Irrigatsiya va melioratsiya


 Sug’orish tizimlarda ihotalarni loyihalash



Download 10,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/197
Sana20.07.2022
Hajmi10,88 Mb.
#830393
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   197
Bog'liq
irrigatfsiya

12.3. Sug’orish tizimlarda ihotalarni loyihalash
Sug’orish shoxobchalaridan yo’qolayotgan suvning 75% asosan tuproqqa 
filtrlanib ketayotgan suv miqdoriga to’g’ri keladi. Bu o’z navbatida yer osti 
suvlarining ko’tarilishiga, yerlarni sho’rlanishga va botqoqlanishiga olib keladi. 
Filtrlanib ketayotgan suvdan oqilona foydalanishning eng samarali usuli 
daraxtzorlar yaratishdir. Kanal qirg’oqlari bo’ylab ekilgan ihotalar ko’p maqsadli 
hususiyatlarga ega:
1) Sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash;
2) Dalarni noqulay tabiiy ofatlardan himoyalash;
3) Qishloq xo’jalik ekinlarini o’stirishga qulay bo’lgan mikroiqlimni vujudga 
keltirishdan iborat. 
Sug’oriladigan yerlarda ihotazorlar sug’orish tizimi bilan birga loyihalanadi. 
Sug’orish tizimidagi ihotazorlarning loyihasi tushuntirish bildirishnomasidan, 
hisob-smeta bo’limidan,er ajratish to’g’risidagi dokumentlardan, daraxtzorlarning 
kengligi to’g’risidagi tavsifnomadan, daraxt va butalarning turlaridan va ularning 
joylanishi, ularni yaratish texnologiyasi,ishlarni olib borish muddatidan iborat 
bo’lishi lozim. Loyihada ish hajmi, ko’chatlarga bo’lgan talab, mablag’, 
avtotransport, energiya resurslari, mexanizmlar ko’rsatilgan bo’lishi kerak. 
Loyihalash davrida sug’orish shohobchalarining tarkibi hisobga olinadi.CHunki, 


247 
doimiy, vaqtinchalik sug’orish tizimlari, gidrotexnik inshootlari mavjuddir. Domiy 
ishlayotgan sug’orish tizimiga bosh kanallar va ularning shoxobchalari 
xo’jaliklararo, xo’jalik tizimida va xo’jalikning ichidagi shoxobchalar kiradi. 
12.4 Kanal bo’ylarida ihotazorlarni joylashtirish. 
Ihota o’rmonzorlar iloji boricha kanallarning ikki tomonidan ham ekiladi. 
Vaqti-vaqti bilan tozalanib turiladigan sug’orish tizimlarida,mexanizmlarning 
yurishini hisobga olib bir tomondan ihotazorlar yaratiladi. Bosh kanallarda va 
xo’jaliklararo tizimda, keng ihotazorlar ekiladi, ammo ularning kengligi 50 metrdan 
oshmasligi kerak. 
Ihotazorlarning birinchi qatori kanal dambasidan 3-m masofada ekiladi. Dala 
tomonidagi oxirgi qatorga buta o’simligi ekiladi. Lotok tizimidagi sug’orish 
shoxobchalarida, lotok bilan birinchi qator orasidagi masofa 2,5-3,0 metrni tashkil 
qiladi.
Yopiq drenajli dalalarda ihotazorlar kollektorlar orasidagi masofaning 
o’rtasiga joylanashtiriladi. Ayrim hollarda butalar ekilganda 10-15 m , yaproq bargli 
daraxtlar ekilganda 20 m, nina barglilar ekilganda drenajdan 30 m masofa 
tashlanadi (SN iP 2.06.03-85)(3). 
Ihotazorlarni ekish, parvarish qilish va boshqa hamma ishlarni tashkil qilish 
irrigatsiya o’rmon xo’jaliklari tomonidan olib boriladi. Bu ishlarning to’g’ri 
bajarilishi bo’yicha xo’jalik rahbari javobgar hisoblanadi. Ishlarni bajarish uchun 
brigadalar tuziladi va ularga texnika va mexanizmlar biriktiriladi. Hamma ishlar 
agrotexnika qoidalariga asosan bajarilib bo’lingandan keyin, akt tuziladi va 
ihotazorlarni qo’riqlash va parvarishlash xo’jalik tomonidan olib boriladi. 
Kanal bo’ylarida ekiladigan daraxtlar ko’p jihatdan meliorativ talablarga javob 
beradigan darajada bo’lishi kerak. Daraxt va butalarni tanlaganda, ularning biologik 
xususiyatlari va joyning tuproq, iqlim sharoitlari e’tiborga olinadi. 
Er osti suvlari yer yuziga yaqin bo’lib tuproq namligi yetarli bo’lgan kanal 
bo’ylarida ihotazorlar namlikni sevuvchi terak, chinor, tol kabi daraxtlardan tashkil 
topadi. 


248 
Namgarchilik yetarli bo’lmagan joylarda ihota o’rmonzorlar namga talabchan 
bo’lmagan daraxt turlari akatsiya, eman, shumtol, zarang, qayrag’och, yong’oq va 
boshqalarni ekib tashkil qilinadi. 
SHo’rxoq tuproqlarda (quruq qoldiq 1% dan kam bo’lmagan), yer osti sho’r 
(12 g/l) suvlari yaqin bo’lgan joylarda tuzga chidamli daraxt turlari akatsiya, 
qayrag’och, ingichka bargli jiyda, tut va boshqalar tavsiya qilinadi. SHaroiti biroz 
yaxshi bo’lgan joylarda oz miqdorda zarang, shumtol va terakning gibrid navlari 
ekiladi. Emanzorlar esa sho’r bo’lmagan unumdor tuproqlarga ega bo’lgan, yer osti 
suvlari chuqur joylashgan hududlarda tashkil qilinadi. 
Daraxtlarni tashqi muhitga ayniqsa yorug’likka bo’lgan munosabatini hisobga 
olish kerak. Soyada o’sa oladigan daraxt turlariga qora yong’oq, kashtan, lipa, 
zarang maklyura kabilar kiradi. Bularni ihotazorlar yaratishda ikkinchi yarusni hosil 
qilishda qo’llansa bo’ladi. 
Boshqa turdagi daraxtlar yorug’likka juda talabchan bo’lgani uchun soya 
joylarda yomon o’sadi yoki umuman o’smaydi. 
Kanal bo’ylarida samarali ihotazorlar yaratishda daraxtlarning ildiz tizimini 
rivojlanish xarakteri katta ahamiyatga ega. Tuproqlarni yaxshi ushlab turadigan, 
chuqurlikka ko’p ketadigan kuchli ildiz sistemasiga, chinor, eman, Bolleana teragi, 
yong’oq kabi daraxtlar egadir. Qayrag’och, qora terak, aylant, dala zarangi, 
maklyura, Amerika shumtoli, yapon soforasi daraxtlari tuproqning ustki qatlamida 
yon tomonlarga yaxshi rivojlangan ildiz sistemasiga ega. 
Ihotazorlar yaratishda daraxtlarning tez o’suvchanlik xususiyatini e’tiborga 
olish lozim. Tez o’suvchi daraxt turlariga terak, tol, chinor, akatsiya, aylant, 
qayrag’och kiradi. 
YOng’oq, jiyda, shumtol, gledichiya, zarang kabilar sekin o’sadi. Nisbatan 
o’sadiganlar tarkibiga eman (asosan birinchi yillari) va igna bargli daraxtlar kiradi. 

Download 10,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish