XIII.Bob.Erlarini rekultivatsyasi.
13.1.Erlarni rekultivatsiyasi xaqida umumiy tushunchalar
Er rekultivatsiyasi va muxofazasi fanining maksadi:
Sayyoramizda kishilar hayotining farovonligi uchun, albatta, tabiiy
249
resurslardan foydalanish kerak. Lekin tabiiy resurslardan foydalanishda nihoyatda
ehtiyotkorlik bilan, ularning qayta tiklanishiga alohida e’tibor berish bilan birga
olib borilishi kerak. Aks holda, tabiat qashshoqlanib, tabiiy resurslarning, ayniqsa,
Tuproqning holati uzgarib, yomonlashib boraveradi.
Uzbekiston Respublikasining yer fondi 44,74 mln. gektarga teng bulib, yer
fondining yer toifalari buyicha taqsimlanishi yerlarning tabiiy va iqtisodiy sharoiti,
yerlarning tarkibi va sifati bilan uzaro bogliqdir. yerlarni hududiy, miqdoriy va sifat
jihatidan tavsiflash uchun yer turlarining yagona klassifikatsiyasi qabul qilingan.
Ushbu klassifikatsiyaga asosan ular quyidagicha toifalanadi:
1.
Qishloq xujaligi yerlari.
2.
Aholi punktlari yerlari (shaharlar, shahar tipidagi posyolkalar, Qishloq aholi
punktlari).
3.
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga muljallangan
yerlar.
4.
Tabiatni muhofaza qilish, soglomlashtirish, rekreaktsion va tarix-madaniyat
maqsadida muljallangan yerlar.
5.
Urmon fondi yerlari.
6.
Suv fondi yerlari.
7.
Zaxira yerlar.
Er toifalarining tarkibiy qiymatlari har kalendar yilning 1-yanvar holatiga
aniqlanadi. Hozirgi kun holatiga kura, Uzbekiston Respublikasi umumiy yer
fondining 66,2% i qishloq xujaligi yerlariga, 0,5% i aholi yashash joylariga, 4,1% i
sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarda foydalaniladigan yerlarga,
0,1% i tabiatni muhofaza qilishga, soglomlashtirish, dam olish va tarixiy-madaniy
maqsadlarga muljallangan yerlarga, 16,4% i urmon fondi yerlariga, 1,4% i suv
fondi yerlariga va 11,3% i zaxira yerlarga biriktirilgan.
Ushbu klassifikatsiyaga kirgan yerlardan qishloq xujaligi yerlari katta
ahamiyat kasb etadi. CHunki bu yerlardan qishloq xujaligi mahsulotlarini
yetishtirish uchun uzluksiz ravishda foydalaniladi. qishloq xujaligi yerlari guruhini
sugoriladigan, jumladan, haydalma yerlar, kup yillik daraxtzorlar, buz yerlar,
250
pichanzorlar va yaylovlar tashkil etib, sugoriladigan yerlar 4300 ming ga (14,5%),
shu jumladan haydalanadigan yerlar 4073 ming ga (13,7%), kup yillik daraxtzorlar
361,3 ming ga (1,2%), pichanzorlar 122,4 ming ga (0,4%) va yaylovlar 24261,3
ming ga (81,6%) dan iboratdir.
Qishloq xujaligi yerlari tarkibiga kirmaydigan, ammo qishloq xujaligiga
xizmat qiladigan yerlar bu urmonlar, ihota urmonlar, butazorlar, jarliklar,
botqoqliklar, shuningdek, suv (suv havzalari, kanallar, zovurlar) ob’ektlari, jamoat
binolari, yullar va boshqalar bilan band bulgan yerlardir. Bu yerlar qishloq xujaligi
yerlaridan oqilona foydalanishga xizmat kiladi. Boshqa tomondan, ushbu yer turlari
qishloq xujaligi ishlab chiqarishda, qandaydir mahsulot yaratishda tugridan-tugri
qatnashmasa-da ular, asosan, ishlab chiqarishni joylashtirish va rivojla ntirishda
ishtirok etib, jamiyat hayotida muhim urin tutadi.
Qishloq xujaligi ishlab chiqarishi, fan va texnikaning rivojlanishi bilan
yerdan foydalanish tavsifi ham uzgaradi. Kupincha, oldin noqulay, tashlandiq deb
sanalgan yerlar yaxshilanadi, haydaladi va madaniy yerlarga aylantiriladi. SHu
bilan bir vaqtning uzida, bir qism qishloq xujaligi yerlari, ularning sanoat va aholi
punktlariga aylantirilishi, meliorativ jihatdan yaroqsizlanishi, yemirilishi,
ifloslanishi, chullashishi, kuchishi va h.k.lar hisobiga har yili bu toifadan
chiqarilmoqda.
SHuning uchun ham Tuproqni buzilishdan, eroziyadan, ifloslanishdan, suv
bosish va shurlanishdan himoyalash tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona
foydalanishdagi tarkibiy masalalardan biri hisoblanadi. CHunki, Tuproq
unumdorligining yuholishi qishloq xujaligi ekinlarining Hosildorligini pasaytirish
bilan birga daryo, suv havzalari va sugorish tarmoqlarini ifloslantiradi, turli
kasalliklarni va noqulayliklarni keltirib chiqaradi.
Respublikamiz hududida shamol va suv eroziyasi har yili qishloq xujaligiga
katta iqtisodiy zarar keltirib unga qarshi kurashmaslik yil sayin kuplab qishloq
xujaligidagi yer maydonlarining qishloq xujaligi oborotidan chiqarilishiga, jarliklar
maydonining kengayishiga olib kelmoqda. SHuning uchun ham Tuproqlarning
buzilishiga, ularning eroziyasi, ifloslanishi, suv bosishi va shurlanishiga qarshi
3
251
kurashish uslublarini qullash nafaqat Uzbekistonda, balki chet mamlakatlarda ham
keng qullanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |