Kondratev sikli - Kondratev sikli - «uzoq to’lqinlar» sikli deb ham ataladi. Sikllilikning bu nazariyasini ishlab chiqishga rus olimi N.D.Kondratev katta hissa qo’shadi. Uning tadqiqoti Angliya, Frantsiya va AQShning, 100-150 yil davomidagi rivojlanishini qamrab oladi. Bunda u iqtisodiy o’sishning ko’p omilli tahlilini o’tkazib, ya’ni tovar narxlari kapital uchun foiz, nominal ish haqi, tashqi savdo aylanmasi kabi makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning o’rtacha darajasini umumlashtirish natijasida bir qator katta sikllarni ajratib ko’rsatadi.
- Kondratev siklining davomiyligi o’rtacha 40-60 yilni tashkil qiladi va uning asosiy xususiyati texnika taraqqiyoti hamda tarkibiy o’zgarishlarni o’zida aks ettirishi hisoblanadi.
- Kondratev birinchi katta siklning yuksalish fazasini Angliyadagi sanoat revolyutsiyasi, ikkinchisini - temir yo’l transportining rivojlanishi, uchinchisini - elektroenergiyasi, telefon va radioning kashf etilishi, to’rtinchisini - avtomobil sanoatining rivojlanishi bilan bog’laydi. Hozirgi zamon tadqiqotchilari beshinchi tsiklni elektronika, gen injenerligi va mikroprotsessorlar rivojlanishi taqoza qilishini ko’rsatadilar.
Iqtisodiy sikl - Iqtisodiy sikl barcha tomonlari bilan namoyon bo’lib, amalda iqtisodiyotning hamma sohalariga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Iqtisodiyot tarkibiy qismlarning o’zaro bog’liqligi sababli uning hech bir sohasi inflyatsiya to’lqini yoki turg’unlikning nohush oqibatlaridan chetda qolmaydi. Ammo shuni e’tiborga olish zarurki, iqtisodiy tsikl alohida shaxslar turmush darajasi va korxonalar iqtisodiy faolligiga turli darajada ta’sir ko’rsatadi.
- Odatda iqtisodiy inqirozlardan sanoatning ishlab chiqarish vositalari va uzoq muddatli foydalaniladigan iste’molchilik tovarlari ishlab chiqaradigan tarmoqlari ko’proq yo’qotishga uchraydi.
Uy-joy va sanoat binolari qurilishi - Uy-joy va sanoat binolari qurilishi, og’ir mashinasozlik hamda investitsion tovarlar, avtomobillar, maishiy xo’jalik buyumlari va shunga o’xshash tovarlar ishlab chiqarish bilan bog’liq sanoat tarmoqlari va ularda band bo’lgan ishchilar siklning inqiroz fazasida og’ir oqibatiga uchraydi. Biroq, bu tarmoqlar siklning yuksalish fazasida o’zining rivojlanishi uchun yuqori darajada rag’bat oladi.
- Iqtisodiyot qiyinchilikni boshdan kechira boshlaganda, ishlab chiqaruvchilar ko’pincha zamonaviy uskunalarni sotib olishni va yangi zavodlar qurishni to’xtatadi yoki qandaydir muddatga kechiktirishi mumkin. Bunday kon’yuktura sharoitida investitsion tovarlar zahiralarni ko’paytirish hech qanday iqtisodiy mazmunga ega emas, aksincha korxonalar mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan ancha to’laroq foydalanishlari mumkin bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |