Пайнавишт:
1. Чингиз Айтматов. «Дуроҳаи бӯронӣ». Нашриѐти «Ирфон»1985.
2. Қамарзода А. Таърихи адабиѐти чаҳон. (Адабиѐти халқҳои славянии
шарқй), Самарқанд, СамДУ, 2003
3. Азизов Қ, Қаюмов О. Чет эл адабиѐти тарихи, Тошкент,1987.
ГЕОГРАФИЯНИ ЎРГАНИШДА ЗАМОНАВИЙ ЁНДАШУВЛАР
ШЎЪБАСИ
CHO‘LDAN O‘RMONGA AYLANAYOTGAN OROL DENGIZI
Jo‘rayev Bobur Ashurmahmat o‘g‘li tabiiy fanlar fakulteti Geogorafya ta’limy
o‘nailishi 4-bosqich talabsi
Ilmiy rahbar. Dotsent: H. Abdunazarov
Marakasiz Osiyo mintaqsidagi eng yirik ko‘llardan biri bo‘lgan Orol dengizi
bugungi kunga kelib Orol qumi deb ataladigan cho‘lga aylanib qoldi. Uning cho‘lga
aylanish jaroyoni o‘tgan asirning 60-yillaridan boshlanadi. Buning asosiy sabablaridan
biri cho‘llarni o‘zlashtirish maqsadida Amudaryo va Sirdaryo suvlaridan tartibsiz
foydalanilganligidir. Biroq bunga qadar, ya’ni o‘nming yil davomida Orol dengizi qurib,
ya’na sakkiz marta to‘lgan – deydi bu hududda o‘rmon xo‘jaligi loyihasi ilmiy rahbari,
akademik, qishloq xo‘jaligi fanlar doktori Zinoviy Novitiskiy. Arxeologlar dengiz
tubidan oltiyuz yoshli maqbaraning qoldiqlarini ham topishgan. Lekin u davlarda
orolning qurushi inson uchun uncha kata talofat keltirmagan. Endilikda qurub boradigan
Orol dengizing tubidagi tuz zarrachalar, chang to‘zonlar, shu yerda yashayotgan
minglab aholining salomatligiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Orolning qurushi bu yerdagi aholi
bilan tabiatdagi juda ko‘plab jonzotlaring yo‘q bo‘lib ketishiga sabab bo‘lmoqda.
Jumladan: sut emizuvchilarning 12 turi, qushlarning 26 turi va o‘simliklarning 11 turi
butkul yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida turibdi. Pomir va Tyanshan tog‘ muzliklarining
tez yerishiga sabab bo‘lmoqda. Orolning qurigan qismi o‘rinida hosil bo‘lgan 5.5 mln
gektardan ortiq maydondagi yangi Orol qumi xar yili atmosferaga qarib 100 mln tonna
chang va zaxarli tuzlar ko‘tarilib qum bo‘ronlari va kuchli shamollar bilan maskur
hududdan ancha olisada bo‘lgan mintaqalarga ham tarqalmoqda. Orolning qurushi
Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmaniston aholisi uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda.
~ 172 ~
1989- yilda dengiz 2 qismga bo‘lingan: Katta va Kichik orolga bo‘linib qoldi. 60
mingga yaqin kishi o‘z ishini yo‘qotdi. Mintaqadagi ekologik vaziyat juda tang axvolga
kelib qolgan edi. Buni o‘z vaqtida anglab yetgan birinchi prizedentimiz I.A.Karimov
“Butun jahon hamjamiyati” e’tiborini orol dengiziga qaratish zarurligini ta’kidladi. Bu
borada Markaziy Osiyoning bir qator shaxarlarida jumladan Qizil O‘rda, Almata va
Toshkentda Orol dengiziga bag‘ishlangan sammitlar bo‘lib o‘tdi. 1993-yil BMT va
Markaziy Osiyoning 5 davlati tomonidan “Orolni qutqarish jamg‘armasi” tuzildi. 2013-
yildan buyon BMT, Yevropa Ittifoqi, yetakchi xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari
tomonidan Orol dengizi xavzasidagi mamlakatlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha uch
yuzdan ziyod loyihadan iborat uch dasturni amalaga oshirishmoqda. Bu loyihani
hayotga taqbiq etish uchun 8.5 mlrd dollardan ziyod mablag‘ zarurligi takidlangan.
BMT bosh asambilyasi 68-sessiyasining rasmiy xujjati sifatida tarqatilgan “Orol
dengizining qurushining oqibatlarini bataraf etish va orol bo‘yida ekotizimlar xolatining
oldini olish bo‘yicha” chora tadbirlar dasturi qayd etildi. 2017-yil BMTning 72-
sessiyasida prizdentimiz Sh.Mirziyoyev ya’na bir bor Orol fojiyasiga alohida to‘xtalib
o‘tdi. Shu tariqa orolni qutqarish bo‘yicha bir qancha loyihalar ishlab chiqilgan bo‘lib,
ularning ichida Orolning qurugan qisimiga cho‘l sharoitida o‘sadigan o‘simlik ekish,
Sibir daryolarining bir qismini Orolga burish kabi loyihalar ko‘zda tutilgan. Shularing
ichida cho‘l sharoitida o‘sadigan o‘simliklarning yekish loyihasi ancha samaraliroq
bo‘lib chiqdi. Bu loyiha 2000- yilda boshlangan bo‘lib uning eng yuqori darajaga
chiqishi 2018-2019 yillarda tog‘ri keladi. Saksovul urug‘larini sun’iy ekish uchun
zamonaviy traktorlar va ekin ekichlar singari 250 ga yaqin yangi texniklarning jalb
etilishi natijasida 200 ming gektr yerga saksovul urug‘i ekildi. Xususan xar bir kg.
saksavol urug‘ini olib kelgan aholiga 15 ming so‘mdan pul ham to‘landi. Hisob
kitoblarga qaraganda bir gektrdagi saksovul 500 kg.gacha tuzlarni tutuishi mumkin
ekan. Bir milliondan ortiq gektrni o‘zlashtirish uchun esa 300 ortiq mutahasislar jalb
etildi. Bir vaqtlari baliq konservasi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Mo‘ynoq shahriga
qayta jon baxshida etildi, endi uning atrofida ko‘l emas balki o‘rmon paydo bo‘lmoqda.
Hukumat qarori bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirlar kengashing Mo‘ynoq
tumanini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish va mablag‘lardan
foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom tasdqlandi. Nizomga muvofiq kelgusida Mo‘ynoq
tumanida zamonaviy uy joy va ko‘p qavatli uylar barpo etish qishloqlarni
obodonlantirish va ko‘klamzorlashtiish, ichimlik suvi bilan taminlash borasida bir
qancha loyihalarni o‘z ichiga jamlab olagan bu loyiha shuningdek Mo‘ynoq tumani
atrofida Orolning qurigan qismiga ekilgan saksovullar o‘rmonining vujudga kelishi bu
huhudda tuya chorvachiligining rivojlanishi, turistik maskanga aylantish ham shular
jumlasiga kiradi.
Xulosa o‘rnida shuni aytsih mumkinki Jahon hamjamiyati va Markaziy Osiyo
mintaqasidagi davlatlarining o‘zaro hamkorligi asosida Orolning qurigan qismini
o‘zlashtirish borasida yakdil bo‘lib harakat qilishmoqda. Bu borada Orol suvining
sathini malum darajada ushlab qolish, u yerda yashayotgan hayvonlarni va o‘simliklarni
muhofaza ostiga olish, yaylov chorvachiligini rivojlantirish, turistik obektlar barpo etish,
ekoturizmni rivojlantirish, aholining turmush darajasini yahshilash ustuvor vazifa
sifatida begilanib olingan.
~ 173 ~
Do'stlaringiz bilan baham: |