ҚИРҚ олтинчи илмий-амалий конференцияси материаллари


BUYUK SIYMOLARNING BOQIY NAVOSI



Download 6,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/185
Sana08.06.2022
Hajmi6,93 Mb.
#644261
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   185
Bog'liq
Talabalar konferensiyasi 2020.05.22

BUYUK SIYMOLARNING BOQIY NAVOSI 
 
Yusupova Munira Jahongir qizi 
San’atshunoslik fakulteti, Musiqiy ta’lim yo‘nalishi 101- guruh talabasi 
Ilmiy rahbarlar: Tursinov Xurshid, Nasriddinova Nozima 
Telephone: +998999462234
E-mail: mssn04@mail.ru
Annotatsiya 
Ushbu maqolada Markaziy Osiyolik buyuk mutafakkir ajdodlarimizning musiqa 
ilmiga qo‘shgan hissalari, yozib qoldirgan asarlari, va soz sehri ila ko‘rsatgan afsonaviy 
mo‘jizalari haqida malumotlar keltirilgan. 
Kalit so‘zlar:
Al Farobiy, Alisher Navoiy, Al Xorazmiy, Musiqa haqida katta kitob, 
Musiqa nazariyasi.
Komil musiqa qalbni shunqa larzaga keltiradiki, bu hissiyotni sevimli mavjudotdan 
bahra olayotgan kabi holatda bo‘lgandek hes etasiz, yani musiqa, so‘zsiz, dunyoda bor 
bo‘lgan eng yorqin baxtni ato etadi. Musiqa insonni yashashga va harakatlanishga 
undaydi va butun insoniyatga tasiri juda - juda katta 
O‘zbek xalqining ham musiqa madaniyati ko‘p asrlik tarixga ega. Hammamizga 
ma’lumki bugungi O‘zbekiston hududida O‘rta Osiyo xalqlaring ajdodlari yaratgan 
qadimgi sivilizatsiya mavjud bo‘lgan sharqshunoslarni tadqiqotlarini natijasida O‘rta 
Osiyoda yashab o‘tgan allomalaring yozib qoldirgan musiqiy risolalari, o‘zbek 
musiqasining bosib o‘tgan tarixiy jarayonini, uni umum insoniyat miqyosida tutgan 
o‘rni, milliy musiqiy qadiryatimiz haqida ko‘pgina ma’lumot beradi. Buyuk mutafakkir 
olimlarimiz 
o‘zining 
musiqiy 
qarashlarini 
islomga 
sodiqling 
asosida 
uyg‘unlashtirishgan. Musiqiy san’atining mukammal rivojlanishi uning yangi qirralarini 
nomoyon etishda bizning buyuk bobokolonlarimiz Al Farobiy, AbuAli ibn Sino, Alisher 
Navoiy, Al Xorazmiy, Abdurahmon Jomiy va yana ko‘pgina allomalarimizning har 
tomonlama ilmiy ijodiy faoliyati va o‘zlari yozib qoldirgan musiqiy risolalari orqali 


~ 83 ~ 
umum jahon musiqa san’atiga beqiyos hissalarini qo‘shishgan. Buolimlar o‘zlaring 
musiqiy va musiqiy poetik asarlarining muallifilari va mohir ijrochilari bo‘lishgan 
ularning asarlari musiqa ilmining asosi hisoblanadi. 
Tarixiy manbalar shuni ko‘rasatadiki, sharq musiqa nazariyasi asoschilaridan biri Al 
Farobiy ilmiy izlanishlari, u yozib qoldirgan musiqiy meros jahon musiqa madaniyatida 
olamshumul ahamiytga ega. Al Farobiy musiqaga inson axloqini tarbiyalovchi, sihat-
salomatligini mustahkamlovchi, odam ruhiyatini boshqara oluvchi deb qaragan.
Al Farobiy “Musiqa haqida katta kitob” nomli ko‘p jildli asari bilan o‘rta asirning 
yirik musiqashunosi sifatida ham mashxur bo‘lgan. U musiqa ilmini nazariy, amaliy 
tarmoqlarga, kuylarning ichki tuzilishi, qonuniyatlarini hisobga olib tarif va ilmiy iqoga 
ajratgan. Al Farobiy musiqa nazariyasida tovushlar vujudga kelishining tabiiy, ilmiy 
tarifini ham beribgina qolmay, kuylar garmoniyasining matematik prinsplarini ochadi. 
Turli jadvallar, geometrik qoidalar asosida ko‘lab murakkab chizmalar keltiradi. U sharq 
musiqasining ritmik asosini isbot dalillar bilan sharxlab berdi. U ritmlarni tashkil etgan 
zarb birliklari bo‘lmish naqralar, ularning birikmasidan hosil etiladigan rukunlarining 
turli xillari asosida yartiladigan ritm o‘lchovlari va turlarini yoritib bergan. 
“Musiqa haqida katta kitob” da faqat musiqa nazariyasi va tarixi bayon etilmay, 
sharqda malum bo‘lgan rubob, tanbur, nog‘ora, ud, qonun, nay kabi musiqa asboblari 
hamda ularda kuy ijro etish qoidalari tafsiloti berilgan. 
Al Farobiyning o‘zi moxir sozanda, bastakor, manbalarda yangi musiqa asbobi ixtiro 
etganligi, unda nihoyatta tasirchan kuylar yaratgani qayd etilgan. 
U yozib qoldirgan “Musiqa haqida katta kitob” asari jahon faning shox 
asarlaridandir. Bu kitob dunyoning turli nufuzli kutubxonalarida saqlaning keliniladi va 
turli mamlakat tillariga tarjima qilinib, dunyo olimlari tomonidan keng o‘rganilgan. 
Shunis afsusnalarliki hali O‘zbekistonda shu kabi asarlar to‘liq o‘rganilib tarjima 
qilinmagan. 
Al Farobiy bu asarlarida oldinlari boshqa fanlarni tarkibiy qismi bo‘lgan musiqani 
musaqil ilm darajasiga ko‘targan. Al Farobiy ijrochilik va bastakorlik ijodida shu qadar 
yuksak cho‘qqilarga erishganki, hatto bu to‘grisida xalq orasida turli afsona va rivoyatlar 
yuzaga kelgan. Afsonalarning birida, Al Farobiy soz chalib kuy ijro etib odamlarni 
sarosimaga solganligi, jo‘shqin kishilarni homush ahvolga tushurib bazan esa 
ziyraklarni uxlatib qo‘yganligi haqida rivoyatlar mavzud. 
Shu o‘rinda Asqar Muxtorning “Chinor” romanida Al Farobiy Burjistonda qullarga 
tarqalgan kasaliklarni nay cholg‘usida kuy ijro etib davolaganligi, musiqa sehri ila ulkan 
mo‘jizalar ko‘rsatganligi haqida qisqacha tarbiyaviy mazudagi rivoyat keltirilgan. 
O‘zbekiston mustaqillika etrishgach o‘zbek musiqa tarixiga ommaviy qiziqish qayta 
tiklandi. Tarixga nazar tashlar ekanmiz Al Farobiy bilan bir qatorda yana ko‘plab 
allomalarimiz musiqa ilmini puxta egallashgan. Jumladan, so‘z mulkining sultoni Mir 
Alisher Navoiy ham o‘z zamonasining ham taniqli musiqashunosi bo‘lgan. Alisher 
bobomiz o‘ziga Navoiy (Navo) deb tahallus berishi uning musiqa bo‘lgan mehri kuchli 
bo‘lganligi ko‘rsatadi. Xalq orasida mashxur bo‘lgan “Qari navo” kuyi Alisher navoiy 
ijodiga mansubligi degan ehtimollar bor. Navoiy musiqa san’ati haiqda “Sabbaiy 
sayyor” da shunday yozadi: 
San’atim anda soz chalmoq ishi, 


~ 84 ~ 
Bilmayin men kabi ishini kishi. 
Ilmi advoru fanni musiqiy, 
Mendin ul ilim ahli tahqiqi. 
Arab tilidagi ilk musiqiy risolalardan biri algoritm fanining asoschisi Abu Abdulloh 
Muhammad Xorazmiy mashhur bo‘lgan. Ma‘lumki, Muhammad Xorazmiy 
Bag‘doddagi "Ma‘mun akadеmiyasi" (Bayt ul- hikma)ning sardori bo‘lgan. 
Rivоyatlarda aytilishicha, olimlar orasida shifo uslublari haqida bahs kеtganda
shogirdlardan biri Xorazmiyga -"Siz insonlarni davolashda nimani afzal ko‘rasiz, dori-
darmonnimi yoki jarrohliknimi?" - dеb savol bеrgan ekan. Shunda ustozning "Mеning 
vatanimda ularning ikkalasidan ham musiqiyning shifobaxsh kuchini ustun tutadilar", - 
dеgan so‘zlari tarixga kirib qolgan.
Xorazmliklarning oddiy odamlaridan, hunarmandlaridan tortib, eng oliy tabaqa 
vakillarigacha o‘zini soz san‘atiga yaqin tutgan. Bеruniyning dalolat bеrishicha, 
Muhammad Xorazmshoh (Ma‘mun II) musiqa va shе‘riyatni chuqur idroklaydigan
atrofidagi shoir va sozandalarga nozik uqtirishlar qiladigan podshoh bo‘lgan. Tarix 
kitoblarida Ma‘mun akadеmiyasining tarkibida musiqashunoslik ilmi bilan 
shug‘ullanuvchi ko‘plab shoir-u olimlar tarbiya topganlar. 
Men bu maqolamda faqatgina bir nechta ajdodlarimizning musiqa haqidagi 
izlanishlarini umumlashtirib qisman ma’lumotlar keltirdim. Agarda har bitta 
olimlarimizning musiqiy qarashlariga chuqur kirib borar ekanmiz, bu mavzuda yuzlab 
kitoblar yozsak ham oz. Bizning xalqimiz azaldan musiqaga bo‘lgan mehr – muhabbati 
ulkandir. Har bitta xalqning bir necha musiqashunosi, bir necha hofizi bo‘lsa, bizda esa 
butun o‘zbek xalqi musiqashunos desak xato bo‘lmaydi. Azaldan og‘izdan - og‘izga 
o‘tib kelayotgan laparlar, allalar, yallalar, qo‘shiqlar buning yaqqol dalilidir. Bu kabi 
milliy merosimizni asrab - avaylash, uni yangi pog‘onaga ko‘tarish, san’atga chuqur 
hurmat - e’tiborda bo‘lish, uni butun dunyoga tanitish biz yoshlarning buyuk vazifamiz 
hisoblanadi. 

Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish