181
Sho’r yuvish faqat muntazam zovur bor yerlarda amalga oshiriladi. SHo’r
yuvish joriy va asosli ko’rinishlarda olib boriladi.
Joriy sho’r yuvish – tuprog’i hali sho’rlanmagan, lekin sho’rlanish xavfi
bo’lgan, sho’rlangan yoki tuproq sho’rlanib qolishining biror belgisi topilgan
tuproqlarda qo’llaniladi. Bunday sho’r yuvish davriy
yoki har yili kuz davrida
amalga oshiriladi. Ko’pincha, bunday sho’r yuvish yaxob suvini berish, ba’zida
kuchaytirilgan sug’orish me’yorlari yordamida birgalikda olib boriladi va yaxob
suvi miqdori bilan birga uning me’yori 3000 m
3
/ga, sug’orish suvi bilan birga 2000
m
3
/ga dan oshmaydi.
Asosli sho’r
yuvish tashlandiq, quruq, cho’l yerlarni o’zlashtirishda va sho’r
yuvish me’yori 3000 m
3
/ga dan ko’p bo’lgan maydonlarda qo’llanilib, bu
ko’rinishdagi sho’r yuvishning amalga oshirilish davri Markaziy Osiyo sharoiti
uchun kech kuz hisoblanadi, ya’ni bu davrda sho’rlangan tuproqlar eng kam tabiiy
namlikka va bu yerlardagi sizot suvlarining sathi eng past qiymatga ega bo’lgan
davr hisoblanadi.
Sho’r yuvish jarayoni 2 bosqichdan iborat bo’lib, 1-bosqichda
tuproq
tarkibidagi tuzlarning suvda erish jarayoni amalga oshadi, ya’ni diffuziya jarayoni -
chuchuk suvda tuz eritmalarining tarqalishi ro’y beradi.
Sho’r yuvish uchun mo’ljallangan suvlar sho’rlangan tuproqlarga berilganda,
avvalo, ulardagi kaltsiy xlor,
magniy xlor, natriy xlor va magniy sulfat tuzlari
eriydi.
Sulfat natriy tuzlarining suvda erishi juda sust bo’lganligi uchun ularni yuvib
chiqarishga ko’p miqdorda chuchuk suv kerak bo’ladi. Bu holatlar sho’rlangan
tuproqlarni chuchuklashtirish uchun kerakli sho’r yuvish me’yorlari va sho’r yuvish
davomati turlicha ekanligidan dalolat beradi.
Sho’r yuvish me’yori
(
N
) deb sho’rlangan 1 ga maydonning ma’lum qatlami
(
h
) ni chuchuklashtirish uchun kerak bo’ladigan chuchuk
suv hajmiga aytiladi va
m
3
/ga birlik o’lchamida belgilanadi.
182
Bu qiymat tuproqning sho’rlanish darajasi, sho’rlanish xili, sho’r yuvish
qatlamining
chuqurligi, tuproqning suv fizik xossalari va maydonning
zovurlanganligiga bog’liqdir.
SHo’rxok yerlarning sho’r yuvish me’yori ko’p hollarda tajriba (empirik)
yo’llar bilan aniqlanadi, chunki bu usul loyihachi
va amaliyot uchun ishonchli
hisoblanadi.
Quyida bir qator mualliflar tomonidan tavsiya etilgan sho’r yuvish me’yorini
aniqlash formulalari keltirilgan.
Bir metrli tuproq qatlami uchun V. R. Volobuyev formulasi:
Do'stlaringiz bilan baham: