tarirovka qilingan inshootlar:,
ulchov va nazorat asbob va qurilmalari.
Barcha suv o’lchov qurilmalari suv o’lchash aniqligi bo’yicha sinflanadi.
Gidromeliorativ tizimlarda ularni ish xususiyatidan kelib chikkan holda suv
ulchov kurollari quyidagicha taqsimot qilinishi tavsiya etiladi:
-suv o’lchash regulyatorlari yangi va rekonstruktsiya qilingan meliorativ
ob’ektlarda, suv taqsimot tugunlarida:
-doimiy suv sarfiga muljallangan
suv ulchov avtomatlari, xo’jalik ichki
tarmogida,
-suvni tinimsiz ulchaydigan seriyali suv ulchov jixozlari bosimli nasos
kuvurlarida, yopik sug’orish tizimlarida, tik zovurlarda qullash tavsiya etiladi.
Bir sug’orish tizimida uni avtomatlashtirish va telemexanika bilan jixozlash
maqsadida bir xil tipdagi suv o’lchash kurollarini qullash tavsiya etiladi.
Boshqariluvchi gidrotexnik inshootlardagi suv o’lchash regulyatorlari (SUR)
suv inshootini suvni o’lchash maqsadida tarirovka qilish imkoni bulmagan takdirda
larga urnatiladi. Ular inshootni konstruktiv imkoniyatidan kelib chikkan holda
uning suv kirish yoki suv chiqish qismiga urnatiladi. Bu regulyatorlarda suvni
hisobga olish inshootni suv kirish yoki suv chiqish
qismida u yoki bu mahsus
qurilma (uchlik, diafragma va x.o.) yordamida xosil qilingan gidravlik qarshiilikka
asoslangan. Bunday suv o’lchash qurilmasidan utgan suv sarf miqdori quyidagi
formulasidan aniqlanadi.
Q= uw
gz
2
,m
Bu yerda u- cuv o’lchash qurilmasining suv sarf koeffitsiyenti:,
w - qurilmaning kundalang kesim ulchami, m
2
z- qarshiilikdan xosil bo’lgan suv satxlari farki, m