Kirish
Mamlakat aholisining iste’mol buyumlariga va ozik-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish, eng avvalo agrosanoat majmuasi va bu majmuaning asosi bo‘lgan qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining rivojlanish darajasiga bog‘liq. Bozor iqtisodiyoti shart-sharoitlari, kishlok xo‘jaligining iqtisodiyotimizdagi, hayotimizdagi o‘rni bu sohani isloh kilishni yanada chukurlashtirishni takozo etmoqda. Qishloq xo‘jaligini isloh qilishni chuqurlashtirishning ustivor vazifalari mamlakat hayoti va iqtisodiyotida agrar sohaning tutgan o‘rni, respublikaning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash, shu bilan birga iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida islohotni bosqichma-bosqich amalga oshirib borish va rivojlantirishning muhim ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqadi.
Iqtisodiyotning ushbu tarmog‘ini rivojlantirish boshqa sohalarga ham o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Mamlakat iqtisodiyotida agrar soha sezilarli o‘rin tutar ekan, unda iqtisodiy islohotlarni olib borish va uni rivojlantirishdan har tomonlama manfaatdordir.
Dastlab zarar ko‘rib ishlaydigan, rentabelligi past va istiqbolsiz shirkat xo‘jaliklarini tugatish negizida tashkil etilgan xususiy fermer xo‘jaliklari bugungi kunda haqli ravishda qishloqda etakchi bo‘g‘inga -qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini ishlab chikaruvchi asosiy kuchga aylandi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chikarishning bir maromda o‘sishiga erishib kelinmoqda. Xususan 2016 yil yakunlari bo‘yicha mamlakat YaIMda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishi o‘sishi 6,6 foizni tashkil qildi.
“Qishloq xo‘jaligida erishilgan yutuqlar haqida gapirganda, shuni alohida ta’kidlashni istardimki, bu sohada biz ko‘lga kiritgan ulkan marralar, avvalo, fermerlarimiz, qishloq xo‘jaligi mutaxassislari va qishloq taraqqiyoti bilan bog‘liq tarmoqlarda mehnat qilayotgan yuz minglab yurtdoshlarimizning fidokorona mehnati, bilim va tajribasining samarasidir”1.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish tizimi o‘zgardi. Don mustaqilligiga erishildi, avval chetdan keltiriladigan ba’zi qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish va kartoshka ekish maydonlari ancha miqdorda ko‘paytirildi.
Qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish va kreditlashning yangi tizimi, jumladan, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarilgan mahsulot va keltiriladigan texnika, yoqilg‘i va mineral o‘g‘itlar uchun bo‘ladigan o‘zaro hisob-kitoblarning asoslari ishlab chiqilib bank tizimi amaliyotiga tatbiq etildi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarining iqtisodiy mustaqilligi kengaydi. qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olishda shartnomaviy baholar tizimi keng qo‘llanilmoqda.
“Mamlakatimizda, xorijiy davlatlar tajribasini chuqur o‘rgangan holda, qishloq xo‘jaligini iqtisodiy isloh etish bo‘yicha o‘ta muhim chora-tadbirlarning amalga oshirilayotgani, qishloqda bozor munosabatlarini joriy etish va xususiy mulkchilik shaklini rivojlantirish, fermerlik harakatini qo‘llab-quvvatlash uchun huquqiy, tashkiliy hamda moliyaviy shart-sharoitlarni tug‘dirib berish bunday yuksak natijalarni qo‘lga kiritishda hal qiluvchi omil bo‘lmoqda, desam, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi”2.
Shu bilan birga hali qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish va rivojlanishining ichki imkoniyatlari to‘liq ochilmagan. Qishloq xo‘jaligini tubdan isloh qilish, qishloqda agrar va iqtisodiy munosabatlarni joriy qilish, aynan qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan moliya-kredit institutlari bilan bog‘liq bo‘lgan, lekin hali to‘liq ishlamayotgan imkoniyatlarini takomillashtirishga bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |