Iqtisodiyot va servis


Vaholanki, biznesda sutkalar emas, soatlar emas, hatto daqiqalar ham emas, balki gohida soniyalar ham muhim rol o‘ynaydi



Download 1,24 Mb.
bet10/13
Sana13.07.2022
Hajmi1,24 Mb.
#785106
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
19-87 gurux talabasi Azimov T. ning kurs ishi

Vaholanki, biznesda sutkalar emas, soatlar emas, hatto daqiqalar ham emas, balki gohida soniyalar ham muhim rol o‘ynaydi.
Do‘konlarga mahsulot qancha erta yetkazib berilsa, ular uchun ham juda qulay vaqt hisoblanadi. Agar kechga yaqin yetkazilsa, ko‘pincha uni qabul qilishmaydi. Chunki, kech bo‘lgach, do‘kon yoki bazadagi ishchilar uy-uyiga tarqalib ketgan paytiga to‘g‘ri keladi.
Xuddi shuningdek, kunning o‘rtasida ham yetkazib berilgan mahsulot ko‘pincha qabul qilinmaydi. Oqibatda haligi olib borilgan mahsulotimiz yana bir kunga cho‘zilib, sifat ko‘rsatkichlari yana pasayishiga sabab bo‘ladi.
Aytgancha, bojxonaga yetib borguncha eng dolzarb bo‘lgan yana bitta katta va qaysi bir ma’noda mantiq bilan qaraydiganlar uchun kulgili bo‘lgan muammoni e’tibordan chetda qoldiribmiz.
Bu qishloq xo‘jaligi mahsulotiga beriladigan sanitariya sertifikatini berish bilan bog‘liq muammo. Bu yerda juda g‘ayrioddiy holatning guvohi bo‘lishingiz mumkin. Masalan, Farg‘ona vodiysida yetishtirilgan ma’lum bir qishloq xo‘jaligi mahsuloti uchun sertifikatni Jizzaxdan olishingiz kerak bo‘ladi. Kulgili a?
Hozir xalq uchun qulay bo‘lgan davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi yagona darcha idoralari odamlar uchun juda ko‘p yengilliklarni yaratilishiga sabab bo‘ldi.
Axir, xuddi shunday yo‘llarni joriy etish orqali, eksportyorlar uchun zarur bo‘lgan sertifikatni olishni ham yengillashtirish mumkin emasmi? Jumladan, Yevropa davlatlari, Rossiyada arzimagan 1-2soat ichida o‘shanday sertifikatni olish mumkin. Hatto qo‘shni Qirg‘izistonda ham jarayon bunchalik murakkab emas.
Bizda esa shu ham muammo bo‘lib saqlanib turibdi. Bitta sertifikatni olish uchun, taxminan, 1 mln. so‘m to‘lovni amalga oshirishingiz kerak bo‘ladi. Vaholanki, bu ham sarf-xarajatlar ro‘yxatiga kirib ketadi va albatta, umumiy tannarxga ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi.
O‘sha sertifikatni olish uchun vaqt muammosi ham mavjud bo‘lib, unga uch yoki to‘rt kunlab vaqt sarflanadi. Gohida yanayam cho‘zilib ketishi mumkin, ya’ni bir hafta, o‘n kungacha boradi.
Bu sanab o‘tilgan muammo faqatgina avtotransport bilan eksport qilishda duch kelinadigan muammolar xolos. Havo va temir yo‘l transporti orqali amalga oshiriladigan eksportlarning ham xuddi shu kabi jarayonlar bilan bog‘liq muammolari mavjud.
Dastlab samolyot orqali eksport qilishda duch kelinadigan muammolarni batafsilroq ko‘rsatib o‘tishga harakat qilaman.
Xo‘sh samolyot bilan tashishda qanday muammolar bor? Aslida samolyot bilan xarajatlar unchalik qimmat bo‘lmasligi kerak. Ayni vaqtda uning narxi, bir kilogramm yuk uchun 3,3 AQSh dollarini tashkil etadi.
Endi o‘zingiz bir o‘ylab ko‘ring. O‘zi eksport qilinadigan mahsulotning tan narxi 50 sentlik bo‘lsa, agar uning ustiga yana 3,5 AQSh dollari qo‘shilsa, kiymati 4 dollarga o‘zgaradi. Yana 1 dollar bojxona xarajatlari, ortish, tushirish, saqlash kabi xarajatlar bilan qiymati 5 AQSh dollariga, aeroportdan manzilga yetgunicha yana 1 dollar. Xorijda servislar qimmatligini ham hisobga olish kerak. Xullas, jami 5,5 – 6 dollarni tashkil etdi.
Men 0,50, ba’zida 0,10 -0,15 sent foyda kilsam, gipermarketlar 1 dollar ustiga qo‘yishadi. Demak, uni kamida 7 AQSh dollaridan sotishimiz kerak bo‘ladi. Ya’ni, O‘zbekistonda 50 sent turgan mahsulot yetib borganda 7 AQSh dollariga aylanmoqda.
Vaholanki, xuddi shu mahsulot boshqalarda ham bor. Tabiiyki ularning mahsulotlari biznikiga nisbatan arzonroqqa tushadi. Aytaylik, 5 dollarga sotishganda ham biz emas, ular bozorni egallashadi.
Ajablantiradigan tarafi, aslida chetga zarar bilan sotiladigan avtomashina korxonamizga, davlat tomonidan uning qoplab berilishidir. Yana qo‘shimchasiga ularga import kilishlari uchun ham hech kanday bojxona to‘lovlari mavjud emas.
Davlat tomonidan ularga shuncha ko‘p imtiyozlar berilsa-da, ming- minglab insonlar band bo‘lgan eksportyorlar uchun hech qanday imtiyozlar bo‘lmasa, bular axir o‘sha korxonadan ham ko‘proq valyuta olib kelishadi-ku?!
Gapimning isboti sifatida, mana bu suratga e’tiboringizni qaratgan bo‘lardim.

O‘zbek agrosanoati paxtadan tashqari eksportining 2018 yilgi ko‘rsatkich qiymati 101 mln. dollarni tashkil etgan.
Endi temir yo‘l transportidagi eksport bilan bog‘liq muammoni ko‘taradigan bo‘lsak, uni Rossiya va Qozog‘iston temir yo‘l transportirovkasi bilan taqqoslaganda, biznikiga nisbatan qimmat hisoblanadi.
Nima sababdan? Gap shundaki, bizda vagonlar yetishmasligi muammosi mavjud. Aksariyat vagonlarni biz Qozog‘istondan ijaraga olamiz. Vaholanki, bitta vagonning ijarasi bir oyga 1000 dollarni tashkil etadi. Shu joyda yana savol paydo bo‘ladi. Nahotki, bizda o‘sha vagonlarni ishlab chiqarishning iloji bo‘lmasa?

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish