ҚИРҚ олтинчи илмий-амалий конференцияси материаллари


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 6,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/185
Sana08.06.2022
Hajmi6,93 Mb.
#644261
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   185
Bog'liq
Talabalar konferensiyasi 2020.05.22

 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Bahrom Madrimov “O‘ZBEK MUSIQA TARIXI” Toshkent-2015 
2.
Butun jahon ensiklopediasi - wikipedia.org 
3.
Ziyonet.uz
4.
O‘zbekiston milliy kutubxonasi rasmiy sayti-Natlib.uz


~ 85 ~ 
MUSIQA DARSLARINING O‘QUVCHIGA KO‘RSATADIGAN TA‘SIRI 

Shonazarov Shoxzod
San‘atshunoslik fakulteti Musiqa ta‘limi yo‘nalishi
2-bosqich 203-guruh talabasi. 
Ilmiy rahbar: Zoirov Zarif 
 
Bugungi kunda jamiyat orasida ma‘naviyatli va madaniyatli shaxslarga ya‘ni 
erkin fikrlovchi dunyoqarashi har tomonlama keng bo‘lgan yoshlarga ehtiyoj ko‘payib 
ortib borayotgani hech birimizga sir emas albatta. Bu jarayonni kuzatib turgan 
o‘qituvchilar, xususan, musiqa o‘qituvchilari o‘zlarini ushbu madaniyatli shaxslarni 
tarbiyalashga ma‘sul deb his etishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki o‘quvchida 
ma‘naviy ongni shakllantirish avvalambor musiqa o‘qituvchisining zimmasidagi ulkan 
vazifalardan biridir. Kundalik turmush tarzida o‘quvchining ijtimoiy hayot bilan 
bo‘ladigan munosabatlari ijobiy bo‘lishida musiqa fani anchagina muhim o‘rin tutadi va 
bu holatni chuqur anglab yetgan pedagog, albatta bolaning har tomonlama ongini 
o‘stirishga xizmat qila oladi. Chunki musiqa bolaning ko‘nglini yumshatadi, butun 
borliqqa mehr qo‘yishini ta‘minlab beradi. Xo‘sh, endi musiqa fani o‘qituvchisi buning 
uchun nimalarga e‘tibor berishi kerak? U bolaga nimalarni o‘rgatishsi va nimalarni 
tushuntirishi lozim? Bu masalaga alohida e‘tibor qaratishimiz zarurdir. Chunki hozirgi 
paytda tarbiya olayotgan yoshlarning qay darajada o‘sib ulg‘ayishi mana shu jarayonga 
bog‘liq holatdir. Demak, o‘qituvchi avvalambor fanning maqsad va vazifalarini chuqur 
anglab yetmog‘i lozim. Undan keyin musiqa fani bolalarni madaniyatli etib tarbiyalash 
va rivojlantirishning qudratli vositasi deb qarashi kerak. Ushbu vazifani bajarish uchun 
bolaga kerakli ma‘lumotni bera olishi, bu jarayonda bolaga musiqa asboblarini chalishni 
o‘rgatish yoki ashula aytishni chuqur o‘rgatish muhim emas, muhimi musiqa darslari 
orqali bolani madaniyatli qilib tarbiyalash yuksak darajaga ko‘tarilgan bo‘lmog‘i lozim.
Zamonaviy maktablarda o‘qituvchi o‘z oldiga quydagi maqsadlarni qo‘yadi.
5.
O‘quvchining ongiy salohiyati tubdan yaxshilanishi uchun avvalo unga musiqa 
fani orqali tarixiy hodisalarni aytib o‘tish, ya‘ni musiqa tarixida o‘chmas iz 
qoldirgan bobolarimizning erishgan yutuqlari hamda musiqa haqida aytgan 
fikrlari;
6.
Musiqa kitobida berilgan qo‘shiqlar orqali bolaning ko‘ngliga yetib borish, hayot 
va san‘at hodisalariga nisbatan hissiy-qadriyatli munosabatini rivojlantirish; 
7.
O‘quvchining badiiy didini intellektual va hissiy olamini shuningdek, ijidiy 
qobiliyatini tubdan takomillashtirish hamda uni go‘zallik qonunlari asosida 
baholash ya‘ni o‘zini o‘rab turgan olamni qanchalik to‘g‘ri tushunishini aniqlash;
8.
O‘quvchiga mumtoz va zamonaviy musiqa san‘atimiz to‘g‘risida ma‘lumotlar 
beriah, shu bilan bir qatorda xorijiy musiqa madaniyati haqida ham aytib o‘tish. 
Bu orqali bolada o‘z yurtidagi milliy madaniyati bilan xorijiy davlatlarning 
madaniyatini taqqoslash imkoniga ega bo‘lamiz; 


~ 86 ~ 
9.
Yuqorida aytib o‘tilgan fikrlar orqali bolaga o‘z yurtining mumtoz va zamonaviy 
musiqa san‘atiga va chet el san‘at turlariga bo‘lgan qiziqishlarini shakllantirish;
10.
Bolalarni ijodiy qobiliyatini rivojlantirish; 
11.
O‘quvchining musiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish, rivojlantirish va 
rag‘batlantirish;
12.
Bolaning musiqani ifodali ijro etishiga ko‘maklashish, musiqa ta‘limi sohasiga 
yo‘naltirish;
13.
Dunyoqarashni musiqaviy tomonlama shakllantirish ya‘ni tabiat va intimoiy 
hayotda bo‘ladigan hodisalarni musiqa orqali chuqur anglatish;
Biz yuqorida aytib o‘tgan barcha amallar bilan bolani yetuklikka chorlab
odamlarga, tabiatga va butun borliqqa bo‘lgan muhabbatini namoyon ettirishimiz 
mumkin. Shunda barcha hodisalarni tez va chuqur anglab yetib, unga to‘g‘ri baho bera 
oladi. Birgina musiqa fani avval ta‘kidlaganimizdek mukammal tarzda o‘tilsa albatta o‘z 
samarasini beradi. Yana shuni ham aytib o‘tishimiz lozimki, barcha amallar uyg‘unlikda 
olib borilganda bola o‘ziga xos did sohibiga ayalanadi. Bu oddiygina did emas, musiqiy-
badiiy didi yuksak darajada shakllanadi. Did o‘zi nima? U qanday bo‘lishi lozim. Bu 
masalada alohida to‘xtalib o‘tamiz.
Did (estetikada) - hayot va san‘atning barcha sohalarida bolaning estetik 
hodisalarni farqlash, tushunish va baholash qobiliyatidir. Did - insonning tarixan 
shakllanib o‘zgarib turuvchi ma‘naviy salohiyatlari ko‘rinishidir.
Yuksak darajadagi did sohibi bo‘lgan bolada musiqaningeng serqirra jilolari nafis 
va mungli ohanglari o‘z aksini topadi. Didni aslida qanday ekanligi har bir bolaning 
go‘zallik haqidagi tushunchasi belgilaydi.
Didsizlik - me‘yorni buzish, uni bilmaslik va unga amal qilmaslikdir. Inson didi 
hech qachon tug‘ma bo‘lmaydi. Musiqa o‘qituvchilari esa bola didini musiqa darslari 
orqali shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Bolaning musiqaga qiziqishini nima orqali o‘stirish mumkin? 
Eng avvalo o‘yin. O‘yinli texnologiyalar - bu bolalarni musiqiy rivojlanishining 
asosi bo‘lib hisoblanadi. Bu o‘rinda musiqaning tahlili emas, balki uni obraz va his-
hayajon, kechinmalar bilan yetkazib berish birinchi o‘rinda turadi.
Musiqa fani bilan bolaning uzviy bog‘liqligi ham shundadir. Agar o‘quvchiga 
musiqa darslari o‘tilmasa bola o‘z kayfiyatini ko‘tara olmaydi, ko‘nglida iliqlik, mehr-
u shafqat va boshqa tuyg‘ulari juda sust bo‘ladi. Bu fanning o‘ziga xos jihatlaridan yana 
biri shundaki, u bolada betakror tasavvurni uyg‘otadi. Misol uchun, musiqa bilan oshno 
bo‘lgan bola kitob o‘qishga kirishgan bo‘lsa, u kitobdagi voqealarni shu qadar tez va 
chuqur anglaydiki, boshqa bolalarda aslo bunday qobiliyat bo‘lmaydi. Bu degani kitobni 
ham shuncha tez anglagan bola hayotini yaxshilashda uni qanday qilib rohat-farog‘atda 
o‘tkazish mumkinligini juda yaxshi biladi deganidir.
Muhtaram Prezidentimizning besh tashabbusni qabul qilinishida birinchi bo‘lib, 
san‘at sohasini qo‘yganligi ham bejizga emasdir. Chunki, san‘at sohasi hamisha kerak 
va hammaga kerak. U bilan kishining ko‘ngli yayraydi. Hozirgi kunga kelib besh 
tashabbusning birinchi ustuvor yo‘nalishida ham ko‘plab say-harakatlar va islohotlar 


~ 87 ~ 
olib borilmoqda. Jumladan, 2018-yilda har bir viloyatda bittadan na‘munaviy maqom 
ansambllari tashkil etildi. Albatta bu o‘zbek xalqining boy ma‘naviy va madaniy 
meroslaridan biri bo‘lgan "Shashmaqom"ni rivojlantirishga qaratildi. Unga atab 
Shahrisabzda "Maqom festivali" ham o‘tkazildi. Shunday kunlarda yana bir quvonarli 
hodisa ro‘y berdi. Bu ham bo‘lsa Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida ilk bora 
"Xalqaro baxshichilik" festivali o‘tkazildi. Umum ta‘lim maktablari esa navbati bilan 
musiqaviy jihozlar bilan ta‘minlanmoqda. Bu esa biz san‘atsevar xalqqa juda katta 
ma‘naviy ozuqa bo‘lib xizmat qilib kelmoqda desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish