Iqtisodiyot va turizm fakulteti


Mehnatga haq to’lash bo’yicha yagona tarif setka



Download 215,27 Kb.
bet7/8
Sana25.12.2022
Hajmi215,27 Kb.
#896033
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi.

Mehnatga haq to’lash bo’yicha yagona tarif setka

Mehnatga haq to’lash bo’yicha razryadlar

Nolinchi razryadga nisbatan tarif koeffitsiyentlari

Mehnatga haq to’lash bo’yicha razryadlar

Nolinchi razryadga nisbatan tarif koeffitsiyentlari

0

1



2

3

4



5

6

7



8

9

10



11

1,000


2,377

2,616


2,878

3,165


3,467

3,783


4,112

4,454


4,797

5,147


5,503

12

13



14

15

16



17

18

19



20

21

22


5,870


6,242

6,617


7,000

7,388


7,781

8,180


8,585

8,995


9,411

9,830


Ishchining ish haqi yoki oklad summasini aniqlash uchun nolinchi razryadning mehnatiga to’lanadigan summani mazkur ishchiga belgilangan razradning koeffitsiyentiga ko’paytirish kerak. Yuqorida keltirilgan yagona tarif setkasini budjetdan moliyalashtiriladigan muassasalar, tashkilot va korxonalar qo’llashga majbur.
O’zining moliyaviy faoliyatini xo’jalik hisobi asosida yurituvchi barcha davlat, hissadorlik korxonalari va tashkilotlari mehnatga haq to’lashning yagona tarif setkasi asosida xodimlarning tarif-malakaviy razradlarini belgilashlari zarur.
Boshqa mulk shaklidagi korxona, tashkilot va muassasalarga yagona tarif setkasi asosida xodimlarning tarif-malakaviy setkasini belgilab olish tavsiya qilinadi.
Тarif setkasi va okladlar tizimining asosi bo’lgan nolinchi razryadning minimal ish haqi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Хususan nolinchi razryadning minimal ish haqisiga va qonunchilik bilan belgilangan o’rtacha oy ish kunlarining uzunligiga (ish vaqtining o’rtacha oy fondi) qarab 1-razryadning soatlar tarif stavkalarining minimal o’lchami aniqlanadi.
Korxonalarga mehnatga haq to’lash shakl va tizimlarini mustaqil belgilash huquqi berilgan. Mehnatga haq to’lashning ikkita shakli mavjud: ishbay va vaqtbay. Mehnatga ishbay shaklida haq to’langanda ish haqi, mahsulotning sifati, murakkabligi va ish sharoitini hisobga olgan holda, ishlab chiqarilgan mahsulot birligining miqdoriga bog’liq.
Vaqtbay shaklida ish haqi, xodimlar malakasi va ish sharoitini hisobga olgan holda, sarflangan (haqiqiy ishlagan) vaqtning miqdoriga bog’liq.
Mehnatga haq to’lashning ishbay shakli quyidagi mehnatga haq to’lash tizimlariga bo’linadi: oddiy ishbay, ishbay-mukofot, akkord, ishbay-progressiv, bilvosita ishbay.
Oddiy ishbay shaklida ishlab chiqarilgan mahsulot sonini ishbay narxiga ko’paytirish yo’li bilan ish haqi miqdori aniqlanadi.
Ishbay-mukofot shaklida bevosita ishbay narxlar bo’yicha ish haqidan tashqari ma’lum ishlab chiqarish yutuqlariga erishilganligi uchun haq oladi. Masalan, ish sifatining yaxshiligi, moddiy boyliklar tejalgani va hokazolar.
Ishbay-progressiv shaklida ishchilar mehnatiga belgilangan boshlang’ich me’yor doirasida bevosita ishbay narxlar bo’yicha, bu me’yordan ortiqchasiga esa oshirilgan narx bo’yicha haq to’lanadi. Ishbay narxlar oshishi har bir holda maxsus shkala bo’yicha aniqlanadi.


Akkord shakli butun ish hajmi uchun ish haqi miqdorini belgilaydi hamda akkord topshiriqlarni bajarish muddatlarini qisqartirganlik uchun mukofotlashni o’z ichiga oladi. Bunda ishlarning umumiy qiymati vaqt me’yorlari va narx asosida aniqlanadi. Ishbay akkord shakli asosan mavsumiy ishlarni hamda ayrim buyurtmalarni bajarishda qo’llaniladi.
Bilvosita ishbay shakli ishbay narxlari bo’yicha belgilanib, xizmat ko’rsatayotgan uchastkadagi o’rtacha ish me’yorining bajarilish foiziga ko’paytirilishi mumkin.
Ish haqining vaqtbay shaklida xodimning malakasiga va ishlagan vaqtiga qarab haq to’lanadi.
Vaqtbay ish haqi shakli ikki tizimdan iborat: mehnatga haq to’lashning oddiy vaqtbay tizimi va vaqtbay-mukofot tizimi.
Oddiy vaqtbay tizimida ish haqi bevosita ishlagan vaqt miqdoriga bog’liq. Vaqtbay-mukofot tizimida oddiy vaqtbay tizimi bo’yicha hisoblangan ish haqiga qo’shimcha qilib bajarilgan ishning sifati, material, yoqilg’ilarni, tejalishi bekor turishlarni qisqarishi, mashina va agregatlarni to’xtovsiz ishlashi va boshqa ko’rsatkichlarga qarab mukofot hisoblanadi.
Xulosa
Korxonalarda mehnat resurslaridan to‘liq va samarali foydalanish, ularning mehnatlari unumdorligini yuksaltirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan himoyalash eng dolzarb vazifa hisoblanadi. Bu vazifani muvaffaqiyatli hal etilsh uchun quyidagilarga e’tibor berish lozim:

  • korxonalarda qisqa va uzoq muddatga mutaxassislik turlari bo‘yicha mehnat resursiga bo‘lgan talabni aniqlash;

  • korxonalarda bo‘sh bo‘lgan ish joylarini ishlovchilar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish (kadrlar tayyorlash, malakasini oshrish, ularni qayta tayyorlash);

  • korxonalar faoliyatiga yangi texnikalarni, samarali texnologiyalarni izchillik bilan tatbiq etish;

  • mehnatni tashkil etishning samarali turlarini tashkil etish va rivojlantirish;

  • kadrlarni tayyorlash, malakalarini oshirish, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishni takomillashtirish va boshqalar.

Bu kabi chora-tadbirlar korxonalardagi mehnat resurslaridan foydalanishni yaxshilab, mehnat unumdorligi oshishiga ijobiy ta’sir etadi.



Download 215,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish