313
2012
272
8 510
2013
352
10 000
2014
330
11 000
2015
293
12 000
2016
300
13000
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, qishloq joylarda
namunaviy loyihalar asosida qurilgan uy-joylar soni 2009-2016-yillar
mobaynida ortib borgan. 2009-2016-yillarda 2169
ta qishloq
massivlarida 69557 ta namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilgan.
2009-2016-yillarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurish
uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlar 12.3-jadvalda
keltirilgan.
12.3-jadval
2009-2016-yillarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar
qurish uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar
Yillar
Qurilishning umumiy
qiymati, mlrd.so‘m
shu jumladan, imtiyozli
kreditlar, mlrd. so‘m
2009
50,7
31,4
2010
428,9
254,5
2011
576,5
365,0
2012
905,5
535,4
2013
1 385,4
740,3
2014
1 772,5
1 038,5
2015
2 071,4
1 229,1
2016
2600,0
1693,1
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2009-2016
yillarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishi uchun 9790,9
314
mlrd. so‘m mablag‘
sarflangan, uning 5887,3 mlrd. so‘mi imtiyozli
kreditlardir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi
PQ-1245-sonli qaroriga asosan “Qishloq qurilish invest” injiniring
kompaniyasi bilan namunaviy loyihalar
asosida yakka tartibdagi uy-
joylarning qurilishi uchun “tayyor holda topshirish” shartlarida
shartnoma tuzgan barcha pudratchi tashkilotlar Pensiya jamg‘armasidan
tashqari soliqlarning barcha turlarini to‘lashdan ozod etilganligi ham
ularning faoliyatini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Hukumatimiz
tomonidan
namunaviy
loyihalar
asosida
qurilayotgan uy-joylarni yanada takomillashtirishga e’tibor berilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 17-iyunda
qabul
qilingan “Qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida xususiy uy-joy
qurilishini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
qaroriga muvofiq, uy-joylarning namunaviy loyihalariga o‘zgartirish va
tuzatishlar kiritildi. Jumladan, qishloq joylarda har bir imorat quruvchiga
shu paytgacha ajratib kelinayotgan 4 sotix o‘rniga 6 sotix hajmida yer
uchastkasi ajratish belgilandi. Davlatimiz rahbarining taklif va
tavsiyalari asosida ilgari ishlab chiqilgan
namunaviy loyihalar
“Qishloqqurilishloyiha” loyiha-qidiruv instituti tomonidan har
tomonlama tahlil qilindi. E’tibordan chetda qolgan tabiiy omillar –
shamol yo‘nalishi, quyosh nurining tushishi kabi muhim imoratsozlik
talablari yangi loyihalarda inobatga olindi.
Shuningdek, xonalarning
joylashtirilishi qayta ko‘rib chiqildi,
xonalar kengaytirildi, devorlar
balandligi 3 metrdan 3,2 metrga oshirildi. Takomillashtirilgan loyihada
keksalar va bolalar
uchun ham tegishli qulayliklar, darvozaxonada
shaxsiy yengil mashinalar uchun maxsus joy nazarda tutilgan, xavfsizlik
nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda, uyga taqab qurilgan suv isitish –
qozonxona qurilmasi hovlining chetiga ko‘chirilgan.
Mamlakatimizda qishloq infratuzilmasini
rivojlantirish borasida
ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Bu mamlakatimiz agrar
sohasi rivoji va aholi turmush farovonligini oshirishga xizmat qilishi
muqarrardir.
Do'stlaringiz bilan baham: