99
o’tkazish, belgilangan texnologik jarayonlarga rioya etilishi
ustidan nazorat qilish,
asosiy ishlab chiqarish fondlarini tuzatish va boshqalar kiradi.
Xo’jalik yurituvchi sub`yekt ichida tashqi yuridik shaxslarning transport
xizmatlari (xom ashyo, materiallar, detallar, instrumentlar,
inventarlar, yuklarning
boshqa turlarini bazis (markaziy) ombordan tsexga keltirish va tayyor mahsulotni
saqlash uchun omborga keltirish) ham ishlab chiqarish xususiyatiga egа bo’lgan
xizmatlarga tegishli bo’ladi.
5.
Tabiiy xom ashyo (yer rekul'tivatsiyasiga ajratmalar, ixtisoslashtirilgan yuridik
shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan yerni rekul'tivatsiya qilish ishlariga haq
to’lash), ildizi bilan beriladigan daraxtga haq to’lash,
sanoat korxonalari
tomonidan suv xo’jaligi tizimidan belgilangan limitlar doirasida va undan
ortiqcha olinadigan suv uchun haq to’lash. Sanoatning xom ashyo tarmoqlari
uchun – yog’och-taxtа materiallardan yoki foydali qazilmalardan (rudadan)
foydalanishga huquqlarning amortizatsiya qilinadigan qiymati yoki atrof-muhitni
tiklash xarajatlari.
6.
Texnologik maqsadlarga, energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarishga,
binolarni isitishga sarflanadigan yonilg’ining chetdan
sotib olinadigan barcha
turlari, xo’jalik yurituvchi sub`yektlarning transporti tomonidan bajariladigan
ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish bo’yicha transport ishlari.
7.
Xo’jalik yurituvchi sub`yektning texnologik, transport va boshqa ishlab chiqarish
hamda xo’jalik ehtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi xarid qilinadigan
energiya.
8.
Ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning tabiiy yo’qolish normalari
doirasida va ulardan ortiqcha yo’qotilishi, yaroqsizlanishi va kam chiqishi.
9.
Xo’jalik yurituvchi sub`yektning transporti va xodimlari tomonidan moddiy
resurslarni yetkazish bilan bog’liq xarajatlar (yuklash va tushirish ishlari ham shu
jumlaga kiradi) ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlariga kirishi kerak
(mehnatga haq to’lash
xarajatlari, asosiy fondlar amortizatsiyasi, moddiy
xarajatlar va boshqalar).
100
10.
Xo’jalik yurituvchi sub`yektlar tomonidan moddiy resurslarni yetkazib
beruvchilardan olinadigan idishlar ham moddiy resurslar qiymatiga kiritiladi.
11.
Mahsulot tannarxiga kiritiladigan moddiy resurslar xarajatlaridan qaytariladigan
chiqitlar qiymati, idish va urash-joylash materiallari
qiymati ularning amalda
sotilishi, foydalanishi yoki omborga kirim qilinishi narxi bo’yicha chiqarib
tashlanadi.
12.
“Moddiy xarajatlar” elementi bo’yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar qiymati
sotib olish narxidan, jumladan, barter bitishuvlarida, qoshimcha narx (ustama)dan,
ta`minot, tashki iqtisodiy tashkilotlar tomonidan tulanadigan vositachilik
taqdirlashlaridan, tovar birjalari xizmatlari qiymatidan, xususan,
brokerlik
xizmatlaridan, bojlar va yig’imlardan, transportda tashishga haq to’lashdan, tashqi
yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va yetkazib berishga haq
to’lashdan kelib chiqib shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: