Iqtisodiyoti


Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligining tarmoq tarkibi, foizda



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligining tarmoq tarkibi, foizda 
2016 
2017 
2018 
2019 
Qishloq, o‘rmon va baliq 
xo‘jaligi mahsuloti 
100 
100 
100 
100 
shundan: 
dehqonchilik, foizda 
51,6 
53,9 
50,4 
49,9 
chorvachilik, foizda 
45,0 
42,0 
45,6 
46,5 
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘miasi ma’lumotlari asosida 
mualliflar tomonidan hisoblangan. 
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, mamlakatimiz 
qishloq xo‘jaligi tarkibida o‘simlikchilik tarmog‘ining ulushi so‘nggi 
yillarda kamaymoqda, shunga mutanosb ravishda chorvachilik 
tarmog‘ining ulushi esa ortmoqda.
Har bir qishloq xo‘jaligi korxonasida bir necha tarmoqlar mavjud 
bo’lib, ular orasida korxonaning asosiy yo‘nalishini ifoda etuvchi 
tarmoq bo‘ladi. U yoki bu qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirishga 


427 
nafaqat qishloq xo‘jaligi korxonasi, balki butun bir hudud, viloyat, 
iqtisodiy hudud va zonalar ixtisoslashishi mumkin. Ko‘rinib turibdiki, 
ixtisoslashish ma’lum mazmunda joylashish bilan bog‘liq bo‘lib, qishloq 
xo‘jalik ishlab chiqarishining mamlakat hududida joylashishini, ya’ni 
ijtimoiy mehnat taqsimoti shaklini ifoda qiladi. Ixtisoslashtirish va 
joylashtirish bir jarayonning ikki tomonini aks ettirib, ixtisoslashtirish 
bu jarayonning sifat tomonini, ya’ni birinchi navbatda, qanday mahsulot 
yetishtirishni, joylashtirish esa uning miqdor tomonini, ya’ni u yoki bu 
mahsulotdan qancha yetishtirishni anglatadi. 
Ixtisoslashuviga ko‘ra qishloq xo‘jaligi korxonalaridagi tarmoqlar 
asosiy, qo‘shimcha va xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarga bo‘linadi. 
Asosiy tarmoq deb, qishloq xo‘jaligi yalpi va tovar mahsulotida 
yuqori salmoqni egallagan tarmoqqa aytiladi. Asosiy tarmoq 
korxonaning ixtisoslashishini aniqlaydi. Qo‘shimcha tarmoq yalpi va
tovar mahsuloti ishlab chiqarishda asosiy tarmoqqa nisbatan kamroq 
salmoqqa ega bo‘ladi. Asosiy va qo‘shimcha tarmoqlar o‘zaro 
chambarchas bog‘liq bo‘ladi va bir-birini to‘ldiradi. Ularni o‘zaro 
uyg‘un holda yuritib borish mavjud resurslardan samaraliroq 
foydalanishni ta’minlaydi. 
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida o‘simlikchilik va chorvachilikka 
xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar - transport xizmati, ta’mirlash xizmati, 
ombor xo‘jaligi va boshqalar ham faoliyat ko‘rsatadi. Xizmat 
ko‘rsatuvchi tarmoqlar tarkibiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta 
ishlaydigan bo‘linmalar, qurilish brigadalari, qurilish materiallari ishlab 
chiqaruvchi bo‘linmalar va boshqalarni ham kiritish mumkin.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini ixtisoslashtirish – bu xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar faoliyatlarini, talab va taklifdan kelib chiqqan 
holda, mavjud resurslardan samarali foydalanib, qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlarni yetishtirishga yo‘naltirishdan iboratdir. Korxonaning u 
yoki bu turdagi mahsulotni (paxta, don, qand lavlagi, go‘sht, sut, tuxum, 
jun va boshqalar) ishlab chiqarishdagi ishtirokini belgilab beradi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining ixtisoslashishi avvalombor asosiy 
tarmoqni rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatib, kompleks mexanizatsiya-
lashtirish, avtomatlashtirish, yangi navlarni joriy etish, yuqori mahsuldor 


428 
nasldor mollarni ko‘paytirish, intensiv texnologiyalar qo‘llash va 
hokazolarni amalga oshirishni taqozo etadi. Biroq, xo‘jaliklar 
ixtisoslashishining iqtisodiy samaradorligini yuqori darajasiga asosiy, 
yordamchi va xizmat qiluvchi tarmoqlarni bir-biriga mutanosib 
rivojlantirish orqaligina erishish mumkin. 
Ixtisoslashtirish darajasiga ko‘ra xo‘jaliklar quyidagi guruhlarga 
bo‘linadi: 

tor ixtisosli xo‘jaliklar; 

ixtisoslashgan xo‘jaliklar; 

ko‘p ixtisosli (tarmoqli) xo‘jalik. 
Birinchi guruhga qoidaga asosan tarkibida bitta tarmog‘i bo‘lib, uning 
tovar mahsulot strukturasidagi ulushi 90-100 foizni tashkil qilgan 
xo‘jaliklar kiradi (parrandachilik fabrikasi, issiqxonalar, mevali daraxtlar 
ko‘chatini yetishtiruvchi va shunga o‘xshash xo‘jaliklar kiradi). 
Tor ixtisosli xo‘jaliklarning bir qator ijobiy tomonlari bilan bir 
qatorda ma’lum kamchiliklarga ham ega. Tor ixtisosli xo‘jaliklarda 
tabiiy-iqlim 
sharoitlari 
(qurg‘oqchilik, 
kuchli sovuq) ta’sirida 
yetishtirayotgan mahsulot hajmi keskin qisqarishi yoki bozor 
konyunkturasidagi o‘zgarish sababli mahsulotning narxi keskin tushib 
ketgan holatlarda korxona iqtisodiy nochor ahvolga tushib qolishi 
mumkin. Shu sababli bir turdagi mahsulot yetishtirishga chuqur 
ixtisoslashuv iqtisodiy tomondan o‘zini oqlamasligi mumkin. Masalan, 
2021-yilda erta bahorda sovuq bo’lishi natijasida o’rik hosili keskin 
kamaydi, bahorda yog’ingarchilik juda kam bo’lganligi uchun 
yaylovlarda chorva ozuqasi juda kam bo’lishi chorvachilik tarmog’i 
rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatdi, piyoz juda ko’p yetishtirilganligi sababli 
uning narxi juda arzon shakllandi va hokazo. Shunday holatlarda bitta 
mahsulot yetishtirishga tor doirada ixtisoslashgan xo’jaliklar qiyin 
holatga tushib qolishi mumkin.
Ikkinchi guruhning tarkibiga hozirda nisbatan keng tarqalgan, 
tarkibida asosiy, yordamchi va xizmat qiluvchi tarmoqlar mavjud 
bo‘lgan xo‘jaliklar kiradi. Bu guruhdagi xo‘jaliklar tarkibida asosiy 
tarmoqlarning soni va ularning katta-kichikligiga qarab uchga bo‘linadi: 


429 
a) tarkibida bitta asosiy tarmoq bo‘lib, uning tovar mahsulotidagi ulushi 
50 foizdan yuqori bo‘lgan xo‘jaliklar kiradi (paxtachilik, sabzavotchilik, 
bog‘dorchilik, chorvachilik va hokazo); 
b) tarkibida ikkita asosiy tarmoq bo‘lib, ularning har birining tovar 
mahsulotidagi salmog‘i 20 foizdan kam bo‘lmay, birgalikda tovar 
mahsulotining yarmidan ko‘proq qismini tashkil qilgan xo‘jaliklar kiradi 
(don-paxtachilik, don-chorvachilik, sabzavot-polizchilik, bog‘dorchilik-
uzumchilik va hokazo); 
d) tarkibida uchta asosiy tarmoq bo‘lib, ular xo‘jalik tovar mahsulotini 
to‘rtdan uch qismini tashkil qilgan hamda tarkibida bir nechta 
yordamchi tarmoqlar bo‘lgan xo‘jaliklar kiradi (don-paxta-chorvachilik, 
don-kartoshka-chorvachilik va hokazo). 
Xo‘jaliklardagi 
mavjud 
asosiy 
tarmoqlarga 
qarab 
uning 
ixtisoslashishini yuritish qabul qilingan. Ba’zi ixtisoslashgan 
xo‘jaliklarda asosiy tarmoq mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash kabi 
xizmat qiluvchi tarmoqlar keng rivojlanishi ham mumkin. Bular meva, 
uzumni, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlovchi tarmoqlar 
kabilardir. Ushbu guruhga (ko‘p tarmoqli xo‘jaliklarga) - tarkibida ko‘p 
sonli qishloq xo‘jaligi tarmoqlari mavjud bo‘lgan va yaqqol 
ko‘rinadigan ixtisosga ega bo‘lmagan xo‘jaliklar kiradi. Bu xo‘jaliklarda 
tarmoqlarning kamaytirilishi va ixtisoslashtirishning chuqurlashishi 
natijasida ixtisoslashgan xo‘jaliklar guruhiga o‘ta boradilar. 
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida bir nechta tarmoqlarni qo‘shib 
olib borish ishlab chiqarishning mavsumiyligini pasaytiradi, mehnat, 
yer, moddiy resurslaridan to‘laroq foydalanish imkoniyatini beradi, 
ishlab chiqarish vositalari va mehnat xarajatlari notekisligini 
kamaytiradi. Tarmoqlarni oqilona qo‘shib olib borish yil davomida
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va pul vositalarini bir tekis kelib tushishi 
imkonini beradi, xo‘jaliklar iqtisodiyotiga samarali ta’sir ko‘rsatadi, 
ularning moliyaviy holatini yaxshilaydi.
Qishloq xo‘jaligida tarmoqlarni oqilona joylashtirishdan ko‘zlangan 
asosiy maqsadlar quyidagilar: 

resurs potensialidan - yer, suv, mehnat va moddiy resurslardan 
samarali foydalanish; 


430 

mahsulot birligi hisobiga minimal darajada mehnat xarajatlari va 
vositalar sarflab maksimal miqdorda mahsulot olishni ta’minlash; 

ishlab chiqarishning mavsumiyligini kamaytirish, yil davomida 
texnika va ish kuchidan to‘liqroq foydalanish;

yil davomida aylanma vositalarning aylanishini va pul vositalarning 
bir tekis kelib tushishini ta’minlash va hokazo. 
Qishloq xo‘jaligini iqtisodiy asoslangan holda joylashtirish quyidagi 
tamoyillar asosida amalga oshiriladi: 

bozor 
talabini 
hisobga 
olish. 
Qishloq 
xo‘jaligida 
bozor
munosabatlarini joriy qilish qishloq xo‘jaligini ixtisoslashtirish va 
konsentratsiyalash jarayonini o‘zgartirish, ishlab chiqarishni tashkil 
qilishning progressiv shakliga o‘tish, zarar keltiradigan mahsulot ishlab 
chiqarishdan voz kechish; 

moddiy va mehnat resurslarini tejagan holda yalpi mahsulotni 
ko‘paytirish mumkin bo‘lgan mintaqada ishlab chiqarishni joylashtirish; 

tabiiy-iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda ishlab chiqarishni 
joylashtirish; 

mehnat resurslaridan samarali foydalanish; 

transportning barcha turlarini rivojlantirish; 

qishloq xo‘jaligi va sanoat o‘rtasida to‘g‘ri mutanosiblikni 
ta’minlash;

sanoat korxonalarini xom-ashyoga qishloq xo‘jaligi korxonalarini 
esa ularning mahsulotlari iste’molchilariga yaqinlashtirish; 

fan-texnika taraqqiyoti va moddiy-texnika bazani takomillashtirish; 

mamlakatning iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash. 
Qishloq xo‘jaligini joylashtirish va ixtisoslashtirish ijtimoiy mehnat 
taqsimotining turli ko‘rinishlaridir. Joylashtirish - alohida turdagi 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni 
respublika 
mintaqalarida, ayrim viloyat, tumanlar va korxonalar bo‘yicha miqdoriy
taqsimlashni bildiradi. 
Qishloq 
xo‘jaligini joylashtirish uni 
ixtisoslashtirish bilan chambarchas bog‘langan. Ixtisoslashtirishni 
amalga oshirishda mintaqa va korxonalarning tabiiy va iqtisodiy 
sharoitlarini hisobga olish muhimdir. Natijada qishloq xo‘jaligi ishlab 


431 
chiqarishini oqilona joylashtirish ta’minlanadi. Qishloq xo‘jaligi 
hududlarini yoki alohida korxonalarni ixtisoslashtirish asosiy tarmoqni 
ajratib olish va uning rivojlanishiga sharoit yaratishdir. Ixtisoslashtirish 
ishlab chiqarish yo‘nalishini xarakterlaydi va hudud yoki xo‘jalikning 
tarmoq strukturasini aniqlaydi.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni ixtisoslashtirishning iqtisodiy 
ahamiyati quyidagilardan iborat: 

ishlab chiqarishning asosiy vositasi - yerdan samarali foydalanish 
uchun sharoit yaratadi. Shu asosda dehqonchilik va chorvachilik 
mahsulotlarining miqdorini ko‘paytiradi va sifatini yaxshilaydi; 

Ixtisoslashtirish qishloqda mehnat resurslaridan yanada samaraliroq 
foydalanishga imkoniyat yaratadi. Dehqonchilik va chorvachilik
xodimlarining professional strukturasini o‘zgartiradi, kadrlarning
malakasini va mehnat unumdorligini oshiradi; 

Ixtisoslashtirish kapital qo‘yilmalar va asosiy vositalardan
foydalanish samaradorligini oshirishning hal qiluvchi sharti hisoblanadi.
Ishlab chiqarishga fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini va ilg‘or 
tajribalarni joriy qilishga imkoniyat yaratadi; 

Ixtisoslashtirish tovar mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish 
xarajatlarini pasaytirish hamda rentabellikni oshirishga sharoit yaratadi 
va hokazo.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining ixtisoslashuviga turli omillar 
ta’sir ko‘rsatadi. Ulardan biri korxonaning tabiiy-iqlim sharoiti va 
geografik joylashuvidir. Cho‘l zonalarda, tabiiy yog‘ingarchilik juda 
kam hududlarda suvni kam talab etadigan sohalar rivojlantiriladi. 
Shuning uchun cho‘l zonalarida joylashgan korxonalar qo‘ychilik, 
shuningdek, qorako‘lchilik yo‘nalishiga, tog‘ yonbag‘rida joylashgan 
korxonalar bog‘dorchilikka ixtisoslashgan. Bundan tashqari, ayrim 
hududlarning tabiiy-iqlim sharoitlari biror turdagi qishloq xo‘jaligi 
mahulotini yetishtirish uchun qulay bo‘ladi. Masalan, Surxondaryo 
viloyatining ayrim tumanlari tabiiy-iqlim va tuproq shariotlari anor 
yetishtirish uchun qulaydir. Shuni inobatga olgan holda hukumatimiz 
tomonidan viloyatda anorchilikni rivojlantirishga alohida e’tibor 
berilmoqda. 2021-2022-yillarda Surxondaryoda 9432 gektar yerda 


432 
anorzorlar barpo etilishi va yillik hosil hajmini yaqin kelajakda 300 
ming tonnaga yetkazish ko‘zda tutilgan. Ayniqsa Sherobod tumanida 
yetishtiriladigan anorlar o‘zining mazasi, tashqi ko‘rinishi va 
hosildorligi bilan ajralib turadi. Shu bois uning bozori chaqqon, dovrug’i 
chet ellarga ketgan. Tumanda 48 ta mahallaning 33 tasi anor 
yetishtirishga ixtisoslashgan. Hozirgi vaqtda Sherobod tumanida yiliga 
30 ming tonna anor yetishtiriladi. Shundan 8 ming tonnasi eksportga 
chiqarilmoqda. Yaqingacha tumanda 2400 gektar anorzor bor edi. 
So‘nggi yillarda tumandagi anor yetishtirish uchun mavjud qulay 
sharoitdan unumli foydalanish maqsadida paxta va g‘alla maydonlari 
o‘rnida fermer xo‘jaliklari va tadbirkorlar tomonidan anor bog‘lari 
tashkil etishga e’tibor kuchaymoqda. 2021-yilda Sherobod tumanida 
besh ming, Muzrabot tumanida ikki ming va Qiziriq tumanida ming 
gektar yerda anor plantatsiyalari tashkil etilmoqda. Bundan tashqari, 
tumanda “Sherobod anor impeks” korxonasi ham tashkil etilgan. 5 
million dollarlik mazkur loyiha natijasida anorni qadoqlash va qayta 
ishlash yo‘lga qo‘yilgan. Uskunalar Janubiy Koreya va Sloveniyadan 
keltirilgan. Korxona 6 ming tonna qadoqlash, 2 ming tonna anor sharbati 
ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining ixtisoslashuviga ta’sir etuvchi 
muhim omillardan yana biri – xo‘jalik joylashgan hududda ishlab 
chiqarishga 
xizmat 
ko‘rsatuvchi 
infratuzilmalarning 
rivojlanish 
darajasidir. 
Ixtisoslashuv darajasining ortishiga davlatning agrar iqtisodiy 
siyosati ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Xususan, sobiq ittifoq davrida va 
mustaqillikning ilk davrida davlat tomonidan paxta va g‘alla 
yetishtirishning strategik yo‘nalishlar sifatida e’tirof etilishi, paxta va 
g‘allaga davlat buyurtmalarining joriy etilishi natijasida dehqonchilik 
yo‘nalishidagi qishloq xo‘jaligi korxonalarining asosiy qismi paxta va 
g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan. 
Ixtisoslashuvga korxona joylashgan hududdagi aholining qishloq 
xo‘jaligi ishlab chiqarishi sohasidagi tajribalari, asrlar davomida 
shakllanib kelgan va avloddan-avlodga o‘tuvchi bilim va malakalari, 
yashash tarzi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Masalan, Farg‘ona 


433 
viloyatining Quva tumani aholisi anor yetishtirish sirlarini yaxshi 
egallagani bilan mashhurdir.

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish