3. Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi infratuzilmasini rivojlantirish
bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar.
Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va aholi bandligini
oshirishning muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy
infratuzilmani yanada rivojlantirishga alohida e’tibor berib kelinmoqda.
Mazkur ustuvor vazifaga alohida e’tibor qaratishning bir qator sabablari
mavjud.
Birinchidan, infratuzilmani rivojlantirish yangi korxonalarni
joylashtirish va butun iqtisodiyotni taraqqiy ettirish uchun zarur qulay
shart-sharoitlar yaratadi, mamlakatimizning boy mineral-xomashyo
resurslarini o‘zlashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Ikkinchidan, ishlab chiqarish infratuzilmasi, avvalambor, avtomobil
va temir yo‘llarning rivojlangan tizimi, ularning samarali faoliyati ishlab
chiqarishdagi umumiy xarajatlarni kamaytirishning muhim sharti va
308
omilidir. Bu esa, o‘z navbatida, ishlab chiqarilayotgan mahsulot va
butun iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshiradi.
Uchinchidan, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholini toza
ichimlik suvi, energiya bilan ta’minlash, ijtimoiy soha obyektlarini
barpo etish, pirovard natijada aholining turmush darajasini oshirishga
xizmat qiladi.
To‘rtinchidan, infratuzilmani rivojlantirish ko‘p mehnat talab
qiladigan keng ko‘lamli soha hisoblanadi. Bu yangi ish o‘rinlarini
tashkil etish, aholining, ayniqsa, yoshlarning ish bilan bandligini
ta’minlash, odamlarning daromadi va farovonligini oshirish imkonini
beradi.
Bundan ko‘rinadiki, mamlakatimizda barqaror iqtisodiy o‘sishni
ta’minlash, iqtisodiyotning real sektorini yanada rivojlantirish ko‘p
jihatdan
xo‘jalik
yurituvchi
subyektlarning
ishlab
chiqarish
infratuzilmasi bilan ta’minlanganlik darajasiga bog‘liq.
Mamlakatimizda transport infratuzilmasini, birinchi navbatda
avtomobil
va temir
yo‘llarni rivojlantirishga alohida
e’tibor
qaratilmoqda. Umumiy foydalanishda bo‘lgan avtomobil yo‘llarini
rivojlantirish
dasturining
amalga
oshirilishi
bugungi
kunda
respublikamizning barcha mintaqalari o‘rtasida yil davomida ishonchli
transport aloqasini ta’minlamoqda. Buning natijasida mamlakatimizdagi
korxona va tashkilotlar ishlab chiqarish faoliyatining rivoji va
uzluksizligi ta’minlandi.
Iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va xalqimiz farovonligini
oshirishda mamlakatimiz hududlarida ishlab chiqarish va ijtimoiy
infratuzilmani rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mustaqillikning ilk davridan mamlakatimiz hududi bo‘ylab, qolaversa
jahonning turli nuqtalari bilan tutashtiruvchi, qulay, samarali va eng
muhimi, ishonchli avtomobil yo‘llar tizimining barpo etishga alohida
e’tibor berilmoqda. Shunga ko‘ra, hozirda yuqori darajadagi xalqaro
standartlarga javob beradigan, mamlakatimizning barcha hududlarini
o‘zaro ishonchli bog‘laydigan va mintaqaviy hamda jahon bozorlariga
chiqishni ta’minlaydigan O‘zbekiston milliy avtomagistralini qurish va
rekonstruksiya qilish
bo‘yicha keng ko‘lamli dastur
amalga
oshirilmoqda.
Bundan tashqari, mamlakatimizning barcha mintaqalarini yagona
temir yo‘l tizimi bilan bog‘lash, jahon bozorlariga chiqish maqsadida
temir
yo‘llar
qurish,
mavjudlarini
rekonstruksiya
qilish,
elektrlashtirishga katta e’tibor berilmoqda.
309
“Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvaystog‘-Nukus” temir yo‘li orqali
shimoliy mintaqalarni mamlakatimizning markaziy hududlari bilan
bog‘lashga erishildi. Amudaryo uzra bunyod etilgan mahobatli ko‘prik
Qoraqalpog‘iston va Xorazm vohasini mamlakatimizning boshqa
viloyatlari bilan tutashtirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Mustaqillikning 16 yilligi arafasida qurib bitkazilgan “Toshguzar-
Boysun-Qumqo‘rg‘on” temir yo‘l liniyasi yagona milliy temir yo‘l
tizimini yaratish borasida amalga oshirilgan navbatdagi muhim
bosqichdir. Qashqadaryo viloyatining Toshguzar qishlog‘idan boshlanib
Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumani markazigacha davom
etadigan, dengiz sathidan 1800 metr balandlikdagi Hisor tog‘ tizmalarini
kesib o‘tgan bu yangi temir yo‘lning loyiha qiymati 447 mln. AQSh
dollariga teng bo‘lib, uni rejalashtirish va amalga oshirishda
Yaponiyalik hamkorlar yaqindan yordam berdilar.
Uzunligi 223 kilometrdan iborat bu temir yo‘l qisqa davrda,
hammasi bo‘lib 33 oyda, muddatidan ikki oy oldin ishga tushirildi va
mazkur temir yo‘l mamlakatimizning janubiy mintaqalari va
poytaxtimiz orasidagi yuk va yo‘lovchi tashish masofasini 170
kilometrga qisqartirdi.
Mazkur temir yo‘lning mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun quyidagi
ijobiy ta’sirlari bor:
- respublikamizning janubiy mintaqasi – Qashqadaryo va Surxondaryo
vohalarini boshqa hududlar bilan bog‘laydi. Vatanimizning janubiy
hududlarini har tomonlama keng qamrovli va ishonchli, mustahkam va
samarali yo‘l bilan bog‘laydi;
- Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining chetda qolib kelayotgan
boy gaz, rangli metall, ko‘mir, kaliy tuzi, qurilish materiallari va boshqa
foydali qazilmalarini o‘zlashtirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi;
- temir yo‘l qatnovining yo‘lga qo‘yilishi bu yerda iqtisodiyot boshqa
sohalari va infratuzilma obyektlari rivojlanishiga imkon yaratadi. Tog‘-
kon sanoati, qurilish va boshqa sohalarda yuzaga keladigan ijobiy
o‘zgarishlar hisobiga tegishli mintaqalarning ishlab chiqarish
quvvatlarini izchil rivojlantiradi;
- bunday ulkan loyihaning amalga oshirilishi shu mintaqada
yashaydigan aholini ish bilan ta’minlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Temir
yo‘l transporti tizimida, uning korxona va tashkilotlarida, joylarda
tashkil etilayotgan infratuzilma obyektlarida ko‘plab yangi ish o‘rinlari
ochish imkoni yuzaga keladi;
310
- bu yo‘l O‘zbekistonning chet davlatlarga, avvalo Transafg‘on temir
yo‘l koridori orqali yaqin kelajakda to‘g‘ridan-to‘g‘ri Hind okeani,
Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari portlariga chiqish va
eksport imkoniyatini, shu bilan birga, yurtimizning tranzit rolini
kengaytirish borasidagi salohiyatini keskin oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 18-iyundagi
“Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yol liniyasi qurilishini tashkil etish
chora-tadbirlari to‘g‘risidaga”gi qarori asosida elektrlashtirilgan
Angren-Pop temir yo‘li qurildi. Mazkur temir yo‘l belgilangan
muddatidan 4 oy oldin, ya’ni atigi 32 oy ichida 123,2 kilometrlik
Angren-Pop temir yo‘li va uning tarkibida 19,2 kilometrlik Qamchiq
tunneli qurilib, foydalanishga topshirildi. “O‘zbekiston temir yo‘llari”
aksiyadorlik jamiyati tomonidan bunyod etilgan mazkur temir yo‘l
liniyasi va Xitoylik hamkorlar bilan birgalikda qurilgan Qamchiq tunneli
dunyo miqyosida noyob loyihalardan hisoblanadi. Ushbu qurilish
obyektida jami 43 million kub metr tuproq, 16,3 million kub metr
burg‘ulash-portlatish ishlari bajarildi. Bundan tashqari 285 ta sun’iy
inshoot va suv o‘tkazish quvurlari, umumiy uzunligi 2,1 kilometrlik 15
ta temir yo‘l ko‘prigi, 6 ta yo‘l o‘tkazgich, 4 ta stansiya, 4 ta razyezd va
2 ta vokzal qurib bitkazildi. Qurilgan ko‘priklar orasida Markaziy
Osiyoda yagona hisoblangan balandligi 57 metr, uzunligi 500 metrni
tashkil etuvchi yoysimon ko‘rinishdagi ko‘prik ham mavjud. 123,2
kilometrlik temir yo‘l to‘liq elektrlashtirilib, 2 ta elektr tortish stansiyasi
qurildi.
Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yol liniyasi qurilishi natijasida
yurtimizda yagona milliy temir yol tarmog‘i vujudga keldi.
Aholi turmush darajasini oshirish va farovonligini yuksaltirishda
ijtimoiy infratuzilma xizmatlarining ham roli beqiyosdir. Shunga ko‘ra,
mamlakatimizda
ushbu
sohani
rivojlantirishga
katta
e’tibor
qaratilmoqda. Keyingi yillarda respublikamizda ijtimoiy infratuzilmani
rivojlantirish
borasida
ahamiyatli
yutuq
va
muvaffaqiyatlarga
erishilmoqda.
Ma’lumki, 2008-yil 5-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 16 yilligi munosabati bilan
o‘tkazilgan tantanali yig‘ilishda 2009-yil “Qishloq taraqqiyoti va
farovonligi yili” deb e’lon qilindi. Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha chora-
tadbirlarni izchil va tizimli amalga oshirish maqsadida “Qishloq
taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturi ishlab chiqildi hamda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 26-yanvardagi PQ-
311
1046 sonli Qarori asosida kuchga kiritildi. Ushbu dasturda amalga
oshirilishi ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarning prinsipial ahamiyatga ega
bo‘lgan asosiy yo‘nalishlaridan biri – qishloqlarda hayot sifatini tubdan
yuksaltirish, qishloq joylarda infratuzilma tarmoqlarini yanada
rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish
belgilab berildi.
Aholi turmush farovonligini oshirishning muhim ko‘rsatkichlaridan
biri sifatida uy-joylarni qurish va foydalanishga topshirish ishlarining
jadallashuvi natijasida yillar davomida umumiy uy-joy fondi hajmi oshib
bormoqda.
Qishloq joylarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va shu
asosida qishloqlarimiz qiyofasini tubdan o‘zgartirish maqsadida 2009-
yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
qishloqlarimizning
zamonaviy
arxitektura
nuqtai
nazaridan
rejalashtirilishi, qishloq joylarda uy-joy va ijtimoiy obyektlar qurilishini
loyihalashtirish
va
bunyod
etish
tizimini
takomillashtirish,
“Qishloqqurilishloyiha” institutini tashkil etish bo‘yicha qarori qabul
qilindi.
Qurilish ishlarini amalga oshirish maqsadida “Qishloq qurilish
invest” injiniring kompaniyasi, ularni moliyalashtirish uchun zarur
mablag‘larni jalb etish, qishloq joylarda ishlab chiqarish va ijtimoiy
infratuzilmani jadal rivojlantirish, uy-joy qurilishini uzoq muddatli
imtiyozli kreditlash tizimini keng joriy etish maqsadida 2009-yil 30-
martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq
“G‘allabank” aksiyadorlik tijorat banki negizida “Qishloq qurilish bank”
aksiyadorlik tijorat banki tashkil etildi.
Bunday keng ko‘lamli ishlarni bajarish uchun mamlakatimizda
ixtisoslashtirilgan qurilish-ta’mirlash tashkilotlari tuzildi va ular yuqori
malaka va tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis kadrlar bilan ta’minlandi.
Qishloqdagi qurilish sarf-xarajatlarining bir qismi uy-joylarning
bo‘lg‘usi egalari mablag‘lari hisobiga, aksariyat qismi aholiga “Qishloq
qurilish bank” tomonidan beriladigan uzoq muddatli (15 yilgacha)
imtiyozli kredit hisobidan qoplanadi.
Shuningdek, qishloqlarda bolalar bog‘chalari, umumta’lim va
musiqa maktablari, sport inshootlari, tibbiyot muassasalari, maishiy
xizmat obyektlari, ravon yo‘llar, zamonaviy turar-joy mavzelarini
kompleks barpo etish rejalashtirilgan.
Qurilish ishlarini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish ko‘p
jihatdan qurilish materiallariga bog‘liq. Shunga ko‘ra, 2009-yilda
312
qurilish materiallari ishlab chiqaradigan 31 ta ishlab chiqarish quvvati,
jumladan, 2 million kvadrat metr zamonaviy tom yopish materiallari
ishlab chiqaradigan 6 ta korxona, shuningdek, gips, alebastr, gipsokarton
kabi qurilish va pardozlash materiallari, yig‘ma konstruksiyalar
tayyorlaydigan yangi korxonalar foydalanishga topshirildi. Shular
qatorida yiliga 81 million dona g‘isht ishlab chiqarish quvvatiga ega
bo‘lgan 12 ta yangi zavod ishga tushirildi.
Uy-joy qurilishi ishlarini jadallashtirish, ularni izchil amalga
oshirish maqsadida xususiy qurilish uyushmalari faoliyatini tashkil
etishni yo‘lga quyish muhim tadbirlardan hisoblanadi. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Uy-joy fondini foydalanishga tayyor holda
topshirish shartlarida rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha pudrat
ishlarini kengaytirishni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi 2009-yil 29-yanvardagi 1051-sonli qarorini
bajarish yuzasidan aholiga hamda foydalanishga tayyor holda topshirish
shartlarida uy-joy fondi obyektlarini rekonstruksiya qilish, qurish va
ta’mirlash
ishlarini
amalga
oshirayotgan
ta’mirlash-qurilish
tashkilotlariga qulay sharoitlar yaratish, bozorni yanada kengaytirish
hisobiga arzon narxlardagi qurilish materiallariga bo‘lgan talabni
qondirish maqsadida 2009-yil 28-martda O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining “Turar joy va kichik biznes obyektlari uchun
qurilish materiallari sotish bo‘yicha firma do‘konlari tarmog‘ini tashkil
etish
to‘g‘risida”gi
87-sonli qarori qabul qilindi. Mahalliy
xomashyolardan sifatli va arzon qurilish materiallari ishlab chiqaradigan
korxonalar tashkil etishga katta e’tibor berilmoqda. Shu asosda qishloq
joylarda
bajariladigan
qurilish-ta’mirlash
ishlarining tannarxini
arzonlashtirishga erishish, aholining ish bilan bandligini oshirish
ko‘zlangan.
2009-2016-yillarda namunaviy loyihalar asosida qurilgan uy-joylar
to‘g‘risidagi ma’lumotlar 12.2-jadvalda keltirilgan.
12.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |