ҚИРҚ олтинчи илмий-амалий конференцияси материаллари



Download 6,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/185
Sana08.06.2022
Hajmi6,93 Mb.
#644261
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   185
Bog'liq
Talabalar konferensiyasi 2020.05.22

1.O‘zbak jannatmakondan do‘zaxmakon paxtazorini qo‘msab-


~ 226 ~ 
qo‘msab qaytib keladi. 
(Otamdan qolgan dalalar) 
2. Paxtazor – daftaring bo‘ladi, 
g‘o‘zalar – husnixating bo‘ladi! – deydi. 
(Otamdan qolgan dalalar)
3. Mash’allarni 
ko‘ring – havas qiling! – deydi. 
(Otamdan qolgan dalalar)
4. Bu qo‘l emas – kosov 
bo‘libdi… Bu yelka emas – qing‘ir-qiyshiq temir-tersak bo‘libdi. 
(Otamdan qolgan 
dalalar)
 5. Voy bolam-ay, paxta urib ketgan bolam-ay! 
(Otamdan qolgan dalalar) 
Yuqoridagi misollarda dalani, paxtani, paxtazorini har narsadan muqaddas bilgan, 
dalasini jon-u dilidan suygan o‘zbek xalqining boshidan kechirgan dard-u armonlari 
metaforizatsiya orqali ifodalab berilgan. Metaforizatsiya inson tafakkurining sirli hamda 
sehrli tilsimotlaridan biridir. Metaforizatsiyaning shakllanish va amal qilish 
mexanizmida universaliyalar ham, milliy xususiyliklar ham mavjuddir. Zero, “bir xil 
narsalarni har xil millat va xalq, odatda, har xil ko‘radi, bir xil tovushni turlicha eshitadi, 
bir holatni turlicha his qiladi, tuyadi. Aks holda, xo‘roz hamma joyda bir xil qichqirsa-
da, uni o‘zbek “
quq-qu-quvv
”, rus kishisi “
ku-ka-re-ku
” tarzida eshitmas edi. Bu o‘ziga 
xoslik tabiiy-jo‘g‘rofiy o‘ziga xoslik, milliy-etnik dunyoqarash, diniy-e’tiqodiy muhit 
kabi juda ko‘plab omillar bilan bog‘liq. 
Masalan, Nasim oshna, sen mening qiyomatli 
oshnamsan-ku, sen ayt. 
(Yulduzlar mangu yonadi). O‘zbek lingvomadaniyatida 
“ajralmas, abadiy birga” ma’nosida “qiyomatli do‘st”, tutingan kishilarga nisbatan 
“qiyomatli opa-singil”, “qiyomatli aka-uka” kabi birikmalar uchraydi va bu kabi 
birikmalarni boshqa xalqlar lingvomadaniyatida deyarli uchratmaymiz. Diniy e’tiqodga 
ko‘ra, qiyomat insonlarning qayta tirilish kuni, go‘yo bu dunyo tugagach, u dunyoda 
hamma so‘roqqa to‘planadigan kun, oxirat, mahshar. 
Qirqida qo‘liga soz olgan, 
qiyomatda qulog‘ini burar. 
(Maqol) 
Atama sifatida fanga XX asrning birinchi choragida kirib kelgan geshtaltlar esa, 
o‘zining ekspressiv xususiyati bilan eng ta’sirchan, eng esda qoluvchi, kishini o‘ylashga, 
fikr-mulohaza yuritishga beixtiyor majbur qiluvchi kuchga egaligi bilan ajralib turadi. 
Jahon tilshunosligida metafora va frazeologik birliklar, geshtaltlar va butun-bo‘lak 
munosabatini qiyoslab o‘rganish ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Metafora va 
geshtaltlar muayyan millatning tili va madaniyatining o‘ziga xos va universal 
xususiyatlarini ochib beradi, nazariy asoslarini tadqiq etishga imkon yaratadi. Milliy 
xususiylikka ega bo‘lgan atamalardan biri lingvistik geshtaltlar har kimda shartli, 
o‘zgaruvchan bo‘ladi va bu, o‘z navbatida, geshtaltning madaniyatimizdagi milliy-
mental tabiati darajasini belgilaydi. Geshtaltlarning asarlarda namoyon bo‘lishi 
jarayonida ular asosan yaxlit tushuncha yoki predmet tavsiflangan mikromatnlarda 
uchrashining guvohi bo‘lamiz: 
Beg‘ubor bolalik, bebosh yoshlik yaqin olislarda… yaqin 
olislarda – sochlarning oqi, yuzlarning bujuri, ko‘zlarning nuri, ko‘ngilning tub-tubida 
qoldi... 
(Yulduzlar mangu yonadi).
 
Misoldagi “yoshlik” so‘zi xuddi “ona”, “vatan” 
so‘zlaridek til, millat tanlamaydigan geshtaltlardan biridir.
Lingvistik geshtalt, asosan, shaxsning ichki yoki tashqi qiyofasini tasvirlash, tabiat 
manzarasi yoxud biror predmetning ko‘rinishini o‘quvchining tasavvurida jonlantirish 
maqsadida yaratilgan matnlarda namoyon bo‘ladi. Geshtalt hodisasi ma’lum ma’noda 
falsafiy kategoriyalardan biri bo‘lgan butun va bo‘lak munosabatlarining tildagi 
ifodasidir. Xalqona tilda ijod qilgan, xalqona mushohada qiladigan adib ijodida 
“qishloq” so‘zi ham geshtalt darajasiga ko‘tariladi. Bunga sabab adibning o‘zi bir umr 
tug‘ilib - o‘sgan qishlog‘ini sog‘inib, doimo unga talpinib yashaganligida edi. 1. 
Xayr, 
jannatmakon nurafshon qishloq! Xayr qishloqlarim – gulbog‘larim! – deya pichirladi. 


~ 227 ~ 
(Momo yer qo‘shig‘i)
 2. Olam bir, hovuch! Qishloq choldevor! Keng yuzli hovli tovuq 
katagi!.. 
(Oydinda yurgan odamlar)
Misollardagi qishloq leksemasi turli xildagi emotsional-ekspressiv holatni, ijobiy 
va salbiy ottenkani bildirib kelgan. Ijobiy: jannatmakon, nurafshon, gulbog‘lar makoni. 
Salbiy: choldevor. Ushbu misolda keltirilgan “
Olam bir, hovuch!” 
gapida sinekdoha 
usulida ma’no ko‘chgan bo‘lsa, keyingi jumlalarda metaforik usulda ma’no ko‘chgan. 
Unda Oymomoning ruhiyatidagi tushkunlik, muttasil ravishda ezilganlikning natijasida 
butun hovlining, qishloqning, olamning juda torligi, ko‘rimsiz holatda ekanligi 
tasvirlangan. 
 
Xulosa qilib aytganda, olamning lisoniy manzarasini o‘rganish mobaynida duch 
keladiganimiz metaforik ko‘chim, metaforizatsiya asosida vujudga keluvchi 
geshtaltlarning mohiyatida insonlarni dunyoni tushunishga intilishi, fikrlarini obrazli 
ifodalashga bo‘lgan ehtiyoji yotadi. Ularsiz nutqimiz ta’sirchan, ifodali va leksik 
jihatdan boy bo‘lmagan bo‘lar edi. O‘ziga xos ijod yo‘liga, uslubiga ega T.Murod 
ijodida esa metafora va geshtaltning nodir namunalarini uchratamiz, har bir asarida 
adibni qaytadan kashf etamiz.

Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish