Iqtisodiyot Fakulteti "Moliya"


-jadval. Moliyaviy oqimlar



Download 100,98 Kb.
bet7/13
Sana31.12.2021
Hajmi100,98 Kb.
#211922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Azizbek Sodiqov Kurs ishi Moliya

1.2-jadval. Moliyaviy oqimlar.


Moliyaviy vositachilar

Moliyaviy resurslari defitsit bo’lgan iqtisodiy subyektlar

Moliyaviy resurslari ortiqcha bo’lgan iqtisodiy subyektlar

Bozorlar

Yakka mulk hisoblangan korxonalarda va hatto ko‘pgina shirkatlarda ham korxona egasi bir vaqtning o‘zida menejer vazifasini ham bajaradi. Ammo, boshqa firmalarda, ayniqsa yirik firmalarda mulk egalari biznesni o‘zlari boshqarmaydilar. Ular bu vazifa (majburiyat)ni professionallarga (maxsus kasb egalariga) topshiradilar. Ko‘p hollarda bu professionallar (maxsus kasb egalari) mazkur kompaniyaning aksiyadori ham bo‘lmaydilar. Nimaga mulk egalari kompaniyani boshqarishni menejment bo‘yicha mutaxassislarga topshirishlariga, hech bo‘lmaganda, beshta sabab bor.

Birinchidan, o‘z kasbini puxta egallagan professional menejerlarni topish unchalik murakkab ish emas. Shu bilan birga, ular firmani boshqarish uchun korxona egalariga qaraganda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan, ko‘proq tajribaga ega bo‘lishi va, shunchaki, yaxshi insoniy fazilatlar sohibi bo‘lishlari ham mumkin. Kompaniyani o‘zi boshqaradigan mulk egasi nafaqat biznesni yuritish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslarga, balki boshqaruvchi iqtidoriga ham ega bo‘lishi kerak. Kompaniya mulkiga egalik huquqini uni boshqarishdan ayirganda esa tabiatda kam uchraydigan bunaqangi mushtaraklik talab etilmaydi.

Ko‘ngilochar biznes misolida shunday vaziyatni o‘rganib chiqamiz. Masalan, kinostudiya yoki televideniye tarmog‘ini boshqarish borasida yuqori malakaga ega kishilar bu sohada o‘z biznesini tashkil etish uchun moliyaviy resurslarga va aksincha, buning uchun yetarlicha mablag‘ga ega badavlat kishi esa bu kabi tashkilotni boshqarish uchun zarur qobiliyatga ega bo‘lmasliklari mumkin. Shunday qilib, bunday vaziyatda eng maqbul yo‘l shuki, malakali mutaxassislar filmlar yaratib, ularga prodyuserlik qiladilar va sotadilar, badavlat kishilar esa bu biznesni zarur miqdorda kapital bilan ta’minlaydilar.

Ikkinchidan, biznesda samaradorlikka erishish yoki foyda ko‘rish uchun, ko‘pincha, bir necha uy xo‘jaliklarining resurslarini birlashtirish kerak bo‘ladi. Masalan, kam budjetli bo‘lsada, bitta film yaratishga millionlab mablag‘ sarflanadi, to‘liq metrajli film esa bir necha o‘n va hatto yuzlab million so‘mga tushadi. Bunday vaziyatda ishlab chiqarishning iqtisodiy samarali ko‘lami(masshtabi)ni ta’minlash maqsadida bir necha mulkdorlarni birlashtiradigan tuzilma talab etiladi va qizig‘i shundaki, ularning ko‘pchiligi bunday biznesni boshqarishda bevosita ishtirok etmaydi.

Uchinchidan, iqtisodiy jarayonlarga xos bo‘lgan mavhum (noaniq)lik sharoitida investorlar mablag‘larni turli firmalarga tikish (joylash-tirish) orqali riskni taqsimlashga intiladilar. Mablag‘larni optimal diversifikatsiya qilish uchun investor portfelida turli qimmatli qog‘ozlar oz-oz miqdorda bo‘lishi kerak. Kompaniya mulkiga egalik huquqini uni boshqarishdan ajratmasdan turib, bunday taqsimotni amalga oshirishning iloji yo‘q.

Faraz qilaylik, investor ko‘ngil ochish sohasidagi ma’lum firmalar bir necha yil davomida daromad keltirishi mumkin degan xulosaga keldi va ularning aksiyalariga diversifikatsiyalangan kapital kiritishga ahd qildi. Agar, shu bilan birga, u aksiyalarini sotib olgan kompaniyalarni o‘zi boshqa-rishga ham qaror qiladigan bo‘lsa, u o‘z mablag‘larini ko‘plab kompaniyalar o‘rtasida taqsimlay olmaydi. Shunday qilib, aytish mumkinki, biznesni korporatsiya shaklida tashkil etish mulkdor investor o‘z mablag‘larini diversifikatsiya qilishi uchun ko‘proq mos keladi, chunki korporatsiya turli firmalar kapitalida nisbatan katta bo‘lmagan ulushga egalik qilish imkonini beradi.

To‘rtinchidan, mulkka egalik huquqini boshqarishdan ajratish axborot olishga ketadigan xarajatlarni tejash imkonini beradi. Odatda, menejerlar firmaning ishlab chiqarish texnologiyalari, ishlab chiqarish resurslari bahosi (qiymati) va mahsulotga bo‘lgan talab to‘g‘risida juda aniq va atroflicha ma’lumot to‘play oladilar. Kompaniya egalariga esa ishlab chiqarish texnologiyalari, firma faoliyatining samaradorlik darajasi va uning mahsulotiga talabning qandayligi to‘g‘risida umumiy yoki yuzaki tasavvurga ega bo‘lishning o‘zi kifoya.

Ko‘ngil ochish industriyasi bilan bog‘liq bo‘lgan yana bir misolni ko‘rib chiqamiz. Kinofilmlar ishlab chiqarish va ularning prokati bilan shug‘ullanish uchun juda keng ma’lumot to‘plash kerak bo‘ladi. Avvalo, yangi filmda ishtirok etishga yollanishi mumkin bo‘lgan taniqli aktyorlar va rejissyorlar to‘g‘risida ma’lumotni ortiqcha sarf xarajatlarsiz qo‘lga kiritish mumkin. Ammo kinofilm ishlab chiqarish va uning prokatiga zarur boshqa resurslar to‘g‘risida so‘z boradigan bo‘lsa, buning uchun ko‘plab mablag‘ talab etilishi, tabiiy. Aktyorlar tanlash bo‘yicha mutaxassislar bilan aloqa o‘rnatish juda qimmatbaho jarayon va bu vazifani shu kasbga ixtisoslashgan professional ma’murlar hammadan a’lo darajada baja-radilar.

Beshinchidan, ta’lim olish (o‘qish) egri chizig‘i effekti (samarasi), yoki faoliyat yuritib turgan tashkilot effekti (samarasi) degan narsa mavjud va u quyidagilarda namoyon bo‘ladi: agar kompaniya egasi bir vaqtning o‘zida firma menejeri bo‘lsa, kompaniyaning yangi egasi yangi biznesni muvaffaqiyatli boshqarish uchun undan ish yuritishni o‘rganishiga to‘g‘ri keladi. Agar kompaniya egasi bir vaqtning o‘zida menejer bo‘lmasa, biznes sotilgan taqdirda ham tajribali menejer tashkilotda ishlashda davom etadi, faqat endi u boshqa xo‘jayinga ishlaydi (xizmat qiladi). Kompaniya birinchi bor o‘z aksiyalarini ochiq muomalaga chiqarganda (ya’ni, ochiq aksiyadorlik kompaniyasi (jamiyati)ga aylanganda), uning dastlabki ta’sischisi va egalari bo‘lgan menejerlari, garchi endi ular kompaniya aksiyadorlari bo‘lmasa-da, ko‘pincha, korporatsiyani boshqarishda davom eta-dilar.

Biznesni tashkil etishning korporativ shakli mulkka egalik huquqi boshqaruvdan ajratilganda ayniqsa samaralidir. Chunki u firmaning sog‘lom (normal) faoliyatiga putur yetmagan holda mulkdorlar ro‘yxatida tez-tez o‘zgarishlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yadi (egalik huquqi aksiyalarga o‘tishi munosabati bilan). Butun dunyoda turli korporatsiyalarning millionlab aksiyalari qo‘lda qo‘lga o‘tib turadi va buning firmani boshqarish hamda uning faoliyat yuritishi sifatiga salbiy ta’sir qilgan hollari juda kam.


Download 100,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish