Iqtisodiyot Fakulteti "Moliya"


III Bob. O’zbekistonda moliyaviy oqimlar va ularning iqtisodiy o’sishga ta’siri



Download 100,98 Kb.
bet12/13
Sana31.12.2021
Hajmi100,98 Kb.
#211922
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Azizbek Sodiqov Kurs ishi Moliya

III Bob. O’zbekistonda moliyaviy oqimlar va ularning iqtisodiy o’sishga ta’siri.

O’zbekistonda moliyaviy oqimlarga korxona va davlat moliyaviy oqimlaridan iborat bunda, korxonaning moliyaviy oqimlari unga qilinga investitsiyalardan va takror ishlab chiqarishdan moliyaviy resurslarning oqib kelishi ko’zatiladi. Davlat moliyaviy oqimiga esa byudjetli soliqli moliyaviy oqimlarni misol qilish mumkin, bunday vaziyatda esa barcha darajalardagi budjetlarning mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida vujudga keladi. Davlat asosan byudjetga moliyaviy oqimni shakllantirishda soliqlar, bojlar va turli xil yig’imlardan shakllantiradi, bulardan tashqari davlat ijtimoiy-iqtisodiy turli xil sohalarini isloh qilish maqsadida davlat to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni ham jalb qilish orqali byudjetga moliyaviy oqimlarni shakllantirishi mumkin va kerakli sohalarga joylashtirib pul mablag’larining harakatini ta’minlaydi.

Iqtisodiy o‘sish deganda bevosita yalpi ichki mahsulot (YaIM) va uning aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi qiymatining ortishi tushuniladi. Agar maqsad mamlakatning iqtisodiy salohiyatini baholash bo‘lsa, u holda YaIM hajmining o‘sish suratlaridan foydalaniladi. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YaIM esa aholining turmush darajasini baholashda qo‘llaniladi. Ushbu holatda YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati bilan aholi sonining o‘zgarish sur'ati hisobga olinadi. Agar YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati aholi sonining o‘zgarish sur'atidan yuqori bo‘lsa, aholining turmush farovonligi ortadi. Agar ushbu ko‘rsatkichlar bir xil bo‘lsa, aholining turmush darajasi o‘zgarmaydi. Mabodo, YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati aholi sonining o‘zgarish sur'atidan ortda qolsa, aholi turmush darajasining pasayishi kuzatiladi.

Mamlakat aholi turmush darajasini yaxshilash maqsadida to’g’ridan to’g’ri investitsiyalarni jalb qilish orqali moliyaviy oqimlarning katta qismini mamlakatga yo’naltirish kichik biznes va boshqa yo’nalishlarni harakat qiladi. Bundan ko’rinadiki, moliyaviy oqimlarning ta’siri YaIM, aholi turmush darajasi va mamlakatning barcha iqtisodiy sohalarida mavjud.

Iqtisodiy o‘sishning intensiv omiliga esa mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish vositalarini sifat jihatidan takomillashtirish, ya'ni ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, ishchilar malakasini oshirish, shuningdek, mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish orqali erishiladi. Mazkur omil ishlab chiqarishning ichki resurslaridan unumli foydalangan holda, ortiqcha kuch, mablag‘ sarf­lamasdan mahsulot miqdorining o‘sishi va sifatining oshishida o‘z ifodasini topadi.

Davlat byudjetga salbiy emas balki ijobiy moliyaviy oqimlarni shakllantirishi kerak. Bu ham bir tomondan YaIM hajmi bilan aholi soni darajasini taqqoslashga o’xshaydi. Ya’ni davlat byudjetiga moliyaviy oqimlar va tushumlarni ko’paytirish uchun salbiy emas ijobiy oqimlarni ko’paytirish kerak, davlat byudjetiga pul mablag’lari tushumini o’sishini ta’minlash zarur.

Korxona va korporatsiyalar sof moliyaviy oqimining o‘sishi ular rentabelligi va investitsion samaradorligini oshirish imkoniyatlarini xarakterlaydi hamda moliyaviy ahvolini mustahkamlashning muhim shart-sharoiti hisoblanadi.

Davlat qarzlarini o‘z vaqtida qaytarish (uzish) davlatning moliyaviy ahvolini ko‘rsatuvchi muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Murakkab moliyaviy vaziyatda davlat defolt, ya’ni bir tomonlama tartibda qabul qilingan xalqaro moliya-kredit majburiyatlardan bosh tortish e’lon qilishi mumkin. Bir vaqtning o‘zida davlat qarzlarini restrukturizatsiya qilish va uning qaytarilish muddatlari bo‘yicha kreditorlar bilan muvofiqlashtirilgan holda choralarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish kerak.



Xulosa

Korxonalarning jamg‘armalari, daromadlari hamda markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan moliyaviy resurslar fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonidagi pul mablag‘larining miqdoriy va sifat jihatidan harakatiga moliyaviy oqim deyiladi.

Moliyaviy oqimlarning samaradorligi pul mablag‘larining yetarli bo‘lmagan hajmda va o‘z vaqtida tushmaganligida pasayadi. Moliyaviy oqimlar ritmining buzilishi resurslarning doiraviy aylanishi va daromadlarning olinishida uzilishlarning bo‘lishiga, moliyaviy-iqtisodiy faoliyatda keskin yo‘qotmalarning bo‘lishiga olib keladi.

Moliyaviy oqimlar byudjeti bu haqiqatda turli davriy muddatlarda hisoblanadigan korxonaning moliyaviy rejasidir. Turli davrlar uchun (kunlik, dekadalik, oylik, choraklik, yillik va uzoq istiqboldagi) moliyaviy oqimlarning bashoratli budjetlarini tuzish korxonaning to‘lovga qobillik darajasini oshirishga imkon beradi va kelajakda uning moliyaviy holati barqarorligini ta’minlaydi.




Download 100,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish