~ 223 ~
rivoji davlat tili bilan bog‘liq jarayon hisoblanadi. Chunki, tilimizda milliylik, muomala,
nutq madaniyatimiz to‘laligicha jamlangan.
Keyingi paytlarda ta’lim tizimida nutq madaniyatiga e’tibor har qachongidan ham
ortmoqda. Bunga sabab so‘nggi vaqtlarda ustoz-shogirdlik an’analari biroz yo‘qolib,
ilmiy yaqinlik, odob-axloq, muomala munosabatlari oqsayotgandek. Bugungi kun ta’lim
tizimida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ilmiy ishlar, yangiliklar bularning barchasi iliq
munosabatda bo‘lgan ustoz-shogird o‘rtasida yuzaga chiqadi. Har bir pedagog munosib
o‘rnini bosa oladigan kadrlar tayyorlashda yuksak bilimga ega bo‘lishi bilan bir qatorda
muomala madaniyatiga, nutqiy savodxonlikka ega bo‘lishi zarur. Ustoz va shogird
o‘rtasida nutq madaniyatining qaror topishi ilmiy yaqinlik, ilmiy izlanishda jips bo‘lib
harakat qilishning bir ko‘rinishidir. Shularni hisobga olgan holda bugungi kun ta’lim
tizimida nutq madaniyati fanining oliy ta’lim tizimida fan sifatida qo‘yilishi maqsadga
muvofiqdir. Turli fanlar tizimida nutq madaniyati alohida fan sifatida tashkil etildi.
Misol uchun, pedagogika oliy o‘quv yurtlarida “O‘qituvchining nutq madaniyati”,
yuridik o‘quv yurtlarida “Yuristlarning nutq madaniyati”, moliya sohasida
“Iqtisodchining nutq madaniyati” kabilarni keltirishimiz mumkin.
Bevosita bu kabi
fanlar tizimini birlashtiruvchi asosiy bo‘g‘in bo‘lib o‘qituvchi ya’ni o‘qituvchi mahorati
nazarda tutiladi.
Nutq madaniyati madaniy nutq, tilshunoslikning sohasi sifatida adabiy til
me’yorlari, nutq, nutqning kommunikativ sifatlari, nutq uslublari,
nutqda uchrashi
mumkin bo‘lgan kamchilik va xatolar, nutq talaffuziga doir muammolar yuzasidan bahs
yuritadi. Unda, eng avvalo, fikrning aniq, ravon, mantiqan to‘g‘ri, sof, ta’sirli va
maqsadga muvofiq bo‘lishi talab qilinadi. “Nutqning aniqligi so‘zning tildagi ma’nosiga
tamomila muvofiq tarzda qo‘llanishi, so‘zning voqelikdagi o‘zi ifodalayotgan narsa-
hodisa bilan qat’iy mosligi asosida yuzaga keladigan kommunikativ sifatdir. Aniq nutq
malakasining shakllanishida tavsiflanayotgan voqelikni bilish, tildagi so‘z ma’nolari
sistemasini
yaxshi anglash, nutq mazmuniga e’tibor bilan qarash hal qiluvchi
ahamiyatga molikdir. Ana shunda ifoda uchun eng uyg‘un va almashtirib bo‘lmaydigan
aniq so‘zni topish mumkin”.
O‘zbek tilida gapira olish bu tilni yaxshi biladi degani emas. Har bir so‘zni o‘rnida
qo‘llay bilish zarur. Tilni yaxshi bilish tilning grammatik qonun-qoidalarini, lug‘at
boyligini hamda fonetik va stilistik xususiyatlarini puxta o‘zlashtirib olishni talab etadi.
Ayniqsa, bugungi kunda ta’lim, dars jarayonlarida ma’ruza darslarini olib
boruvchi pedagog o‘qituvchilar o‘z fanidan kelib chiqqan holda nutqini mahoratli
qo‘llay bilishi zarurdir. Yoki bo‘lmasa o‘quvchi, talabalar nutqida ham so‘zlovchining
o‘zi yashagan joy aholisigagina ma’lum bo‘lgan dialektal so‘zlar ishlatilishiga guvoh
bo‘lamiz. Ba’zi so‘zlovchilar nutqida esa “
demak
”, “
xo‘sh”
,
“innakeyin
”,
“ya’ni
”
“
masalan
”, “
misol uchun
”, “
ayatylik
” kabi so‘zlar meyordan ortiq qo‘llanilishi nutqiy
g‘alizlikni keltirib chiqaradi. O‘rinsiz ravishda ishlatilgan bunday “bekorchi” so‘zlar
nutqni siyqa qilib qo‘yadi. Ba’zan tinglovchi o‘quvchilar pedagogning so‘zini
eshitgandek ko‘rinishadi, aslida fikrning mazmunini his qilishmaydi, mohiyatini anglay
olmaydi. Natijada talaba ongida o‘sha
nutq mohiyati chetda qolib, so‘zlovchi nutqidagi
keraksiz takror so‘zlarni sanash bilan band bo‘lib qoladi. Kerak bo‘lsa laqab ham qo‘yib
olishadi.
~ 224 ~
“Nutqning tozaligi deganda unda til elementlarining ishlatilishida adabiy til
me’yorlariga amal qilish-qilmaslik tushuniladi. Nutqimizning sofligiga, asosan,
quyidagilar ta’sir qiladi:
1.Mahalliy dialekt va shevalarga xos so‘z, ibora, shuningdek, grammatik shakllar, so‘z
va so‘z birikmalarining talaffuzi, urg‘usi.
2. O‘rinsiz qo‘llangan chet so‘z va so‘z birikmalari.
3. Jargonlar.
4. Vulgarizmlar.
5. Nutqda ortiqcha takrorlanadigan <
> so‘zlar.
6. Kontselyarizmlar”
Yuqoridagi kamchiliklardan holi bo‘lish uchun har bir so‘zlovchi o‘z nutqi ustida
tinimsiz ishlashi zarur. Albatta, bizning o‘zbek tilimiz judayam boy til. Shu bois har bir
so‘zni o‘rnida qo‘llay bilish ham bir san’at hisoblanadi. Tilimiz sinonim so‘zlarga shu
qadar boyki, ularning har birini nutq vaziyatidan kelib chiqqan holda qo‘llash mumkin.
Yoki bo‘lmasa ma’lum uslub uchun, jarayon uchun sinonimlardan faqat birini qo‘llash
maqsadga muvofiq. Masalan, sud jarayoni uchun “zarar” hamda “ziyon” so‘zlari o‘rnini
almashtirib qo‘llashdan qanday naf. Ba’zi hollarda uslubiy bo‘yoqdorlikdan chekinish
to‘g‘ri yo‘l. Shunga o‘xshash ma’lum jarayonni yoritishga
xizmat qiladigan sinonim
so‘zlarning qo‘llanishiga e’tibor qaratsak ko‘plab uchratishimiz mumkin.
“Sharq mutafakkirlari notiq oldiga tilni puxta o‘rganish, uning lug‘aviy boyligi
va grammatikasini chuqur egallash, mantiqli so‘zlashni o‘rganish, nutqning ichki
(mazmun) va tashqi (shakl) ko‘rinishiga birday e’tibor berish, go‘zal va ta’sirchan nutq
tuza bilish, nutq boyliklarini maqsadga muvofiq hamda o‘rinli ishlatish vazifalarini
qo‘yadilar va ularning ijrosini chuqur tahlil etadilar”.
Bugungi kunda ta’lim tizimida nutq madaniyati masalasiga katta e’tibor
berilayotgani bejiz emas. Chunki, o‘qituvchi dars mobaynida nutqidan unumli
foydalanib, mahorat bilan qo‘llay olishi talaba o‘quvchilarning
yuqori saviyadagi
bilimga ega bo‘lishini belgilab beradi.
Nutqiy madaniyat nafaqat ta’lim tizimining, qolaversa, barcha sohalarning asosiy
bo‘g‘ini bo‘lib xizmat qiladi. Nutq madaniyati oliy ta’lim tizimida alohida fan sifatida
shakllantirilgan ekan, bu fanni maktab ta’lim bosqichidan alohida fan sifatida qo‘yilib,
yoshlarga o‘rgatib kelinsa, o‘ylaymanki, nutqiy savodxonlikdagi kemtikliklar anchayin
bartaraf etilardi.
Do'stlaringiz bilan baham: