Iqtisodiyot va servis


Eksport salohiyati tushunchalarini ilmiy nazariy asoslari



Download 1,24 Mb.
bet2/13
Sana13.07.2022
Hajmi1,24 Mb.
#785106
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
19-87 gurux talabasi Azimov T. ning kurs ishi

1.Eksport salohiyati tushunchalarini ilmiy nazariy asoslari
Bugungi kunning ilmiy sohasida keng qo’llanilayotgan atamalardan yana biri "eksport salohiyati"dir. Uning milliy iqtisodiyotimiz uchun bir qator yangi tushunchaligi boisidan uni yanada chuqurroq o’rganishga undaydi. "Salohiyat" tushunchasi ma’lum makon va zamon doirasida resurslarni umumlashtirish, jamlash ma’nosini bildiradi. "Iqtisodiy salohiyat" tushunchasi esa jamiyatni moddiy va inson resurslari bilan ta’minlanganlik darajasini, ulardan foydalanish bo’yicha imkoniyatlarning xali mavjudligini anglatadi xamda ana shu imkoniyatlar miqyosi bilan baholanadi. Iqtisodiy salohiyatii baholashni tabiiy va inson resurslarini baholashdan boshlash lozim . Chunki, iqtisodni asosini cheklangan resurslar orqali insoniyatning cheksiz extiyojlarini optimal qondirish hisoblanadi. Bunda ishlab chiqarishning asosini xom-ashyo resurslari hamda inson mexnati tashkil qiladi.
Eksport salohiyatiga faqat rivojlanish imkoniyati sifatida qarash mazkur tushunchani belgilashga juda tor va bir taraflama yondashuv bo’ladi, chunki, uning haqiqiy (real) shaklini hisobga olmaydi. Shu bilan birga, "salohiyat" (inglizcha potential - imkoniyat, qudrat, kuch) so’zining etimologiyasida ham uni muayyan tizimning imkoniyatlarini baholash uchun foydalanish nazarda tutiladi. "Salohiyat" atamasi "imkoniyat" tushunchasidan ancha keng ma’noni bildiradi. "Imkoniyat"ni harakat va rivojlanish jarayonidagi tarkibiy element yoxud xatto uning funktsional "salohiyati" sifatida qabul qilish mumkin . Xususan, "eksport salohiyati" tushunchasini tadqiq qilish jarayonida bir nechta xorij va maxalliy olimlarning bergan ta’riflari xamda nuqtai nazarlari o’rganildi. Natijada, quyidagi 10 ta ta’rifni bir qator ko’rsatkichlariga ko’ra umumlashtirildi.

A.A.Maltsevning fikriga ko’ra: "Biror bir hududning eksport salohiyati mazkur mintaqaning aniq bir tashqi bozorga chiqish va uni mustahkamlash imkoniyatlari bo’yicha baholanadigan eksport bazasidir . Mintaqa eksport bazasi deganda korxonalarning eksportga ishlab chiqarayotgan tovar va xizmatlar bilan birgalikda shu hududda raqobatbardoshlik bo’yicha jahon standartlariga mos keladigan, ammo ba’zi sabablarga ko’ra xorijga jo’natilmayotgan mahsulotlarning yigindisidir" . Yondashuvning afzallik tomoni uning eksport salohiyatini mavjud koeffitsientlar bo’yicha miqdoriy baholash belgilab ko’rsatilganligi, berilgan parametrlar taxhlili uchun keng bazaning mavjudligi, eksport salohiyatini aniqlash bo’yicha universal metodikaning qo’llanishi, 2 ta kategoriya: "eksport salohiyati" va "eksport bazasi"ning o’zaro bog’liqlik darajasi ko’rsatib berilganligida o’z aksini topgan.


Y.A.Tokarevning ta’rificha: "Eksport salohiyati - xalq xo’jaligi va butun iqtisodiyot korxonalari va tarmoqlarining tashqi bozorlarda raqobatbardosh sanoat hamda qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish; chet el fuqarolariga xizmat ko’rsatish, shu bilan birga ma’lum bir tarixiy davrda kapitalni chetga chiqarish bo’yicha qobiliyati majmuasidir ". Ushbu yondashuvda Y.V.Tokarev eksport salohiyatini nafaqat moddiy tovarlarni, balki, nomoddiy ishlab chiqarish - xizmatlarni yetkazib berish xam eksport salohiyatini belgilab beruvchi omil deb qaraydi. Jumladan, kapital eksportini xam e’tiborga oladi. Shu bilan birga olim mazkur tushunchani kengaytirib, makro va mikro darajada ko’rib chiqqan. Iqtisodchi olim V.A.Suprunning fikricha eksport salohiyati va eksport ishlab chiqarishi nisbati, yaxlitlik va bir qismning nisbatidir. Eksport salohiyati yanada kengroq tushuncha sifatida eksport ishlab chiqarishini o’z tuzilmasiga kiritadi. U "Iqtisodiyotda qanchalik katta salohiyat bo’lsa, uning eksport salohiyati shunchalik yuqori bo’ladi" deb ta’kidlaydi.


Eksport salohiyatini amalga oshirish darajasi eksport ishlab chiqarishi bo’lib, u jahon xo’jalik aloqalari tizimida qay darajada amal qilsa, shunday darajada mehnat taqsimotining asosini tashkil qiladi. Tadqiqot jarayonida kelingan xulosalar shuni ko’rsatadiki, eksport salohiyati ko’p jixatdan faqat makrodarajada ko’rib chiqilgan xamda uni hisoblash yoki aniqlash bo’yicha aniq ko’rsatmalar, formulalar berilmagan. Mazkur tushunchaga yanada takomillashgan ta’rif berishga xarakat qiladigan bo’lsak "eksport salohiyati"ga muallif tomonidan taklif qilinayotgan ta’rif quyidagicha: "Eksport salohiyati - bu milliy iqtisodiyot, mintaqalar, aloxida olingan tarmoqlar yoki korxonalarning eksportga kerakli miqdorda raqobatbardosh mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarish va yetarli xajmda yetkazib berish qobiliyati"



Bizning fikrimizcha, eksport salohiyatidan foydalanilganlik darajasiga qarab u 2 qismga: aktiv va passiv eksport salohiyatlariga bo’linadi.


Aktiv eksport salohiyati - bu yalpi eksport salohiyatidan faqatgina foydalanilayotgan qismi. Ya’ni, jahon bozorlariga yoki chet davlatlarga eksport qilinayotgan raqobatbardosh mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarishdagi imkoniyatlar yig’indisi.


Passiv eksport salohiyati esa ma’lum bir jahon standartiga mos raqobatbardosh mahsulot va xizmatlar ishlab chiqara olish imkoniyati, lekin undan ma’lum sabablarga ko’ra foydalana olmaslik. Masalan, mahsulot va xizmat ishlab chiqarilishi mumkin bo’lsada, lekin uni jahon bozoriga yetkazib berishda qulay, arzon transport tizimining mavjud emasligi yoki chet el texnik talablariga mos emasligi evaziga eksport qilina olmasligi va x.k. Rasmdagi doira shartli ravishda biror bir mamlakat yoxud mintaqaning yalpi eksport salohiyatini bildiradi. "Eksport salohiyati"ga biz tomonimizdan berilayotgan ta’rifning mazkur tushunchani tadqiq qilgan boshqa olimlarning yondashuvlaridan o’ziga xosligi shundaki, bunda xar bir yondashuvning umumiy farqli jixatlari qamrab oladi. Jumladan, eksport salohiyati faqat makrodarajadagina emas, balki, mintaqalar, aloxida olingan tarmoqlar va korxonalar darajasida ham bo’lib, ular nafaqat jahon bozorida raqobatbardosh moddiy ko’rinishdagi mahsulotlar balki, xizmatlar ko’rsatish orqali xam baholanadi. Bundan tashqari mintaqa eksport salohiyatini shakllantiruvchi omillar tasnifi ishlab chiqilgan.



Shuni ta’kidlab o’tish joizki, eksport salohiyati tushunchasiga berilgan ta’riflar, yondashuvlarning asosiy qismi faqat nazariy axamiyatga ega bo’lib, uni qanday uslublar yoki matematik formulalar vositasida hisoblash, baholash mumkinligini ochib bermaydi. Biz ushbu tadqiqot ishida eksport salohiyati tushunchasiga nafaqat nazariy-taxliliy yondashuv bilan balki, uni hisoblash yoki baholash metodikasi ustida ham to’xtalib o’tdik. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida eksport salohiyatini reytingli baholash uslubini ishlab chiqdik


Mintaqa eksport salohiyatini reytinglashdan maqsad eksport salohiyatiga miqdoriy baho berish xamda ularning boshqa mintaqalar orasidagi o’rnini aniqlashdan iborat. Ko’rsatkichlarni quyida keltirilgan formulalar yordamida yagona bir tizimli, taqqoslash imkonini beradigan xolatga keltirib olindi. Ular;


- jon boshiga to’gri kelgan mintaqa tashqi savdo aylanmasi, investitsiyalar, sanoat mahsuloti, qishloq xo’jaligi mahsuloti, xizmatlar, qo’shma korxonalar tashqi savdo aylanmasi;
- individual tadbirkorlar soni;
- barpo etilgan korxonalar soni (yil boshiga nisbatan %da);
- qo’shma korxonalarda band bo’lganlik darajasi;
- xar bir kichik biznesni korxonasiga to’gri kelgan kichik biznes korxonalari mahsuloti;
- jami investitsiyalarda korxonalar va aholining ulushi;
- kichik biznesda bandlar soni;
- mintaqa iqtisodiyotining ochiqlik darajasi;
- yalpi investitsiyalarda xorijiy investitsiya ulushi;
- kapital importi koeffitsienti (xorijiy investitsiya)lardir.

Baholash mintaqalarni ko’rsatkichlar bo’yicha yig’gan natijalari bo’yicha reytinglashni ifodalaydi. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasi xamda YaIM xajmi ko’p jixatdan mamlakat eksport salohiyati va undan naqadar oqilona foydalanishga bog’liq bo’ladi.


Boshqa tomondan esa, bir qator boshqa davlatlar (Malayziya, Singapur, Tailand, Tayvan)ning tajribasi asosan bozor mexanizmlariga tayanishni o’zida aks ettiradi. Sanoati rivojlangan davlatlar sirasiga mansub eksportga yo’naltirilgan davlatlar (Tailand, Tayvan, Malayziya)ning ko’pchiligida xukumat eksport masalalariga deyarli aralashmagan. Boshqa davlatlar esa, aksincha, eksportchilar uchun qulay makroiqtisodiy sharoitlarni yaratish bilan bir qatorda eksportni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning maxsus shakllaridan ham foydalanishgan.


O’tkazilgan tadqiqot shuni ko’rsatadiki, eksportni rag’batlantirishning asosiy vositalari quyidagilardir: qulay makroiqtisodiy muhit va ishlab chiqaruvchilar uchun eksportga rag’bat yaratish. Bunda eksportni rag’batlantirishning asosiy vositalari sifatida quyidagilar namoyon bo’lishi mumkin: soliq va boj imtiyozlari; grantlar va imtiyozli kreditlar berish; valyuta kursini belgilash va nazorat qilish; eksportni jadallashtirish uchun mamlakatda va xorijda maxsus davlat jamg’armalari, tashkilotlari va markazlarini tuzish.


Eksport subsidiyalari ko’p mablag’ sarflanadigan tovarlar bilan bir qatorda ayrim tayyor mahsulotlar eksportiga, ayniqsa, qishloq xo’jalik mahsulotlariga nisbatan keng tarzda ishlatiladi. Masalan, Janubiy Koreya hukumati 2001 yilda qishloq xo’jalik mahsulotlarini eksport qilishga 25.95 milliard vonni tashkil qiluvchi subsidiya ajratdi. Ushbu subsidiyalar mevalar, gullar, sabzavotlar, kimchi, jenshen va qora mol mahsulotlariga tegishli edi.

Eksport tovar siyosatini amalga oshirishda xalqaro xarakterga ega bo’lgan quyidagi marketing tadqiqotlarini o’tkazish lozim:

Mazkur tovar yoki xizmatlar xalqaro bozori kon’yunkturasini o’rganish, mazkur tovar bozoridagi potensial hamkor yoki raqobatchi firmalarni aniqlash hamda ularning ish usullarini tahlil qilish.

Xalqaro bozorning maqsadli qismini aniqlash.

Xalqaro bozorning maqsadli uchastkasida faoliyat yuritishning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va bojxona shartlarini aniqlash.

Mazkur tovar mahsulotining potensial iste’molchilarini segmentlash.

Xalqaro marketing kommunikatsiya vositalarini qo’llash imkoniyatlarini izlab topish.

Xalqaro bozorda mazkur tovar va xizmatlarning raqobatbardoshligini aniqlash.

Eksport tovar assortimenti, uni kengaytirish yoki toraytirish usullarini belgilash.

Xalqaro bozorning maqsadli uchastkasining ijtimoiy-madaniy muhitini (milliy o’zlikni anglash darajasi, diniy xususiyatlar, jamiyat a’zolari o’rtasida ijtimoiy rollarni taqsimlash, til, imo-ishoralar va urf-odatlar) o’rganish.

Rasional va maqsadga muvofiq eksport shakllarini aniqlash (iste’molchilar bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqalar o’rnatish, qo’shma faoliyatga yo’nalganlik, chet ellik vositachilar tarmog’idan foydalanish).

Mamlakatimizdagi korxona va tashkilotlarning xalqaro savdo faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish eksport-import operasiyalarini Litsenziyalash vositasida amalga oshiriladi. Ushbu faoliyat turlariga mos keluvchi davlat organlarining maxsus (asosiy va individual) ruxsatnomalar berishi nazarda tutiladi.

Asosiy Litsenziya bu bozor sub’yektiga ma’lum muddatga muayyan tovarlarni cheklanmagan miqdorda mamlakati ko’rsatilgan holda eksport yoki import qilish uchun beriluvchi maxsus ruxsatnomadir. Individual Litsenziya esa bozor sub’yektiga cheklangan muddatga muayyan tovarni cheklangan miqdorda mamlakati ko’rsatilgan holda eksport yoki import qilish uchun beriluvchi bir martalik maxsus ruxsatnoma hisoblanadi.

Litsenziyalash tashqi savdo munosabatlarini xalqaro tartibga solishning amaliy vositasi bo’lib, ichki iste’mol uchun zarur bo’lgan mahsulot eksportini cheklash, mahalliy mahsulot ishlab chiqaruvchilarga zarar etkazilishining oldini olish maqsadida importni cheklash, mamlakatning savdo va to’lov balansini tartibga solish, fors-major holatlar sababli iqtisodiyotda yuzaga kelgan vaqtinchalik qiyinchiliklarni bartaraf qilish, xorijiy valyutani sarflashni nazorat qilish kabi maqsadlarda keng qo’llanadi.

Xalqaro savdo sub’yektlari unumli eksport tovar siyosatini olib borishga harakat qiladilar. Bunda ma’lum bir harakatlar kursi, ularga rioya qilish natijasida eksport tovar assortimenti samarali shakllantirish va amalga oshirishga imkon beruvchi tamoyillar taklif qilinadi. O’z mohiyatiga ko’ra tovar eksportning taqdirini belgilab beradi, shu sababli barcha chora-tadbirlar – tovarni yaratish, tayyorlash, xalqaro bozorda sotish, reklama va hokazolar eksport siyosatida markaziy o’rinni egallaydi. Tovarni etkazib berish mo’ljallangan mamlakat bozori talablari tahlil qilingandan so’ng yaratilgan tovarlargina tijorat muvaffaqiyatiga erishish mumkin. Avvalo eksport qilinishi mo’ljallangan tovarga eng yuqori texnik-iqtisodiy tavsifnomalarni kiritish lozim. Ichki iste’molchiga mo’ljallangan va mamlakatda muvaffaqiyatga erishgan mahsulotlar chet elda qabul qilinmasligi mumkin. Mahalliy GOST talablariga javob berish tashqi bozorning savdo, texnologik, estetik va ekologik normalariga javob berishidan kafolat bera olmaydi.

Eksport tovar siyosatida tovarning iste’mol qiymati o’z ko’rsatkichlari bo’yicha chet ellik iste’molchining talablariga javob bergan taqdirda yuqori bo’ladi. Tovarni import qiluvchi mamlakatdagi avvaldan belgilangan, kutilayotgan maqsadli xaridorlar guruhiga aniq yo’naltirgan holda loyihalashtirish, ya’ni «o’rtacha statistik xaridor»ga emas, balki muayyan xaridorlarga yo’naltirish lozim.

Xalqaro savdoda eksport tovar siyosatining uch varianti qo’llanadi.

1. Markazlashgan variant tashqi bozorda mazkur ishlab chiqaruvchining mavjud tovariga texnik va texnologik jihatdan o’xshash va unga mos keluvchi, chet ellik yangi xaridorlarni jalb qilishi mo’ljallangan yangi tovarni yaratish va ishlab chiqarishga yo’naltiriladi.

2. Gorizontal variant. Bunda mazkur ishlab chiqaruvchining tashqi bozorga chiqariluvchi yangi tovari ilgari mavjud bo’lgan tovarga o’xshash bo’lib, yangi shakllangan iste’molchilar guruhiga mo’ljallanadi, uni ishlab chiqarish esa kichik texnologik o’zgarishlar bilan amalga oshiriladi.

3. Konglomerat variant. Bunda tashqi bozorga mazkur ishlab chiqaruvchining ilgari mavjud bo’lgan tovarga umuman o’xshamagan, ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish va yangi bozorni egallashni talab qiluvchi yangi tovar kiritiladi.

Eksport tovar siyosatida importchi mamlakatlarda amal qiluvchi turli xil me’yoriy hujjatlar (xalqaro va milliy standartlar, bojxona talablari va hokazo) qo’llanib, bu tovar qadoqlashsi, markirovkasi, dizayni, ayrim tavsifnomalari va hujjatlariga ta’sir ko’rsatadi. Mahsulot eksport qiluvchi o’zining huquq va majburiyatlari haqida aniq tasavvurga, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish va sotuv resurslariga ega bo’lishi lozim. Xalqaro savdo usullari va tamoyillarini qat’iy hisobga olish muhim ahamiyat kasb etib, ular ko’p hollarda ichki usul va tamoyillardan sezilarli farq qiladi. Bundan tashqari, savdo operasiyalarini rasmiylashtirish va amalga oshirish xususiyatlari, bojxona tomonidan tartibga solinish, valyuta nazorati, savdo amaliyoti va mamlakatda amal qiluvchi urf-odatlarni ham inobatga olish joiz.

Jahon tajribalarining ko’rsatishicha, turli xildagi raqobatbardosh eksport tovarlarining etarli bo’lishi tijorat olamining javob tariqasidagi harakatlarini – yuqori sifatli tovarlar importi va chet el investisiyalari oqimining o’sishiga sabab bo’ladi.

Eksport tovar siyosati natijalarini ko’p jihatdan xalqaro savdo marketingi belgilab beradi. Xalqaro savdoda eksportchi bozorni tanlashga ta’sir ko’rsatuvchi turli omillar: bozorning o’ziga xosligi va salohiyati, barqarorligi, tovar mahsulotlari kiritishning murkkablik darajasi kabi omillarga duch keladi. Bozorni tartibga soluvchi bir qator qoida va munosabatlarga, shuningdek, importchi mamlakat jamoatchiligining ichki muammolari, jumladan, an’analar va ramziy belgilar dunyosi, turli xil udumlar xarakteri bilan ham hisoblashish zarur. Bu muammolar muayyan tashqi bozorga mo’ljallangan eksport tovarida loyihalashtiriladi. Xalqaro savdoda muvaffaqiyatga erishishga intiluvchi eksportchi amalga oshiruvchi marketing tadqiqotlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo’lishi lozim:

bozorda talab va taklif o’rtasidagi eng optimal mutanosiblikka erishishga imkon beruvchi shartlarni aniqlash;

muayyan bozorda tijorat munosabatlarining xarakteri va strukturasi hamda ularning rivojlanish tedensiyalariga ta’sir ko’rsatuvchi barcha omillarni aniqlash;

ma’lum bir bozor kon’yunkturasi holatining mamlakat va mintaqaning mos keluvchi umumxo’jalik kon’yunkturasi bilan o’zaro aloqalari bo’yicha majburiyatlarini aniqlash;

tovarning iste’mol xususiyatlari xalqaro bozor talablariga mos kelishini aniqlash;

eksport tovari ustunliklarini, uning raqobatbardoshligini boshqa xorijiy tovarlar bilan solishtirish asosida baholash.


Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish