"iqtisodiyot va menejment "


Xarajatlarning iqtisodiy elementlari quyidagilardan iborat



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/270
Sana12.07.2022
Hajmi3,21 Mb.
#781859
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   270
Bog'liq
IQTISODIYOT VA MENEJMENT DARSLIK

Xarajatlarning iqtisodiy elementlari quyidagilardan iborat: 
1.
Xom ashyo va asosiy materiallar (chiqindilar kirmaydi); 
2.
Yordamchi va boshqa materiallar; 
3.
Yoqilg’i; 
4.
Energiya; 
5.
Asosiy va qo`shimcha ish haqi; 
6.
Ijtimoiy sug’urta ajratmalari; 
7.
Asosiy fondlar amortizatsiyasi; 
8.
Boshqa pul xarajatlari. 
Bundagi 1-4 – elementlar mehnat predmetlari uchun, 5 va 6 – elementlar kishi 
mehnati uchun, 7 – element mehnat vositalari uchun sarflangan pul xarajatlarini 
ifodalaydi. 8 – element esa ishlab chiqarishni normal amalga oshirish uchun zarur pul 
xarajatlaridir (yollangan transport, xodimlarni xizmat safariga yuborish, pochta, 
telegraf, o`qishga yuborilganlarga to`lanadigan stipendiya va boshqa shu kabi 
xarajatlar). 


107 
Ishlab 
chiqarish 
xarajatlarini 
mazkur 
iqtisodiy 
elementlari 
bo`yicha 
klassifikatsiya qilish tannarxning tuzilishini o`rganish imkonini beradi. Birlik 
mahsulot uchun xarajat kal’kulyatsiya moddalari bo`yicha mahsulot tannarxidagi 
xarajatlar klassifikatsiyalanadi. 
Ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarish jarayonida tutgan o`rniga qarab 
asosiy va qo`shimcha xarajatlarga ajratiladi. Asosiy xarajatlar bevosita mahsulot 
ishlab chiqarish bilan bog’liq bo`ladi. Qo`shimcha xarajatlar korxonani xo`jalik 
jihatdan boshqarish bilan bog’liq bo`lib unga ortiqcha xarajat va nobudgarchiliklar 
ham (jarima, kamomad, brak, bekor turishlar) qo`shiladi. 
Mahsulot hajmi bilan bog’liqligiga qarab xarajatlar o`zgaruvchan va shartli 
doimiy xarajatlarga ajratiladi. O`zgaruvchan xarajatlar mahsulot hajmi o`zgarishiga 
qarab o`zgaradi (xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, energiya, asosiy 
ishchilarning ish haqi va h.k).
Shartli doimiy xarajatlar mahsulot hajmi o`zgarishiga qarab o`zgarmaydi 
(boshqaruv xarajatlari). Mahsulot hajmining ortishi shu xarajatlar hisobiga uning bir 
donasi tannarxining pasayishiga olib keladi. 
Mahsulotlarning ayrim turlari orasida taqsimlanishiga qarab xarajatlar bevosita 
va bilvosita xarajatlarga ajratiladi. Bevosita xarajatlar ayrim mahsulotlar tannarxiga 
to`g’ridan-to`g’ri qo`shiladi (xom ashyo yoki asosiy materiallar). 
Bilvosita xarajatlar ayrim mahsulotlar turlari bo`yicha shartli ravishda qandaydir 
to`g’ri xarajat (masalan, ish haqi)ga nisbatan proportsional ravishda taqsimlanadi. 
Xarajatlarni bunday guruhlarga ajratish bir necha xil mahsulot ishlab chiqaradigan 
korxonalarga xos bo`lib, bir xil mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarga hamma 
xarajatlar ham o`sha mahsulot tannarxiga kiradi.
Mahsulot tannarxining dinamikasini o`rganishning muhim shartlaridan biri 
o`rganilayotgan mahsulotning albatta solishtirma tovar mahsulot bo`lishidir. 
Solishtirma tovar mahsulotga solishtirilayotgan ikki davr (bazis va joriy)da ishlab 
chiqarilgan va shu bilan birga texnologiyasi, konstruktsiyasi bir oz o`zgarsa ham 
lekin iste`mol xususiyati o`zgarmagan mahsulotlar kiradi. 


108 
Korxonalar faoliyat yuritish jarayonida moddiy va pul xarajatlarini sarflaydilar.
 
Korxonada ishlab chiqarish xarajatlari korxona faoliyati uchun muhim rol o`ynaydi, 
chunki mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari qancha kam bo`lsa korxona 
foydasi va rentabelligi shuncha oshadi.
Mahsulot tannarxi korxona mahsulotini ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq 
bo`lgan, pul bilan ifodalangan xarajatlarning yig’indisidir. Mahsulot tannarxining 
ma`lum darajasi juda ko`p ishlab chiqarish omillarining o`zaro ta`sir natijasidir. 
Masalan, tannarxning pasayishiga mehnat unumdorligining oshishi, xom ashyo, 
elektroenergiya, yoqilg’gi materiallarning tejab tergab sarf qilinishi, asbob 
uskunalardan foydalanish darajasining oshirilishi, brak, bekor turishlarning 
kamaytirilishi va h.k. ta`sir ko`rsatadi. 
Tannarxning pasaytirilishi bilan korxonalarning pul jamg’armalari oshadi, ishlab 
chiqarishni yanada kengaytirish va takomillashtirish uchun qo`shimcha mablag’ 
beradi, mahsulotlar chakana narxini pasaytirib bu bilan aholining turmush darajasini 
yuksaltirishga imkon yaratadi.
Mehnat unumdorligini oshirish, xom ashyo va material, yoqilg’i va 
elektroenergetika xarajatlarini kamaytirish, xizmat ko`rsatish va boshqarish sarflarini 
qisqartirish, ishlab chiqarishdan tashqari, xarajatlarni tejash sanoat mahsuloti 
tannarxini pasaytirishning eng muhim manbalari hisoblanadi. 
Mehnat unumdorligini oshirish uchun yangi texnika, texnologiya jarayonlarini 
va ishlab chiqarishni o`stirish yoki tashkil etishning ilg’or usullarini joriy qilish orqali 
har bir mehnatchi tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotni ko`paytirish kerak bo`ladi. 
Bu holda har bir mahsulot birligiga sarflanadigan ish haqi qisqaradi, ammo 
ishchining umumiy ish haqi esa ortib boradi. Mehnat unumdorligi ish haqiga nisbatan 
jadal o`sgandagina tannarx pasayadi. 
Mehnat unumdorligining o`sish mohiyati shundan iboratki, bunda mahsulot 
ishlab chiqarishga ketadigan jonli mehnat ulushi kamayadi, ilgari sarflangan 
mehnatning ulushi esa ortadi, biroq mahsulot birligi uchun ketadigan mehnat sarfi 
qisqaradi. 


109 
Material, yoqilg’i va elektr energiya xarajatlarini kamaytirish uchun ularni tejab 
sarflash, qimmatbaho materiallarni arzon, Lekin yaxshi materiallar bilan almashtirish, 
ularni sotib olish va korxonaga keltirish bilan bog’liq bo`lgan sarflarni qisqartirish 
kerak bo`ladi. 
Xizmat ko`rsatish va boshqarish uchun ketadigan xarajatlarni qisqartirishga esa 
tarmoq va korxonalardagi ma`muriy boshqaruv apparatining sarflarini kamaytirish, 
asbob-uskuna, bino va inshootlarni saqlash, yoritish, isitish uchun ketadigan 
mablag’larni tejab-tergab sarflash orqali erishiladi. 
Unumsiz xarajatlarni (jarima to`lash, penya va hokazolar) tugatish mahsulot 
tannarxini pasaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishni tashkil etishning ijtimoiy shakllarini 
takomillashtirishning, ishlab chiqarishni ratsional joylashtirish, ishlab chiqarish va 
mehnatni korxonaning ichida uyushtirishni yaxshilash mahsulot tannarxini 
pasaytirishning ta`minlovchi omillari bo`lib hisoblanadi. Masalan, texnika taraqqiyoti 
mahsulot tannarxini pasaytirishning barcha manbalariga ta`sir ko`rsatadi. Ishlab 
chiqarishni 
elektrlashtirish 
va 
elektronizatsiyalash 
hamda 
kompleks 
avtomatlashtirish, ximiyalash mahsulot tayyorlash uchun sarflanadigan solishtirma 
xarajatlarni kamaytiradi. 
Har bir korxonada mahsulot tannarxini pasaytirish darajasini hisoblash uchun 
eng avvalo undagi rezervlarni, ya`ni foydalanilmayotgan imkoniyatlarni aniqlash 
kerak. Ular ko`zga tashlanadigan, yuzaki, juda murakkab, ko`z ilg’amaydigan 
bo`lishi mumkin. Faqat chuqur, har taraflama iqtisodiy-texnik tahlildan keyin ularni 
aniqlash, topish mumkin bo`ladi. 
Rezervlar har xil belgilarga qarab guruhlarga ajratilishi mumkin. Ular eng 
avvalo to`planish joyiga qarab ichki ishlab chiqarish va tashqi rezervlarga ajraladi. 
Tashqi rezervlarga tarmoqlar bo`yicha rezervlar, regional (hududiy) va tabiiy-
ekologik rezervlar kiradi. Rezervlar safarbar etilishi muddati bo`yicha joriy va 
istiqbolli rezervlarga ajraladi. Rezervlarni ishlab chiqarish jarayonlarining elementlari 
bo`yicha ham guruhlarga bo`lish mumkin. Bunday rezervlarga mehnat, moddiy va 
asosiy fondlardan foydalanish rezervlari kiradi. 


110 
Korxona yoki tarmoq faoliyatini tahlil etish uchun rezervlarni ikkiga bo`lib 
ko`rish mumkin: 1. Tashkiliy-texnikaviy rezervlar. 2. Ijtimoiy-iqtisodiy rezervlar. 
Mana shu yuqorida keltirilgan barcha rezervlar, ya`ni foydalanilmayotgan 
imkoniyatlarni safarbar etish, ishga solish hamda shu asosda tannarxni keskin 
pasaytirish uchun bir qator omillardan keng foydalanish va ularni hisoblab chiqish 
kerak. U ishning metodikasi, usulini “Korxonalar faoliyatini tashkil etish, 
rejalashtirish 
va 
boshqarish” 
fanidan 
o`qiladigan 
ma`ruzalarda, 
amaliy 
mashg’ulotlarda chuqqurroq va har tomonlama tushuntirib beriladi. 
Mahsulot tannarxini rejalashtirish mehnat, moddiy va moliyaviy mablag’lardan 
oqilona foydalanish asosida ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga erishishga 
qaratilgandir. Tannarx rejasi quyidagi bo`limlarni o`z ichiga oladi: 
1.
Mahsulot tannarxini pasaytirish rejasi; 
2.
Mahsulot tannarxini kal’kulyatsiya etish; 
3.
Ishlab chiqarish xarajatlari smetasi; 
4.
Tovar va sotiladigan mahsulot tannarxining hisobi. 
Tannarx rejasi, ikki bosqichda ishlab chiqiladi. Birinchi bosqichda, eng avvalo, 
hisobot yilida rejalarning bajaralishi tahlil etiladi, mahsulot tannarxini pasaytirish, 
foyda va rentabellikni oshirish rezervlari aniqlanadi va aniqlangan rezervlardan 
foydalanish tadbirlari belgilanadi, reja loyihasi ishlab chiqiladi. Ikkinchi bosqichda 
esa rejaning uzil-kesil loyihasi ishlab chiqiladi va bu reja topshiriqlari korxona 
bo`limlariga etkaziladi. 
Mahsulot tannarxi va uni pasaytirish topshiriqlari davlat va korxona rejasida 
yuqoridan belgilanmaydigan, aksincha, korxonalarning o`zida hisob qilinadigan 
ko`rsatkich 
hisoblanadi. 
Shunga 
qaramay, 
mahsulot 
tannarxi 
sanoat 
ko`rsatkichlaridan biri bo`lib qolaveradi. Chunki sanoat mahsuloti tannarxini 
pasaytirish ishlab chiqarishning rentabellik darajasini oshirish rezervlaridan biri 
hisoblanadi. Mahsulot tannarxi qanchalik past bo`lsa, albatta, boshqa shart-sharoitlar 
bir xil bo`lgan holda (masalan, xuddi o`sha mahsulotning narxi barqaror bo`lganda) 
uni sotishdan kelgan foyda ham shunchalik ko`p bo`ladi.


111 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish