Qoraqalpog'iston Respublikasi Uchquduq - Miskin Nukus, Farg'ona vodiysi
Angren - Pop temiryo`llari qurilishi bilan O`zbekistonning yagona temiryo`llar
tarmog'i bilan bog'landi. Natijada mamlakatimizning transport xavfsizligi va
mustaqilligi ta’minlandi. Hozirgi vaqtda Navoiy
va Buxoro viloyatlarini
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan nisbatan qisqa masofada bogiab qo‘yadigan
Konimex-Miskin temiryo‘li hamda Urganchdan xalqaro turizm markazi
hisoblangan Xiva shahriga tomon temiryо‘l qurilmoqda.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda temiryo'llami elektrlashtirish va tezyurar
poyezd yo‘nalishlarini barpo etish bo‘yicha ham salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, Toshkent-Samarqand yo‘nalishi bo'yicha "Afrosiyob”, Toshkent Qarshi
yo‘nalishida "Nasaf”, Toshkentdan Buxorogacha "Sharq" tezyurar poyezdlar
qatnovi yo`lga qo'yildi. Endi esa Qarshi-Termiz, Qarshi-Kitob va boshqa
temiryo‘llarini elektrlashtirish ishlari ham boshlangan. Bular poyoniga yetganidan
so'ng, respublikamizdagi tezyurar poyezd yo'nalishlarining
geografiyasi yanada
kengayishi kutilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi dengiz portlariga bir nechta
yo'nalishlarda ishonchli chiqish yoMlariga ega bo`lish, Yevrosiyoning turli
qismlaridagi regional transport tizimlari bilan bog`lanish orqali iqtisodiy-geografik
o‘mining tranzit imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish maqsadlarida transport
sohasida Turkmaniston, Qozog‘iston, Rossiya Federatsiyasi, Xiloy, Ozarbayjon,
Gruziya, Eron, Ummon kabi davlatlar bilan keng qamrovli o‘zaro
hamkorlikni
yo‘lga qo'ymoqda. Mamlakatimiz yordamida qurilgan Afg‘oniston hududidagi
birinchi Termiz Mozori Sharif temiryo`li O‘zbekistondan janubiy yo'nalishda
dunyo okeani portlariga tomon eng qisqa transport chiqishini yaratishning
dastlabki bosqichi bo`ldi. Afsuski, Afg‘onistondagi geosiyosiy vaziyatning
beqarorligi bu davlat hududidan Hind okeaniga tomon loyihalashtirilgan transport
magistrallari
qurilishini
noaniq
muddatgacha
to‘xtatib
turibdi.
Transport tizimida amalga oshirilavotgan keng qamrovli ishlar mamlakatimizning
tashqi iqtisodiy aloqalarini yanada rivojlantirish borasidagi harakatlarning ajralmas
qismi bo‘lmoqda. Dunyoning 140 ga yaqin davlatlari bilan tashqi iqtisodiy
aloqalarini yo`lga qo‘yayotgan O‘zbekiston Respublikasining
eng muhim savdo
hamkorlari qatoriga Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Qozog‘iston, Koreya
Respublikasi, Turkiya va Yevropa mamlakatlari kiradi. Transport tizimining
rivojlanishi respublikamiz
tashqi
iqtisodiy
faoliyatini
yangi
geografik
yo‘na!ishlarda kengaytirishga imkoniyat beradi.
Respublika eksportining tovar tarkibida mustaqillik yillarida juda katta
o‘zgarishlar ro‘y berdi. Mustaqillikka erishgan payti respublikamiz eksportida
paxta tolasining ulushi 60 foizga teng bo'lgan. Keyingi yillarda bu raqam muttasil
ravishda pasayib, 2016-yilga kelib 5 foizgacha tushib ketdi.
Olz navbatida,
energiya manbalari (eng avvalo, tabiiy gaz), rangli metallar, oziq-ovqat va
to'qimachilik, kimyo sanoati mahsulotlari, avtomobil ishlab chiqarishning
mamlakatimiz eksporti tarkibidagi o‘rni sezilarli darajada o‘sdi.
So‘ngi yillarda hududlarning sanoat ishlab chiqarish va eksport salohiyatini
oshirish, milliy iqtisodiyotimizga xorijiy sannoyalarni yanada ko‘proq hajmda jalb
etish maqsadida respublikamiz hukumatining tashabbusi bilan mamlakatimizda
qator erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) tashkil qilindi. Dastlab "Navoiy”, "Angren”,
"Jizzax” (Sirdaryo viloyatidagi filiali bilan), keyinchalik
esa Xorazm viloyatida
"Hazorasp", Buxoro viloyatida "G‘ijduvon" Samarqand viloyatida "Urgut” hamda
Farg'ona viloyatida "Qo‘qon'" ElZlari yaratildi. Hozirgi kunga kelib bu hududlarda
ichki va tashqi sarmoyadorlar ishtirokida yuzlab yangi ishlab chiqarish loyihalari
amalga oshirilmoqda.
O`zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi istiqbollari respublikaning har bir
tuman va viloyat imkoniyatlaridan umumdavlat va hududiy manfaatlarda oqilona
foydalana olishga bog`liq.