"iqtisodiyot va menejment "


-chizma Foydaning shakllanishi va taqsimlanishi



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/270
Sana12.07.2022
Hajmi3,21 Mb.
#781859
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   270
Bog'liq
IQTISODIYOT VA MENEJMENT DARSLIK

 
5.1-chizma Foydaning shakllanishi va taqsimlanishi.
Foyda olishning asosiy manbalari quyidagilar:
birinchi manba
korxonaning 
mahsulotni u yoki bu turini ishlab chiqarishdagi monopoliya holati yoki 
mahsulotning nodirligi hisobiga shakllanadi. Bu manbaning saqlanishi mahsulotni 
doimiy ravishda yangilab borishni ko`zda tutadi; 
ikkinchi manba
 
ishlab chiqarish va 
tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq. Undan foydalanish samaradorligi bozor 
kon`yunkturasini bilish hamda ishlab chiqarishning rivojlanishini, doimiy ravishda 
o`zgarib turuvchi bozor kon`yunkturasiga moslashtirish qobiliyatiga bog’liq bo`ladi. 
Foyda miqdori korxonaning mahsulot ishlab chiqarish bo`yicha yo`nalishini to`g’ri 
tanlash (doimiy ravishda talab darajasi yuqori bo`lgan mahsulotni tanlash); 
mahsulotlarini sotish va xizmat ko`rsatish uchun raqobatbardosh sharoitlarni yaratish 
(baho, yetkazib berish muddati, xaridorlarga xizmat ko`rsatish, sotuvdan keyingi 


133 
xizmat ko`rsatish va hokazo); ishlab chiqarish hajmi (ishlab chiqarish hajmi 
qanchalik katta bo`lsa, daromad miqdori shunchalik ko`p bo`ladi); ishlab chiqarish 
xarajatlarini kamaytirish tuzilmasi bilan bog’liq bo`ladi; 
uchinchi manba
korxonaning innovatsion faoliyatidan kelib chiqadi. Undan foydalanish doimiy 
ravishda texnologiyalarni takomillashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni 
yangilash, uning raqobatbardoshligini ta`minlash, mahsulot sotish hajmi va foyda 
miqdorini oshirishni anglatadi. 
Korxonaning balans foydasi foydani taqsimlash ob`yektidir. 
Foydani 
taqsimlash
deganda uning bir qismini byudjetga jo`natish tushuniladi.
Qonunchilikka asosan foydaning soliq va boshqa majburiy to`lovlar shaklida 
byudjetga kelib tushuvchi qismi tartibgi solinadi. Korxona ixtiyorida qoluvchi 
daromad qismi, undan foydalanish yo`nalishlari korxona zimmasida bo`ladi. 
Foydani taqsimlash tamoyillari quyidagilardan iborat bo`ladi: 

korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat natijasida oladigan foydasi 
davlat va korxona o`rtasida xo`jalik sub`ekti sifatida taqsimlanadi; 

foydaning davlatga to`lanuvchi bir qismi soliq va yig’imlar ko`rinishida byudjetga 
kelib tushadi. Soliqlar tarkibi va foizi, ularni hisoblash tartibi va byudjetga 
to`lanuvchi boshqa to`lovlar qonunchilik tomonidan belgilanadi; 

soliqlar to`langandan so`ng korxona tasarrufida qoluvchi foyda miqdori, uning 
ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat 
natijalarini yaxshilashdan manfaatdorligini kamaytirmasligi lozim. 
Korxonada foydani taqsimlash va undan foydalanish tartibi uning Nizomida 
belgilab qo`yiladi hamda vakolatli iqtisodiy xizmat xodimlari tomonidan tayyorlanib, 
korxona rahbariyati tomonidan tasdiqlanuvchi qoidalar yordamida aniqlanadi. 
Mahsulotni sotishdan olinadigan foyda miqdori ichki va tashqi omillarga bog’liq 
bo`ladi. Ichki omillar - korxonada zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy qilish, 
xo`jalik yuritish darajasi, rahbariyat va menedjmentning mas`uliyati, mahsulotning 
raqobatbardoshligi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish darajasidir. Korxona 
faoliyatiga bog’liq bo`lmagan tashqi omillar qatoriga esa, bozor kon`yunkturasi, 
iste`mol qilinuvchi modiy-texnik resurslarning bahosi, amortizatsiya me`yori, soliq 


134 
tizimi kabilar kiradi. 
Korxonada foydani oshirishning asosiy yo`llari. Har bir korxonada foydani 
oshirish bo`yicha rejali chora-tadbirlar ko`zda tutilishi kerak. Umuman olganda, 
bunday chora-tadbirlar quyidagilardan iborat bo`lishi mumkin: 

ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini oshirish; 

ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish; 

ortiqcha asbob-uskunalar yoki boshqa mulkni sotib yuborish yoki ijaraga berish; 

moddiy resurslar, ishlab chiqarish quvvatlari va maydonlari, ishchi kuchi va ish 
vaqtidan unumliroq foydalanish hisobiga mahsulot tannarxini pasaytirish; 

ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish; 

mahsulot bozorini kengaytirish va hokazolar. 
Foyda korxona faoliyatining muhim iqtisodiy ko`rsatkichi bo`lsada, uning 
samaradorligini to`la tavsiflab bermaydi. Korxona faoliyati samaradorligini aniqlash 
uchun natijalarni (foydani) xarajatlar yoki bu natijalarga erishish uchun sarflangan 
resurslar bilan solishtirish lozim. 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish