Iqtisodiyoti


-rasm. Qishloq xo‘jaligida kooperatsiya shakllari



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

19.1-rasm. Qishloq xo‘jaligida kooperatsiya shakllari. 
Qishloq xo‘jaligida vertikal agrosanoat tuzilmalarining quyidagi 
shakllari mavjud: 
Qishloq xo‘jaligida kooperatsiya 
shakllari 
Vertikal 
Gorizontal 
Xo‘jaliklararo korxonalar 
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini 
ishlab chiqarish bo‘yicha 
Mahsulotlarni saqlash bo‘yicha 
Ishlab chiqarish-texnikaviy 
xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 
Melioratsiya ishlarini bajarish 
bo‘yicha 
Hamkorlikda texnikalarda 
foydalanish bo‘yicha 
Agrosanoat korxonalari 
Agrosanoat birlashmalari 
Agrosanoat kombinatlari 
Agrofirmalar 
Ilmiy-ishlab chiqarish 
birlashmalari 


444 
- agrosanoat korxonalari; 
- agrosanoat birlashmalari; 
- agrosanoat kombinatlari; 
- agrofirmalar; 
- ilmiy ishlab-chiqarish birlashmalari. 
Agrosanoat korxonasi – bu ishlab chiqarishning shunday tashkiliy 
tuzilmasidirki, unda qishloq xo‘jaligi xom-ashyosini ishlab chiqarish va 
uni qayta ishlash uzviy bog‘liq holda tashkil etilgan bo‘ladi. Buning 
tarkibida qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlovchi bo‘linmalarga ega 
bo‘lgan xo‘jaliklar zavodlardir. Bunday korxonalarda mahsulotlarning 
nobud bo‘lishi oldi olinadi va yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. 
Agrosanoat birlashmalari – bu qator qishloq xo‘jaligi, sanoat 
korxonalari, hamda, maxsus sovutiladigan holda saqlovchilar, transport, 
hattoki savdo xo‘jaliklarini yig‘indisi bo‘lib, ular ayniqsa, meva-
sabzavot konserva, uzumchilik, vinochilik va boshqa ishlab chiqarishda 
keng tarqalgan. 
Agrosanoat kombinatlari – qishloq xo‘jaligi va sanoatning hududiy, 
texnologik va tashkiliy jihatdan uzviy bog‘liq bo‘lgan turdosh sohalarini 
birlashtiradi. U qand lavlagi va shakar sanoatida, uzumchilik va vino 
sanoati kabilarda keng tarqalgan. Bunda qishloq xo‘jaligi mahsuloti 
sanoatda qayta ishlash uchun xomashyo sifatida ishlatilsa, sanoatdan 
olingan ikkilamchi mahsulotlari esa chorvachilik uchun ozuqa 
hisoblanadi.
Agrofirma asosan tuman miqyosida tuzilib, tarkibiga tuman 
chegarasidagi xo‘jalik va korxonalar kiradi, ular o‘zlariniig yuridik 
huquqini yo‘qotmaydilar. Faoliyati qishloq xo‘jaligi mahsulotini 
yetishtirish, tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va tayyor mahsulotni 
sotishga ixtisoslashadi. 
Ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari – bu tarmoqda ilmiy-texnik 
taraqqiyotni jadallashtirish, hamda hayotga tatbiq etishni keng joriy etish 
maqsadida tuziladigan birlashmalardir. Ular urug‘ seleksiyasi, hosildor 
navlar va kuchatlar yaratish, mahsuldor chorva zotlarini yaratish 
yo‘nalishida xizmat qiladilar. 


445 
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘i iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari bilan 
uzviy bog‘liq holda rivojlanadi. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘i sanoat 
korxonalaridan ishlab chiqarish vositalarini oladi va yetishtirilgan 
mahsulotlar sanoat korxonalari uchun xomashyo hisoblanadi. Qishloq 
xo‘jaligi tarmog‘ida ishlab chiqarish jarayonining bir maromda kechishi 
uchun xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar xizmatidan ham foydalanadi. 
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining samaradorligi ushbu tarmoqlar bilan 
bo‘ladigan aloqalari qanchalik yaxshi yo‘lga qo‘yilganligiga bevosita 
bog‘liq.
Agrosanoat integratsiyasi – sanoat va qishloq xo‘jaligining bir-biri 
bilan uzviy bog‘lanishi, bir butun tizimga aylanishidir. Agrosanoat 
integratsiyasi 
ijtimoiy 
mehnat 
taqsimoti 
va 
kooperatsiyasi 
rivojlanishining natijasidir. Tarmoqlarning bir-biridan ajralib, alohida 
rivojlanishi ularda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ayriboshlashning 
kuchayishiga olib keldi. Bir tarmoqda ishlab chiqariladigan mahsulotga 
talab asosan boshqa tarmoqda vujudga keladi. Natijada bir tarmoq 
ikkinchisisiz barqaror rivojlana olmaydi. Bu ularning integratsiyalashuvi 
zaruratini keltirib chiqaradi. Sanoat va qishloq xo‘jaligining rivoji ular 
o‘rtasida aloqalarning murakkablashuviga olib keldi. Qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlari sanoat tarmog‘ida qayta ishlanadi. Buning natijasida 
qishloq xo‘jaligi sanoat uchun xomashyo yetkazib beruvchi tarmoqqa 
aylanib, qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining oxirgi iste’molchi bilan 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasi kamayib boradi. Bu esa o‘z navbatida 
tarmoqlararo integratsiyani kuchaytiradi. 
Agrosanoat 
integaratsiyasining yanada chuqurlashib borishi 
obyektiv jarayondir. Bu albatta, qishloq xo‘jaligining va umuman 
agrosanoat majmuasi iqtisodiyotining rivojlanishiga olib keluvchi 
jarayondir. Agrosanoat integratsiyasining va kooperatsiyasining mahsuli 
sifatida o‘tgan XX asrning 60-yillaridan boshlab mamlakatimizda 
agrosanoat majmuasi yagona tizim sifatida shaklana boshladi.
Agrosanoat majmuasi – qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab 
chiqarish, ularni tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va tayyor mahsulotni 
iste’molchilarga 
yetkazib 
beruvchi, 
yagona 
maqsadlarga 
bo‘ysundirilgan, texnologik jihatdan bir-biri bilan bog‘langan tarmoq va 


446 
xizmatlar yig‘indisidir. Agrosanoat majmuasining quyidagi turlari 
mavjud: 
• mamlakat agrosanoat majmuasi;
• hudud agrosanoat majmuasi;
• ixtisoslashgan (go‘sht, sut, don, sabzavot va poliz kabi mahsulot 
turlarini yetishtirish bilan shug‘illanuvchi) agrosanoat majmualaridan 
iborat.
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida integratsiyaning 
yangi shakli – klasterlar faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor 
berilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 10-11-mart 
kuni xalq bilan muloqot qilish hamda joylarda amalga oshirilayotgan 
islohotlar bilan tanishish maqsadida Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida 
“Paxta va to‘qimachilik klasteri” loyihasini tashkil etish fikrini ilgari 
surdi. Unda O‘zbekistonda klaster tizimi asosida ishlab chiqarishni 
tashkil etishning ilmiy asoslari ko‘rsatib berildi.
Klasterlarni shakllantirishdan maqsad – shahar, tuman va viloyat 
ichida joylashgan bir xil soha korxonalarini va ular bilan yagona 
texnologik zanjirda bo‘lgan ta’lim, ilmiy, injiniring, konsalting, 
standartlashtirish, 
sertifikatlashtirish 
va 
boshqa 
xizmatlarni 
uyg‘unlashtirish – innovatsion ishlab chiqarishni tashkil etish asosida 
raqobatbardosh tovarlar yaratishga yo‘naltirishdan iboratdir. Qishloq 
xo‘jaligi tarmoqlarida klaster tizimi yaxshi samara bermoqda. Xususan, 
shuning natijasida paxtachilikka yangi texnologiyalar kirib keldi, 
moddiy 
manfaatdorlik 
oshdi. 
2020-yil 
holatiga 
paxta 
ekin 
maydonlarining 908 ming gektari yoki 88 foizida klasterlar faoliyat 
yuritmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi 
“Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2020-yil hosilidan boshlab 
davlat tomonidan paxta xomashyosi ishlab chiqarish va sotish rejasini 
belgilash amaliyoti bekor qilinishi munosabati bilan paxta-to‘qimachilik 
klasterlari tashkil etilmagan hududlarda paxta tozalash korxonalari 
ishtirokida fermer xo‘jaliklarining ixtiyoriy kooperatsiyasi tashkil 
etilishi nazarda tutilgan. 


447 
Ushbu qarorga muvofiq, kooperatsiyaning asosiy vazifalari sifatida 
quyidagilar belgilab berilgan: 
- kooperatsiya a’zolari tomonidan texnika, uskuna, transport 
vositalaridan , paxta tozalash zavodlaridan birgalikda foydalanishni 
tashkil etish; 
- kooperatsiya a’zolarini qishloq xo‘jaligi texnikasi, yonilg‘i-moylash 
materiallari, o‘g‘it, urug‘lar, shuningdek, kimyoviy himoya vositalari 
bilan ta’minlash; 
- ishlab chiqarilgan mahsulotni tayyorlash, tashish, saqlash, qayta 
ishlash va sotishni tashkillashtirish; 
- kooperatsiya a’zolariga agrotexnika, buxgalteriya, konsalting, 
vositachilik va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish. 
2020-yil holatiga paxta ekin maydonlarining 125 ming gektari yoki 
12 foizida kooperatsiyalar, 908 ming gektari yoki 88 foizida klasterlar 
faoliyat yuritmoqda. 
2020-yilda qishloq xo‘jaligidagi islohotlar, 
paxtachilikda yer maydonlari to‘liq xususiy klaster va kooperatsiyalarga 
berilgani hosildorlikni bir yilda o‘rtacha 10 foizga oshirish imkonini 
yaratdi. Meva-sabzavotchilik, g‘allachilik va chorvachilikda ham 500 ga 
yaqin klaster va kooperatsiyalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Buning 
natijasida, pandemiyaning salbiy ta’siriga qaramasdan, 1 milliard 
dollarlik meva-sabzavot eksport qilindi. 

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish