Iqtisodiyot va servis


-2021 yillarda asosiy savdo hamkorlari bilan eksport tarkibidagi o‘zgarishlar dinamikasi



Download 1,24 Mb.
bet12/13
Sana13.07.2022
Hajmi1,24 Mb.
#785106
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
19-87 gurux talabasi Azimov T. ning kurs ishi

2017-2021 yillarda asosiy savdo hamkorlari bilan eksport tarkibidagi o‘zgarishlar dinamikasi

O‘zbekiston eksporti tarkibida 2017-2020 yillar davomida asosiy hamkorlar bilan jadal o‘sish kuzatilmoqda. Biroq, pandemiyaning jaxon iqtisodiy o‘sishga ta’sirini ta’kidlash muhimdir. Shunday qilib, 2020-2021 yillarda asosiy hamkorlar bilan savdo aylanmasining pasayishi kuzatilmoqda.


2021 yil yanvar-iyun natijalariga ko‘ra, eksportning yeng katta ulushi (asosiy hamkorlar orasida):
Xitoy – 14.59 foiz (1029,7 mln. AQSh doll.), 
Rossiya – 11.88 foiz (838.0 mln. doll.),
Turkiya - 12.08 foiz (852.6 mln.doll.),
Qozog‘iston – 7.90 foiz (557,4 mln.doll.),
Afg‘oniston – 4.97 foiz (350.5 mln.doll.),
Qirg‘iziston – 4.92 foiz (347,3 mln.doll.),
Tojikiston – 2.80 foiz (197,5 mln. doll.).

O‘zbekistonda eksport salohiyatini oshirish va eksport qiluvchi korxonalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun izchil ishlar amalga oshirilmoqda. COVID-19 pandemiyasi oqibatlari keltirib chiqargan global iqtisodiy inqiroz sharoitida tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatini yanada rag‘batlantirish muhim ustuvorliklardan biri hisoblanadi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi - mahalliy eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun vakolatli organ hisoblanadi. U eksport qiluvchilarga xalqaro ko‘rgazma-yarmarkalarda ishtirok etish, milliy mahsulotlar va brendlarni tashqi bozorlarga chiqarish hamda xalqaro standartlashtirish va xalqaro sertifikatlarni olish uchun sarflangan harajatlarni kompensatsiya qilib beradi.
Bundan tashqari, eksport qiluvchilar Agentlikka murojaat qilib, mahsulotni eksport bozorlariga tashish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizigacha qoplash uchun kompensatsiya, shuningdek, sug‘urta xizmatlari eksport qiluvchilar tomonidan garov sifatida foydalanilgan taqdirda sug‘urta mukofotining kompensatsiyasini olishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 21-oktyabrda qabul qilingan “Eksport faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mamlakatda eksportni rag‘batlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning mantiqiy davomidir.
Hujjat eksport qiluvchilar uchun qator qo‘shimcha imtiyozlarni nazarda tutadi. Xususan, hujjatda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan eksport qiluvchi korxonalarga beriladigan kompensatsiyalar va kafolatlar bo‘yicha yangi imtiyozlar tasdiqlandi.
Birinchidan, agar bugungi kunga qadar tijorat banklarining eksportoldi kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiyalar faqat ishlab chiqaruvchilar - eksport qiluvchilarga berilgan bo‘lsa, endilikda Farmonga binoan ushbu preferensiya asosiy faoliyati savdo vositachiligi bo‘lgan eksport qiluvchilariga ham joriy etiladi.
Ikkinchidan, shu paytgacha eksport qiluvchilarning tijorat banklaridan olingan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiyalarni taqdim etish foiz stavkasi qayta moliyalash stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan kreditlarga nisbatan va faqat qayta moliyalash stavkasidan oshib ketgan qismida amalga oshirilgan. Endi esa foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya foiz stavkasi va kredit hajmidan qat’iy nazar taqdim etiladi.
Uchinchidan, aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun tijorat banklaridan olinadigan kreditlar bo‘yicha taqdim etiladigan kafolat miqdori (kredit miqdorining 50 foizigacha) 4 milliarddan 8 milliard so‘mgacha oshirildi.
To‘rtinchidan, bugungi kunga qadar kompensatsiya berilgan ilgari ajratilgan kredit bo‘yicha qarzdorlik yuzaga kelgan taqdirda, eksport qiluvchi kompensatsiya va kafolat olish imtiyozidan qayta foydalana olmas edi. Endi esa oldingi kreditlar bo‘yicha majburiyatlarga qaramay, ijobiy kredit tarixi bo‘lgan holda qo‘shimcha kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya va kafolatlar beriladi. Shu bilan birga, taqdim etilgan kafolatlar bo‘yicha olinadigan komissiya miqdori 1 foizdan 0,5 foizgacha kamayadi.
Ta’kidlash joizki, Farmonning qabul qilinishi bilan mahalliy eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash davlat instituti sifatida Eksportni rivojlantirish agentligining funksiyalari va vakolatlari kengaytirildi. Endilikda Agentlikka tijorat banklarini eksportgacha moliyalashtirish va eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalarini amalga oshirishga kreditlar ajratish uchun moliyaviy resurslarni taqdim etish, shuningdek xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, xorijiy banklar va moliya kompaniyalari mablag‘larini eksportgacha moliyalashtirishga jalb qilish bo‘yicha vazifalarni hal qilish vakolati beriladi.
Ushbu maqsadda Eksportni rag‘batlantirish agentligi huzurida Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilmoqda, uning hisobidan tijorat banklariga eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish maqsadida moliyaviy resurslarni ajratish mexanizmi joriy etiladi. Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining resurs bazasini shakllantirish va faoliyatini boshlash uchun O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan 100 mln AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratiladi.
Jamg‘armani tashkil etish eksportni qo‘llab-quvvatlash bir butun Milliy tizimini shakllantirishning muhim bosqichiga aylanadi, uning funksional elementlari Eksportni rag‘batlantirish agentligi va “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi hisoblanadi.
Kompensatsiya, subsidiyalar va moliyalashtirishni ta’minlashdan tashqari, tizimning funksiyalariga eksport shartnomasini tuzish bosqichigacha xorijiy xaridorni topish va muzokaralar jarayonida mahalliy eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash, jumladan, respublika vazirliklari va idoralari, mahalliy hokimiyat organlari bilan eksport qiluvchilarning milliy eksport mahsulotlarini chet elga sotish, eksportni qo‘llab-quvvatlash choralari, mavjud imtiyozlar va preferensiyalar, vakolatli davlat hukumat organlarining vazifalari va funksiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha tizimli hamkorlikni o‘rnatish kiradi.
Milliy eksportni qo‘llab-quvvatlash tizimining o‘ziga xos afzalligi - eksportchilarni “yagona oyna” tamoyili asosida kompleks qo‘llab-quvvatlash imkoniyati bo‘lib, ularga o‘z faoliyatida duch keladigan masalalarning keng ko‘lamini hal etishda vaqt yo‘qotishlarini va moddiy xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishga imkon beradi.
Xulosa
Eksport salohiyatini baholash murakkab jarayon bo’lib, u o’ziga tabiiy xom-ashyo bazasi, mintaqa iqtisodiy holatini tavsiflaydigan eksport ishlab chiqarishini barqaror sur’atlarda o’sishi hamda aholining yashash darajasini ko’tarishga erishishini ta’minlovchi ilmiy-texnik, texnologik, sanoat, ijtimoiy va madaniy rivojlanishni o’zida mujassamlashtiradi.


Eksport salohiyati murakkab voqelik bo’lib, u o’z ichiga tabiiy-resurs bazasini olishi bilan birga, mintaqa iqtisodiyoti xolatini oladi. Mintaqa iqtisodiyoti xolati esa, eksport ishlab chiqarishining mavjud va prognoz qilinayotgan bozor sharoitida barqaror sur’atlari va aholining yuqori yashash darajasini ta’minlovchi mintaqaning ilmiy-texnik, texnologik, sanoat, ijtimoiy va madaniy rivojlanishini ifodalaydi.
Mintaqa eksport salohiyatining shakllantirish va rivojlantirishning muhim omillari quyidagi uslubiy xolatlarda aks etadi:
1. Mintaqa eksport salohiyati tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy omillar kompleksini, ya’ni O’zbekiston mintaqalarini bir-biri bilan taqqoslash imkonini beruvchi miqdoriy va sifat ko’rsatkichlarini o’z ichiga oladi. Bu mintaqaning tashqi iqtisodiy strategiyasini ishlab chiqish imkonini beradi.
2.Mintaqa eksport salohiyatini sharxlashda 1-o’rinda turuvchi omil tabiiy-resurs salohiyatidir. Chunki, eksportning xom-ashyoviy yo’naltirilganlik darajasi 30%ni tashkil qiladi.
3.Tashqi bozorlarga yo’naltirilgan yangi tarmoqlar va ishlab chiqarish turlarining vujudga kelishi bilan bog’liq mintaqa eksport salohiyatining tadrijiyligi eksport saloxityatini muntazam monitoring qilib borish dolzarb vazifaligini anglatadi.
Umuman olganda yaratilgan xuquqiy asoslar xorijiy xamkorlarning keng investitsiya faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratib, ularning xuquqlari va sarflagan investitsiyasini himoya qiladi.

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish