Iqtisodiyot nazariyasi


SOLIQ VA SOLIQ TIZIMI HAQIDA DASTLABKI TUSHUNCHALAR VA ULARNING MOHIYATI



Download 494,02 Kb.
bet7/23
Sana25.04.2020
Hajmi494,02 Kb.
#47027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
Kurs ishi - Xujaqulov Suhrob Sobirovich (ful version)[1]

SOLIQ VA SOLIQ TIZIMI HAQIDA DASTLABKI TUSHUNCHALAR VA ULARNING MOHIYATI

    1. Soliq tushunchasining mohiyati va ahamiyati

Soliq – bu davlatning o’z vazifalarini amalga oshirishi uchun markazlashgan davlat byudjetiga tushadigan va Qonun bilan belgilangan majburiy to’lovlardir, ya’ni Soliq kodeksida belgilangan, muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg’araz xususiyatga ega bo’lgan, budjetga yo’naltiriladigan majburiy pul to’lovlari tushuniladi 1. Soliqlar pul munosabatlarini ifoda etib, bu munosabatlarning bir tomonida davlat va ikkinchi tomonida soliq to`lovchilar ya'ni, korxona, birlashma, tashkilotlar va aholi turadi. Soliqlar milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida uning bir qismini davlat ixtiyoriga olish shaklidir. Soliq davlatning markazlashgan pul fondi (davlat budjeti) ni tashkil etishning asosiy vositasi hisoblanadi.

Tarixga nazar soladigan bo’lsak, qadimgi davrda yirik davlat arboblaridan biri bo’lib hisoblanmish Amir Temur ham o’zining buyuk saltanatida soliqlarga kata e’tibor qaratgan. U davlatni idora qilish tizimini yuzaga keltirishda soliqlarga tayangan. Aynan shu jihat hozirgi kunga kelib ham davlatning markaziy fondi ham aynan soliqlardan tashkil topishi hammaga ayonligini ko’rsatadi.

1723-1790 yillarda yashab ijod qilgan shotland faylasufi va iqtisodchisi Adam Smit 1776 yilda nashr etilgan o’zining mashhur “Xalqlar boyligining sabablari va tabiatlari”(inglizcha nomi An Inquiry into the Nature and Causes of the Wealth of Nations) asarida ilk bor soliq haqida tushuncha bergan va uning ahamiyatini yoritib bergan va shu asnoda soliq tamoyillarini ko’rsatib bergan. Adam Smit “Odamlarni iqtisodiy daromadlarga mutanosib ravishda soliqqa tortish imkonsizligi”ni ilgari surdi. (The Wealth of Nations, V.II.p-1)

O’zbek iqtisodchilari A. O’lmasov va M.Sharifxo’jayev lar ham soliqlarni milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash vositasi ekanligini izohlashga

harakat qilishgan, - “Soliqlar – milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida uning bir qismini davlat ixtiyoriga olish shaklidir”.

O.Olimjonov o’zining “Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida soliq siyosati”(1992 yil) nomli asarida soliqqa quyidagicha ta’rif bergan: “Soliqlar – davlat va jamiyatining pul mablag’lariga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida qonun tomonidan belgilab qo’yilgan hajmda va o’rnatilgan muddatda jismoniy va huquqiy shaxslardan davlat ixtiyoriga majburiy ravishda undirib olinadigan to’lovlardir”.

Soliq tushunchasiga bir qator chet el olimlari ham turli-xil ta’riflarni keltirib o’tishgan. “Soliqlar, - deb yozadi D.Rikardo, - hokimiyat ixtiyoriga kelib tushadigan yer mahsuloti va mamlakat mehnatining bir qismini tashkil etadi va oxir-oqibatda ular kapital hisobidan yoki mamlakat daromadi hisobidan to’lanadi”.2



D.G. Chernikning fikricha “Soliqlar – davlat tomonidan xo’jalik subyektlari va fuqarolardan qonuniy tartibda o’rnatilgan stavkalarda undirib olinadigan majburiy yig’imlarni o’zida aks ettiradi”.3

Soliqlar – davlat hukumati tomonidan qat’iy belgilangan majburiy to'lovlar ekanligi ko`p iqtisodchilar tomonidan ko`rsatiladi. To`g`ri, soliq munosabatlarida majburiylik mavjud, bu majburiylik davlat boshqaruv shakllaridan biri bo’lmish demokratiyaning oliy timsoli - Parlament qarori va Qonuni bilan kiritiladi, davlatning qattiq talabi e`tiborga olinadi. Zero, soliqlardagi majburiylik huquqiy-demokratik me'yorlar asosida kiritiladi.

Soliqlar faqat davlatniki bo`lgani sababli, ular markazlashgan pul fondiga (davlat budjetga) tushadi. Yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan majburiy soliq va yig’imlar boshqa fondlarga tushishi ham maqsadga muvofiq bo`lishi mumkin. Bizning respublikamizda hamma soliqlar umumiy fondga tushadi. Undan davlat asosan ijtimoiy himoya va boshqa zaruriy maqsadlarda foydalanadi. Davlatning ijtimoiy zarur vazifalari davlat budjetiga kelib tushgan soliqlar hisobiga amalga oshiriladi. Davlat oldida turgan vazifalar quyidagilar:


  • Aholining kam ta’minlangan tabaqalarini (talabalar, nafaqaxo’rlar, nogironlar va boshqalar) ni ijtimoiy himoya qilish va qo’llab-quvvatlash;

  • mamlakat hududida uzluksiz ravishda ijtimoiy, madaniy tadbir (maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va boshqalar) va islohotlarni amalga oshirish;

  • mamlakat mudofaasini ta’minlash;

  • boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy, siyosiy aloqalarni o’rnatish

  • bozor infrastrukturasini tashkil etish va boshqalar.

Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun nihoyatda ko’p moliyaviy resurslar talab etiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu moliyaviy resurslar davlat tomonidan belgilangan soliqlar va yig’imlar orqali amalga oshiriladi.

Soliqlar o’ziga xos belgilarga ega bo’lib, bu belgilar soliqlarning majburiyligi, davlat xazinasiga tushishi, qat’iyligi va doimiyligi, aniq soliq to’lovchi uchun ekvivalentsizligidan iborat.





Download 494,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish