4-rasm. Bobil osma bog‘lari Qirol Nebuchadnezzar II tomonidan er.av. taxminan 600 yilda barpo etilgan. Bobil osma bog‘lari tog‘ga ayvon usulida qurilgan. Qadimgi tarixchilarning xabar berishicha, o‘sha paytlarda Bobil buyuk davlat bo‘lib, o‘zining devorlari, saroy, qasr va dahmalari bilan mashhur bo‘lgan. Osma bog‘lar ustun qilib yuqoriga ko‘tarilgan birnecha ayvonlardan tashkil topgan. Ularning balandligi 24 metrdan 90 metrgacha yetgan. Daraxtlar va gullar ayvon ustida o‘sgan va ular Furot daryosi suvi bilan sug‘orilgan. Arxeologlar Furot daryosi bo‘ylaridan osma bog‘larga tegishli deb taxmin qilinayotgan devorlarni topishgan.Bu bog‘lar qadimgi Sharqning eng katta va badavlat shahari Bobilda (hozirgi Iroq davlati hududida) bo‘lgan. Samoviy bog‘laming yaratilishi rivoyatlarda ayol podsho Semiramida (Shammuramat) nomi bilan bog‘lanadi. Aslida esa ular podsho Navuxodonosor farmoyishi bilan miloddan avvalgi 6-asrda bunyod etilgan. Podsho o‘z saroy- ini baland sun’iy maydon ustiga qurgan. Maydonga qavat-qavat ayvonlar orqali chiqilgan. Har bir qavat aylana-qubba shaklida bajarilib, ularni baland tosh ustun tutib turgan.
5-rasm. Bobil osma bog‘lari Ayvonlarning usti qamish bilan yopilib, ustidan g‘isht terilgan, so‘ng qo‘rg‘oshin plastinkalar yotqizilgan. Keyin yuqoriga juda ko‘p miqdorda tuproq chiqarilib, butun tom bo‘ylab qalin qilib solingan. Har bir qavatda daraxtlar o‘tqazilib, go‘zal bog‘lar yaratilgan. Bu bog‘larni sug‘orish uchun suvni Furot daryosidan olganlar. Suvni tepaga ko‘tarib beradigan, charm idishlar o‘rnatilgan ulkan charxpalakni yuzlab qullar kecha-yu-kunduz aylantirib turishgan. Bobildagi samoviy bog‘lar shu darajada go‘zal ediki, uni yetti iqlimda yo‘q bog‘i eram deb madh etishar edi. Afsus, hozirgi zamon sayyohlari bu bog‘larni ko‘ra olmaydilar. Furot daryosining dahshatli suv toshqini uni vayronaga aylantirdi. Hozir u bog‘lar o‘rnida minora ayvonlarning xarobalari qolgan, xolos.