Tadqiqot mavzusining maqsadi. Ushbu tadqiqot mavzusining asosiy maqsadi - mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishining asosiy bo’g’ini hisoblanmish soliq tushunchasining mazmun mohiyatiga ta’rif berish, uning mamlakatimiz hududida shakllanish tarixi va bosqichlarini birma-bir tahlil qilish, dunyoning iqtisodiy eng rivojlangan davlatlaridan biri Germaniya Federativ Respublikasining soliq tizimini o’rganishdan iborat.
Tadqiqot mavzusining obyekti. Ushbu tadqitot mavzusining obyekti sifatida mamlakatimiz iqtisodiyotiy rivojlanishiga bevosita ta’sir ko’rsatadigan soliq tizimining kelib chiqish tarixi, uning hozirgi kundagi ahamiyati o’rganish va tahlil etish, soliq tizimining mamlakatimiz hududidagi istiqbollari belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |