YTMQ
ATTMQ
Id
Bunda: Id – ixtisoslashuv darajasi, foizda;
436
ATTMQ – asosiy tarmoqning tovar mahsuloti qiymati, ming so‘m;
YTMQ – yalpi tovar mahsuloti qiymati, ming so‘m.
Yalpi tovar mahsuloti qiymatinini aniqlash uchun bu barcha
tarmoqlar tovar mahsulotlari qiymatlarining yig‘indisini hisoblash
lozim.
Ixtisoslashtirishni
to‘g‘ri
yo‘lga
qo‘yish
ishlab
chiqarish
samaradorligini oshirishning muhim shartidir. U bozor iqtisodiyotining
mehnat taqsimoti qonuni, mehnat unumdorligining o‘sib borishi, mehnat
turlarining o‘rin almashinuvi kabi umum iqtisodiy qonunlaridan kelib
chiqadi. Ixtisoslashtirish mehnat unumdorligini, xo‘jalikning rentabelligi
va daromadini keskin oshirishiga xizmat qiladi.
Ixtisoslashtirish bozor uchun eng zarur iqtisodiy ahamiyatga ega
bo‘lgan tovar mahsulotlarini yetishtirish va xizmat turlarini ko‘rsatish
uchun mehnat va moddiy resurlarning bir joyga to‘plashni, mavjud
resurslardan va tabiiy sharotlardan samarali foydalanishga qulay sharoit
yaratib, yetishtiriladigan mahsulot miqdorini va xizmat turini anchagina
ko‘paytirish imkonini
beradi,
mehnat
unumdorligini
oshiradi,
xo‘jaliklarning ishlab chiqarish samaradorligini yuksaltiradi.
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini ixtisoslashtirish korxonalar oldida
turgan asosiy vazifalarni to‘liq bajarilishi, ya’ni ishlab chiqarishga
ilg‘or, ekologik toza agrotexnika, zooveterinariya, texnikaviy xizmat,
organik va mineral o‘g‘itlar hamda o‘simliklarni va chorvani himoya
qilish vositalarini, fan yutuqlari, ilg‘orlar ish tajribasini joriy etib,
ulardan unumli foydalanib, mehnat va mablag‘larni kam sarflagan holda
qishloq xo‘jaligiga yaroqli har bir gektar yer va shartli bosh mol
hisobiga dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini mumkin qadar tez
va barqaror ko‘paytirishini ta’minlaydi.
Xo‘jalikda ixtisoslashuvni to‘liqroq tavsiflash uchun ixtisoslashuv
koeffitsiyenti (Ik) ko‘rsatkichi qabul qilingan. U quyidagicha
hisoblanadi:
−
=
)
1
2
(
100
n
S
Ik
437
Bu yerda: 100 – alohida tarmoqlar tovar mahsulotining yalpi tovar
mahsulotidagi salmoqlari yig‘indisi;
S – har bir tarmoq mahsulotining yalpi tovar mahsuloti
tarkibidagi salmog‘i, % da;
n – tovar mahsulotlarining egallagan salmog‘i bo‘yicha tartib
raqami (eng yuqoridan boshlab).
Masalan:
sabzavotchilikka
ixtisoslashgan
xo‘jalikda
tovar
mahsulotlar tarkibi (yalpi tovar mahsulotiga nisbatan foiz hisobida)
quyidagicha: sabzavot-60%, meva-22%, sut-14% va boshqa turdagi
mahsulotlar esa 4 %. Shu ma’lumotlar asosida xo‘jalikda ixtisoslashuv
koeffitsiyenti quyidagicha hisoblanadi.
45
,
0
)
1
4
*
2
(
*
4
)
1
3
*
2
(
*
14
)
1
2
*
2
(
*
22
)
1
1
*
2
(
*
60
100
=
−
+
−
+
−
+
−
=
Ik
Bu koeffitsiyent qanchalik 1 ga yaqin bo‘lsa, ixtisoslashtirish
darajasi shuncha yuqori bo‘ladi. Agar ixtisoslashtirish koeffitsiyenti
0,35 dan past bo‘lsa – past darajadagi ixtisoslashuv; 0,35 dan 0,50 gacha
bo‘lsa – o‘rta darajadagi ixtisoslashuv; 0,50 dan 0,60 gacha bo‘lsa –
yuqori darajadagi ixtisoslashuv; 0,60 dan katta bo‘lsa – chuqur
ixtisoslashuvni anglatadi.
Qishloq xo‘jaligida ixtisoslashuvning iqtisodiy samaradorligi
quyidagi ko‘rsatkichlar tizimi bilan aniqlanadi:
•
1 gektar qishloq xo‘jaligi yeri va ekin maydoniga, 1 ta xodimga,
1000 so‘mlik asosiy ishlab chiqarish fondlariga va 1000 so‘mlik joriy
ishlab chiqarish xarajatlariga to‘g‘ri kelgan yalpi va tovar mahsuloti
qiymati;
•
qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi va chorva mollari
mahsuldorligi;
•
Mehnat unumdorligi, mahsulot tannarxi, mahsulot ishlab chiqarish
rentabelligi.
438
Demak, mahsulot yetishtirish uchun qayerda qulay sharoit mavjud
bo‘lsa, mahsulot birligining tannarxi va narxi arzonlashsa, bu xo‘jalik va
iste’molchilar uchun shuncha foydalidir.
So‘nggi yillarda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish hajmlarini
ko‘paytirish orqali ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash
hamda mamlakatning eksport salohiyatini oshirish maqsadida ekin
maydonlari tarkibi takomillashtirib borilmoqda. Shuningdek, tumanlarni
meva-sabzavotchilikka ixtisoslashtirish, mahsulot yetishtiruvchilarni
meva-sabzavotchilik klasterlari hamda kooperatsiyalarga birlashtirish
kabi amaliy choralar ko‘rilmoqda. Jahon bozorlari talablariga javob bera
oladigan raqobatbardosh qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda
hududlarni ixtisoslashtirish to‘g‘ri yo‘l ekanligini ko‘rsatmoqda. Shu
sababli, dastlabki bosqichda respublika bo‘yicha 55 ta tuman meva-
sabzavotchilikka ixtisoslashtirildi. Biroq, ushbu yo‘nalishda amalga
oshirilayotgan ishlar, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan
hududlarning mavjud salohiyatidan to‘liq foydalanilmayapti.
Mamlakatimiz
hukumati
tomonidan
qishloq
xo‘jaligini
diversifikatsiya qilish, tumanlar hududlarini tuproq-iqlim sharoitlariga
mos bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavot-polizchilik, kartoshkachilik va
boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashtirish orqali
ichki va tashqi bozor talablariga javob beradigan raqobatbardosh
mahsulotlar
yetishtirishni
ko‘paytirish
va
mahsulot
ishlab
chiqaruvchilarning moddiy manfaatdorligini oshirishga alohida e’tibor
berilmoqda.
2020-yil
11-mayda
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining “Respublika hududlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
yetishtirishga ixtisoslashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PQ-4709-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga ko‘ra,
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-
2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha
muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan bildirilgan quyidagi takliflar
ma’qullangan:
•
respublika hududlarini bosqichma-bosqich qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarining muayyan turlarini yetishtirishga ixtisoslashtirish;
439
•
respublika hududlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining muayyan
turlariga ixtisoslashtirish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida
eksperiment tariqasida 2020-2022-yillar davomida Jizzax viloyatining
jami 116,3 ming gektar qo‘shimcha yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish.Ushbu qarorda Jizzax
viloyatining ayrim hududlarini 2020-2022-yillarda bog‘dorchilik va
uzumchilik yo‘nalishlariga ixtisoslashtirish nazarda tutilgan bo‘lib,
tuman hokimliklari hamda xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari
bilan birgalikda hududlarning yer maydonlari ixtisoslashuvidan kelib
chiqib, ushbu yer maydonlarini ustuvor ravishda raqobatbardosh qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va eksport
qilish jarayonini hamda innovatsion va resurstejamkor texnologiyalarni
qo‘llashni o‘z ichiga olgan agroklasterlarni tashkil etuvchi salohiyatli
tashabbuskorlar, fermer xo‘jaliklari va boshqa subyektlarga qishloq
xo‘jaligi maqsadlari uchun tanlov asosida ajratish choralarini ko‘rish
belgilab berilgan. Ixtisoslashtirilayotgan hududlarda yaxlitlikka jiddiy
e’tibor qaratgan holda tegishli qishloq xo‘jaligi ekinlarining turlariga
qarab plantatsiya shaklida eksportbop ekin turlarini joylashtirish va
yetishtiriladigan mahsulot hajmlarini aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar
belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |