Iqtisodiyotning ushbu tarmog‘ini rivojlantirish boshqa sohalarga ham o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi


Qishloq xo‘jaligining mamlakat iqtisodiyotida tutgan o‘rni va ahamiyati



Download 456 Kb.
bet2/7
Sana31.12.2021
Hajmi456 Kb.
#200885
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ФЕРМЕР ХЎЖАЛИГИ

Qishloq xo‘jaligining mamlakat iqtisodiyotida tutgan o‘rni va ahamiyati.
Qishloq xo‘jaligi dunyo mamlakatlarining asosiy qismida, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlaridan biri hisoblanadi.

“2015 yilda qishloq mehnatkashlari qanday og‘ir sinovlarga duch kelganini hammamiz yaxshi bilamiz. Sovuq kunlar odatdagidan ko‘proq bo‘ldi. Bu, ayniqsa, bahor oylarida yanada ko‘proq sezildi. Yozdagi suv tanqisligi, vegetatsiya davridagi kuchli shamol va bo‘ronlar, kuzning ancha erta va salqin kelgani soha mehnatkashlari uchun ko‘plab jiddiy muammolarni tug‘dirdi. 

 Ana shunday qiyinchiliklarga qaramasdan, dehqon va fermerlarimizning mardonavor mehnati, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish hisobidan 3 million 400 ming tonnadan ziyod paxta, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi tarixida birinchi marta 8 million 50 ming tonnalik yuksak g‘alla xirmoni bunyod etildi”3 - deb bejiz ta’kidlamaganlar.

Qishloq xo‘jaligida insoniyat hayoti uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari va keng iste’mol buyumlari ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari uchun hom ashyo ishlab chiqariladi. Hozirgi paytda aholi iste’mol buyumlarining to‘rtdan uch qismi bevosita qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan yoki ulardan tayyorlangan oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa buyumlardan iboratdir.

Agrosanoat majmui O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmog‘i hisoblanadi. Sohada olib borilayotgan islohotlar o‘zining bir qator ijobiy natijalarini berdi: ekinlar strukturasi yaxshilandi, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash kafolatlandi.

Mamlakat iqtisodiyotida band bo‘lgan ishchi kuchining 29,1 foizidan va barcha aholining 75,7 foizidan ortig‘i qishloqlarda istiqomat qiladi. Ularning moddiy ahvoli, turmush darajasi va moddiy farovonligi qishloq xo‘jaligidagi ishlarning holatiga, uni rivojlantirishning darajasi va samaradorligiga bog‘liq.

Shu sababli davlatimiz tomonidan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning birinchi bosqichida qishloq xo‘jaligini isloh qilish va uni bozor munosabatlari talablariga mos ravishda rivojlantirish borasida quyidagi asosiy vazifalar belgilab olindi:

- qishloqda xo‘jalik yuritishning yangi shakllarini keng ko‘lamda rivojlantirish, dehqonlar o‘zlari ishlayotgan yerning, yetishtirilayotgan mahsulotning to‘la huquqli xo‘jayinlari deb aniq xis qilishlariga imkon beradigan iqtisodiy munosabatlarni shakllantirish;

- paxtadan va boshqa ekinlardan bo‘shatib olinayotgan er maydonlarini fermer (dehqon) xo‘jaliklari tashkil etishga berish, shaxsiy tomorqa erlarini kengaytirish, qishloq mehnatkashlariga er maydonlarini meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod foydalanishga berib qo‘yish yulini izchil olib borish;

- qayta ishlovchi korxonalarni qishloq xo‘jaligi xom-ashyosi yetishtiriladigan joyga mumkin qadar yaqinroq qurish, qishloqda ixcham sanoat korxonalari va sexlar bunyod etish, mexnatning klassik shakllarini, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatadigan firmalar tarmog‘ini keng rivojlantirish.

Quyidagi 1-jadvalda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga nazar tashlaymiz.

2016 yilda 2015 yilga nisbatan mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 7,8 foiz, sanoat ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi 6,6 foiz, kapital qurilish 12,5 foiz, chakana savdo aylanmasi hajmi 14,4 foizga oshdi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qariyb 70 foizini yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan tayyor tovarlar tashkil etdi4.


Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish esa o‘tgan yilga nisbatan 2016 yilda 107,1 foizga, 2017 yilda 106,8 foizga, 2018 yilda 106,6 foizga o‘sganligining guvohi bo‘lamiz.


Download 456 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish