12-rasm.Iskandariya mayog‘i
Miloddan avvalgi 227-yilda zilzila natijasida vayron bo‘lgan yettinchi mo‘jiza Misrda Nil daryosining dengizga quyilish joyida, Faros orolida bo‘Igan. Uni Iskandariya mayog‘i deb atashgan. Iskandar Zulqarnayn Misrni zabt etgandan keyin o‘ziga yangi poytaxt Iskandariya shahrini quradi. Shahar dengiz sohilida bunyod etilganligi uchun savdo-sotiq rivojlanib, tez orada yuksak madaniyatli, fan taraqqiy etgan shaharga aylanadi. Hashamatli saroylar, qasrlar, go‘zal binolar quriladi. Shaharga odamlar qatnovini yaxshilash uchun miloddan avvalgi 280-yilda Faros orolining sharq tomonida Iskandariya shahri yonida mayoq qurishga qaror qilindi. Uning loyihasini o‘z zamonasining mashhur va talantli me’mori Knidli Sostrat yaratgan. Mayoq minora shaklida qurilgan. U uch qavatli bo‘lib, balandligi 120 metr edi. Mayoq poydevori kvadrat shaklida, har bir tomoni 30,5 metrga teng edi. Uni dastlab xarsang plitalar bilan ishlab, ikkinchi qavatini sakkiz qirrali toshlardan qurishgan va ajoyib marmar plitalar bilan pardoz berishgan. Minoraning qirralari sakkiz tomondan esadigan asosiy shamol §іo‘nalishlariga mo‘ljallab qurilgan.
Uchinchi qavati esa yumaloq qubbali minora shaklida bo‘lib, uning ustiga dengiz xudosi Poseydonning bronzadan ishlangan ulkan haykali o‘rnatilgan edi. Uchinchi qavatning qubbalarini granit ustunlar tutib turar edi. Xuddi mana shu yerda gulxan yoqilardi. Gulxan alangasi uzoq masofadan ko‘rinib turishi uchun maxsus ko‘zgular o‘rnatilgan edi. Yoqilg‘ini eng yuqori qavatgacha eshaklarga ortib olib chiqishgan. Aylanma zinalar shunday qurilgan ediki, ustiga yoqilg‘i ortilgan eshaklar bu zinalardan bemalol yuqoriga chiqa olgan. Mayoqdagi xonalarda butun boshli bir garnizon askarni joylashtirsa bo‘lardi. Mayoq kemalarga yo‘l ko‘rsatibgina qolmay, o‘ziga xos kuzatuv punkti ham bo‘Igan. Arab tarixchilarining yozishlariga qaraganda, mayoqning ikkinchi qavatini, sakkiz qirrali minorani juda ko‘p bronza haykalchalar bezab turgan. Haykalchalardan biri Quyosh qaysi tomonga o tsa, o sha tomonga qarab olarkan. Boshqa bir haykalcha kecha-yu kunduzi har soatda bir marta bong urgan. Yana bir haykalcha dushman kemasi yaqinlashayotganda harakatga kelib, dengizga ishora qilgan va ovoz chiqarib xabar bergan. Albatta, bu hikoyalar mubolag‘adan xoli emas, lekin shu narsa aniqki, Farosdagi mayoq dunyoda tengi §іo‘q, yagona inshoot bo‘lgan. Zamonlar o‘tishi bilan nam havo va to‘xtovsiz shamollar mayoqqa o‘z ta’sirini o‘tkazdi. 14-asrdagi zilzila natijasida mayoq batamom vayron bo‘Idi. Bizgacha mayoqning poydevorigina yetib kelgan, xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |