Dunyoning yetti mo`jizasi



Download 5,72 Mb.
bet1/12
Sana17.03.2023
Hajmi5,72 Mb.
#920118
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Dunyoning yetti mo`jizasi (2)


Mavzu: Dunyoning yetti mo‘jizasi
Reja:

  1. Kirish

  2. Asosiy qism

1.Yetti mo‘jiza g‘oyasi qanday paydo bo‘lgan?
2.Qadimgi dunyoning yetti mo‘jizasi
3.Yetti mo‘jizaning yunesko tomonidan muhofaza qilinishi
4.Dunyoning yangi yetti mo‘jizasi

  1. Xulosa

  2. Adabiyotlar ro‘yxati


Kirish
Respublikamizning kelajakda buyuk mamlakatga aylanishi, jahonning rivojlangan davlatlari qatoriga qo‘shilishida xalqimiz madaniyati, ma’rifati, san’’ati va manaviyatining roli beqiyosdir. Xalqimiz ma’naviyat va madaniyatini boyitishda tasviriy san’atning ham o‘z o‘rni bor. Hozirgi davrda har sohada bo‘lgani kabi tasviriy san’atda ham katta o‘zarishlar bo‘lmoqda. Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchisi so‘zsiz, tasviriy san’atning ifoda vositalari haqida chuqur ma’lumotga ega bo‘lishi, turli badiiy materiallarning xususiyatlari va ulardan foydalanish yo‘llarini mukammal egallashlari kerak. Tasviriy san’at o‘qituvchisining o‘zi qalam va bo‘yoqlar bilan rangda ifoda etish ko‘nikmalariga ega bo‘lish bilan birga, bu sohadagi bilimlarini o‘quvchilariga ham yetkaza olishi zarur.
Dunyoning yetti «mo‘jiza»si har birining taqdiri ana shunday bo‘ldi: Misr ehromlaridan boshqa hamma haykal va inshootlar yo‘qolib ketdi. Lekin ular haqidagi xotira asrlar osha tarixiy manbalarda yashab kelmoqda. Ulardan keyin — eng qadimgi davrdan boshlab hozirga qadar inson qo‘li bilan yaratilgan, go‘zalligi bilan hammani hayratga soluvchi har qanday ajoyib san’at durdonasini dunyoning sakkizinchi «mo‘jiza»si deb atash qadimdan qolgan. Darhaqiqat, yunonlar dunyoning yetti «mo‘jizasi»ni belgilagan davrdan buyon yer yuzida «mo‘jiza» deb atasa bo‘ladigan juda ko‘p tarixiy yodgorliklar bunyod etildi. Ana shunday obidalar O‘zbekistonda ham anchagina. Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlaridagi tarixiy yodgorliklarni ko‘rganlar shunga iqror bo‘lmoqdalar.
2000-yilda boshlangan «Yangi Ming Yillik «proyektlari doirasida boshlangan «Dunyoning yangi 7 mo‘jiasi» ro‘yxatini tuzish 2007-yilda o‘z yakuniga yetdi. Deyarli 100 million nafardan ortiq sayyoramiz aholisining telefon va internet or­qali bergan ovozlari bilan dunyoning yangi yetti mo‘jizasi dunyoning 200 ta eng sara inshootlari orasidan tanlab olindi hamda ushbu ro‘yxat Portugaliyaning Lissabon shahridagi «Luz” stadionida 2007-yilning 7-oyi 7-kuni 7-iyulda taqdim etildi.Tadbirda amerikalik kosmonavt Nil Armstrong, futbolchi Krishtianu Ronaldo, YUNESKO ning sobiq bosh direktori Federiko Mayor Saragosa, amerikalik aktrisa Jennifer Lopes va raqqos Xoakin Kortes kabi mashhur insonlar qatnashdilar. Shou translyatsiyasidan tushgan mablag‘ning yarmi 2001-yilda vayron etilgan Afg‘onistondagi Budda haykalini tiklash uchun sarflanadigan bo‘ldi.
Faqat o‘z texnik yoki badiiy mukammalligi bilan insonlar hayratiga sabab bo‘lgan yaratmalargina yetti mo‘’jiza turkumiga kiritildi, deyiladi tashkilotchilar bayonotida. Aslida dunyoning yangi yetti mo‘’jizasi ro‘yxatini 2001-yil shveytsariyalik millioner, kinematograf va muzey kuratori Bernard Veber butunjahon ovoz berish yo‘li bilan yangilashni taklif etgandi. Shundan so‘ng u Syurixda «Duyoning yangi yetti mo‘’jizasi» jamg‘armasini tuzdi. 2005-yil so‘ngida ovoz berish jarayoni boshlandi. Ovoz beruvchilar avvaldan tanlangan 21 ta arxitektura javohiri orasidan eng sara yettitasini tanlashlari kerak edi. Asosiy talab inshootlar inson mehnati mahsuli bo‘lib, u 2000 yilga qadar qurilgan bo‘lishi lozim.
Sayyoramizning eng sara inshootlarining ilk ro‘yxati IV asrda grek yozuvchisi Filon Vizantiyskiy tomonidan tuzilgan. Unga Semiramida (Bobil) osma bog‘lari, Olimpiyadagi Zevs haykali, Efesdagi Artemida ibodatxonasi, Galikarnasmavzoleyi, Iskandar mayog‘i, Misr ehromlari va Gelios haykali kiritilgan.
«Yangi yetti mo‘’jiza” nomiga esa Buyuk Xitoy devori, Iordaniyadagi toqqa o‘yib ishlangan Petra majmuasi, Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahridagi Korkovadu tog‘ida joylashgan Isoning ulkan haykali, Perudagi qadimgi inklar shahri Machu-Pikchu, Meksikaning Chichen-Ittsa shahridagi qadimgi mayya piramidasi, Rim Kolizeyi va Hindiston Tojmahali sazovor bo‘ldi.
Misr ehromlari bu ro‘yxatga kiritilmagan. U tashkilotchilar tomonidan «faxriy mo‘jiza” sifatida e’tirof etildi. Ma’lumki, qadimgi mo‘’jizalardan faqat Misr ehromlarigina saqlanib qolgan. Ular ming yillar davomida tabiat va inson ta’siriga bardosh berib, «Hamma vaqtdan qo‘rqadi, lekin vaqt ehromlardan qo‘rqadi” degan ta’rifni isbotlab kelmoqda.
Kurs ishining maqsadi: Dunyoning yetti mo‘jizasini o‘rganish davomida egallangan bilim ko‘nikma va malakalarni shakllantirish
Kurs ishining dolzarbligi: Kurs ishining dolzarbligini dunyoning yetti mo‘jizasi bilan dunyoning yangi yetti mo‘zijasi orasidagi umumiylik va farqlarni o‘zaro taqqoslash solishtirish tashkil qiladi.
Kurs ishining vazifalari: kurs ishini bajarish davomida o‘z oldimizga quyidagi vazifalarni qo‘ydik:

  • Dunyoning yetti mo‘jizasini o‘rganish;

  • Dunyoning yangi yetti mo‘jizasini tahlil qilish;




Download 5,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish