12.3.
Qarorlarning ijrosini uyushtirish va ularning
bajarilishini nazorat qilish.
Qarorlarni bajarish
– bu oqibat natijasida yuqori bo’g’inda qabul qilingan
rejalarni, shuningdek shu rejalar asosida quyi bo’g’inlar uchun tuzilgan reja yoki
topshiriqlarni bajarish demakdir.
Qaror eng avvalo buyruq yoki farmoyish tarzida rasmiylashtiriladi, so’ngra u
hujjat tusini oladi. Unda aniq ijrochilar, bajarish muddatlari, nazorat qilish usullari
ko’rsatilgan bo’ladi.
Qarorlarning bajarilishiga rahbarlik qilish – bu firma, korxona, tsex, uchastka,
brigadaning boshqarish apparati tomonidan ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish
302
jarayonida rahbarlik qilish bo’yicha aniq asalalarni hal etish demakdir. Bunda har
bir bo’linma o’zining funktsional vazifasini bajarish bilan band bo’ladi. Binobarin,
boshqarishning yagona tizimi amal qiladi. Shu tariqa barcha boshqaruv
bo’linmalari bir-biriga o’zaro ta’sir ko’rsatib, bosh rejalarning bajarilishini
ta’minlaydi.
Rahbarning asosiy vazifasi boshqaruv tizimini maqsadga muvofiq
uyushtirishdan va o’zi uchun ishlab chiqarishning tub masalalari bilan
shug’ullanish imkoniyatini yaratishdan iboratdir.
Qarorlarning bajarilishiga rahbarlik qilish jarayonida rahbarning vazifasi
xodimlarning shaxsiy manfaatlarini umummanfaatlari bilan muvofiqlashtirishga
erishishdan iboratdir. Jamoaga muvaffaqiyatli rahbarlik qilish farmoyish berish va
nazorat qilish usullari, shakllari va texnikasini bilishgina emas, balki topshiriqlarni
bajarishga xodimlarni safarbar eta olish qobiliyatini ham talab qiladi.
Erishilgan yutuqlarni rahbar faqat o’zining xizmatlari qilib ko’rsatmasligi
lozim. Qaror ijro etilmay qolganda aybdorni jazolashdan oldin buning sabablarini
diqqat bilan o’rganish zarur.
Ko’pchilik rahbarlar yaxshi qaror qabul qilishni bilmasliklari tufayli emas,
balki ularni amalga oshirishni tashkil qila bilmasliklari sababli o’z lavozimlariga
mos kelmay qoladilar. Ba’zida bir masala yuzasidan ikki-uch martalab qaror qabul
qiladilar. Qarorlarning bajarilmay qolish sabablari ham mana shundadir.
Qarorlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ko’rgazmali jadval tuzish
lozim. Unda ijrochilar, bajarish muddatlari, taqsimlangan ish hajmi, ob’yektlarga
bo’linish, sarflanadigan o’rtacha vaqt, moddiy va ma’naviy resurslarga bo’lgan
ehtiyoj qayd qilinadi.
Tashkiliy reja ijrochilarga yetkaziladi, tushuntiriladi, zarur bo’lgan taqdirda
yo’l-yo’riq, uslubiy ko’rsatmalar beriladi.
Qarorlarning bajarilishiga rahbarlik qilishda rahbar muayyan me’yoriy
hujjatga tayanadi. Korxona, firma to’g’risidagi qonun yoki Nizom ana shunday
me’yoriy hujjatlardan hisoblanadi. Bu hujjatni mazkur korxona (bo’linma)ning
asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlaridan tashqari unung shtat jadvali va
303
ma’muriy rahbar ko’rsatilgan bo’ladi. Nizomda ko’pincha ushbu bo;inmaning
boshqa xizmatlar bilan funktsional aloqalari tartibga solinadi. Har bir boshqaruv
bo’limi yaxlit uyushtirilgan bo’lib, uni bitta rahbar boshqaradi. Xodimlar o’rtasida
majburiyat va javobgarlik uchun ular mustaqillik va tashabbus ko’rsatishning eng
ko’p imkoniyatlarini ta’minlaydigan qilib taqsimlanadi.
Har bir bo’limda barcha xodimlarning vazifalari, javobgarligi va huquqi
“Huquq vazifasiz, vazifa huquqsiz bo’lmaydi” degan tamoyilga amal qilgan holda
aniq belgilanadi. Shunga binoan har bir xodimga majburiyat, huquq va javobgarlik
yozma tarzda aniqlashtiriladi. Bu esa xodimlarni bir-birlarining ishiga
aralashishidan xoli qiladi.
Nizomga binoan odatdagi sharoitlarda rahbar faqat bevosita bo’sunuvchi-
largagina farmoyish beradi. Boshqa bo’sunuvchilarga farmoyish faqat ularning
bevosita rahbarlari orqali beriladi. Masalan, tsex boshlig’i formal jihatdan xizmat
bo’yicha o’zidan past turgan barcha xodimlarga buyruq berish huquqiga ega.
Biroq, u bevosita rahbarlarni chetlab buyruq berganda bu hol:
tashkiliy parokandalikka olib keladi;
intizomga salbiy ta’sir ko’rsatadi;
ko’ngilsiz ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Ba’zan rahbarlar o’rtasida bir-birining ishiga aralashish hollari ro’y beradi.
Bunday harakat ham rahbarlar orasida ma’lum norozilikni keltirib chiqaradi.
Boshqarish jarayonida oxirgi bosqish – bu qabul qilingan qarorlar ijrosini
nazorat qilishdir.
Nazorat
– bu qayta (javob) aloqa shakli hisoblanib, yuqori boshqaruv organi
tomonidan chiqarilgan buyruq, farmoyish va belgilangan rejalarning joylarda
bajarilish darajasi to’g’risidagi ma’lumotni aniqlash usulidir.
Haqiqiy holatni bilmasdan va dalillarni tekshirmasdan turib, to’gri va oqilona
rahbarlik qilib bo’lmaydi. Quyi bo’g’inlarni boshqarishda asosan hisobga olishning
tezkor va buxgalteriya hisobi turlaridan foydalaniladi.
Yaxshi yo’lga qo’yilgan hisobga olish samarali qarorlar ishlab chiqish,
ularning bajarilishini kuzatib boorish imkonini beradi. Hisobga olishdagi
304
chalkashlik, odatda ishlab chiqarishni boshqarish ahvolning yomonligidan va katta
kamchiliklar mavjudligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |