Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi. Hattoki, 2008-2009 yillarda ro‘y bergan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoilida ham O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining o‘sish sur'atlari bo'yicha dunyo mamlakatlari ichida eng yuqorilaridan biri bo'ldi. 2010-yildan buyon O‘zbekiston YIMning yillik o‘sish sur’atlari 8 foizdan past bo'lmagan darajada qayd etilmoqda. Jahon hamjamiyati ekspertlari tomonidan tan olingan bu ijobiy natijalar zamirida respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ulkan salohiyati hamda mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning "o‘zbek modeli” asosida bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirilayotgan aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan islohotlar yotadi.
0‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo doirasida tranzit imkoniyatlari qulay iqtisodiy-geografik o‘ringa ega bo'lib, subregion davlatlarining o'zaro integratsiyalashuvida juda muhim rol o'ynaydi. Shu bilan birga, respublikamiz ko'p tarmoqli milliy iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishi uchun ulkan imkoniyatlami yaratadigan tabiiy boyliklariga ega. Eng avvalo, davlatimizning mineral-resurs salohiyati alohida e’tiborga sazovor. O‘zbekiston hududida jami 120 ga yaqin turdagi foydali qazilmalarning 2700 ta коnlari topilgan. Jumladan, O‘zbekiston jahon mamlakatlari orasida oltin zaxiralari bo‘yicha 4-o‘rin, uran bo'yieha 7-o‘rin, molibden bo'yieha 8-o‘rin, mis bo'yieha esa 10-o‘rinda turadi. Yoqilg'i-energetika resurslari ichida tabiiy gaz eng katta ahamiyatga ega bo'lib, uning zaxiralari bo'yicha O‘zbekiston dunyoda 14-o‘rin egallavdi. Noruda qazilma boyliklar bo'yieha kaliy tuzlari va fosforitlar qazishda dunyoda yetakchi o'rinlaridan birida turadi. Turli foydali qazilmalarning yirik konlariga, asosan, Navoiy, Toshkent, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasi boy hisoblanadi. Demak, mineral resurslaming ulkan zaxiralari yurtimizda rangli metallurgiya, yoqilg'i, kimyo va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratadi.
Mamlakatimiz qishloq xo'jalikni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratuvchi agroiqlim resurslariga ega. Vegetasiya davrning davomiyligi, issiq va quyoshli kunlarning ko'pligi tufayli O'zbekistonda paxtaehilik, bog'dorchilik. uzumchilik, sabzavotchilik, polizchilik kabi yuqori daromadli dehqonchilik tarmoqlari intensiv ravishda rivojlanmoqda. Lekin, qishloq xo‘jaligi asosan sun'iy sug‘orish yordamida rivojlanayotganligi sababli, respublikamiz qishloq xo‘jaligi qat'iy darajada suv resurslariga bog‘liq. Tabiiy boyliklarning bu turi bilan Toshkent, Andijon va Surxondaryo va Samarqand viloyatlari nisbatan yaxshi darajada ta’minlangan. Shuningdek, davlatimiz g‘arbida joylashgan, kalta qismini cho‘llar egallagan Navoiy, Buxoro, Qoraqalpog‘iston Respublikasida bu jihatdan ancha murakkab vaziyat shakllangan. Ammo hududlarimizda suv resurslarning yetishmoviligiga qaramay, O‘zbekiston jahon mamlakatlari ichida sug‘oriladigan yerlar maydoni bo‘yicha 11-o‘rinda turadi.
O‘zbekiston aholisi va mehnat resurslari ham mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining poydevori hisoblanadi. Respublikamiz aholisi muntazam ravishda o‘sib bormoqda. 1990-yilda 20,2 min kishiga teng bo'lgan respublikamiz aholisi 2017-yilga kelib 32,1 min kishigacha ko‘paydi. 2010-yildan keyingi davrda 0‘zbekistonda demografik ko‘rsatkichlardan tug‘ilish har 1000 kishi hisobiga 23-24, o‘lim 5-6, tabiiy ko‘payish esa, bunga mos ravishda, 18, ya'ni 1,8 foizga teng bo`lmoqda. Lekin migratsiya qoldig‘i minimal manfiy darajada (-0,1-0,2 foiz) boMganligi tufayli, aholining yalpi ko‘payish suratlari 1,6-1,7 foizga teng.
Qisqa tarixiy davr mobaynida O‘zbekiston xalqaro savdo-iqtisodiy munosabatlarga kirishish, milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, sanoatni rivojlantirish, mamlakatning oziq-ovqat, energetika va transport xavfsizligini ta'minlash kabi murakkab vazifalar yechimiga bosqichma-bosqich, muvaffaqqiyatli erishdi.
RespublikaYIMning o'zgarish dinamikasida 3 ta davrni ajratish mumkin. Birinchisi, 1991-1996-yillarni o‘z ichiga olib, iqtisodiy pasayish bilan tavsiflangan. Bu holat, asosan, sobiq Ittifoq doirasidagi hududiy mehnat taqsimoti tizimi, O‘zbekiston iqtisodiyoti tarmoqlari va korxonalarining boshqa respublikalarning xo‘jaligi o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarning uzilishi natijasida kelib chiqdi. 1997-2003-yillar oralig'idagi ikkinchi bosqich milliy iqtisodiyotning barqarorlashuvi va YIM o'sishining boshlanishi davri bo‘ldi. Uchinchi davr 2004-yilda boshlanib, hozirgacha davom etmoqda. Bu yillarda uchun O‘zbekiston YIMning 8,0 foizdan past bo‘lmagan sur’atlar bilan o‘smoqda.
Shuningdek, milliy iqtisodiyotimiz tarmoq tarkibida ham muhim o‘zgarishlar ro`y berdi. Eng avvalo, sanoatning YIMdagi ulushi ancha o‘sganligi diqqatga sazovordir. 1995-yilda YIMning 17,1 foizi sanoatga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2014-yilda bu ko`rsatkich 26 foizgacha ko'taril-di. Qishloq xo'jaligining milliy iqtisodiyotidagi ulushi. mos ravishda, 28,1 foizdan 17,6 foizgacha pasaydi. Sanoatning tarmoq tarkibi ham sezilarli darajada o‘zgarib ketdi. Respublika sanoatida elektr energetikasi, yoqilg'i, kimyo, rangli metallurgiya, mashinasozlik va boshqa og‘ir sanoati tarmoqlarining o'rni va ahamiyati o`sib, mustaqillikdan oldingi davrda respublika ixlisoslashuvini belgilab turgan yengil sanoatining ulushi esa deyarli 3 barobar kamaydi. 2000-yil boshidan buyon sanoat ishlab chiqarish hajmi O‘zbekistonda muntazam ravishda o‘sib kelib, qayta ishlash tarmoqlarining o‘sish sur’atlari undiruvchi sanoatga nisbatan bir necha barobar yuqori. Natijada, 2016-yil yakunlari bo‘yicha, mamlakatimiz sanoati tarkibida salkam 20 foizlik ulush bilan mashinasozlik mahsulotlari yetakchi o'ringa chiqib oldi.So‘nggi yillarida O‘zbekistonda avtomobilsozlik, mikroelektronika sanoati, kaliy o‘g‘itlari va soda ishlab chiqarish, farmatsevtika, shakar sanoati va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari bunyod etildi. Neft va gaz-kimyo tarmoqlarida juda yirik korxonalar ishga tushirildi. 2010-yildan keyingi davrda To'palang GES, Ustyurt gaz-kimyo majmuasi, Xondiza tog`-metallurgiya kombinati, Dehqonobod kaliy zavodi, Xorazm avtomo-bil zavodi, Zafarobod sement zavodi va boshqa muhim ishlab chiqarish obyektlari qurib bitirildi. Hozirgi paytga kelib O'zbekistonda mustahkam sanoat ishlab chiqarish salohiyati yaratildi. Respublikamiz MDH mamlakatlari va jahon miqyosida oltin, uran, tabiiy gaz, kadmiy, molibden, sulfat kislotasi, azot o‘g`itlari, gazlamalar, yengil avtomobillar va boshqa mahsulotlarning yetakchi ishlab chiqaruvchilari qatoridan joy egallaydi.
O‘zbekiston sanoatining hududiy tarkibida ham o‘zgarishlar yuz berdi. Masalan, 1980-yillar oxirida Toshkent shahri va viloyatiga respublika yalpi sanoat mahsulotining 50 foizi to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, hozirgi davrda esa bu hududlarga 30 foiz ko‘rsatkich to‘g‘ri kelmoqda. O‘z navbatida, qator yangi korxonalar barpo etilganligi hisobiga Andijon, Qashqadaryo, Navoiy, Buxoro, Jizzax viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasining mamlakat sanoati tarkibidagi ulushlari sezilarli darajada ortdi. Demak, borgan sari O'zbekiston hududida sanoat markazlarining soni ko'payib bormoqda.
O‘zbekiston qishloq xo'jaligida ham katta o'zgarishlar ro‘y berdi. Qishloq xo'jaligida amalga oshirilgan dastlabki islohotlaming ustuvor maqsadlari paxta yakkahokimligini tugatish, don mustaqilligiga erishish hamda xususiy fermer va dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirishdan iborat bo'lgan. Paxta ekin maydonlarining keskin qisqartirilishi hisobiga g'alla maydonlari 1,5 barobar kengaytirildi. Shu tufayli O‘zbekistonda bug'doyning yalpi hosili 3,5-4 barobar oshirilib, qisqa vaqt ichida respublikamizda don mustaqilligiga erishildi. Bundan tashqari, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda katta ahamiyat kasb etadigan sabzavotchilik, kartoshka yetishtirish, bog'dorchilik, uzumchilik, sut-go‘sht chorvachiligi kabi qishloq xo'jalik tarmoqlarini rivojlantirishga katta e'tibor qaratildi. Natijada, mustaqillik yillarida paxta hosili 5,5 min tonnadan 3,4 min tonnagacha kamayib, sabzavot hosili 2,5 barobar, kartoshka 6 barobar, meva 4 barobar, uzum 2,5 barobar oshdi, go'sht va sut ishlab chiqarish hajmi ham 2 barobar o‘sdi.Hozirgi kunda O‘zbekiston uzum, poliz ekinlari, ayrim mevalami yetishtirish va eksport qilish bo‘yicha jahondagi yetakchi mamlakatlar qatoriga kirdi. Shuningdek, O‘zbekiston qishloq xo'jaligida an’anaviy ix-tisoslashgan tarmoqlar-paxtachilik, pillachilik, qorako'lehilik ham o‘z ahamiyatini yo'qotgan emas. Jumladan, 2016-yil holatiga respublikamiz jahonda paxta yalpi hosili bo'yicha 6-o‘rin, eksporti bo'yicha 3-o‘rin, ipak ishlab chiqarish bo'yicha 6-o‘rin, qorako'l terisini ishlab chiqarish bo'yicha esa 2-o‘rinda turadi.
Transport tizimi rivojlanishida ham salmoqli natijalarga erishildi. Bulardan eng ahamiyatlisi respublika temiryo'l transporti tizimining bir butunligiga erishilganligidir. O'zbekiston hududi shimoli-g'arbdan janubi-sharqqa yuzlab kilometr masofaga cho'zilganligi, hamda davlat chegaralarining o'ziga xos shaklda tog' tizmalari va keng yastanib yotgan cho'llar orqali o'tganligini hisobga olsak, bu masala dolzarb strategik ahamiyatga ega ekanligiga amin bo'lamiz. Surxondaryo viloyati hududi Toshg'uzor Boysun Qumqo'rg'on, Xorazm viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasi Uchquduq - Miskin Nukus, Farg'ona vodiysi Angren - Pop temiryo`llari qurilishi bilan O`zbekistonning yagona temiryo`llar tarmog'i bilan bog'landi. Natijada mamlakatimizning transport xavfsizligi va mustaqilligi ta’minlandi. Hozirgi vaqtda Navoiy va Buxoro viloyatlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan nisbatan qisqa masofada bogiab qo‘yadigan Konimex-Miskin temiryo‘li hamda Urganchdan xalqaro turizm markazi hisoblangan Xiva shahriga tomon temiryо‘l qurilmoqda.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda temiryo'llami elektrlashtirish va tezyurar poyezd yo‘nalishlarini barpo etish bo‘yicha ham salmoqli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Toshkent-Samarqand yo‘nalishi bo'yicha "Afrosiyob”, Toshkent Qarshi yo‘nalishida "Nasaf”, Toshkentdan Buxorogacha "Sharq" tezyurar poyezdlar qatnovi yo`lga qo'yildi. Endi esa Qarshi-Termiz, Qarshi-Kitob va boshqa temiryo‘llarini elektrlashtirish ishlari ham boshlangan. Bular poyoniga yetganidan so'ng, respublikamizdagi tezyurar poyezd yo'nalishlarining geografiyasi yanada kengayishi kutilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi dengiz portlariga bir nechta yo'nalishlarda ishonchli chiqish yoMlariga ega bo`lish, Yevrosiyoning turli qismlaridagi regional transport tizimlari bilan bog`lanish orqali iqtisodiy-geografik o‘mining tranzit imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish maqsadlarida transport sohasida Turkmaniston, Qozog‘iston, Rossiya Federatsiyasi, Xiloy, Ozarbayjon, Gruziya, Eron, Ummon kabi davlatlar bilan keng qamrovli o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo'ymoqda. Mamlakatimiz yordamida qurilgan Afg‘oniston hududidagi birinchi Termiz Mozori Sharif temiryo`li O‘zbekistondan janubiy yo'nalishda dunyo okeani portlariga tomon eng qisqa transport chiqishini yaratishning dastlabki bosqichi bo`ldi. Afsuski, Afg‘onistondagi geosiyosiy vaziyatning beqarorligi bu davlat hududidan Hind okeaniga tomon loyihalashtirilgan transport magistrallari qurilishini noaniq muddatgacha to‘xtatib turibdi.
Transport tizimida amalga oshirilavotgan keng qamrovli ishlar mamlakatimizning tashqi iqtisodiy aloqalarini yanada rivojlantirish borasidagi harakatlarning ajralmas qismi bo‘lmoqda. Dunyoning 140 ga yaqin davlatlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarini yo`lga qo‘yayotgan O‘zbekiston Respublikasining eng muhim savdo hamkorlari qatoriga Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Qozog‘iston, Koreya Respublikasi, Turkiya va Yevropa mamlakatlari kiradi. Transport tizimining rivojlanishi respublikamiz tashqi iqtisodiy faoliyatini yangi geografik yo‘na!ishlarda kengaytirishga imkoniyat beradi.
Respublika eksportining tovar tarkibida mustaqillik yillarida juda katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Mustaqillikka erishgan payti respublikamiz eksportida paxta tolasining ulushi 60 foizga teng bo'lgan. Keyingi yillarda bu raqam muttasil ravishda pasayib, 2016-yilga kelib 5 foizgacha tushib ketdi. Olz navbatida, energiya manbalari (eng avvalo, tabiiy gaz), rangli metallar, oziq-ovqat va to'qimachilik, kimyo sanoati mahsulotlari, avtomobil ishlab chiqarishning mamlakatimiz eksporti tarkibidagi o‘rni sezilarli darajada o‘sdi.
So‘ngi yillarda hududlarning sanoat ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish, milliy iqtisodiyotimizga xorijiy sannoyalarni yanada ko‘proq hajmda jalb etish maqsadida respublikamiz hukumatining tashabbusi bilan mamlakatimizda qator erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) tashkil qilindi. Dastlab "Navoiy”, "Angren”, "Jizzax” (Sirdaryo viloyatidagi filiali bilan), keyinchalik esa Xorazm viloyatida "Hazorasp", Buxoro viloyatida "G‘ijduvon" Samarqand viloyatida "Urgut” hamda Farg'ona viloyatida "Qo‘qon'" ElZlari yaratildi. Hozirgi kunga kelib bu hududlarda ichki va tashqi sarmoyadorlar ishtirokida yuzlab yangi ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilmoqda.
O`zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi istiqbollari respublikaning har bir tuman va viloyat imkoniyatlaridan umumdavlat va hududiy manfaatlarda oqilona foydalana olishga bog`liq.
O’zbekiston Respublikasi o’z Mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab yosh avlodning barkamolligi, mustaqil fikrli va mas’uliyatli bo’lishi hamda milliy istiqlolni qadrlash, milliy qadriyatlarga chuqur hurmat, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jismonan va ma’nan sog’lom bo’lishi uchun bir qator tizimli ishlarni amalga oshirdi. Shu bilan birga, ularning haq-huquqlari, qonuniy manfaatlarining himoyasini ta’minlash maqsadida huquqiy asoslar ham yaratildi.
Hozirgi kunda yoshlarning yuksak ma’naviy fazilatlarini kamol toptirish, har tomonlama bilimdon bo‘lishga yordam berish, milliy mafkurani shakllantirish, ularni vatanga bo‘lgan muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga, boy madaniy me’rosimiz va albatta, tarixiy an’analarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohatlarni hal qiluvchi omilidir.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablarida o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda yangi-yangi usullarni izlab topish, yangi pedagogik texnologiyaning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini dars jarayonida tadbiq etish borasida ham ko‘pgina yo‘l-yo‘riqlar aytib o‘tilgan. Bunga amal qilgan bugungi jonkuyar pedagoglarimiz o‘quv-tarbiya sifatini jahon standartlari darajasiga ko‘tarishga, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining yangi usullarini amalda qo‘llayaptilar. Bu borada yuqori ko‘rsatkichlarga erishish va o‘qituvchilarni nazariy va amaliy bilimlarini oshirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligining 2008 yil 24-maydagi 153-sonli”, “O‘qituvchilarning ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini oshirish tadbirlari haqida”gi buyrug‘i asosida Qashqadaryo VPKQTMOIda 2008 yil 22-24-sentabr kunlari o‘tkazilgan “O‘qituvchilarning ilg‘or pedagogik texnologiyalar sohasidagi nazariy va amaliy bilimlarini yanada oshirish” yuzasidan “Kaskad” usulidagi o‘quvi tashkil etildi va shu o‘quv kursiga ishtirok etib, bir qancha ilg‘or pedagogik texnologiyalardan xabardor bo‘ldim hamda tumanda targ‘ib etishga harakat qilib, o‘quvlar olib bordim.
Boshlang‘ich ta’limda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligiga, samaradorlik esa o‘z navbatida o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va faollashtirishga bog‘liq bo‘ladi. Har bir darsda o‘rganiladigan mavzuning mazmunini e’tiborga olgan holda kichik guruhlarda ishlash, didaktik o‘yinlar, “Aqliy hujum”, o‘z-o‘zini baholash kabilardan foydalaniladi. Bunday usullarda ilg‘or pedagogik texnologiyaning didaktik o‘yinli texnologiyalari didaktik o‘yinli dars shaklida qo‘llaniladi. Bunda bilim olish o‘yin bilan uyg‘unlashtiriladi.Ishtirokchilarda o‘z bilimi, kuchi va faoliyatiga ishonch paydo bo‘ladi;
O‘quvchilar o‘rtasida ijodiy va mustaqil muhit tarkib topadi;
Musobaqa, hamkorlik, ijobiy raqobat, o‘zaro yordam vaziyatlari vujudga keladi.
Ilg‘or pedagogik texnalogiyalardan foydalanish o‘quvchilarni erkin firklay olish, bemalol muloqot, o‘z kuchiga ishonch, o‘zaro hurmat, hamkorlik mavzularni mustaqil o‘zlashtirishga qiziqish, yangiliklarga intilish, o‘rganganlarini uzoq vaqt esda saqlab qolish va amalda qo‘llash, xushmuomalalik bilan murojaat etish kabi ijobiy xislatlarni oshiradi. Darsda pedagoglar uchun vaqtdan unumli foydalanishda, darsni qiziqarli va mazmunli tashkil etishda, noyob fikrlaydigan o‘quvchilarni aniqlashda, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida hamkorlik, sinfdagi barcha o‘quvchilarni faollashtirish, o‘quvchilarni og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish va tezkorlik bilan baholay olish kabilarda katta yordam beradi.
Zamonaviy darslar tashkil qilish jarayonida barcha fan o‘qituvchilari borgan sari interfaol usullardan kengroq foydalanmoqdalar. Interfaol usullarni qo‘llash borasida ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanib dars o‘tish natijasida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish, uni himoya qilish, munozara, sog‘lom muloqot, bahs olib borish ko‘nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi.
Zamonaviy dars tashkil etishda ilg‘or pedagogik texnologiyalarning “Kaskad” usulida o‘qitishda o‘zlashtirilgan bir qancha texnologiyalar: “Refleksiya”, “Kutuvlar”, “Glogingo”, “Buterbrot”, “Men kimman?” o‘yini, “Postek” o‘yini, “Fidbek”, “Qo‘shningiz yoqadimi?”, “Barchaga konfet”, “Oyga sayohat”, “Koptok o‘yini”, “Qarsak chalish”, “Bilimlar tog‘i”, “Orfografik estafeta” mashqi kabilar orqali tushuntirib o‘taman hamda bir qanchalarini o‘z darsimda qo‘llanilishi haqida aytib o‘taman. Mashg‘ulotni boshlashdan oldin “Oltin qoidalarimiz”ni belgilab, muhrlab olamiz, chunki mashq yoki o‘yin davomida qat’iy amal qilishimiz uchun.
Yoshlar qatlami deganda, dunyoning turli mamlakatlarida turli yoshdagi fuqarolar tushuniladi. Masalan, AQSh va Yaponiyada 13–14 yoshdan 29-30 yoshgacha bo’lgan shaxslar yoshlar hisoblansa, Bolgariyada 15 yoshdan 29 yoshgacha, Rossiyada 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan shaxslar yoshlar toifasiga kiradi. Germaniyada “kichik yoshdagi yoshlar” 14-18 yosh hamda “katta yoshdagi yoshlar” 18-27 yoshga bo‘linadi[1]. O’zbekiston Respublikasida esa 14 yoshga to’lgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslar yoshlar toifasini tashkil etishi O’zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi Qonunining 3-moddasida belgilab qo’yilgan. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, 2016-yilning 14-sentabrida qabul qilingan ushbu qonun yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo’nalishlarini belgilab berdi (5-modda)[2]. Bu yo’nalishlar ichida yoshlarni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash; ularning huquqiy ongi va madaniyati darajasini yuksaltirish kabilar ham mavjud. Yoshlarning haq-huquqlari ta’minlanishi uchun nafaqat davlat organlarining kafolati, balki yoshlarning huquqiy ongi va madaniyati darajasi ham katta ahamiyatga ega. Yuridik fanlari nomzodi, dotsent N. Saburov fikricha, “huquqiy ong – bu ijtimoiy ongning shakllaridan biri bo’lib, kishilarda huquqqa, qonunchilikka, huquq-tartibotga va boshqa huquqiy hodisalarga nisbatan bo’lgan g’oyalar, his-tuyg’ular, tasavvurlar yig’indisidir”[3]. Huquqiy madaniyat uchun huquqiy ong zaruriy element ekanligini hisobga olgan holda shuni e’tirof etish kerakki, huquqiy ong bo’lishi uchun avvalo huquqiy savodxonlik juda zarurdir. Huquqiy savodxonlik fazilati shaxs – jamiyat –davlat munosabatlariga muhim ta’sir ko’rsatadi, hayotda mehnat faoliyatida yoki boshqa bir sohada yuzaga keladigan muammolarni adolatli va xolis hal qilish imkonini beradi[4]. Yuridik adabiyotlarda huquqiy savodxonlik tushunchasiga yakdil ta’rif berilmagan bo’lsa-da, ulardan quyidagicha tushuncha hosil qilish mumkin: huquqiy savodxonlik – bu yuridik matnlardagi atamalarni tushunish, ulardan umumiy xulosalar chiqarish va bu bilimlarni amaliyotda qo’llay olish qobilayatidir. Xorijiy yuridik adabiyotlar ham shunga yaqin mazmunni ifodalaydi, ya’ni shaxsning o’z huquq va majburiyatlarini tanishi, qaysi holatlar yuridik nizo ekanligini bilishi va ularga qonuniy yechim topa olishi, huquqiy axborotni qayerdan topishni, yuridik yordamni qayerdan va qanday qilib olishni, qonunchilik tizimida qaysi choralar borligini hamda protsessual tartibni bilishi huquqiy savodxonlik belgilari hisoblanadi.Yoshlar orasida huquqiy savodxonlikning pastligi nafaqat, ularning o’zlari uchun, balki jamiyat va davlat uchun ham zararlidir. Huquqiy savodxonlikning yetarli emasligi yoshlarning o’z huquqlaridan to’laqonli foydalana olmasliklariga, majburiyatlaridan bexabar qolishlariga sabab bo’ladi. Majburiyatlardan bexabarlik yoki harakatlarining huquqiy oqibatini anglamaslik bugungi kunda yoshlar orasida huquqbuzarliklarning sodir bo’lishiga sabab bo’lmoqda. Biz huquqiy-demokratik davlat qurishni oldimizga maqsad qilgan ekanmiz, buning uchun huquqiy ongi va madaniyati yuksak yoshlar hal qiluvchi rol o’ynaydi. Bunga esa huquqiy savodxonlikni oshiribgina erishishimiz mumkin. Qisqasini aytganda, “Faqat chuqur o’ylangan va tezkor davlat siyosatigina yoshlarning huquqiy madaniyatini ko’tara oladi va ularning huquqiy ongi darajasini yuksaltirishga yordam beradi”[6].
Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish yo’lida Mustaqillik davrida qator tadrijiy islohotlar amalga oshirildi. Yuqorida ta’kidlanganidek, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida bir qancha qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Bular sirasiga “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi Qonun, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi”, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi hamda “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o’rganishni tashkil etish to’g’risida”gi Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarning huquqiy ta’limini takomillashtirish kompleks dasturi to’g’risida”gi Qarori kabilarni kiritish joiz. Bu qonun hujjatlarining ijrosi sifatida qator amaliy ishlar qilinmoqda. Masalan, Adliya vazirligi huzurida 2009-yilda tashkil etilgan yosh huquqshunoslardan iborat “Huquqiy targ’ibot guruhi” faoliyati e’tirofga loyiq. Ma’lumot o’rnida keltirish joizki, shu paytgacha bu targ’ibot guruhi respublikamizning 70dan ortiq tumanlariga borib, 62 mingdan ortiq yoshlar bilan uchrashuvlar o’tkazdi, ularning huquqiy savodxonligini oshirishga katta hissa qo’shdi. Shu bilan birga, har yili o’tkazib kelinayotgan “Siz qonunni bilasizmi?”, “Huquq bilimdonlari” kabi ko’rik tanlovlar, fan olimpiadalari ham yoshlarning huquqiy savodxonlikni oshirishga bo’lgan qiziqishlariga sabab bo’lmoqda. Yangi qabul qilinayotgan qonunlarning yoshlar hayotiga ta’siri katta, albatta. Ularning bu qonunlar haqida axborot olishlari, undagi normalarga tushuntirishlar talab qilish huquqi ham qonunan mustahkamlangan[7].
Bu borada olib borilayotgan islohotlarning yanada samarali bo’lishi ko’p jihatdan chuqur o’ylanganligi va tizimliligiga bog’liqdir. Shuni e’tiborga olgan holda biz yoshlar orasida huquqiy savodxonlikni oshirish masalasi bo’yicha bir qancha takliflarni bildirmoqchimiz.
o Avvalo, shunga e’tibor qaratish kerakki, yetarli huquqiy ta’lim-tarbiyagina huquqiy savodxonlikka olib boradi. Shu boisdan, pedagogika oliygohlarida “huquqshunoslik pedagogikasi” fakultetlarini tashkil etish maqsadga muvofiq bo’lgan bo’lar edi. O’z navbatida esa, umumiy o’rta ta’lim va oliy ta’lim muassasalarida “Huquqshunoslik” fani dars soatlarini optimal darajada ko’paytirish ham lozim. “Huquqshunoslik” faniga ixtisoslashtirilgan sinflarning bo’lishi ham foydali bo’ladi.
o Huquqiy ta’lim-tarbiyani maktabgacha ta’lim muassasasidan boshlash samarali bo’ladi, degan fikrdamiz. Zero, bu yoshdan boshlab bolalarga konstitutsiya, qonun, fuqarolik, huquq, majburiyat kabi tushunchalarni singdirish lozim. Huquqiy ta’limning bunday izchilligi shunisi bilan ahamiyatliki, bunda doimiy auditoriya mavjud bo’lib, huquqiy savodxonlikka erishishning tadrijiyligi ta’minlanadi.
o Shu qatorda, yoshlarning huquqiy ta’lim-tarbiyasini rivojlantirishning hududiy dasturlarini yaratish davri keldi, deb hisoblaymiz. Viloyat va tumanlar miqyosidagi, o’ziga xos dasturlarning bo’lishi yoshlar orasida huquqiy savodxonlik ko’lamining oshishiga olib keladi.Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi. T. insonning insonligini taʼminlaydigan eng qad. va abadiy qadriyatdir. T.siz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar T. tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi.
Pedagogik adabiyotlarda "T." atamasi keng va tor maʼnolarda ishlatiladi. Keng maʼnoda T. inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarish.i va ijtimoiy, madaniy, maʼrifiy hayotida faol ishtirokini taʼminlashga karatilgan barcha taʼsirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yigindisini anglatadi. Bunday tushunishda T. faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi goyalari, adabiyot, sanʼat, kino, radio, televideniye va boshqalarni ham oʻz ichiga oladi. Shuningdek, keng maʼnodagi T. tushunchasi ichiga taʼlim va maʼlumot olish ham kiradi.
Tor maʼnoda T. shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, maʼnaviyaxloqiy qiyofasi, estetik didi oʻstirilishiga yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradi. Taʼlim va maʼlumot olish tor maʼnodagi T. ichiga kirmaydi. Lekin har qanday T. taʼlim bilan chambarchas bogʻliq holdagina mavjud boʻladi. Chunki taʼlim va maʼlumot olish jarayonida shaxsning fakat bilimi koʻpayibgina qolmay, balki axloqiymaʼnaviy sifatlari qaror topishi ham tezlashadi.
T. har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodning , umuman, jamiyat aʼzolarining T.si bilan yetarlicha shugʻullanmagan mamlakat turgʻunlik va inqirozga mahkumdir. Negaki, oʻsishi va rivojlanishi uchun har qanday jamiyatda ham moddiy va maʼnaviy boyliklar ishlab chiqarish. toʻxtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun yosh avlod moddiy va maʼnaviy boyliklar yetishtirishni ajdodlari darajasida, ulardan ham yaxshiroq ishlab chiqara bilishlari kerak. Yosh avlodda ana shunday moddiy va maʼnaviy qobiliyatlarni shakllantira bilish uchun esa, jamiyat uzluksiz ravishda samarali faoliyat koʻrsatadigan tarbiyaviy intlar tizimiga ega boʻlishi lozim.
T. jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha izoxdab kelingan. Shoʻro zamonida hukmron kommunistik mafkura T.ga sinfiy va partiyaviy hodisa sifatida yondashishni talab etgan. Shuning uchun ham sinfiy jamiyatda T. faqat sinfiy xususiyatga ega boʻladi va turli sinflarning T.si bir-biriga qaramaqarshi turadi degan qarash qaror topgan. Holbuki, dunyo ilmi, ayniqsa, Sharq tarbiyashunosligi va oʻzbek xalq ped.si tajribasi T.ning sinfiy koʻrinishga ega emasligini isbot etdi. Shuningdek, kommunistik mafkura tazyiki tufayli T.da ijtimoiy muassasalarning oʻrniga ortiqcha baho berildi, bu jarayonda irsiy va biologik xususiyatlar deyarli xisobga olinmadi.
Shoʻrolar ped.sida T. orkali xar kanday odamni istagan ijtimoiy kiyofaga solish mumkin degan karash hukmron boʻlganligi uchun ham uning shaxsni shakllantirishdagi oʻrniga oshiqcha baho berildi. Tarbiyalanuvchi shaxsining T.ga berilish yoki berilmaslik xususiyatlarining hisobga olinmasligi tarbiyaviy tadbirlarga maxliyo boʻlishdek pedagogik xatolikka olib keldi. Buning natijasida T. maqsadsiz boʻlib qoldi, tarbiyalanuvchilarga alohida shaxs sifatida emas, istalgan ijtimoiy yoʻnalishga solinishi mumkin boʻlgan qiyofasiz tuda, olomon tarzida qarash karor topdi, Bu hol T.ning samarasizligiga olib keldi. Chunki T.ning asosiy obʼyekta boʻlmish shaxs va uning oʻziga xoslik jihatlari unutilgan edi. Shoʻro pedagogik tizimidagi kamchiliklarning ildizi, asosan, mana shu yondashuv tarziga borib takaladi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, T. va unga bogʻliqjarayonlarga yangi hamda sogʻlom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Uni izohlashda gʻayriilmiy sinfiypartiyaviy yondashuvdan voz kechildi. T.ning milliyligiga alohida eʼtibor karatilmoqda. Buning uchun xalq ped.si boyliklari, oʻzbek mutafakkirlarining pedagogik qarashlari sinchkovlik bilan oʻrganilayotir. Natijada, Oʻzbekiston ped. fani va amaliyotida oila T.sining ham, ijtimoiy T.ning ham oʻziga xos oʻrni borligi tan olina boshlandi. Shuningdek, T.da irsiy va biologik omillar ham hisobga olinadigan boʻldi. Ayni vaqtda, shaxsning shakllanishida T.ning oʻrniga keragidan ortiq baho berish ham barham topdi. Bu hol T.ga doyr hodisa va holatlarni toʻgʻri izohlash, tarbiyaviy tadbirlar tizimini toʻgʻri tayin etish imkonini berdi.
Dunyoqarash tabiat, ijtimoiy jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va etiqodlar tizimidir. Mazkur tizim doirasida ijtimoiy-goyaviy, falsafiy, iqtisodiy, tabiiy-ilmiy, manaviy-axloqiy, estetik, huquqiy va ekologik bilimlar negizida shakllangan etiqodlar asosiy tarkibiy unsurlar sifatida namoyon boladi.
Muayyan dunyoqarashga ega bolish shaxsda atrof-muhit, ijtimoiy munosabatlar, mehnat faoliyati va ishlab chiqarish jarayoni, subektlarga nisbatan malum munosabatning qaror topishi, shuningdek, shaxs tomonidan zimmasidagi ijtimoiy burchlarini tolaqonli anglash va ularni bajarishga nisbatan masuliyat tuygusiga ega bolishi uchun zamin yaratadi.
Shaxsda dunyoqarash izchil, tizimli, uzluksiz hamda maqsadga muvofiq tashkil etilayotgan talim-tarbiyaning yolga qoyilishi, uning turli yonalish va mazmundagi ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi, shuningdek, oz-ozini tarbiyalab borishi natijasida shakllanadi. Yosh avlod dunyoqarashining shakllanishida talim muassasalarida oqitilishi yolga qoyilgan tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar asoslarining ular tomonidan puxta ozlashtirilishi muhim orin tutadi.
Shaxsning manaviy-axloqiy qiyofasi, hayotiy yondoshuvlari, uning uchun ustuvor ahamiyatga ega bolgan qadriyatlar hamda axloqiy tamoyillar mohiyati u ega bolgan dunyoqarash mazmunini ifodalaydi. Oz navbatida dunyoqarashning boyib borishi shaxsning shaxsiy sifat va fazilatlarining tobora barqarorlashuvini taminlaydi. Oz mazmunida ezgu goyalarni ifoda etgan dunyoqarash shaxs qiyofasida namoyon bolayotgan ijobiy fazilatlarning boyib borishiga yordam beradi.
Dunyoqarash oz mohiyatiga kora, ilmiy (muayyan falsafiy tizimga ega) va oddiy (muayyan falsafiy tizimga ega bolmagan) dunyoqarash tarzida farqlanadi. Ilmiy dunyoqarash asosida uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini puxta ozlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etish natijasida barqarorlik kasb etgan goyalar yotadi.
Shaxs dunyoqarashini shakllantirish uzoq muddatli, dinamik xususiyatga ega murakkab jarayon sanaladi.
Aqliy tarbiya va ilmiy dunyoqarashning asosiy belgilari va mohiyati. Shaxs dunyoqarashining shakllanishida aqliy tarbiya muhim orin tutadi. Aqliy tarbiya shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti togrisidagi bilimlarni berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkurini shakllantirishga yonaltirilgan pedagogik faoliyat bolib, uni samarali yolga qoyish asosida dunyoqarash shakllanadi.
Bugungi kunda, Ozbekiston Respublikasida yoshlarga aqliy tarbiyani berishga alohida etibor qaratilmolqda. 1997 yilda Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan Ozbekiston Respublikasining «Talim togrisida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» mazmunida ham yuksak manaviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yonalishlaridan biri ekanligiga urgu beriladi. Yuksak manaviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadr bolib yetishish mavjud ilmiy, shuningdek, kasbiy bilimlarni puxta egallash demakdir. Binobarin, chuqur bilimlarga ega bolish tabiiy hamda ijtimoiy jarayonlarning mohiyatini anglash, ularning ijobiy va salbiy jihatlarini kora va baholay olishga imkon beradi.
Aqliy tarbiya oquvchilarni ilm-fan, texnika, texnologiya hamda ishlab chiqarish sohalarida qolga kiritilayotgan yutuqlar bilan tanishtirish, ularda ijodiy, erkin, mustaqil fikrlash konikmalarini hosil qilishga zamin yaratadi.
Boshlang‘ich sinfda o‘qitishning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish usullari.
Ta'lim o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo‘lib, shu jarayonda shaxsning taraqqiyoti, uning ma'lumoti va tarbiyasi ham amalga oshadi. Darslarda o‘qituvchi o‘z bilimi, ko‘nikma va malakalarini mashg‘ulotlar vositasida o‘quvchilarga yetkazadi, o‘quvchilar esa uni o‘zlashtirib borishi natijasida undan foydalanish qobiliyatiga ega bo‘ladi. O‘rganish jarayonida o‘quvchilar o‘zlashtirishning turli ko‘rinishlaridan foydalanishadi, ya'ni o‘zlashtirilayotgan ma'lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etishda o‘ziga xos tafovutlarga tayanadi. Ta'lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarlarning dars paytidagi hamkorligi, o‘quvchilarning mustaqil ishlashi, sinfdan tashqari ishlar shaklida ta'lim va tarbiya masalalari hal etiladi.
Ta'limning maqsadi jamiyat ehtiyojiga mos ravishda shakllanadi. Shunday ekan, ta'lim-tarbiya maqsadi mos va mutanosib bo‘lishi kerak. Ilmiy adabiyotlarda ta'limning maqsadi imkoniyatlaridan to‘g‘ri, aniq, o‘rinli foydalanish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish, mantiqiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni oshirish, milliy g‘oyani singdirish, sharqona tarbiyani shakllantirish, shaxsni ma'naviy boyitishdan iboratligi ta'kidlangan. Ta'limiy maqsad asosida o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, og‘zaki va yozma savodxonlikni oshirish, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish orqali ularning muloqot madaniyati takomillashtiriladi. Tarbiyaviy maqsad asosida esa ma'naviy, g‘oyaviy, nafosat tarbiyasi beriladi. Til o‘rganish jarayonida xalqning madaniy-axloqiy qadriyatlariga yaqinlashtirish imkoni paydo bo‘ladi.
Ulug‘ donishmandlardan biri «... kelajak tashvishi bilan yashasang, farzandlaringga yaxshi bilim ber, o‘qit», degan ekan. Yurtimizda ta'lim-tarbiya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqiqiy ma'noda bir-ikki yillik yoki qisqa davrda samaraga erishishga qaratilgan ish emas, balki chin ma'noda bir necha yuz yillarga tatiydigan o‘zgarish bo‘ldi, desak xato bo‘lmaydi. Bu prezidentimizning kelajagimiz, kelajak avlodimiz haqida qayg‘urib, yurtimizning barcha farzandlari – mening farzandlarim, ular bizlardan ko‘ra kuchli, bilimli va albatta baxtli bo‘lishlari kerak, degan g‘oyasi zamirida donishmandlarcha siyosat yotganini ko‘rsatadi.
Ma'lumki, ta'limda ilg‘or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalarini tatbiq etish o‘quv mashg‘ulotlarining samaradorligini oshiribgina qolmay, ilm-fan yutuqlarini amaliyotda qo‘llash orqali mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, har tomonlama barkamol yuksak ma'naviyatli shaxsni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o‘quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topish, mustaqil o‘rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Bugungi kunda ta'limda «Aqliy hujum», «Fikrlar hujumi», «Tarmoqlar» metodi, «Sinkveyn», «BBB», «Beshinchisi ortiqcha», «6x6x6», «Bahs-munozara», «Rolli o‘yin», FSMU, «Kichik guruhlarda ishlash», «Yumaloqlangan qor», «Zigzag», «Oxirgi so‘zni men aytay» kabi zamonaviy texnologiyalar qo‘llanmoqda.
Dars mashg‘ulotlarida o‘yin-topshiriqlarni takrorlash yoki mustahkamlash darslarida foydalanilsa ijobiy natija beradi. O‘yin-topshiriqning qaysi bir turini tanlash darsning turiga, sinf o‘quvchilarining o‘yin-topshiriqlarni bajarishga o‘rgatilganlik darajasi, ularning bilim saviyasi, mustaqil ijodiy ishlash imkoniyatlari, o‘rganilganlarni xotirada tez tiklay olishi, ijodkorlikning qay darajada shakllanganiga ham bog‘liq bo‘lishi kerak.
Ta'limda o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglash va shu fikrni og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon eta olishga o‘rgatish masalasiga e'tibor qaratilgan bo‘lib, mustaqil fikrlaydigan, nutq madaniyati rivojlangan savodxon shaxsni kamol toptirish asosiy o‘rin egallaydi. Millatning turmush tarzi, madaniy yaratuvchanligi uning boy tarixiy merosi asosida o‘rganiladi.
Bugungi kun o‘qituvchidan ilg‘or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalaridan o‘quv jarayonida foydalanishni talab etmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib, tajribalarimiz asosida dars mashg‘ulotlarida interfaol metodlarni qo‘llash orqali ta'lim-tarbiya berish yo‘llariga doir fikrlarimizni bayon etamiz. O‘ylaymizki, u o‘quv mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishda hamkasblarimizga amaliy yordam beradi. Shuningdek, o‘quvchilarni o‘z yo‘nalishini tanlash va mustaqil hayotga tayyorgarlik ko‘nikmalarini shakllantirishdek mas'uliyatli vazifani bajarishda ularning yaqin ko‘makchilardan biriga aylanadi. Quyida sinflar kesimida ayrim mavzular asosida o‘qitishning zamonaviy usullarini tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar beramiz. Siz undan ijodiy yondashgan holda foydalanasiz va birinchi prezidentimizning: «Har qarichi muqaddas bo‘lgan ona yerimizga nisbatan farzandlarimizda g‘urur va iftixor, sadoqat tuyg‘ularini uyg‘otish uchun biz bugun nima qilyapmiz, degan savolga javob izlab ko‘raylik»[1], - degan fikrlariga javoban ta'lim va tarbiya berishning zamonaviy usullarini tatbiq etish orqali ko‘zlangan maqsadga erishishga o‘z hissangizni qo‘shasiz degan umiddamiz.Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi ...) ortiqcha» metodi
O‘quvchilar mantiqiy tafakkur yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarida ushbu metod alohida ahamiyatga ega. Uni qo‘llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
O‘rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi tushunchalar tizimini shakllantirish;
hosil bo‘lgan tizimdan mavzuga taalluqli bo‘lgan to‘rtta (beshta, oltita, ...) va taalluqli bo‘lmagan bitta tushunchaning o‘rin olishiga erishish;
o‘quvchilarga mavzuga taalluqli bo‘lmagan tushunchani aniqlash va uni tizimdan chiqarish vazifasini topshirish;
o‘quvchilarni o‘z harakatlari mohiyatini sharhlashga undash (mavzuni mustahkamlash maqsadida o‘quvchilardan tizimda saqlanib qolgan tushunchalarga ham izoh berib o‘tishlari hamda ular o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikni asoslashlarini talab etish lozim).
Mazkur metod o‘quvchilardan o‘rganilayotgan mavzu (yoki bo‘lim, bob) yuzasidan tahliliy mulohaza yuritish, shuningdek, eng muhim tayanch tushunchalarni ifodalay olishni talab etadi.
Metodni qo‘llashda quyidagi harakatlar tashkil etiladi:
o‘qituvchi o‘zaro teng nisbatda mavzuga (bo‘lim, bob) oid va oid bo‘lmagan asosiy tushunchalar tizimini yaratadi;
o‘quvchilar mavzuga (bo‘lim, bob) oid va oid bo‘lmagan asosiy tushunchalarn aniqlaydilar va daxldor bo‘lmagan asosiy tushunchalarni tizimdan chiqaradilar;
o‘quvchilar o‘z harakatlarining mohiyatini izohlaydilar.
Metoddan individual, guruhli va ommaviy shaklda o‘quvchilar tomonidan mavzuning puxta o‘zlashtirilishini ta'minlash hamda ularning bilimlarini aniqlash maqsadida foydalanish mumkin.
1-sinf darsligidagi «Oshxona jihozlari», «Qushlar», «Uy hayvonlari va parrandalar» kabi mavzularini o‘rganishda yangi mavzuni mustahkamlash uchun mazkur metodni qo‘llash ijobiy natija beradi. Bunda mavzuga oid to‘rtta va taalluqli bo‘lmagan (ortiqcha) bitta so‘z (tushuncha, fikr) beriladi.
O‘quvchilar ana shu so‘zni (tushuncha, fikr) aniqlaydilar.
Masalan, 1-sinf darsligidagi 1-mashqda berilgan topshiriqni bajarishda quyidagicha qo‘llash mumkin. Yozuv ekranda ko‘rsatiladi. O‘quvchilar ortiqcha so‘zni aniqlashadi.Uy hayvonlari: sigir, qo‘y, toshbaqa, ot, it.
So‘ng bu so‘zlar ishtirokida gap tuzish topshirig‘i beriladi va tuzilgan gaplar asosida axloqiy tarbiya beriladi.
Namuna: Ot - insonning eng ishonchli do‘sti.
O‘quvchilar tomonidan tuzilgan gaplar asosida o‘quvchilar qalbida ona tabiatga muhabbat uyg‘otiladi, uy hayvonlariga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lishga o‘rgatiladi.
«Videotopishmoq» metodi
Hozirgi kunda pedagogik faoliyatda turli axborot vositalari (kompyuter, televideniye, radio, nusxa ko‘chiruvchi qurilma, slayd, video va audio magnitofonlar) yordamida ta'lim jarayoni tashkil etilishiga alohida e'tibor qaratilmoqda. O‘qituvchilar oldida ta'lim jarayonida turli axborot vositalaridan o‘rinli va maqsadga muvofiq foydalanish vazifasi turibdi.
Videotopishmoq metodidan foydalanishda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
o‘quvchilar e'tiboriga o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini tasviriy yoritishga yordam beruvchi izohlarsiz bir nechta videolavha namoyish etiladi;
o‘quvchilar har bir lavhada qanday jarayon aks ettirilganini izohlashadi;
jarayonlarning mohiyatini daftarlariga qayd etishadi;
o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob qaytarishadi.
Mazkur metod asosida mavzuga doir kompyuter orqali videolavha namoyish etiladi. O‘quvchilar videolavha mavzusi, unda ifodalangan mavzu haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi.
Masalan, «Elektr jihozlari» (1-sinf), «Yil fasllari» (2-sinf) kabilar asosida o‘quvchilarga milliy an'analarimiz, urf-odatlarimiz, iqtisodiy munosabatlar haqida tushunchalar beriladi.
Navro‘z udumlari (foydalanish uchun matnlar)
Navro‘z kuni odam ota-onasi, yaqin kishilari bilan diydorlashadi. Ginali odamlar Navro‘z kuni yarashadi.
Navro‘z arafasida keksalar maxsus idishlarga yetti xil don ekib, ularning unib chiqishiga qarab, kuzda olinadigan hosil cho‘g‘ini chamalashgan.
Ba'zi joylarda esa Navro‘z kunlarida paydo bo‘lgan kamalakka qarab yerga suv sepiladi. Shunday qilinsa, go‘yo yil seryog‘in va barakali bo‘lar ekan.
Navro‘z kunlari bog‘dagi o‘rik daraxtlariga arqon solib arg‘imchoq yasaladi. Qiz-juvonlar yig‘ilishib, navbatma-navbat arg‘imchoq uchadilar. Navro‘zda arg‘imchoq uchsa bir yillik gunohi to‘kiladi deyilgan.
Bu metodni 2-sinfda o‘quvchilarning unli va undosh tovushlar haqidagi bilimlarini sinash, uni mustahkamlash maqsadida ham qo‘llash mumkin. Masalan, ekran orqali unli tovushlar ko‘rsatiladi. Galma-galdan shu tovush bilan boshlanadigan so‘zlarni ifodalaydigan rasmlar ko‘rsatiladi. O‘quvchilar rasmlardagi narsa, buyum nomlarini daftarlariga yozadilar. Bunda o‘quvchilarning xotiralari mustahkamlanadi, so‘z boyligi oshadi.Boshlang‘ich sinflarda interfaol metodlar va ta'limiy o‘yinlardan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda o‘rganganlarini hayot bilan bog‘lashga, qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. O‘qituvchilarning bunday zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, darslarni ilg‘or pedagogik hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilishi ta'lim-tarbiya jarayonini sifatini kafolatlaydi.
Bizningcha, ta'limiy o‘yinlarga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:
1. Ta'limiy o‘yinlar o‘quvchilar yoshiga mos bo‘lishi kerak;
2. O‘yinlar o‘tilayotgan mavzu mazmun-mohiyatiga mutanosib bo‘lishi lozim;
3. Ta'limiy o‘yinlarni o‘tkazish vaqti aniq belgilanishi shart;
4. Ta'limiy o‘yinlar ham ta'limiy, ham tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lishi kerak;
5. Ta'limiy o‘yinlarning o‘tkazilish maqsadi, ahamiyati belgilanishi lozim.
Yuqoridagi talablarga amal qilingandagina dars samaradorligi ortadi va zamonaviy texnologiyalar ta'lim samaradorligiga xizmat qiladi.
[1] http://uza.uz/uz/society/yoshlarga-oid-davlat-siyosatining-huquqiy-asosi-21-09-2016
[2] O’zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi Qonuni// “Xalq so’zi”: 15.09.2016dagi №182 (6617)-son
[3] Saburov N., Saydullayev Sh. Davlat va huquq nazariyasi / O’quv qo’llanma. – Toshkent: TDYI, 2011. 74-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |