"iqtisodiyot va menejment "



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/270
Sana12.07.2022
Hajmi3,21 Mb.
#781859
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   270
Bog'liq
IQTISODIYOT VA MENEJMENT DARSLIK

10.
 
 So`zlashdan to`xtang. 
Birinchi maslohat ham shundan boshlangan. Oxiri ham 
shu bilan tugaydi. Zero, qayd qilinganlarning barchasi shunga bog’liq. Siz 
gapirishdan to`xtamas ekansiz, demak, samarali quloq solishni ham bilmaysiz. 


285 
Quloq solishni istamaydiganlar asosli qarorlar qabul qilish uchun yyetarli 
axborotni olishga muvaffaq bo`lmaydilar.
Siz qanchalik ko’p boshqalarni tinglasangiz, shunchalik tez dono kishiga 
aylanasiz. Hamsuhbat sifatida odamlar sizni yaxshi ko’rishadi. Eshitishni biladigan 
odam atrofiga gapirishni biladigan ko’proq odam to’plashi mumkin.
Chunki yaxshi eshituvchi suhbatdosh uchun eng yoqimli bo’lgan o’z-o’zini 
tinglash imkonini beradi. 
Hayotda ajoyib eshituvchi bo’lishdan ko’ra boshqa narsa sizga ko’proq foyda 
keltirmaydi. Yaxshi eshituvchi bo’lish oson vazifa emas. 
Boshqaruvchi doimo tashkilotdagi axborot almashinuvi yo`lida kelib 
chiqadigan to`siqlar hamda bunday almashinuvni takomillashtirish usullari 
to`g’risida tasavvurga ega bo`lishi kerak. 
Tashkiliy kommunikatsiya to`siqlari quyidagilar: 
1.
 
Axborotning buzib yetkazilishi.
Axborot yuqoridan pastga bir qancha 
sabablarga ko`ra buzib yetkazilishi mumkin. Biron bir boshqaruvchi olingan 
axborot bilan rozi bo`lmasa, o`zi anglagan holda uni buzishi mumkin va o`zi 
xoxlagan ma`noda o`zlashtirishi mumkin. Axborot buzilishi yuqoridan pastga 
harakat qilish davomida fil’tratsiya natijasida ham sodir bo`lishi mumkin, ya`ni bir 
bosqich boshqasiga faqat unga tegishli axborotni berishi mumkin. Bunday tanlov 
natijasida kerakli axborot etib bormaydi. Bundan tashqari bosqichlar statusi to`g’ri 
kelmaslagi sababli va yuqori bosqich yuqori statusga ega ekanligi sababli, ularni 
faqat ijobiy axborot bilan ta`minlash tendentsiyasi mavjud. Buning natijasida 
rahbar muhim muammo to`g’risidagi axborotga ega bo`lmasligi mumkin. 
2. 
Informatsion yuklanish.
Kommunikatsiya kanallari to`lib ketishi ham
axborot almashuvi tusig’i hisoblanadi. Rahbar axborotning ko`pligidan eng 
asosiylarini ajratib, qolganlarini e`tiborga olmasligi mumkin. 
3. 
Qoniqarsiz tashkilot strukturasi
. Ko`p pog’onali tashkilot strukturasida 
axborot buzilishi ehtimolligi oshadi, chunki har bir bosqich tuzatish kiritadi. 
Kommunikatsiyada muammolarni keltirib chiqaradigan boshqa jihatlarga 
qo`mitalar, ishchi guruhlari, umuman kadrlarning qoniqarsiz tarkibi va ulardan 


286 
qoniqarsiz foydalanish, hamda qoniqarsiz hokimiyatni tashkil etish va vazifalarni 
taqsimlashni ham kiritish mumkin. Bundan tashqari, to`siqlar turli guruhlar 
o`rtasidagi nizo ham chiqaradi. 
Tashkilotlarda kommunikatsiyani takomillashtirish: 
1.
Informatsion oqimlarni tartibga solish. Rahbar o`z informatsion ehtiyojlarining 
sifat, miqdor tomonlarini baholashni o`rganishi kerak. 
2.
Ma`muriy harakatlar. Rahbar vaqti-vaqti bilan o`z xodimlari bilan bevosita 
aloqada bo`lishi kerak, masalan, yangi rejalar, strategiyalar variantlari, 
maqsadlarni hamda mo`ljallarni aniqlab olish va muhokama qilish uchun 
alohida suhbatdan tashqari umumiy majlis o`tkazish. 
3.
Teskari aloqa tizimi. Teskari aloqa tizimlaridan biri – bu aniq masalalarni
muhokama qilish maqsadida odamlarni tashkilotning bir qismidan boshqa 
qismiga o`tkazish. 
4.
Takliflarni to`plash tizimi. Ko`pincha bu tizim takliflar uchun mo`ljallangan 
yashiklar variantida amalga oshiriladi, unda firma ishlovchilari o`z takliflarini 
anonim tarzda berishadi. Bundan tashqari telefon tarmog’ini ham o`tkazish 
mumkinki, u orqali ishlovchilar anonim tarzda telefon qilib, lavozimni 
tayinlash to`g’risidagi savollarni berish imkoniyatini oladilar. Liniyada esa 
berilgan savollarga tezda javob bera oladigan menejerlar ishlashlari mumkin. 
5.
Informatsion byulletenlar (nashriyotlar, videotasmalar). 
6.
Zamonaviy axborot texnologiyalari. Axborot texnologiyalari sohasidagi oxirgi 
yutuqlar ham tashkilotlarda axborot almashinuvini takomillashtirishga yordam 
berishi mumkin, ya`ni kop’yuterlar, elektron pochta, telefon orqali bir vaqtning 
o`zida bir necha kishiga axborot uzatish, videokonferentsiyalar va hokazo. 
Axborot, ya`ni mavjud barcha bilimlar mamlakat buyukligining asosiy 
ko`rsatkichi bo`lib qoladi. 90-yil boshlarida AQSh hukumati har yili 1 mlrd. xat 
yozish uchun 1 mlrd. dollarga yaqin xarajat qilgan; 2,6 mln. betli hujjatlar 
chiqargan; boshqaruv idora xodimlariga 1500 mlrd. dollar sarflangan edi. 2 mingta 
xodim ishlaydigan firma orqali 1991 yil mobaynida 45 tonna kirish va 48 tonna 
chiqish hujjatlari o`tgan, bu esa har bir ishchi hisobiga 25 kg qog’oz to`g’ri keladi 


287 
deyishdir. Axborotni bu xildagi boshi berk ko`chadan olib chiquvchi yo`l 
zamonaviy hisoblash texnikasi bilan bog’liqdir. Bu vosita orqali yil sayin 
axborotni jadal qayta ishlash tezligi oshib bormoqda. Agar oxirgi yuz yil 
mobaynida axborot harakat tezligi 10 marta oshgan bo`lsa, aloqa tezligi 107 marta, 
axborotni qayta ishlash tizimi 106 marta oshib ketdi. Axborot texnologiyalari 
sohasidagi oxirgi yutuqlar tashkilotda axborot almashinuvini takomillashtirish 
imkonini beradi. Zamonaviy komp’yuterlarni rahbarlar, yordamchi xodimlar va 
ishchilar yuboradigan va qabul qilib oladigan axborotlarga bo`lgan ta`siri juda katta.
Elektron pochta tashkilotdagi har qanday xodimga yozma ma`lumot yuborish 
imkonini beradi. Elektron pochta – boshqa bo`limlarda, boshqa shaharda va hatto 
boshqa shtat yoki mamlakatda bo`lgan odamlar o`rtasidagi samarali aloqa vositasi 
hisoblanadi. Telefon aloqalari tizimidagi oxirgi yangiliklar bir vaqtning o`zida bir kishi 
tomonidan ko`pchilikka ma`lumot yuborish, shuningdek, qo`ng’iroq qilish va 
yuborgan ma`lumotlariga javob olish imkonini beradi. Videokonferentsiya orqali turli 
joylarda yoki turli mamlakatlarda bo`lgan odamlar har qanday muammolarni bemalol 
bir-birlariga qarab muhokama qilishlari mumkin.

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish