Irrigatsiya va melioratsiya


Rekultivatsiyaning ob’ektlari va mohiyati



Download 10,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/197
Sana20.07.2022
Hajmi10,88 Mb.
#830393
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   197
Bog'liq
irrigatfsiya

13.2.Rekultivatsiyaning ob’ektlari va mohiyati. 
Insoniyatning xom-ashyoga bulgan talabi kun sayin ortib borishi uni yer 
ka’ridan kazib olish suratining ortib borishiga olib kelmokda. Bunday maydonlar 
kulami bir necha yuz ming gektarni tashkil etmokda. Markaziy Osiyo davlatlari 
hududida bunday maydonlar 50000 ga dan ortikdir. Oxirgi ikki, uch avlod uz hayoti 
davomida yer yuzasiga shunday ta’sir kursatdiki, hattoki un ming yillab bundayin 
aks ta’sir bulmagan. Bu holatni fakat tabiiy ofatlar bilangina solishtirish mumkin. 
Er usti katlamining buzilishi uning eng asosiy xossasini 
-
biomassa hosil kilish kobiliyatining yukolishiga, ya’ni biologik 
unumdorlikning yukotilishiga sabab buladi. 
Ishlab chikarishning yerga tutridan-tutri va bevosita ta’siri yer resurslarini 
himoya kilish muammosini insoniyat oldiga kundalang kilib kuymokda. yerlarni 
himoya kilish deganda yerdan foydali kazilmalarni kazib olishni, yer yuzida yo’l va 
boshka tarmoklarni qurishni, gidrologik kidiruv ishlarini tuxtatish degani emas. Bu 
sanab utilgan ishlar insoniyatning ravnaki uchun muhim ishlar hisoblanadi. 
yerlarning unumdorligini saklab kolish yoki kayta tiklashga ularni rekultivatsiya 
kilish orkali erishiladi. 
Rekultivatsiya bu yerlarning biologik unumdorligini, injener-texnik, 
meliorativ, agrotexnik, agroiktisodiy tadbirlar yordamida tiklash deganidir.
Rekultivatsiya ishlari rejasi va uning unumi bizning biologik unumdorligi 
yukolgan yer maydonini va ularning sifatini anik bilishimizga bogliqdir. Bunday 
yerlarning nafakat biologik unumdorligini tiklash, balki ulardan biologik resurslarni 
olish maksadida foydalanish masalalarini yechish kerak buladi. 
Qazilma boyliklarni kazib olishda nafakat tuprokning unumdor katlami, balki 
tarixan Hosil bulgan tabiiy kompleks ham yukoladi. Geologik asosning ustki 
katlamiga katta zarar yetkaziladi. Kupincha, yer yuzasiga usimlik va hayvonot 
dunyosi uchun zararli bulgan jinslar kutariladi. SHuning uchun bunday yerlarda 


252 
tabiiy holatda tuprokning Hosil bulish jarayoni (rekultivatsiyasiz) atrof tabiatidan 
tubdan fark kilishi mumkin. Tabiiy muvozanatning buzilishi va tabiiy holatda Hosil 
bulgan biomassadan xujalik faoliyati uchun foydalanish hech kanday ahamiyat kasb 
etmasligi va buning ustiga bu yerlarda atrof maydonining tabiiy rivojlanishiga 
uzining aks ta’sirini kursatishi mumkin. Bu maydonlarning atrof maydonlariga 
bulgan aks ta’siri maydonlarning balandligi va chuqurlik qiymatlariga borliqdir. 
Buzilgan maydon kulami qanchalik katta bulsa xujalik faoliyatidan shunchalik kup 
maydon chiqit buladi. yer usti va yer osti suv resurslariga ta’sir kursatiladi. SHamol 
va suv eroziyasi maydonlari ortadi. yer yuzasi tuprori, asosan 95% chukma va 5% 
kristal tog’ jinslardan tashkil topgan. Kristal tog’ jinslar uz tarkibida suvni 
saqlamasligi nuqtai nazaridan usimliklar uchun keraksiz hisoblanadi. Bu jinslarning 
biokimyoviy va biofizik jarayonlar natijasida parchalanishi uchun bir necha yuz 
yillar kerak buladi. 
Qazilma boyliklarining yer qa’ridan olinishi natijasida yer yuzasida mavjud 
jinslarning xususiyatlaridan keskin farq qiluvchi jinslarning paydo bulishi usimlik 
va hayvonot dunyosiga uz ta’sirini kursatib, ularning tabiiy holati uzgarishiga sabab 
buladi. Bu maydonlarda tabiiy Tuproq Hosil bulishi uzoq evolyutsiya jarayonidagi 
kuplab borlagichlarning bu jarayonda ishtirok etmasligini kursatmoyeda. Bu 
evolyutsiya hayot qonuniyatidir. 
Er yuzasiga yer yuzasidagi yotqiziqlar xususiyatiga to’g’ri kelmaydigan tog’ 
jinslari chiqishi atrof-muhitning usimlik va hayvonot dunyosi hayotiga xavf 
soluvchi moddalarning paydo bulishiga olib keladi. Bu moddalar tabiiy (shamol, 
suv) va sun’iy (inson faoliyati) kuchlar ta’sirida atrof-muhitga tarqalib, tabiatni 
uzgartirib boradi va tabiatga juda katta ziyon yetkazilishi turgan gap. Misol 
tariqasida yarim metall qazilmalarining yer yuzasidagi uyumlarini olib qaraylik. 
Bundagi kimyoviy moddalarning kontsentratsiyasi usimlik va hayvonot dunyosi 
uchun uta xavfli hisoblanib, yer usti suvlari bilan tezda atrofga tarqalib, uz yulidagi 
tirik jonni halokatga mahkum etadi. Demak, bunday tog’ jinslari uyumining yer 
yuzasida Hosil bulishi nafaqat ular egallagan maydon kulami, balki suv va havo 
orqali ularning tarqalish maydonlari bilan ham ulchanadi. 


253 
Atrof-muhitni himoya qilish uchun avvalo qazib chiqarilgan, zararli 
hisoblangan hamda qayta ishlangan foydali qazilma jins manbalarini bartaraf etish 
kerak buladi. Buning uchun bu yerlarda: 
-
maxsus tanlangan daraxtlar turkumidan madaniylashtirilgan urmonlarni 
barpo etish; 
-
zararli gruntlar ustida toza himoya qatlam tuprog’ini hosil qilish; 
-
agrotexnik tadbirlar natijasida Tuproq qatlamini sog’lomlashtirish; 
Hosil bulgan tuproqdagi aks ta’sirlarga va shurga chidamli ekinlar ekish, 
yuqori agrotexnikani qullash, tuproq namini boshqarish ishlarini bajarish orqali 
yerlarning biologik unumdorligini tiklash kerak. 
Tuproq 
unumdorligining 
asosiy 
(agrofizikaviy 
va 
agrokimyoviy) 
kursatkichlari: 
-
Tuproq zichligi - 1,5 g/sm
3

-
umumiy govakligi - 43-50%; 
-
0,25 mm dan katta ulchamli suvga chidamli agregatlar- 20-25%; 
-
gumus miqdori - 1,1-1,3%; 
-
umumiy azot miqdori - 0,09-0,14%; 
-
100 gr tuproqdagi harakatchan fosfor miqdori - 20-36 mg; 
-
100 gr tuproqdagi almashinuvchi kaliy miqdori - 350-400 mg; 
-
100 gr tuproqdagi nitrifikatsiya qobiliyati - 8 mg; 
RN kursatkichi - 7,3 va h.k. lardan kelib chiqqan holda tuproqning hosil 
bulish jarayonini amalga oshirish kerak buladi. 
Jinslarning fizik-kimyoviy xususiyatlariga asosan tuproqning hosil bulish 
jarayoni turlicha yechiladi. Bunda, kupincha, agrotexnik tadbirlar qul keladi. 
Ma’lumki, usimlik tuproq unumdorligini tiklashda faol ishtirok etadi. CHunki u 
tuproqqa barcha ozuqa elementlarni (hosildan boshqa barcha qismlarni - ildiz, barg, 
poya) qaytarib beradi. Bunday yerlarda yildan-yilga chirindi, azot va boshqa 
elementlar tarkibi kupayib boradi. 

Download 10,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish