"iqtisodiyot va menejment "



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/270
Sana12.07.2022
Hajmi3,21 Mb.
#781859
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   270
Bog'liq
IQTISODIYOT VA MENEJMENT DARSLIK

Oligopoliya
sharoitida esa alohida ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) bir-biriga 
bog’liq bo`lganliklari sababli baholarni mustaqil belgilashga botina olmaydilar. Faqat 
baho belgilashda yashirinchа kelishishlari mumkin. 
Bozor iqtisodiyotiga o`tish jarayonida bahoning roli va ahamiyati beqiyosdir. 


114 
Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilaridan biri, narxlarning liberallashuvi, narx-
navoning erkin shakllanishidir. Tovarlar narxi bozordagi talab va taklifga qarab, 
xaridor bilan sotuvchining savdolashuvi asosida yuzaga keladi. Kelishilgan narxlar 
esa bozor munosabatlariga xizmat qiladi. Narx pul bilan o`lchanadi. Bozor 
iqtisodiyoti pulsiz bo`lishi mumkin emas. Pul esa iqtisodiy munosabatlarning asosiy 
vositasi bo`lib, iqtisodiyotda o`ta muhim rol' o`ynaydi. Pul munosabatlari bozor 
iqtisodiyotining ajralmas qismi hisoblanadi. Pul oboroti, pul emissiyasi, qadri-
qimmati, inflyatsiya, valyuta kursi kabi hodisalar iqtisodiy vaziyatning ko`zgusi 
hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotida tovar taqchilligi bo`lmaydi, shu sababdan bozorda 
ishlab chiqaruvchi emas, balki iste`molchi (xaridor) o`z izmini o`tkazadi, tovar va 
xizmatlarni sifati va narxiga qarab tanlab olish imkoniyatiga ega bo`ladi. Baho 
shakllanishida raqobat muhim o`rin tutadi. Raqobatda yutib chiqish yoki yutkazish 
bahoni belgilashga ham bog’liq. Raqobatlashuv jarayonida xaridor ko`p bo`lsa, 
yuqori narx tashkil topadi. Agar sotuvchilar ko`p bo`lib, ular raqobatlashishsa, past 
baholar vujudga keladi. 
Raqobat kurashida xarajatlarni qoplamaydigan, binobarin, zarar keltiradigan o`ta 
past baholar ham paydo bo`ladi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xo`jalikni 
oqilona yuritish esa moliyaviй aloqalar va qiymat qonunlaridan foydalanishni talab 
qiladi. Ayrim buyumlarning bahosini o`zgartirish evaziga davlat ularga bo`lgan 
ehtiyojni hamda ularni xarid qilishni boshqaradi. Jumladan, inson sog’liqiga putur 
yetkazuvchi mahsulotlarning narxini oshirish evaziga ularni xarid qilinishini 
chegaralash, ba`zi oziq-ovqat mahsulotlarining narxini me`yorda ushlab turish orqali 
ehtiyojlarni to`laroq qondirish bunga dalil bo`la oladi. 
Bozor iqtisodiyotining muhim talablaridan biri ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotga erkin narx shakllanishidir. Bozor sharoitida korxona talab va taklif 
nisbatidan kelib chiqib mustaqil narx belgilash imkoniga ega bo`ladi. Shu bilan birga, 
keyingi yillarda narxlar ishlab chiqarish chiqimlarini ham o`z ichiga olishi zarurligi 
tobora ko`proq tushunilmoqda. Bunday tendentsiya o`tish iqtisodiyoti mamlakatlarida 
va rivojlangan bozor iqtisodiyotli davlatlarda ham kuzatilmoqda.
O`zbekiston iqtisodiyotining aksariyat tarmoqlarida narxni shakllantirish asosan 


115 
bozor tamoyillari asosida amalga oshirilmoqda. Faqat tog’-kon tarmoqlari, yonilg’i-
energetika majmuasi sohalari, shuningdek, ishlab chiqarish chiqimlari narxga ta`sir 
qilmaydigan faoliyat sohalari bundan mustasno.
Bugungi kunda xo`jalik yuritishning bir xil sharoitlarini yaratish maqsadida 
davlat narx belgilash jarayonlarini boshqarish vazifasini bajarib kelmoqda. Bunga 
ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlarni shakllantirish 
qoidalarini joriy etish, shuningdek, korxonalar daromadlariga soliq solish maqsadida 
moliyaviy natijalarni belgilash yo`li bilan erishiladi.
Iqtisodiy nazariya nuqtai-nazaridan, sotuvchi tomonidan muayyan darajada 
rentabellikka erishishni ko`zda tutuvchi narx darajasini asoslangan tarzda 
shakllantirish sotuv hajmlari va bir birlik buyumni ishlab chiqarishga sarflangan 
xarajatlar o`rtasidagi bevosita aloqani tushunib yetishni taqozo etadi. Mahsulot narxi 
uni ishlab chiqarishga ketgan to`liq xarajatlar (tannarxi)dan yuqori bo`lishi kerak. 
Deyarli har qanday tovarning tannarxiga hisobga olinishi kerak bo`lgan o`zgaruvchan 
va doimiy xarajatlar kiradi. 
Xorijiy amaliyotda faoliyat turlari bo`yicha chiqimlarni hisobga olishning 
zamonaviy usulidan (Activity-Based Costing – AVS) keng foydalaniladi va ishlab 
chiqarish hajmi, xarajat ob`yektlari va boshqa omillar ta`siriga bog’liq holda 
xarajatlarni tavsiflashning ko`p darajali tizimi qo`llaniladi.
Mazkur yondashuv mualliflaridan biri, iqtisodchi Jon L.Deylining fikricha, “... 
faoliyat turlari bo`yichа chiqimlarga asoslanib narxni shakllantirishning maqsadi 
hamma holatlar uchun umumiy bo`lgan universal narx formulasini ishlab chiqish 
emas, balki menejerga narx belgilashning samarali vositalari to`plamini taklif 
qilishdir”.
AVS usuli kompaniya faoliyati turlarini aniqlash va sarf-xarajatlarni yuzaga 
keltiruvchi omillarni tahlil qilish uchun mo`ljallangan. AVS usuli asosida narx 
shakllantirish jahon amaliyotida AVR modeli deb ataladi va turli vaziyatlar uchun 
narxni hisoblab chiqish uslubini ishlab chiqish uchun xizmat qiladi.
Jahon tajribasi shuni ko`rsatadiki, jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi 
sanoat, ulgurji savdo, chakana savdo va servis kompaniyalarida narx belgilashga 


116 
yuqorida ko`rsatilganidek yondashuv kenг qo`llaniladi. Hozirgi paytda turli tarmoq 
korxonalari o`rtasida chiqimlar va narxlar haqida axborot almashuvi yo`lga 
qo`yilmoqda.
Narx bilan iste`molchilar o`rtasida juda chambarchas aloqadorlik mavjudki, uni 
iqtisodiy tamoyillar: talab qonuni, talabning narx ravonligi, bozor segmentatsiyasi 
bilan izohlash mumkin.
Talab qonuni iste`molchilar odatda qimmat narxlarga qaraganda arzon narxlarda 
ko`proq tovarlar sotib olishini ifodalaydi. Ammo har qanday tovar ham «narx-
miqdor» aloqadorligiga to`g’ri kelavermaydi. Ayrim mahsulotlarga talab shundayki, 
muayyan sharoitlarda yuqoriroq narxlar ko`proq tovar aylanmasi hajmini ta`minlaydi. 
Bunday tovarlar bozorning ayrim segmentlariga mo`ljallangan – bular qimmatbaho 
avtomobillar, kemalar, zeb-ziynat buyumlari, mo`yna va boshqalar. 
Raqobat narx siyosatida muhim barometr bo`lib xizmat qiladi. Asosan narxni 
o`zgartirish yo`li bilan talabga ta`sir ko`rsatish raqobatning narx bilan bog’liq 
usullarini yaratadi. Narx bilan bog’liq bo`lmagan raqobat usullarida firmalar o`z 
mahsulotining o`ziga xos xislatlariga zo`r beradi, mahsulot sotish, tovarlar harkati, 
reklama, mahsulotni joylash, servis kabi marketing qismlariga katta e`tibor beradi. 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish