14.3.Irrigatsiya va melioratsiya tizimlaridan foydalanish jarayoni
bo’yicha e’lon qilingan qonun, qarorlar va nizomlar mazmuni va mohiyati
O’zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi
qonuni 29 bob 119 moddadan iborat bo’lib unga 1993 yil 6 may kuni imzo
cheqilgan.
Qonunning vazifalari suvga doir munosabatlari tartibga solish, aholi va xalq
xo’jaligi extiyojlari uchun suvdan oqilona foydalanishdan, suvni bulg’anish,
ifloslanish va kamayib ketishdan saqlash, suvning zararli ta’sirlarini oldini olish va
uni bartaraf qilish, suv ob’ektlarining xolatini yaxshilash, shuningdek suvga oid
munosabatlar soxasida korxonalar, muassasalar tashkilotlar, dehqon xo’jaliklari va
fukorolarning huquqlarini himoya qilishdan iboratdir (1modda).
Suv to’g’risidagi qonunlar (2 modda), suvga davlatning egaligi (3modda),
yagona davlat suv fondi tarkibi (4modda) qonunda belgilangan.
Qonunda davlat xoqimiyati va boshqaruvi organlarining suvga doir munosabatlarini
tartibga solish soxalari 5, 6, 7 moddalarda belgilangan.
Suvdan foydalanish va uni muxofaza qilish soxasida davlat boshqaruvi va
nazorati vaqolatlari qonunning 8, 9 va 10 moddalarida keltirilgan bo’lib jumladan
O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jalik vazirliklari yer usti suvlari
bo’yicha o’z vaqolatlari doirasida suvdan foydalanishni tartibga solish soxasidagi
mahsus davlat organlari hisoblanadi.
Qonunda shuningdek suvdan foydalanuvchilar, suvdan foydalanish
ob’ektlari, suvdan foydalanish turlari jumladan suvdan birlamchi va ikkilamchi
foydalanuvchilar o’rtasidagi munosabatlar ham belgilangan.
Qonunning 30 moddasida suvdan limit bo’yicha foydalanish barcha suv
iste’molchilariga nisbatan majburiyligi, hamda suv tarmoqlari ob’ektlarini asrash va
tiklash, bu soxada xizmat qiluvchi xodimlarni moddiy ta’minlash maqsadida
foydalanilgan suvga to’liq yoki qisman xak to’lash joriy etilishi ko’rsatilgan.
Qonunning 32 moddasida suvdan foydalanuvchilarning huquqlari 35
268
moddada esa burchlari sanab o’tilgan.
Suvdan foydalanuvchilaning huquqlaridan:
-beriladigan suvni miqdori va sifatini tekshirish;
-shartnoma bo’yicha olinmay qolgan suv uchun tavon tullanishini talab qilishni;
Burchlaridan esa suvni olishning belgilangan me’yorlariga rioya etishlari,
xo’jalik va tabiat ob’ektlariga zarar yetkazilishiga yo’l ko’ymasliklari, suv
resurslaridan foydalanganlik xakini o’z vaqtida to’lashlari shartligini belgilanganligi
suvga nisbatan munosabatlarni alohidaligidan dalolat beradi.
Qonunning XIII bobi suv ob’ektlaridan Qishloq xo’jaligi extiyojlari uchun
foydalanishga bag’ishlangan bo’lib uning 48 moddasi Qishloq xo’jaligida suvdan
foydalanishni rejalashtirish qoidalari keltirilgan bo’lib suvdan foydalanish umumiy
tizimi rejalarini, tuman ahamiyatidagi tizimlar bo’yicha – tumanlarning xoqimiyat
organlari: viloyat, respublika ahamiyatiga ega tizimlar bo’yicha – tegishli ravishda
viloyat, respublika Qishloq va suv xo’jaligi organlari tasdiklaydilar.
49 moddaga binoan yerdan foylanish mulkchiligining kaysi shakliga
asoslanganligidan kat’ nazar, suv fondi yerlaridan sug’oriladigan yerlar doirasidagi
xo’jaliklararo kanallar va inshootlardan, yer osti suvi chiqargichlari yagona tizimi
sifatida foydalaniladi va ular davlat mulki hisoblanib, ularni xususiylash mumkin
emas.
Qonunni 54 moddasida suvdan foydalanuvchilarning suv olishni ko’paytirish
yoki kamaytirish maqsadida xo’jaliklararo ahamiyatga ega bo’lgan kanallardagi va
suv omborlardagi gidrotexnika inshootlarini uzboshimchalik bilan boshqa
maromga solishlari, shuningdek ularga muvaqqat to’siqlar nasos stantsiyalari va
boshqa inshootlar qurishlari takiklanishi ko’rsatilgan.
Kanallar va boshqa gidrotexnika inshootlari ustidan traktorlar, Qishloq xo’jalik
mashinalari, avtomobil va boshqa tranasos stantsiyasi porti vositalarini xaydab
o’tish, shuningdek muljallanmagan joylardan chorva mollarini xaydab o’tish va
sug’orish takiklanasi qonunni 55 moddasida keltirilgan.
Qonunning 78.,79.,80.,81.,82 modallari suv inshootlaridan foydalanishga
bag’ishlangan bo’lib jumlan 82 moddada gidrouzellar, hamda daryolar,soylar,
269
magistral va xo’jaliklaaro kanallar, kollektorlardagi boshqa gidrotexnika
inshootlari davlat suv ob’ektlari hisoblanib, ana shu inshootlardan foydalanishni
ularni loyihalash vaqtida ishlab chiqarilgan qoidalarga muvofiq Qishloq va suv
xo’jaligi organlari amalga oshiradilar.
Ichki xo’jalik gidromelioratsiya tarmog’idagi gidrotexnika inshootlaridan, shu
jumladan sug’orish kanallari va kollektor-drenaj tarmoqlaridan foydalanishni,
ularga egalik qiluvchi suvdan foydalanuvchilar amalga oshiriladi, Qishloq va suv
xo’jaligi organlari suvdan foydalanuvchi bilan tuzilgan shartnomalarga binoan ichki
xo’jalik tarmoqlari va ulardagi inshootlarga texnika xizmat ko’rsatishni uz
zimmalariga olishlari mumkinligi ko’rsatilgan.
Qonunning XXVI va XXVIII boblari suv to’g’risidagi qonunlarni buzganlik
uchun javobgarlik va yetkazilgan zararlarni undirish tartiblariga bog’ishlangan
Suvdan cheklangan mikdorda suv resurslari taqchilligi kuchayotgan sharoitda aholi
va xalq xo’jaligini suv bilan kafolatli ta’minlash va undan tejamli, hamda samarali
foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 3 avgust № 385 sonli
suvdan cheklangan miqdorda foydalanish to’g’risidagi karori qabul qilinib
«O’zbekiston Respublikasida suvdan cheklangan miqdorda foydalanish bo’yicha
vaqtinchalik tartib» qabul qilingan va unga asosan suv xo’jaligi organlari bilan
suvdan foydalanuvchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar tartibi belgilangan.
YUqorida keltirilgan qonun va karor va solik to’g’risidagi kodeks asosida «Suv
ta’minoti va undan foydalanish to’g’risida namunaviy shartnoma» ishlab chiqilib
«Ta’minlovchi» (Qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasi) va «Iste’molchi» (suvdan
foydalanuvchi) o’rtasidagi munosabatni qonunlashtiradi.
Suvdan foydalanuvchilar tomonidan «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»
gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 3 avgustdagi 385-sonli karori
talablarni buzilganda O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi
«Uzsuvnazorat» Respublika suv inpektsiyasi tomonidan mahsus shakldagi
«Dalolatnoma» tuzilib, suvdan foydalanish qonun va qoidala.rini buzganlik uchun
jarima solish xakida «Tulovnoma» orqali jarima solinadi.
O’zbekistonda Qishloq xo’jaligining asosiy ishlab chiqarish vositasi bo’lgan
270
yer davlat mulki hisoblanadi. Davlat qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanadigan
korxonalar va xo’jaliklarga, shuningdek fuqarolarga muddatsiz yoki vaqtinchalik
foydalanish uchun yer ajratib beriladi. Davlat yer fondi yer egaligi yoki yerdan
foydalanuvchilar xududidagi barcha yerlarni xaydalma yerlar, aholi punktlari
yerlari, daraxtzorlar, yaylov, pichanzor, o’rmonzor qo’riq yerlar, sanoat, transport
aloqa, mudofa va boshqa maqsadlarda mo’ljallangan yerlar, zahira yerlar va
x.k.larning jamini o’z ichiga oladi.
Respublikaning umumiy yer fondi 44797,7 ming ga barcha Qishloq xo’jaligi
yerlari 27987 ming ga, shundan sug’orishga yarokli yerlar 5 mln.ga sug’oriladigan
yerlar maydoni 4,3 mln.ga. Resublika yer fondining asosiy qismi (62% ga
yakini) Qishloq xo’jaligi yer turlari toifalariga mansub, qolgan qismi fukarolar
yerlari, tomorka ( 1%), o’rmon va tukayzorlar (3,2%) va Qishloq xo’jaligida
foydalanilmaydigan yerlardan (34,2) iborat sug’oriladigan yerlar jami yer
resurslarining 9,2 %ni tashkil etishga karamay respublika Qishloq xo’jaligida
yetishtiriladigan yalpi maxsulotlarning 98,5% shu yerlarda yetishtirildi.
O’zbekistonda keyingi 90 yil sug’oriladigan yerlar maydoni 2,4 marta
ko’paydi ( 1914 yilda 1809,5 ming.ga 1989 yilda4,295 ming.ga) keyingi un
yilliklarda irrigatsiya va melioratsiyaga katta e’tibor berildi. Respublika aholisi
sonining usish sur’atlari sug’oriladigan yerlarni kengaytirish sur’atlaridan usib
ketish natijasida aholi jon boshiga to’g’ri keladigan sug’oriladigan xaydalma yer
maydoni yildan yilga kamayib 0,35 ga dan 0,17 ga bordi,Erlardan oqilona
foydalanish ularni muxofaza qilish, tuproq unumdorligini tiklash tabiiy muxitni
asrash va yaxshilash,xo’jalik yuritishning hamma shakllarini teng huquqlar asosida
rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasining yer
Kodeksi 1998 yil 30 aprel qabul qilingan Kodeks 14 bob 91 moddadan iborat
bo’lib yer fondi tarkibi. yer tuzish tartibi jumladan yer monitoringi, davlat yer
kadastri yuritish belgilangan. Davlat yer kadastri yerning qiymat bahosini aniqlash
uchun asos bo’ladi va uning ma’lumotlari yerdan foydalanish va ularni muxofaza
qilishda, yer uchastkalarini berishda yer uchun tulanadigan xak miqdorini
belgilashda va x.o tadbiq etiladi.
271
yer kodeksining 4 bobi yerga bulga mulkchilik, yuridik va jismoniny
shaxslarning yer uchastkalariga bo’lgan huquqlari to’g’risida bo’lib 16 moddada
– yer davlat mulki ekanligi uni oldi – sotdi qilish, ayirboshlash, xadya etmaslik,
garovga ko’yish mumkin emasligi ko’rsatilgan.
Yuridik va jismoniy shaxslar yerdan doimiy, muddatli ( vaqtincha)
foydalanishi, ijaraga olish va mulk huquqi asosida yer uchastkalariga ega
bo’lishlari mumkin. SHu bilan birga 17 moddaga binoan jismoniy shaxslar yer
uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqiga egaligi
ko’rsatilgan. yer uchastkalariga meros qilib qoldirilgan umrbod egalik qilish huquqi
O’zbekiston Respublikasining fukorolari:
dehqon xo’jaligi yuritish uchun;
yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun;
jamoa bog’dorchiligi va uzumchiligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan
umrbod egalik qilishga yer uchastkasi olish huquqiga egadirlar.
Doimiy yoki muddatli (vaqtincha) foydalanish uchun yer uchastkalari:
O’zbekiston Respublikasining fukorolariga;
Sanoat, tranasos stantsiyasi port hamda boshqa noqishloq xo’jalik korxonalari,
muassasalari va tashkilotlariga;
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga xalqaro birlashmalar va
tashkilotlarga;
Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga berilishi 20 moddada ko’rsatilgan bo’lib
yuqorida har bir xolatlar davlat xujjatlari bilan
tasdiklanishi ko’rsatilgan.
O’zbekiston Respublikasida yerdan foydalanganlik uchun xak har yili yer
soligi shaklida olinishi va uning miqdori yer uchastkasining sifatiga, joylashishiga
va suv bilan ta’minlanish darajasiga karab belgilanadi.
Er uchastkalarida ijaraga berilganda yer uchun xak ijara xaki shaklida taraflarning
kelishuviga muvofiq olinadi.
Er soligi stavkasining 1 baravaridan kam va 3 baravaridan ko’p bo’lmasligi, yerdan
Qishloq xo’jaligi uchun foydalanilganda 1 stavka miqdori bo’lishi 20 moddada
272
keltirilgan. 5 bob yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijara va yer uchastkasi
mulkdorining xukun va majburiyatlari 6 bob Qishloq xo’jaligiga muljallangan
yerlar to’g’risida moddalar keltirilgan.
Qishloq xo’jaligida foydalanish va sug’orish uchun yarokli bo’lgan, suv
resurslari shu yerlarni sug’orishni ta’minlay oladigan sug’orish manbai bilan
bog’langan doimiy yoki muvokkat sug’orish tarmog’iga ega bo’lgan yerlar
sug’oriladigan yerlar jumlasiga kiradi.
Qishloq xo’jaligiga muljallangan yerlar:
Qishloq xo’jaligi kooperativlariga (shirkat xo’jaliklariga);
tajriba ishlab chiqarish ukuv tajriba va ukuv ishlab-chiqarish xo’jaliklariga;
O’zbekiston Respublikasi fukorolariga: fermer xo’jaliklari dehqon xo’jaliklari
yuritish uchun, yakka tartibda bog’dorchilik, polizchilik va chorvachilik yuritish
uchun jamoa bog’dorchiligi, polizchiligi va uzumchiligi uchun;
Qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanmaydigan korxonalar, muassasalar va
tashkilotlarga – yordamchi Qishloq xo’jaligini yuritish uchun beriladi.
Qishloq xo’jaligi yerlari uzga maqsadlarga, qoida tariqasida keyichalik Qishloq
xo’jalik maqsadlarida foydalanish uchun yarokli xolga keltirish sharti bilan
vaqtincha foydalanishga beriladi.
Fermer xo’jaliklariga zahiradagi yerlar,mahsus respublika fondi yerlari,
mehnat resurslari yetarli bo’lmagan xo’jaliklardagi va sug’oriladigan chngi
movzelardagi yerlar beriladi. Ularga zarar kurib ishlayotgan yoki nam rentabelli
Qishloq xo’jaligi korxonalarining yerlari ham berilishi mumkin.
Qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi) har bir a’zosining, boshqa Qishloq
xo’jaligi va o’rmon xo’jaligi korxonalari, muassasalari, hamda tashkilotlarida (har
birining xodimining oilasiga) , hamda o’sha tashkilotlarda ishlagan va hamon ishlab
kelayotgan ukituvchilar shifokorlar va boshqa mutaxassislarning oilariga, dehqon
xo’jaligi yuritish beriladi.
Shaharlar va posyolkalarda, shuningdek qishloq aholi punktlarida yashovchi,
dehqon xo’jaligi yuritish uchun tomorka yer uchastkalariga ega bo’lmagan
fuqarolarga korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning iltimosnomasiga binoan
273
jamoa bog’dorchiligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik
qilishga yoki jamoa polizchiligi uchun vaqtincha foydalanishga yer uchastkasi
tuman xokimi tomonidan beriladi. Bu yerlarda uy joy binolari va boshqa kapital
inshootlar qurish taqiqlanadi.
Yer kodeksining 57 moddasiga binoan yordamchi qishloq xo’jaligini
yuritish
uchun
viloyat
xokimi
foydalanilmayotgan
yoki
samarasiz
foydalanilayotgan yerlarni, qonun xujjatlarida nazarda tutilgan xollarda esa qishloq
xo’jaligiga mo’ljallangan boshqa yerlarni ham doimiy egalik qilishga berishi
mumkin.
Yer Kodeksi 7 bobi aholi punktlarining yerlari, 8 bob sanoat tranasos
stantsiyasi port, aloqa, mudofa va boshqa maqsadlarga muljallangan yerlar, 9 bob
alohida muxofaza etiladigan xududlarning yerlari 10 bob o’rmon fondi, suv fondi
yerlari va zahira yerlariga bag’ishlangan, suv fondi yerlariga suv xavzalari (
daryolar, qo’llar, suv omborlari) va gidrotexnika va boshqa suv xo’jaligi inshootlari
egallab turgan, shuningdek suv xavzalarining va boshqa suv ob’ektlarining
qirg’oqlari boylab ajratilgan mintakadagi suv xo’jaligi extiyojlari uchun korxonalar,
muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda berilgan yerlar kiradi.
Suv fondi yerlarida suv ob’ektlariga salbiy ta’sir ko’rsatadigan xo’jalik
faoliyati yuritish va qurilish ishlari olib borish takiklanadi deb ko’rsatilgan. 11 bob
yerlarni muxofaza qilishga 14 bob esa yer to’g’risidagi qonun xujjatlarni buzganlik
uchun javobgarlikga tegishli bo’lib quyidagi xolatlarda aybdor shaxslar qonunda
belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar:
er uchastkalarini oldi-sotdi qilish, ularni xadya qilish garovga quyish, yer
uchastkalarini uz boshimchalik bilan ayirboshlash;
erlardan belgilangan maqsadda foydalanmaslik;
er uchastkalarini uzboshimchalik bilan egalab olish;
Qishloq xo’jaligi yerlarini va boshqa yerlarni yaroksiz xolga keltirganlik;
erdan foydalashning tabiatni muxofaza qilishga oid talablarini bajarmaganlik;
erlardan xo’jasizlarga foydalanganlik, yerlarning xolatini yaxshilash hamda
tuproqni suv va shamol erroziyasidan va tuproq xolatining yomonlashuviga olib
keladigan boshqa jarayonlardan saqlash majburiyatlarini bajarmaganlik va x.k.
274
Do'stlaringiz bilan baham: |