~ 174 ~
Qumqurg‘on shular jumlasidandir. Tumanda 1 ta shahar va 10 ta shaharcha mavjud
boʻlib, Qumqoʻrgʻon shahrida 16.2 ming kishi (2018 yil yanvar holatiga koʻra), Hurriyat
shaharchasida 5.1 ming, Elbayon shaharchasida 3.8 ming, Elobod shaharchasida 4.3
ming, Azlarsoy shaharchasida 4.9 ming, Bog‘aro shaharchasida 4.9 ming, Oqsoy
shaharchasida 4.8 ming, Jiydali shaharchasida 4 ming, Navbahor shaharchasida 6.6
ming, Qarsoqli shaharchasida 8.2 ming, Yangiyer shaharchasida 4.9 ming aholi
istiqomat qiladi. Tuman aholisining milliy tarkibida oʻzbeklarning salmogʻi ancha katta
boʻlib 95%ni tashkil etadi. Shuningdek, tojiklar 3.6%, qozoqlar 0.1 %, koreyslar 0.1%,
ruslar 0.5% va boshqa millat vakillari 0.6%ni tashkil qiladi.
Qumqoʻrgʻon tumanida mehnat resurslari soni jami 126,6 ming kishi,
shundan
iqtisodiy faol aholi soni 96,8 ming kishi va iqtisodiy nofaol aholi soni 29,8 ming kishini
tashkil etadi.Iqtisodiy faol aholining 87,4 ming kishi ish bilan band va 9,5 ming kishi
ishsiz hisoblanadi.
Qumqoʻrgʻon tumani iqtisodiyotining asosini qishloq xoʻjaligi tashkil etadi.
Tumanda 2018 yilda 5,108 dona qorakoʻl terisini yetishtirilgan bo‘lib oldingi yillarga
nisbatan 106,9%ga oshgan. Shuningdek, 2018 yilda 422,3 tonna, 2019 yilda 489,6 tonna
jun etishtirilgan bo‘lib oldingi yillarga nisbatan 115,6 % koʻrsatkichni ta’minlagan.
Bundan tashqari tumanda 290,8 tonna baliq (oldingi yilga nisbatan o‘sish -101%), 215,6
tonna pilla (94%) etishtirilgan. Donchilik paxtachilik bilan birga tuman
dehqonchiligining etakchi sohasini tashkil etadi.
Tumanda 2018 yilda 67,748 tonna, 2019 yilda esa 60,363 tonna don yetishtirilib,
oldingi yillarga nisbatan 0.97 % ga erishilgan. Shu bilan birga 2019 yilda 47,760 tonna
bugʻdoy, 30,681 tonna kartoshka, 32,346 tonna poliz mahsulotlari yetishtirilgan.
2020 yilning 1 yanvar holati bo‘yicha fermer xoʻjaliklari 2792 boshli yirik shoxli
qoramollar, shu jumladan 1218 bosh sigir, 39820 bosh qoʻy va echkilar, 192 bosh ot,
21800 bosh parrandalar qayd etilgan. 2019 yilda tumanda barcha toifadagi xoʻjaliklarda
tirik vaznda 21917,9 tonna goʻsht (2018 yilning shu davriga nisbatan 101,2 foiz)
113237,9
tonna
sut
(100,8
foiz),
35751,3
ming
dona
tuxum
(100,8 foiz) ishlab chiqarildi.
Ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 286,3 mlrd. soʻmni tashkil
etadi.
Tumanda sanoat sust rivojlangan. 2019 yilda Qumqoʻrgʻon
tumanidа faoliyat
koʻrsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 208,2 mlrd. soʻmlik sanoat mahsulotlari
ishlab chiqarilishiga erishilgan va 2018 yilga nisbatan oʻsish surʼati 93,8 % ni tashkil
etdi. Qumqoʻrgʻon tumanida sanoat mahsuloti ishlab chiqarish 208,2 mlrd. soʻmni
tashkil etib, mazkur koʻrsatkich Surxandaryo viloyatining jami sanoat mahsulotlari
ishlab chiqarilishida 4,7 % tashkil etdi. Tumanda ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti
hajmi aholi jon boshiga 864,1 ming soʻmni yoki oʻtgan yilning shu davriga nisbatan
oʻsish surʼati 91,6 % ni tashkil qilganligini kuzatishimiz mumkin.
Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha roʻyxatga olingan korxona va tashkilotlarning
asosiy qismi qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi 1212 ta (50,0 foizi), savdo 372 ta (15,4
foizi), sanoatda 178 ta(7,3 foizi), qurilish 148 ta (6,1 foizi), yashash va ovqatlanish
boʻyicha xizmatlar 56 ta(2,3 foizi), sohalariga toʻgʻri keldi. 2020 yil 1
yanvar holati
roʻyxatga olingan kichik biznes subʼektlari soni 974 tani tashkil etib, shundan 943 tasi
foaliyat yuritmoqda.
~ 175 ~
Xulosa qilib aytganda tuman agroiqlimiy resurslar bilan juda yaxshi taminlangan.
Bunday holat asosan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan
tumanda ekinlarni joylashtirishda alohida yondashuvni talab etadi, yani mavjud
agroiqlimiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni hisobga olgan holda
ekin turlari va
navlarini tanlash muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Xususan yer va suv resurslaridan
oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish asosida qishloq xojaligini rivojlantirishga
alohida e’tibor qaratilishi zarur.
Qumqo‘rg‘on tumanida oziq-ovqat va yengil sanoatni rivojlantirish uchun ham
qulay imkoniyatlar bor. Mavjud sanoat korxonalaridan tashqari, qishloq xojaligi xom-
ashyosini qayta ishlovchi zamonaviy korxonalar barpo etilsa, aholiga yangi ish oʻrinlari,
hamda ichki va tashqi bozorni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash imkoniyati
yaratiladi.
Hozirgi kunda Surxandaryo viloyatida 55 ming oila kambagʻallikda yashamoqda
(Respublikada 1 oʻrinni egallaydi) va shu oʻrinda Qumqoʻrgʻon tumanida 1.2 ming
gektar yer foydalanishdan chiqqan. Bu sugʻoriladigan yerlarning meliorativ va
irrigatsiya holatini yaxshilash shuning bilan bir qatorda ish bilan band boʻlmagan
aholiga boʻlib berish va shuningdek bu hududlarda ertapishar poliz mahsulotlari va
issiqxonalar tashkil etish zarur hisoblanadi.
Qumqoʻrgʻon tumanida togʻ va togʻ oldi hududlari mavjud bo‘lib chorvachilik va
choʻl chorvachiligini rivojlantirish uchun ham qulay imkoniyatlar mavjud.
Tabiiy
sharoitga moslasha oladigan goʻsht va sut uchun moʻljallangan nasldor qoramol va
goʻsht hamda juni uchun zotdor quylarini koʻpaytirish va boqish juda katta iqtisodiy
samara beradi. Masalan, koʻp yillar davomida goʻsht va jun yetishtirishga ixtisoslashgan
“Sayxon” qorakoʻlchilik fermasi va ”Oqqapchig‘ay” xoʻjaligining dovrug‘ni qaytadan
tiklash muhim ahamiyatga ega. Bu borada yaylovlar mahsuldorligini oshirishga alohida
etibor berish, yaylovlarda yanada sermahsul oʻsimliklaklarni oʻstirishga e’tiborni
qaratish zarur.
Shunday qilib, Qumqoʻrgʻon tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun
ustuvor yoʻnalishlarni belgilab olish, ijobiy va salbiy holatlarni muvofiqlashtirish
asosida, tumanning ishlab chiqarish salohiyatini yanada
oshirish hamda hududdagi
integratsiya jarayonlarini mustahkamlash muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: