- iqtisodiy vazifalariga milliy iqtisodiyotda inson va moddiy resurslardan oqilona foydalanish, mahsulot ishlab chiqarishni va uning sifatini oshirish;
- sanitariya-gigiyena va ruhiy-fiziologik vazifalariga ishchi-xodimlar sogʻligʻini muhofaza etish, mehnat sharoitlarini belgilangan standart va meʼyorlarga mosligini taʼminlash;
- ijtimoiy vazifalariga mehnatning mazmuni, uning ijodiyligini, kishilarning maʼnaviy kamol topishini rivojlantirish, ularning ijtimoiy muhofazasini tashkil etish;
- tashkiliy vazifalariga har bir ish joyini tashkil etishda ergonomik talablarga muvofiqlikni taʼminlash kiradi.
Mehnatni tashkil etish mehnat munosabatlarini tashkil etish hamda mehnatning ashyoviy unsurlarini tashkil etishga ajratiladi. Bu darajalarning har biri mehnat taqsimoti va unga mos keladigan mehnat kooperatsiyasi kabi tushunchalar bilan bogʻliq.
Bozor munosabatlari sharoitida mehnatni tashkil etish quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi: shaxsni kamol toptirish (har bir insonda individual sifat koʻrsatkichlari rivojlanishini taʼminlash); xavfsizlik (ishchi oʻz ish joyida, sogʻligʻiga, daromadiga, ish bilan taʼminlanishiga kafolat beruvchi xavfsizlikka ishonch hosil qilishi); adolat (korxona mehnat natijalarida har bir ishchining manfaatlari ifodalanishi).
Mehnatga haq to’lashda ishning sifatini, ishlab chiqarish normalarini bajarilishini hisobga olish va ish haqi hisoblashning ma’lum tartibini belgilash zarur.
Demak, korxonada mehnatga haq to’lashni tashkil etish biri-biriga bog’liq bo’lgan uchta elementlar bilan aniqlanadi: tarif tizimi, mehnatni normalashtirish va mehnatga haq to’lash shakllari.
Ish haqi mehnat uchun to’lanadigan haqning hamma turlarini, shu jumladan, mablag’ bilan ta’minlash manbaidan qat’iy nazar, pul yoki natura shaklida hisoblangan har xil mukofotlarni, qo’shimcha haqlarni, ustama haqni va ijtimoiy imtiyozlarni, shuningdek, xodimga ishlanmagan vaqt uchun to’lanadigan haqlarni (ta’til haqi, bayram kunlari va hokazolar uchun) o’z ichiga oladi.
Ish haqi o’z tarkibiga ko’ra ikkiga bo’linadi:
asosiy ish haqi;
qo’shimcha ish haqi.
Asosiy ish haqi ishchi va xodimlarning ishlagan vaqtlari uchun to’lanadigan haq bo’lib, uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
tarif stavkalari va maoshlar, ishbay narxlar uchun to’lanadigan haq;
ishchilarning aybi bo’lmagan va bekor turib qolishlar uchun to’lanadigan haq;
tunda ishlaganlik uchun qo’shimcha haq;
akkord usulida to’lanadigan haq;
ish haqi fondidan to’lanadigan mukofotlar;
dam olish kunlari, bayram kunlari, ish vaqtidan tashqari soatlarda ishlaganlik uchun odatdagi ish shart-sharoitidan chetga chiqqanlik va boshqalar uchun ishchilarga yuqori narxlar bo’yicha to’lanadigan qo’shimcha haq.
Qo’shimcha ish haqi xodimlarning ishlamagan vaqtlari uchun to’lanadigan haq bo’lib, uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
- ta’tillarga to’lanadigan asosiy va qo’shimcha haq;
- o’smirlarga imtiyozli soatlar uchun to’lanadigan haq;
- davlat va jamoat burchlarini bajarganlik uchun to’lanadigan haq;
- tekinga beriladigan kvartiralar, kommunal xizmatlar va boshqalar qiymati.
Sifat jihatidan mehnat tarif tizimi bilan baholanadi, sarflangan mehnat miqdori normalashtirish bilan hisobga olinadi, ish haqi hisoblash tartibi esa mehnatga haq to’lash shakllari bilan aniqlanadi.
Mehnatga haq to’lash shakli, mukofotlar, qo’shimcha haqlar, rag’batlantirish to’lovlari kasaba uyushma qo’mitasi bilan kelishilgan holda, ish beruvchi tomonidan qabul qilinadigan jamoa shartnomasi bilan belgilanadi.
Davlatning tarif setkalari va okladlari korxonada ishchilarning malakasiga, kasbiga, ular tomonidan bajariladigan ishlar sharoitining murakkabligiga qarab baza sifatida foydalanilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |