Iqtisodiyot va turizm fakulteti



Download 287,36 Kb.
bet7/9
Sana22.11.2022
Hajmi287,36 Kb.
#870040
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
buxgalteriya hisobi va audit sirtqi 220-guruh Orolov Behzod

noyob identifikator — obyektning bir xilligini ta’minlaydigan va uni boshqa obyektlardan farqlash imkonini beradigan belgi;
elektron tijorat ishtirokchisi — elektron tijoratda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotuvchi yoki ularning xaridori bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
elektron tijorat — axborot tizimlaridan foydalangan holda tuziladigan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisi;
elektron raqamli imzo (ERI) — ERI yopiq kalitidan foydalangan holda muayyan elektron hujjatdagi axborotni maxsus qayta o‘zgartirish natijasida olingan va ERI yopiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda buzish yo‘qligini aniqlash va ERI yopiq kaliti egasini identifikatsiyalash imkonini beradigan elektron hujjatdagi imzo;
elektron xabar — elektron hujjat hisoblanmaydigan, elektron vositalar yordamida jo‘natilgan, olingan va saqlanadigan elektron shakldagi axborot;
elektron hujjat — elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiyalash imkonini beradigan boshqa rekvizitlarga ega bo‘lgan axborot.
II. Elektron tijoratda shartnomalar tuzishda elektron raqamli imzolarni qo‘llash
3. ERIlar elektron tijoratda shartnomalarni tuzishda:
yuridik ahamiyatli elektron hujjatlar aylanishini ta’minlash hamda o‘zgartirishlarni aniqlash va elektron tijorat shartnomasi (keyingi o‘rinlarda shartnomalar deb ataladi) tuzish doirasida huquqiy munosabatlarni to‘xtatishni;
axborot xavfsizligining zarur talablarini ta’minlash, shu jumladan, imzolangandan keyin axborotning yaxlitligi va o‘zgarmasligini tasdiqlash uchun;
elektron hujjatni imzolagan ERI egasining shaxsini identifikatsiyalashni ta’minlash maqsadida qo‘llanilishi kerak.
4. Shartnomani tuzishda ERIlar kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazishning bir yoki bir nechta markazlari tomonidan berilgan ERI kalitlari qo‘llanilishi mumkin.
5. Elektron hujjatlarning yaxlitligini tekshirish jarayoni ERI kaliti sertifikatining amal qilishini va elektron hujjatdagi ERIning haqiqiyligini tekshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
6. ERI kaliti sertifikatining amal qilishini tekshirish sotuvchi yoki axborot vositachisi tomonidan beriladigan ERIlar vositalaridan foydalangan holda elektron tijorat ishtirokchilari tomonidan mustaqil amalga oshiriladi.
7. ERI kaliti sertifikatining amal qilishini tekshirish bekor qilingan sertifikatlar ro‘yxatini tekshirish yoki so‘rovni shakllantirish va ERI kaliti sertifikatini bergan ERIlar kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish markaziga jo‘natish yordamida amalga oshiriladi.
8. Elektron hujjatlardagi ERIning haqiqiyligini tekshirish axborot tizimi bilan yoxud ERI kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish markaziga murojaat qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
9. Operatsiya muvaffaqiyatli yakunlanganligi tasdiqlanishidan oldin elektron tijorat ishtirokchilari shartnomani tuzishda shartnoma tuzish doirasida foydalaniladigan elektron hujjatlarning yaxlitligini tekshiradilar.
10. ERI shakllantirishda ERI kaliti sertifikatining amal qilishini tekshirish ERI kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish markazida:
ERI kalitining amal qilish muddatini va elektron hujjatni imzolangan yopiq kalit egasining ERI kaliti sertifikati maqomini;
elektron hujjatni imzolangan yopiq kalit egasining ochiq kaliti sertifikatining amal qilish muddatini;
ERI kaliti sertifikati maqomini (amal qiladi, amal qilishi to‘xtatib qo‘yilgan ERI shakllantirish paytida bekor qilingan);
ERI amal qilish muddatini va tekshirilayotgan sertifikatni chiqargan ERI kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish markazi vakolatli shaxsining ERI kaliti sertifikati maqomini tekshirishni o‘z ichiga olishi kerak.
11. Elektron hujjat yaxlitligini tekshirish jarayonining ijobiy natijasi elektron hujjatda axborotni (shartnoma tuzish doirasida foydalaniladigan) buzish yo‘qligini tasdiqlaydi.
12. ERIni yaratish va tekshirish tartib-taomili shartnoma majburiyatlarining haqiqiyligi va amalda ekanligining, shuningdek ularni har tomonlama o‘zgartirish yoki bekor qilishdan himoya qilishning kafolati hisoblanadi.

Download 287,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish