Iqtisodiyotning ushbu tarmog‘ini rivojlantirish boshqa sohalarga ham o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi



Download 456 Kb.
bet1/7
Sana31.12.2021
Hajmi456 Kb.
#200885
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ФЕРМЕР ХЎЖАЛИГИ




Kirish
Mamlakat aholisining iste’mol buyumlariga va ozik-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish, eng avvalo agrosanoat majmuasi va bu majmuaning asosi bo‘lgan qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining rivojlanish darajasiga bog‘liq. Bozor iqtisodiyoti shart-sharoitlari, kishlok xo‘jaligining iqtisodiyotimizdagi, hayotimizdagi o‘rni bu sohani isloh kilishni yanada chukurlashtirishni takozo etmoqda. Qishloq xo‘jaligini isloh qilishni chuqurlashtirishning ustivor vazifalari mamlakat hayoti va iqtisodiyotida agrar sohaning tutgan o‘rni, respublikaning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash, shu bilan birga iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida islohotni bosqichma-bosqich amalga oshirib borish va rivojlantirishning muhim ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqadi.

Iqtisodiyotning ushbu tarmog‘ini rivojlantirish boshqa sohalarga ham o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Mamlakat iqtisodiyotida agrar soha sezilarli o‘rin tutar ekan, unda iqtisodiy islohotlarni olib borish va uni rivojlantirishdan har tomonlama manfaatdordir.

Dastlab zarar ko‘rib ishlaydigan, rentabelligi past va istiqbolsiz shirkat xo‘jaliklarini tugatish negizida tashkil etilgan xususiy fermer xo‘jaliklari bugungi kunda haqli ravishda qishloqda etakchi bo‘g‘inga -qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini ishlab chikaruvchi asosiy kuchga aylandi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chikarishning bir maromda o‘sishiga erishib kelinmoqda. Xususan 2016 yil yakunlari bo‘yicha mamlakat YaIMda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishi o‘sishi 6,6 foizni tashkil qildi.

“Qishloq xo‘jaligida erishilgan yutuqlar haqida gapirganda, shuni alohida ta’kidlashni istardimki, bu sohada biz ko‘lga kiritgan ulkan marralar, avvalo, fermerlarimiz, qishloq xo‘jaligi mutaxassislari va qishloq taraqqiyoti bilan bog‘liq tarmoqlarda mehnat qilayotgan yuz minglab yurtdoshlarimizning fidokorona mehnati, bilim va tajribasining samarasidir”1.

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish tizimi o‘zgardi. Don mustaqilligiga erishildi, avval chetdan keltiriladigan ba’zi qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish va kartoshka ekish maydonlari ancha miqdorda ko‘paytirildi.

Qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish va kreditlashning yangi tizimi, jumladan, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarilgan mahsulot va keltiriladigan texnika, yoqilg‘i va mineral o‘g‘itlar uchun bo‘ladigan o‘zaro hisob-kitoblarning asoslari ishlab chiqilib bank tizimi amaliyotiga tatbiq etildi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarining iqtisodiy mustaqilligi kengaydi. qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olishda shartnomaviy baholar tizimi keng qo‘llanilmoqda.

“Mamlakatimizda, xorijiy davlatlar tajribasini chuqur o‘rgangan holda, qishloq xo‘jaligini iqtisodiy isloh etish bo‘yicha o‘ta muhim chora-tadbirlarning amalga oshirilayotgani, qishloqda bozor munosabatlarini joriy etish va xususiy mulkchilik shaklini rivojlantirish, fermerlik harakatini qo‘llab-quvvatlash uchun huquqiy, tashkiliy hamda moliyaviy shart-sharoitlarni tug‘dirib berish bunday yuksak natijalarni qo‘lga kiritishda hal qiluvchi omil bo‘lmoqda, desam, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi2.

Shu bilan birga hali qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish va rivojlanishining ichki imkoniyatlari to‘liq ochilmagan. Qishloq xo‘jaligini tubdan isloh qilish, qishloqda agrar va iqtisodiy munosabatlarni joriy qilish, aynan qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan moliya-kredit institutlari bilan bog‘liq bo‘lgan, lekin hali to‘liq ishlamayotgan imkoniyatlarini takomillashtirishga bog‘liqdir.


Download 456 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish