Jamol Kamol (1938) - Uning “Olam kirar yuragimga” deb nomli birinchi sheʼriy toʻplami 1968 yilda chop etildi. Shundan soʻng shoir birin-ketin “Choʻqqilarga yogʻildi yogʻdu” (1971), “Tosh tugʻyon” (1973), “Hasan va oy” (1974), “Quyosh chashmasi” (1975), “Dostonlar” (1978), “Tafakkur” (1979), “Suvaydo” (1983), “Umidli dunyo” (1988) toʻplamlarini, “Armon”, “Varaxsha”, “Eshikdagi oy toʻlqini”, “Tosh tugʻyon”, “Shahribonu” kabi dostonlarini eʼlon qildi. Mustaqillik yillarida Jamol Kamol ijodi juda sermahsul boʻldi: “Asr bilan vidolashuv” (Saylanma, 2007), “Yana koʻnglimda uch oy” (2010), “Safar daftari” (2012) singari bir qator asarlari yuzaga keldi. Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy maʼnaviy” (2002–2004), Hazrati Alining “Devon”i (2006), Farididdin Attorning “Mantiqut tayr” (2006) hamda “Ilohiynoma”, “Asrornoma”, “Pandnoma va bulbulnoma”, “Hikmatlar” (2007–2012), Abdurahmon Jomiyning “Gulshaningda soʻlmasin gul” (2008), Vilyam Shekspirning “Sonetlar” (2009), Alisher Navoiyning “Foniy gulshani” (2011) kabi jahon mumtoz adabiyotidan jami yigirma yettita asarni ona tilimizga oʻgirdi.
Jamol Kamol adabiyotimizdagi munosib xizmatlari uchun 1992 yilda “Oʻzbekiston xalq shoiri” unvoniga sazovor boʻldi.
Xosiyat Bobomurodova (1950) - dastlabki sheʼrlari “Guliston”, “Sharq yulduzi” jurnallarida bosildi. Shoira 1978 yili viloyat gazetasiga ishga oʻtgach, unga ijod uchun imkoniyat tugʻildi. “Daryodan katta” degan ilk sheʼriy toʻplami (1979) nashr etildi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi. Shundan soʻng “Qalb titrogʻi” (1984), “Turnalarim” (1984), “Samarqandga maktublar” (1988), “Men uzgan gullar” (1992), “Murod qasri” (1997) kabi qator sheʼriy toʻplamlari dunyo yuzini koʻrdi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Xosiyat Bobomurodova keyingi paytda “Bola koʻtargan ayol” dramasini, “Jonimning egasi”, “Vatan yagonadir”, “Toʻylar muborak” nomli sheʼriy majmualarni yaratdi.
Shoira “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
Test savollari
1. Erkin Vohidovning she’rlari berilgan qatorni belgilang.
“O‘zbekiston bog‘lariga qaytib keldi bulbullar”, “Vatan umidi”
“O‘zbek qomusi”, “Vatan umidi”
“Vatan umidi”, “Sharof Rashidovning xotirasiga”
“Sen umrimning tongisan”, “Vatan qomusi”
2. “Tong lavhasi”, “Kamtarlik haqida”, “Buloq”, “Sevgi” she’rlarining muallifi kim?
A) Abdulla Oripov
B) Saida Zununova
C) Zulfiya
D) E.Vohidov
3. Nemis shoiri Gyotening “Faust” asarini o‘zbek tiliga qaysi shoirimiz tarjima qilgan?
A) Erkin Vohidov
B) Abdulla Oripov
C) S.Ahmad
D) Xurshid Davron
4. Shoirning dastlabki she’riy to‘plami 1978- yilda “Mening osmonim” nomi bilan chop etilgan. Ushbu so‘zlar kimga qarata aytilgan?
A) Azim Suyun
B) Mirtemir
C) Erkin Vohidov
D) O.Hojiyeva
5. “… Har holda so‘zlarni qofiyalashga ishqiboz bo‘lib qolganim esimda. Balki zerikkanimdan, balki zavqim toshib, nimadir yozgim kelaveradi. Fikr esa yo‘q. Yozmaslikning ham iloji yo‘q”. Ushbu jumlalar kimga tegishli?
A) Oybek
B) Abdulla Oripov
C) O.Yoqubov
D) Ch.Aytmatov
6. Erkin Vohidov dostonlari sanalgan qatorni toping.
A) “Nido”, “Lirika”, “Iztirob”
B) “Orzu chashmasi”, “Quyosh maskani”, “Ruhlar isyoni”
C) “Ishq savdosi”, “Umr daryosi”, “Nido”
D) “Haj daftari”, “Ozodlik”, “Ruhlar isyoni”
7. “Iltijo”, “Ishq kemasi” she’riy to‘plamlari muallifi qaysi qatorda to‘g’ri berilgan?
A) Ozod Sharafiddinov
B) Muhammad Ali
C) Erkin Vohidov
D) Muhammad Yusuf
8. E.Vohidovning ilk to‘plami qanday nomlangan?
A) “Tong nafasi”
B) “Mitti yulduz”
C) “Tong yulduzi”
D) “Karvon qo‘ng‘irog‘i”
9. Azim Suyunning “Darada” she’rining ma’nosi to‘g’ri izohlangan javobni aniqlang.
A) ruhiyat
B) manzara
C) hayol og’ushi
D) tong shamoli
10. Muayyan bir o‘lchov (vazn) asosidagi ritmga, musiqiy jarangga ega bo‘lgan, hissiy jihatdan to‘yintirilgan nutq…
A) lerik chekinish
B) she’riy nutq
C) manologik nutq
D) retim
10. “Zamin taqdiri”, “Sarbadorlar”, “Sharq hikmati” kitoblari muallifini aniqlang.
A) Muhammad Ali
B) To‘ra Sulaymon
C) Azim Suyun
D) Muhammad Yusuf
11. O‘n oykim, so‘lmishdir u tanish na’ra.
Hamon firog‘ida fig‘on chekar Shosh.
Bahor kelayotir, bosh ko‘tar, qara,
O, surur kuychisi, dongdor zamondosh.
Abdulla Oripov qalamiga mansub ushbu satrlarda kim nazarda tutilgan?
A) Maqsud Shayxzoda
B) G‘afur G‘ulom
C) Oybek
D) Abdulla Qahhor
12. Quyidagi she’rlarni ularning muallifi bilan moslashtiring.
a) “Turkiston bolalariga”, b) “Sen umrimning tongisan” c) “Vatan umidi”
d) “Vataningni o‘stir” e) “Bag‘ishlov”
1. Xurshid Davron 2. Abdulla Oripov 3. Erkin Vohidov
4. Usmon Azim 5. Sirojiddin Sayyid
A) 1-b; 2-a; 3-c; 4-d; 5-e
B) 1-a; 2-b; 3-c; 4-e; 5-d
C) 1-b; 2-c; 3-a; 4-d; 5-e
D) 1-e; 2-a; 3-b; 4-d; 5-c1.
13. Muhammad Yusuf o‘zining qaysi she’rida “Olislarda qolgan Usmonlar borligi va jayrondek termulguchi Cho‘lponlar haqida so‘z yuritadi?
A) “Yurtim ado bo‘lmas armonlaring bor…”
B) “Osmonning oxiri”
C) “Iqror”
D) “Osmonimga olib ketaman”
14. “Guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek, yov kelganda o‘zini chetga olgan, jon shirinlik qilib sha’nidan kechgan, hatto do‘stlarini sotgan kimsalar haqida”. Muhammad Yusuf o‘zining qaysi she’rida so‘z yuritadi?
A) “Osmonimga olib ketaman”
B) “Osmonning oxiri”
C) “Iqror”
D) “Yurtim ado bo‘lmas armonlaring”
15. O‘tgan asrning 60-80- yillarida o‘z she’riyati bilan “o‘zbek millatini tuyg‘ularning quruqshab qolishdan saqlab qolgan” adib kim?
A) Rauf Parfi
B) Abdulla Oripov
C) Azim Suyun
D) Usmon Azim
16. Milliy poeziyamizda birgina qatordan iborat she’r muallifini aniqlang.
A) Faxriyor
B) Bahrom Ro‘zimuhammad
C) Ikrom Otamurod
D) Rauf Parfi
17. “Mumtoz g‘azaliyotimizning oltin eshiklari abadiy bekildi, deya karomat qilishayotganda yosh avlod orasida birinchilardan bo‘lib aruzning tabarruk ostonasida posbon yanglig‘ paydo bo‘ldi”. Yuqoridagi fikrlar kim tomonidan va kimga nisbatan aytilgan?
A) Abdulla Oripov Shavkat Rahmonga
B) Erkin Vohidov Iqbol Mirzoga
C) Abdulla Oripov Erkin Vohidovga
D) Abdulla Oripov Sirojiddin Sayyidga
18. 70-80- yillarda o‘zbek she’riyatida «hayot kuychisi» nomini olgan shoirni ko‘rsating.
A) Muhammad Yusuf
B) Mirmuhsin
C) Rauf Parfi
D) Erkin Vohidov
19. Erkin Vohidov ijodida o‘rinsiz faxr-iftixor tuyg‘usi bilan boyitilgan ba’zi she’rlarini uchratishimiz mumkin. Shunday she’rlar berilgan qatorni toping.
A) “O‘zbekiston faxriyasi”, “Iftixor tuyg‘usi”,
B) “Inson qasidasi”, “Iftixor tuyg‘usi”, “Hozirgi yoshlar”
С) “O‘zbekiston faxriyasi”, “Inson qasidasi”
D) A va C
20. Men kuyladim bu olam aro
Sobit turgan xalqimni faqat!
Ushbu misralar kimning qaysi she’ridan olingan?
Abdulla Oripov “Sozim»
Erkin Vohidov “Vatan istagi”
Sh.Rahmon “Turkiylar”
Muhammad Yusuf “O‘zbekiston”
21. “Haj daftari”, “Hikmat sadolari” kabi turkumlar muallif kim?
A) Asqad Muxtor
B) Mirtemir
C) Rauf Parfi
D) Abdulla Oripov
22. Quyida keltirilgan she’rlarni ularning mualliflari bilan moslashtiring.
“Imon” b) “Dunyo masali” c) “G‘iybat”,
1. Sirojiddin Sayyid 2. Abduvali Qutbiddin 3. Abdulla Oripov
A) 1-b; 2-a; 3-c
B) 1-a; 2-b; 3-c
C) 1-c; 2-a; 3-b
D) 1-b; 2-c; 3-a
23. U – realistik, haqiqatparast shoir, murakkab va ziddiyatli hayotning shabadalari haqida gapirganda haqiqatdan chekinmaydi. Ushbu fikrlar kim haqida?
A) Rauf Parfi
B) Abdulla Oripov
C) Erkin Vohidov
D) Shavkat Rahmon
24. U – hayot haqiqatini ko‘rsatishdan oldin, ko‘ngil haqiqatlarini, ruhiyat chinliklarini ifodalashga moyil. Hech kim ko‘rmagan holatni hech kimga o‘xshamaydigan tarzda ko‘rsatish uning qismati. Ushbu ta’rif qaysi shoir ijodi haqida?
A) Asqad Muxtor
B) Mirtemir
C) Rauf Parfi
D) Abdulla Oripov
25. Qaysi qatorda Muhammad Yusufning she’rlari keltirilgan?
“Said Ahmad”, “Mo‘minjon”, “Ma’ruf Jalil”, “Xursanoy opa”
“Daryodek chayqalib, daryodek toshib”, “Bo‘saga”
“Beshinchi o‘g‘il”, “Tutzor oralab”, “Said Ahmad”, “Bo‘saga”
“Duo”, “Daryodek chayqalib, daryodek toshdim”, “Beshinchi o‘g‘il”
26. Bu dostonda Spartak, haqqi-yu, Zevs siymosi, Sezar nayzasi-yu Chingiz cho‘qmori, Freyd falsafasigacha bo‘lgan moziy qatlamlariga nazar tashlanadi. Yuqoridagi mulohazalar kimning qaysi asariga taalluqli?
A) Abdulla Oripov «Yuzma -yuz»
B) Erkin Vohidov «Ruhlar isyoni»
C) Mirtemir «Surat»
D) Usmon Nosir «Nil va rim»
27. Rauf Parfining inson ruhiyatining o‘ta chigal, murakkab holatlarini tasvirlagan she’rlaridan birini ko‘rsating.
A) «Xato qildim…»
B) «Vahshiy dunyo…»
C) «Fursat o‘tmakdadur…»
D) «Oh, qanday yashayman sensiz…»
28. Faqat Abdulla Oripov qalamiga mansub she’riy to‘plamlar berilgan qatorni aniqlang.
1. Shoir yuragi; 2. Suv qizi; 3. Bedorlik; 4. Mitti yulduz; 5. Vatan istagi; 6. Yillar armoni; 7. Onajon
A) 1, 2, 4, 6
B) 1, 3, 4, 6,
C) 2, 3, 5, 7
D) 4, 5, 6, 7
29. O‘zbek sahnasi yulduzlaridan Shukur Burhonov foliyatiga doir faktlar keltirilgan asar muallifi qaysi qatorda to‘g’ri berilgan?
O.Matjon
B) R.Farfi
Mirtemir
Xayyom
30. Shoira Zulfiyaning fikricha, she’rlar qachon poeziyaga aylanadi?
A) matbuotda e’lon qilinganda
B) shaklan va mazmunan go‘zallashganda
C) she’rlar ustida qunt va chidam bilan ishlaganda
D) minglarcha kishilar o‘z qalbi va dili bilan his etganda
31. O.Matjonning qaysi she’rida yomonlarning adovati tufayli ayriliqqa duch kelgan oshiq holati o‘ta mayin ifodalangan?
A) “Eng so‘nggi xazina”
B) “Qo‘shiq”
C) “Ko‘rdim: Shukur Burhon”
D) “Ochiq derazalar”
32. “Tutzor xotiralari”, “Xonadon”, “Ozodlik” she’rlarining muallifi kim?
A) Abdulla Oripov
B) Erkin Vohidov
C) Shavkat Rahmon
D) Usmon Azim
33. “Qandaysiz?”, “Yaxshi bor”, “Qalbimda oqadi bir daryo olov”, “Jonim, hali mening oshiqlarim ko‘p” , “Senga qanday boray, vayrona ko‘ngil” she’rlarining muallifi kim?
Xosiyat Bobomurodova
Oydin Hojiyeva
Zulfiya
Salomat Vafo
34. Azim Suyunning birinchi she’riy to‘plami berilgan javobni aniqlang.
A) “Olis tonglar”
B) “Xayolat”
C) “Mening osmonim”
D) “Ey do‘st”
35. “Darada” nomli she’r muallifi qaysi qatorda berilgan?
A) Muqimiy
B) Shavkat Rahmon
C) Azim Suyun
D) Zulfiya
36. “Hazrati inson” bo‘lishi nihoyatda qiyin ekanligi falsafiy tarzda bayon etilgan she’r va muallifi kim?
A) Azim Suyun “Oq va qora”
B) Abdulla Oripov “Ona sayyora”
C) Azim Suyun “Bahodirsiz kelar Arg’umoq”
D) Erkin Vohidov “Nido”
37. “Tamom”, “Azob darralarini”, “Mayli, ketgil”, “Bir kun ketsam”, “Bir toza ishq bo‘lsa” she’rlarining muallifini belgilang.
Zulfiya
Oydin Hojiyeva
Zebo Mirzo
Go‘zal Begim
38. Dantening “Ilohiy komediya” asarini kim katta mahorat bilan o‘zbek tiliga tarjima qilgan?
A) Mirtemir
B) Usmon Nosir
C) Abdulla Oripov
D) Ozod Sharafiddinov
39. O‘zining she’rlari bilan “quruqshagan o‘zbek she’riyatiga o‘ychil g‘am, g‘amchil o‘y” olib kirgan adib kim?
A) Zulfiya
B) Abdulla Oripov
C) Muhammad Yusuf
D) Erkin Vohidov
40. She’r izlayman bugun Toshkent ko‘chalarida,
Sekingina zirqiraydi beorom qalbim.
Men umrimning bu so‘ronli kechalarida,
Na bir taskin topa oldim, na she’r topoldim.
Muhammad Yusuf
Hamid Olimjon
Erkin Vohidov
Abdulla Oripov
41. 1974-1976-yillarda “Sharq yulduzi” jurnalida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan adib kim?
A) Xudoyberdi To‘xtaboyev
B) Erkin Vohidov
C) Abdulla Oripov
D) Said Ahmad
42. “Ruhim”, “Xotirot”, “Yurtim shamoli” she’rlarining muallifi qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) Abdulla Oripov
B) G‘afur G‘ulom
C) Erkin Vohidov
D) Zulfiya
43. U – realistik, haqiqatparast shoir, murakkab va ziddiyatli hayotning shabadalari haqida gapirganda haqiqatdan chekinmaydi. Ushbu fikrlar kim haqida?
A) Rauf Parfi
B) Shavkat Rahmon
C) Erkin Vohidov
D) Abdulla Oripov
44. “Har holda so‘zlarni qofiyalashga ishqiboz bo‘lib qolganim esimda. Balki zerikkanimdan, balki zavqi toshib, nimadir yozgim kelaveradi. Fikr esa yo‘q. Yozmaslikning ham iloji yo‘q”.
A) Abdulla Oripov
B) Odil Yoqubov
C) Chingiz Aytmatov
D) Oybek
45. “O‘zni ozod qush kabi ko‘rmoqni istar bu ko‘ngil” Ushbu misra muallifini aniqlang.
A) Erkin Vohidov
B) Abdulla Oripov
C) Hamid Olimjon
D) Zulfiya
46. “Mumtoz g‘azaliyotning oltin eshiklari abadiy bekildi, deya karomat qilishayotganda yosh avlod orasida birinchilardan bo‘lib aruzning tabarruk ostonasida posbon yanglig‘ paydo bo‘ldi”
Yuqoridagi fikrlar kim tomonidan va kimga nisbatan aytilgan?
Erkin Vohidov Iqbol Mirzoga
Abdulla Oripov Erkin Vohidovga
Abdulla Oripov Shavkat Rahmonga
Abdulla Oripov Sirojiddin Sayyidga
47. Rauf Parfining she’riy to‘plamlari berilgan qatorni belgilang.
1. “Aks-sado” 4. “Tasvir” 7. “Sakina”
2. “Xotirot” 5. “Inson manzarala 8. “Zaytun novdasi ”
3. “Tavba” 6. “Dengiz xayoli” 9. “So‘ngi vido”
A) 1,2,3,4,7,9
B) 1,3,4,5,6,7
C) 3,4,5,7,8,9
D) 2,4,6,7,8,9
48. Quyidagi asarlardan qaysilarini Rauf Parfi tarjima qilgan?
1. Bayron “Manfred” 4. Nozim Hikmat “Inson manzaralari”
2. Karlo Kaladze “Dengiz xayoli” 5. A.Tvardovskiy “Zaytun novdasi”
3. Dante Aligyeri “Ilohiy Komediya” 6. Pushkin “Yevgeniy Onegin”
A) 1,3,4,5
B) 1,2,3,4
C)2,3,4,6
D) 3,4,5,6
49. “Erkin Vohidov dilbar rubobiy taronalari, asr armoni, fig‘oni darajasiga ko‘tarilgan dostonlari qatori g‘oyt nozik lutf, beozor qochirimlar, ayni paytda istehzo, kinoya-kesatiqlar, o‘tkir ijtimoiy pafos bilan yo‘rilgan hajviyoti, benazir tabassumi bilan ham elimiz uchun ardoqlidir.”
Ushbu fikrlar kimga tegishli?
Umarali Normatov
Abdulla Oripov
Ulug‘bek Hamdam
Abdug‘afur Rasulov
50. Qaysi shoirning she’riyati XX asr shuurini, keskin fojialar dramatizmini ifodalashga jazm etgan jasoratli she’riyatdir.
A) Erkin Vohidov
B) Abdulla Oripov
C) Hamid Olimjon
D) Rauf Parfi
51. Rauf Parfiga qaysi to‘plami uchun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Hamid Olimjon nomidagi yillik mukofoti berildi?
A) “Sabr daraxti”
B) “Abdurauf Fitrat”
C) “Qora devor”
D) “Tangri sog‘inchi”
52. 1992-yilda Xalqaro Mahmud Qoshg‘ariy mukofoti bilan taqdirlangan adib kim?
A) Abdulla Oripov
B) Usmon Azim
C) Rauf Parfi
D) Erkin Vohidov
53. “Uyg‘oq tog‘lar”, “Gullayotgan tosh”, “Hulvo” kabi she’riy to‘plamlar muallifi kim?
A) Shavkat Rahmon
B) Usmon Azim
C) Rauf Parfi
D) Erkin Vohidov
54.Taniqli ispan shoiri Lorkaning she’rlarini rus va ispan tillaridan kim tarjima qilgan?
A) Abdulla Oripov
B) Usmon Azim
C) Rauf Parfi
D) Shavkat Rahmon
55.“Kelinchak”, “Hayotga ta’zim”, “Bolalik dostoni”, “Bo‘zto‘rg‘ay” kabi poemalar muallifi kim?
Zulfiya
Xalima Xudoyberdiyeva
Oydin Hojiyeva
Go‘zal Begim
56. Oydin Hojiyevaning ona va bola mavzusiga bag‘ishlangan dolzarb maqolalarini belgilang?
“Ruhimizga yong‘in tushmasin”, “Ziyorat”
“Meni iztirobga solar bu o‘ylar”, “Millatning qayg‘usi nima?”
“Millatning qayg‘usi nima?”, “Tavallud taronasi”
“Kelinchak”, “Mushfiq onajon”
57. “Alla” pyesasi kimning avtorlashtirilgan tarjimasida hozirgi Oʻzbek milliy akademik drama teatri sahnasida qoʻyilgan?
A) Halima Xudoyberdiyeva
B) Zebo Mirzo
C) Oydin Hojiyeva
D) Salomat Vafo
58. Zebo Mirzoning ilk sheʼriy to‘plami qaysi?
A) “Tun malikasi”
B) “Ajr”
C) “Nur kukunlari”
D) “Siz va siz uchun”
59. Qaysi shoiraning “Ajr”(1997), “Nur kukunlari” (2004), “Ishq”(2012) kabi sheʼriy kitoblari mavjud?
A) ZeboMirzo
B) Halima Xudoyberdiyeva
C) Oydin Hojiyeva
D) Salomat Vafo
60. Qaysi shoira “Rangin dunyo”, “Ijod maktabi”, “Siz va siz uchun” kabi tasviriy sanʼat, madaniyat, adabiyot namoyondalari hayoti va ijodi haqidagi manaviy-maʼrifiy mavzudagi bir qator turkum koʻrsatuvlar muallifi hisoblanadi?
A) Zebo Mirzo
B) Halima Xudoyberdiyeva
C) Oydin Hojiyeva
D) Salomat Vafo
61. Halima Xudoyberdiyevaning she’riy to‘plamlari berilgan qatorni belgilang.
1. “Mushfiq onajon” 5. “Muqaddas ayol”
2. “Hurlik o‘ti” 6. “Yuragimning og‘riq nuqtalari”
3. “Suyanch tog‘larim” 7. “Shabnam”
4. “Chaman” 8. “To‘marisning aytgani”
A) 1,2,3,4,5,6,7,8
B) 2,3,4,5,6,8
C) 1,3,5,9
D) 2,4,6,8
62. Halima Xudoyberdiyeva qaysi to‘plami uchun Davlat mukofoti bilan taqdirlangan?
A) “Mushfiq onajon”
B) “Muqaddas ayol”
C) “Hurlik o‘ti”
D) “Yuragimning og‘riq nuqtalari”
63. “Lirik she’riyatda kompozitsiya” nomli dissertatsiya muallifini belgilang.
A) Azim Suyun
B) Usmon Azim
C) Jamol Kamol
D) Ulug‘bek Hamdam
64. “Makkayi Mukarrama, Madinayi Munavvara” asari bilan islomiy ma’rifat va ma’naviyatning rivojiga hissa qo‘shgan adib kim?
A) Azim Suyun
B) Usmon Azim
C) Jamol Kamol
D) Ulug‘bek Hamdam
65. Jamol Kamolning she’riy to‘plamlari berilgan qatorni belgilang.
A) “Asr bilan vidolashuv”, “Yana ko‘nglimda uch oy”, “Safar daftari”
B) “Ilohiynoma”, “Foniy gulshani”, “Sonetlar”
C) “Haj daftari”, “Safar daftari”, “Hasan va oy”
D) “Tosh tug‘yon”, “Quyosh chashmasi”
66. Jamol Kamolning tarjimalari berilgan qatorni belgilang.
1. Hazrat Ali “Devon”
2. Abdurahmon Jomiy “Gulshaningda so‘lmasin gul”
3. S.Ulug‘zoda “Firdavsiy”
4. Vilyam Shekspir “Sonetlar”
5. Farididdin Attor “Ilohiynoma”, “Asrornoma”
A) 1,3,5
B) 1,2,4,5
C) 1,5
D) 1,2,3,4,5
67. Qaysi shoir “Millatning tashrif qog‘ozi” deya e’tirof etiladi?
A) Azim Suyun
B) Usmon Azim
C) Jamol Kamol
D) Ulug‘bek Hamdam
68. Qaysi shoirning “Insonni tushunish” nomli ilk she’riy kitobi jamoatchilikning e’tiborini tortadi?
A) Erkin A’zam
B) Usmon Azim
C) Jamol Kamol
D) Ulug‘bek Hamdam
69. Radiodramaturgiyadaa yozilgan “Baxtli bo‘laylik”, “Hujjatli film uchun syujet”, “Bahodir va malika” pyesalari kimga tegishli?
A) Xurshid Davron
B) Usmon Azim
C) Jamol Kamol
D) Ulug‘bek Hamdam
70. Usmon Azimning qaysi spektakli “Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasiga sazovor bo‘lgan?
A) “Kunduzsiz kechalar”
B) “Alpomishning qaytshi”
C) “O‘tgan zamon hangomalari”
D) “Sevgi”
71. Usmon Azim qaysi asari uchun “Eng yaxshi dramaturg” deya e’tirof etiladi?
A) “Kunduzsiz kechalar”
B) “Alpomishning qaytshi”
C) “O‘tgan zamon hangomalari”
D) “Sevgi”
72. Usmon Azim qanday mukofotlar bilan taqdirlangan?
A) “Ofarin”, GruziyaningV.Mayakovskiy nomidagi Davlat mukofoti
B) Mahmud Qoshg‘ariy nomidagi Davlat mukofoti
C) Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti
D) Javohirla’l Neru nomli mukofoti
73. Usmon Azimning dramatik asarlarini belgilang.
A) “Ikkinchi aprel”, “Kuz”, “G‘aroyib ajdarho”, “Baxshiyona”
B) “Jodu”, “Adibning umri”, “Bor ekan-da, yo‘q ekan”, “G‘ussa”
C) “Jimlik”, Adibning umri“
D) “Uyg‘onish azobi”, “Uzun tun”, “Ko‘zgu”
74. Kim Amir Temurning 660, Ulug‘bekning 600 yilligiga, Parijda YUNESKO qarorgohida, “Odeon” teatrida namoyish etilgan Buxoro va Xivaning 2500 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan teatrlashgan tomoshalar va 21 qismli “Temurnoma”, 2 qismli “Buxoroyi Sharif” videofilmlari ssenariylari muallifi hisoblanadi?
A) Xurshid Davron
B) Bahodir Karim
C) Usmon Azim
D) Erkin A’zam
75. Xurshid Davronning tarjimalarini belgilang?
1. “Qirq bir oshiq daftari”
2. Abdurahmon Jomiy “Gulshaningda so‘lmasin gul”
3. S.Ulug‘zoda “Firdavsiy”
4. Vilyam Shekspir “Sonetlar”
5. Farididdin Attor “Ilohiynoma”, “Asrornoma”
6. Yapon shoirlarining “Dengiz yaproqlari”
A) 1,2,3,5,6
B) 1,6
C) 1,3,5
D) 1,2,3,4,5,6
74. Xurshid Davron qanday mukofotlar bilan taqdirlangan?
A) “Ofarin”, GruziyaningV.Mayakovskiy nomidagi Davlat mukofoti
B) Mahmud Qoshg‘ariy nomidagi Davlat mukofoti
C) Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti
D) Xalqaro “Oltin qalam” mukofoti, Ozarbayjonning Mikoyil Mushfiq mukofoti
75. Mahmud Qoshg‘ariy nomidagi Xalqaro mukofot bilan taqdirlangan adiblarni belgilang?
A) Abdulla Oripov, Erkin Vohidov
B) Xurshid Davron Rauf Parfi
C) Usmon Azim, Rauf Parfi
D) Erkin Vohidov, Xurshid Davron
76. Xurshid Davronning she’riy to‘plamlari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) “Asr bilan vidolashuv”, “Yana ko‘nglimda uch oy”, “Safar daftari”
B) “Tungi bog‘lar”, “Bolalikning ovozi”, “To‘marisning ko‘zlari”
C) “Haj daftari”, “Safar daftari”, “Hasan va oy”
D) “Tosh tug‘yon”, “Quyosh chashmasi”
77. Bir necha bor “Yilning eng yaxshi qo‘shig‘i” matni muallifi bo‘lgan adib kim?
A) Usmon Azim
B) Ulug‘bek Hamdam
C) Iqbol Mirzo
D) Xurshid Davron
78. Iqbol Mirzoning she’riy to‘plamlari berilgan qatorni belgilang.
1. “Qo‘shiqlarim” 4. “Sizni kuylayman” 2. “Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun” 5. “Tosh tug‘yon” 3. “Seni bugun ko‘rmasam bo‘lmas” 6. “Meni eslaysanmi?”
A) 1,2,3,4,5,6
B) 1,3,5
C) 2,4,6
D) 1,2,3,4,6
79. Qaysi adib 2015-yili O‘zbeiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan “Vatan uchun yashaylik” tanlovining g‘olibi bo‘lgan?
A) Usmon Azim
B) Ulug‘bek Hamdam
C) Abduvali Qutbiddin
D) Xurshid Davron
80. Abduvali Qutbiddinning she’riy to‘plamlari berilgan qatorni belgilang.
A) “Asr bilan vidolashuv”, “Yana ko‘nglimda uch oy”, “Safar daftari”
B) “Nayson”, “Humo”, “Bor”
C) “Haj daftari”, “Safar daftari”, “Hasan va oy”
D) “Tosh tug‘yon”, “Quyosh chashmasi”
Do'stlaringiz bilan baham: |