Iqtisodiyot va turizm fakulteti


III. Elektron tijoratni amalga oshirishda elektron hujjatlarni va boshqa elektron axborotni saqlash tartibi



Download 287,36 Kb.
bet8/9
Sana22.11.2022
Hajmi287,36 Kb.
#870040
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
buxgalteriya hisobi va audit sirtqi 220-guruh Orolov Behzod

III. Elektron tijoratni amalga oshirishda elektron hujjatlarni va boshqa elektron axborotni saqlash tartibi
13. Elektron ma’lumotlar bazalarida:
elektron hujjatlarni yaratish, ularning harakati va ularni yo‘q qilish;
ofertalarni va ularning qabul qilinishi holatlarini e’lon qilish (aksept);
elektron xabarlarni yuborish va olish;
elektron tijoratda shartnomalar tuzish bilan bog‘liq barcha elektron hujjatlar, elektron xabarlar va operatsiyalar saqlanishi kerak.
14. Barcha ma’lumotlar:
tuzilgan shartnomaning taraflarini identifikatsiyalash va shartnomalarni amalga oshirishning barcha shartlarini aniqlash;
operatsiyalar, shartnomalarni amalga oshirishning aniq sanasi va vaqtini hamda shartnoma va oferta shartlarini o‘zgartirishni aniqlash imkonini beradigan tarzda saqlanishi kerak.
15. Sotuvchi yoki axborot vositachisining axborot tizimlari doirasida har bir elektron shartnoma va ofertaga uning bir xilligini ta’minlaydigan va boshqa obyektlardan farqlash imkonini beradigan noyob identifikator berilishi kerak.
16. Elektron hujjatlar va xabarlarni saqlash muddati shunga o‘xshash o‘zgartirishning qog‘oz manbadagi hujjat uchun belgilangan muddatdan kam bo‘lmasligi kerak.
17. Tuzilgan shartnomalar bo‘yicha barcha saqlanadigan ma’lumotlar shartnomaga va oferta shartlariga munosabatni aniq belgilash imkonini berishi kerak.
18. Elektron hujjatlar va elektron xabarlarni yaratish, hisobga olish, saqlash va ularning arxivlaridan foydalanish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq elektron hujjatlarni saqlaydigan tashkilot tomonidan belgilanadi.
19. Elektron hujjatlarni, elektron xabarlarni va elektron tijoratda tuziladigan shartnomalar bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlarni saqlash O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilishi kerak.
IV. Tuziladigan shartnomalar bo‘yicha elektron hujjatlarni, xabarlarni va boshqa elektron axborotni saqlashda elektron tijorat ishtirokchilari va axborot vositachilarining huquq va majburiyatlari
20. Elektron tijorat ishtirokchilari va axborot vositachilari, agar qonun hujjatlarida o‘zgacha hol belgilanmagan bo‘lsa, ushbu Nizomga muvofiq elektron tijoratni amalga oshirish davomida shakllantiriladigan elektron hujjatlar va elektron xabarlarni saqlash tartibiga rioya etishlari shart.
21. Agar tuzilgan shartnomada hamma foydalanadigan axborot resursida joylashtirilgan elektron hujjatga xavola qilish yo‘li bilan unga kiritilgan alohida shartlar mavjud bo‘lsa, elektron hujjatni joylashtirgan elektron tijorat ishtirokchisi qonun hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan muddat mobaynida unga erkin kirish imkoniyatini, bunday muddat tamom bo‘lgach esa — ushbu elektron hujjatni ushbu Nizomga muvofiq saqlashni ta’minlashi shart.
22. Sotuvchi axborot vositachisi bilan axborot vositachisiga elektron tijoratni amalga oshirish davomida shakllantiriladigan elektron hujjatlar va elektron xabarlarni saqlash huquqini beradigan ikki tomonlama shartnoma tuzish huquqiga ega.
23. Sotuvchi va (yoki) axborot vositachisi:
elektron tijoratdagi elektron hujjatlar va xabarlar saqlanishini;
qonun hujjatlarida yoki shartnoma shartlarida belgilangan muddat mobaynida shartnoma ishtirokchilari va vakolatli shaxslarning elektron hujjatlar va elektron xabarlardan foydalanishini;
qonun hujjatlari talablariga muvofiq ham xaridorlar, ham boshqa jismoniy shaxslarning elektron tijorat shartnomalarini tuzish davomida ularga ma’lum bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlari saqlanishini;
o‘z axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari, elektron hujjatlar, xabarlarni saqlash vositalari va muhiti himoya qilinishini ta’minlashi shart.
24. Elektron tijorat ishtirokchilari, shuningdek axborot vositachilari:
saqlanayotgan ma’lumotlarning mazmunini o‘zgartirish;
ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga berish huquqiga ega emas, qonun hujjatlarida yoki tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Download 287,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish