120 ga yaqin turdagi foydali qazilmalarning 2700 ta коnlari topilgan. Jumladan,
O‘zbekiston jahon mamlakatlari orasida oltin zaxiralari bo‘yicha 4-o‘rin, uran
bo'yieha 7-o‘rin, molibden bo'yieha 8-o‘rin, mis bo'yieha esa 10-o‘rinda turadi.
Yoqilg'i-energetika resurslari ichida tabiiy gaz eng katta ahamiyatga ega bo'lib,
uning zaxiralari bo'yicha O‘zbekiston dunyoda 14-o‘rin egallavdi. Noruda qazilma
boyliklar bo'yieha kaliy tuzlari va fosforitlar qazishda dunyoda yetakchi
o'rinlaridan birida turadi. Turli foydali qazilmalarning yirik konlariga, asosan,
Navoiy, Toshkent, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari va Qoraqalpog'iston
Respublikasi boy hisoblanadi. Demak, mineral resurslaming
ulkan zaxiralari
yurtimizda rangli metallurgiya, yoqilg'i, kimyo va qurilish materiallari sanoatini
rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratadi.
Mamlakatimiz qishloq xo'jalikni rivojlantirish uchun qulay sharoit
yaratuvchi agroiqlim resurslariga ega. Vegetasiya davrning davomiyligi, issiq va
quyoshli kunlarning ko'pligi tufayli O'zbekistonda paxtaehilik, bog'dorchilik.
uzumchilik, sabzavotchilik, polizchilik kabi yuqori
daromadli dehqonchilik
tarmoqlari intensiv ravishda rivojlanmoqda. Lekin, qishloq xo‘jaligi asosan sun'iy
sug‘orish yordamida rivojlanayotganligi sababli, respublikamiz qishloq xo‘jaligi
qat'iy darajada suv resurslariga bog‘liq. Tabiiy boyliklarning bu turi bilan
Toshkent, Andijon va Surxondaryo va Samarqand viloyatlari nisbatan yaxshi
darajada ta’minlangan. Shuningdek, davlatimiz g‘arbida joylashgan, kalta qismini
cho‘llar egallagan Navoiy, Buxoro, Qoraqalpog‘iston Respublikasida bu jihatdan
ancha murakkab vaziyat shakllangan. Ammo hududlarimizda suv resurslarning
yetishmoviligiga qaramay, O‘zbekiston jahon mamlakatlari ichida sug‘oriladigan
yerlar maydoni bo‘yicha 11-o‘rinda turadi.
O‘zbekiston aholisi va mehnat resurslari ham mamlakatning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishining poydevori hisoblanadi. Respublikamiz aholisi muntazam
ravishda o‘sib bormoqda. 1990-yilda 20,2 min kishiga teng bo'lgan respublikamiz
aholisi 2017-yilga kelib 32,1 min kishigacha ko‘paydi. 2010-yildan keyingi davrda
0‘zbekistonda demografik ko‘rsatkichlardan tug‘ilish har 1000 kishi hisobiga 23-
24, o‘lim 5-6, tabiiy ko‘payish esa, bunga
mos ravishda, 18, ya'ni 1,8 foizga teng
bo`lmoqda. Lekin migratsiya qoldig‘i minimal manfiy darajada (-0,1-0,2 foiz)
boMganligi tufayli, aholining yalpi ko‘payish suratlari 1,6-1,7 foizga teng.
Qisqa tarixiy davr mobaynida O‘zbekiston xalqaro savdo-iqtisodiy munosabatlarga
kirishish, milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, sanoatni
rivojlantirish, mamlakatning oziq-ovqat, energetika va transport xavfsizligini
ta'minlash kabi murakkab vazifalar yechimiga bosqichma-bosqich, muvaffaqqiyatli
erishdi.
Respublikamiz YIMning o'zgarish dinamikasida 3 ta davrni ajratish mumkin.
Birinchisi, 1991-1996-yillarni o‘z ichiga olib, iqtisodiy pasayish bilan tavsiflangan.
Bu holat, asosan, sobiq Ittifoq doirasidagi hududiy mehnat taqsimoti tizimi,
O‘zbekiston iqtisodiyoti tarmoqlari va korxonalarining boshqa respublikalarning
xo‘jaligi o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarning uzilishi natijasida kelib chiqdi.
1997-2003-yillar
oralig'idagi
ikkinchi
bosqich
milliy
iqtisodiyotning
barqarorlashuvi va YIM o'sishining boshlanishi davri bo‘ldi. Uchinchi davr 2004-
yilda boshlanib, hozirgacha davom etmoqda. Bu yillarda uchun O‘zbekiston
YIMning
8,0
foizdan
past
bo‘lmagan
sur’atlar
bilan
o‘smoqda.
Shuningdek, milliy iqtisodiyotimiz tarmoq tarkibida ham muhim o‘zgarishlar ro`y
berdi. Eng avvalo, sanoatning YIMdagi ulushi ancha o‘sganligi
diqqatga
sazovordir. 1995-yilda YIMning 17,1 foizi sanoatga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2014-
yilda bu ko`rsatkich 26 foizgacha ko'taril-di. Qishloq xo'jaligining milliy
iqtisodiyotidagi ulushi. mos ravishda, 28,1 foizdan 17,6 foizgacha pasaydi.
Sanoatning tarmoq tarkibi ham sezilarli darajada o‘zgarib ketdi. Respublika
sanoatida elektr energetikasi, yoqilg'i, kimyo, rangli metallurgiya, mashinasozlik
va boshqa og‘ir sanoati tarmoqlarining o'rni va ahamiyati o`sib, mustaqillikdan
oldingi davrda respublika ixlisoslashuvini belgilab turgan yengil sanoatining ulushi
esa deyarli 3 barobar kamaydi. 2000-yil boshidan buyon
sanoat ishlab chiqarish
hajmi O‘zbekistonda muntazam ravishda o‘sib kelib, qayta ishlash tarmoqlarining
o‘sish sur’atlari undiruvchi sanoatga nisbatan bir necha barobar yuqori. Natijada,
2016-yil yakunlari bo‘yicha, mamlakatimiz sanoati tarkibida salkam 20 foizlik
ulush
bilan
mashinasozlik
mahsulotlari
yetakchi
o'ringa
chiqib
oldi.
So‘nggi yillarida O‘zbekistonda avtomobilsozlik, mikroelektronika sanoati,
kaliy o‘g‘itlari va soda ishlab chiqarish, farmatsevtika, shakar sanoati va boshqa
ishlab chiqarish tarmoqlari bunyod etildi. Neft va
gaz-kimyo tarmoqlarida juda
yirik korxonalar ishga tushirildi. 2010-yildan keyingi davrda To'palang GES,
Ustyurt gaz-kimyo majmuasi, Xondiza tog`-metallurgiya kombinati, Dehqonobod
kaliy zavodi, Xorazm avtomo-bil zavodi, Zafarobod sement zavodi va boshqa
muhim ishlab chiqarish obyektlari qurib bitirildi. Hozirgi paytga kelib
O'zbekistonda
mustahkam
sanoat
ishlab
chiqarish
salohiyati
yaratildi.
Respublikamiz MDH mamlakatlari va jahon miqyosida oltin, uran,
tabiiy gaz,
kadmiy, molibden, sulfat kislotasi, azot o‘g`itlari, gazlamalar, yengil avtomobillar
va boshqa mahsulotlarning yetakchi ishlab chiqaruvchilari qatoridan joy egallaydi.
O‘z navbatida, qator yangi korxonalar barpo etilganligi hisobiga Andijon,
Qashqadaryo,
Navoiy,
Buxoro,
Jizzax
viloyatlari
va
Qoraqalpog'iston
Respublikasining mamlakat sanoati tarkibidagi ulushlari sezilarli darajada ortdi.
Demak, borgan sari O'zbekiston hududida sanoat markazlarining soni ko'payib
bormoqda.