Iqtisodiyot asoslari fani predmeti vazifasi va ahamiyati



Download 1.16 Mb.
bet21/23
Sana12.01.2017
Hajmi1.16 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23

Inflyatsiyaga qarshi choralar:

 inflyatsion kutishlarni mo‘’tadillashtirish;

pulni chiqarshni cheklash;

 byudjet tanqisligi muammosini hal qilish;

 soliqqa tortish tizimini isloh qilish;

 iqtisodiyot tuzilmasini qayta qurish;

 valyutalar kursini tartibga solish;

 iqtisodiyotning tovarlilik darajasini oshirish;

 xususiylashtirish;

 jamg‘armalar me’yorini oshirish va ularning sarflanishini kamaytirish usullari;

 konfiskatsiya (olib qo‘yish) tipidagi pul islohoti.
Markaziy bankning kredit tizimidagi pozitsiyasi va vazifalari

Markaziy bankning vazifalari:

1. Milliy valyutaning mo‘’tadilligini ta’minlash.

2. To‘lov aylanmasini ta’minlash.

3. Xususiy banklar ustidan davlat nazoratini olib borishga yordam berish.



Bank sohasi faoliyatida:

 lividlikni ta’minlash;

 bank tizimini mo‘’tadilligini ta’minlash.


Markaziy bankning choralari

1. Ochiq bozordagi amallar – bu moslanuvchan valyuta siyosiy choradir. U qimmatbaho qog‘ozlarning «ochiq bozor» da sotilishi yoki sotib olinishida ifodalanadi. Pul massasining ekspansiv (sotib olish) yoki resteriksion (sotish) siyosatini olib borish uchun foydalaniladi.

2. Hisob stavkasi siyosati – pul muomalasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solish chorasi. U hisob stavkalarining turli variantlarini qo‘llashda ifodalanadi. Ya’ni stavkalar turli vaziyatlarda turlicha miqdorda belgilanadi yoki moliyaviy qudrati har xil bo‘lgan tashkilotlarga stavkalar darajasi har xil (boshrog‘iga ko‘proq, oxirigacha pastroq) qilib belgilanishi. Kredit faoliyatini boshqarish uchun qo‘llaniladi.

3. Minimal zaxiralar siyosati – bu pul-kredit siyosatining eng katta chorasidir. Tijorat banklari Markaziy bankining hisoblarida saqlashga majbur bo‘lgan zaxiralar me’yorini variatsiya qilishda ifodalanadi. Tizimdagi kredit massasini tez siqish yoki kengaytirish uchun vosita sifatida qo‘llaniladi.

Emissiya banki o‘z vositalari (choralari) yordamida xaridorlarda pullarning bo‘lishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsata olmaydi. Ularning miqdorini kamaytirar yoki ko‘paytirar ekan u buning uchun faqat impuls (turtki) bera oladi, xolos. Monetar impulslarni ko‘chirish shuning uchun ham shunday mexanik aloqaga eng kam darajada mos keladi.

Pul-kredit siyosati

Pul-kredit siyosati – pul emissiyasining hajmini, pul massasining kattaligi va tuzilmasini inflyatsiya o‘sishining oldini olish va iqtisodiyotning barqaror o‘sishini qo‘llash uchun tartibga solish.



Kredit – odatda, foiz to‘lab qaytarilish sharti bilan pul yoki tovar shaklida beriladigan ssuda, uning harakati davomida kreditor va qarzdor o‘rtasida ma’lum iqtisodiy munosabatlar yuzaga keladi.

Kredit munosabatlarining mohiyati shundaki, almashinish ekvivalentini to‘lash muddatlari bilan variatsiyalarni qo‘llash (variatsiyalash) iqtisodiy tizimdagi ayrim tovar ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish sikllarining vaqtincha mos kelmasligini bartaraf etish imkonini beradi. Kreditning asosini bitishuvning ssuda deb ataluvchi tipi tashkil qiladi.



Kredit quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi:

 muddatlilik;

 qaytarishlilik;

 haq to‘lashlik;

 moddiy ta’minlanganlik;

 maqsadga yo‘naltirilganlik.



Kreditning vazifalari:

 iqtisodiyotda pul aylanmasining tezlashishi tufayli iqtisodiy jarayonlarni tezlashtirish;

 haqiqiy pullarni kredit pullari va kredit amallari bilan almashtirish;

 kredit bozorini shakllantirish.



Bozor krediti – to‘lov vositalarining har xil turlariga talab va taklif vujudga keladigan hamda o‘zaro ta’sir qiladigan bozorlarning umumiy belgisidir.

Kreditga talab – iqtisodiy subyektlarning o‘z asosiy va aylanma kapitallarini sotib olish: davlat byudjetining tanqisligini qoplash; banklarning to‘lov qobiliyati va likvidlilikni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan kredit resurslariga bo‘lgan talablar oqibatida yuzaga kelgan.

Kredit taklifi iqtisodiy subyektlarda muqobil loyihalarga vaqtincha yo‘naltirish uchun ortiqcha resurslarning paydo bo‘lganligi oqibatida yuzaga keladi. Uy xo‘jaliklari shaxsiy jamg‘armalarini loyihalarga joylashtiradilar.

Kreditlash subyektlari, kreditlash usuliga, shuningdek, kreditlash jarayonining makon-zamon (joy va vaqt) tarkibiga qarab kredit turli xil shakllar bo‘yicha tasniflanadi:

Subyektlar bo‘yicha – kreditlar va qarz oluvchi.

Kreditlash usuli bo‘yicha – natural va pul.

Kreditlash muddati bo‘yicha – qisqa muddatli, o‘rta muddatli, uzoq muddatli, maxsus uzoq muddatli.

Kredit makoni xarakteri bo‘yichadavlatlararo davlat, bank, tijorat, iste’mol va boshqa kreditlar.



Pul-kredit tizimi. Bozor xo‘jaligi subyektlari orasida muhim o‘rinni egallaydi. U pul bozorlarining rivojlanishini boshqarib boradi, kapitalni shakllantiradi va unga iqtisodiyotning bir sektoridan ikkinchisiga oqib o‘tishini tashkil qiladi, investitsiya iqlimi (muhiti)ni yaratadi va uning qanday bo‘lishini belgilaydi, pul-kredit muomalasida va to‘lov aylanmasida o‘yin qoidalarini belgilaydi.

Kredit-bank tizimining tuzilmasi quyidagilarning yig‘indisidan iborat:

 ular orqali moliyalashtirish amalga oshiriladigan institutlar va bozorlar;

 ular amalga oshiriladigan shakllar;

 kredit tizimi ichidagi ayrim xususiy bozorlarning miqdoriy roli;

 ular yordamida kredit bozorlarining vazifalari va bozorlardagi o‘yin qoidalari belgilanadigan reglamentatsiyalar.



Kredit tizimining institutlari:

 pul va kreditlarning oqib o‘tishini (moliyaviy institutlar) amalga oshiradilar;

 tartibga solish va nazorat yordamida (tartibga soluvchi institutlar) pul bozorlarini ishlashi va rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadilar;

 o‘yin qoidalariga rioya qilinishini ta’minlaydilar (tartibga soluvchi institutlar).



Kredit tizimining vazifalari:

1. Pul-xo‘jalik faoliyatini–kredit institutlari amalga oshiradilar.

2. Tartibga soluvchi faoliyat – uni Markaziy bank va uning nazorat bo‘yicha idoralari amalga oshiradilar.

3. Tartibga soluvchi vazifalar – ularni Markaziy bank, Moliya vazirligi amalga oshiradilar.



Kredit-pul tizimida banklar

Banklar – kredit muassasalarining asosiy guruhini tashkil etuvchi va pul mablag‘larining akkumulyatsiya qilinishi, kreditlar berilishi, pul hisob-kitoblarining muomalaning kredit vositalari emissiyasini turli xildagi qimmatbaho qog‘ozlarning va hokazolarning chiqarilishini amalga oshirish vazifalarini bajaruvchi alohida iqtisodiy institutlardir.

Bajaradigan vazifalari va amallarining xarakteriga qarab banklar quyidagicha tasniflanadi:

 markaziy emissiya;

 tijorat depozit;

 investitsiya;

 jamg‘arma;

 maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan.

Banklar to‘lov tizimining asosiy o‘rtalik (oraliq) halqasi sifatida chiqib, bunday sifatda iqtisodiy faollikning har xil turlarini namoyon etadilar.

To‘lovlar tizimi: to‘lov aylanmasining asosiy shakllarini nazarda tutadi. To‘lov aylanmasi esa quyidagilardan tashkil topadi:

naqd pullar;

 naqd bo‘lmagan pullar;

 yarim naqd pullar.



Banklar kredit institutlari va to‘lovlar tizimining xizmat ko‘rsatuvchi asosiy subyektlari sifatida:

 vaqtincha bo‘Sh bo‘lgan pullarni akkumulyatsiya qiladilar;

 kredit beradilar;

 kredit pullarini yaratadilar;

 qimmatbaho qog‘ozlarni emissiya qiladilar.

Kredit-bank tizimining pul xo‘jalik vazifalari tuzilmasiga muvofiq tijorat banklarining asosiy amallari quyidagilardir:



Passiv amallar – pul resurslarini jalb qilish masalan, depozitlarni qabul qilish, aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatbaho qog‘ozlarni sotish. Passiv bitishuvlar qarzlar miqdorini oshiradi.

Aktiv amallar – pul resurslarini joylashtirish, masalan, kreditlar berish, aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qog‘ozlarni sotib olish. Aktiv bitishuv talablar summasini oshiradi.

Banklar xizmatlari orasida ularning quyidagi turlari ajralib turadi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlash – qaytarish, haq to‘lash, muddatlilik shartlarida ssuda berish.

Bank investitsiyalari – bank tomonidan aksiyalar va obligatsiyalarni sotib olinishi.

Lizing – mol-mulkning, uskunalarning har xil turlarini bank vositachiligida ijaraga berilishi.

Faktoring – mijozning debitor qarzlarini hisoblar summasini darhol yoki qarzlarning uzilib borishiga qarab kassa qilish.

Trast amallari – mijozlar kapitalni boshqarish bo‘yicha amallari.

Pul-kredit multiplikatori

Faqatgina Markaziy bank yaratishi mumkin bo‘lgan pullar va emissiyadan so‘ng butun bank tizimida yuzaga keladigan va ular bilan uy xo‘jaliklari hamda korxonalar o‘z xarajatlariga haq to‘laydigan pullar (hisoblanadigan pullar) o‘rtasidagi hisobga olingan aloqa pul-kredit multiplikatori deb ta’riflanadi.

Bank tizimi banklarning yig‘indisi sifatida harakat qila borib, «qo‘shimcha» kredit pullari (bank depozitlari)ni yaratadigan (tuzadigan) kreditni multiplikatsiyalash jarayoni umumiy ma’noda quyidagi chizma halqa bilan ifodalanishi mumkin.

E=A-R


1m=

D=E*m



E – ortiqcha zaxiralar

A – amaldagi zaxiralar

R – majburiy zaxiralar

m – multiplikator

D – joriy hisoblardagi pullarning maksimal oshishi


Bank tizimidagi nomo‘’tadillik sabablari va mo‘’tadillashtirish choralari

Kredit bank tizimining faoliyatidagi buzilishlarni yuzaga keltiruvchi sabablar orasida, eng avvalo, quyidagilarni aytib o‘tish kerak:

 milliy valyuta kursining mo‘’tadil emasligi;

 markaziy bankning muvaffaqiyatsiz pul-kredit siyosati;

 adekvat bo‘lmagan fiskal siyosat;

 depozitlarni sug‘urtalash tizimining mavjud emasligi.



Kredit bank tizimini mo‘’tadillashtirishning ehtimol bo‘lgan vositalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

 bank qonunchilikni takomillashtirish;

 bankning minimal zaxiralari darajasi va hisob stavkasi darajasini muvofiq holga keltirish;

 kredit-bank xizmatlarining yangi shakllarini rivojlantirish.

O‘zbekistondagi inflyatsiyaning tahlili narxlarning erkinlashtirilishi avvalida muomaladagi pul zaxiralarining va narxlar dinamikasining o‘zaro harakatlari bir xil bo‘lmaganligini ko‘rsatadi. Ulgurji va chakana narxlarning vulqonsimon (portlab) o‘sishi ro‘y beradi, bu esa pul massasining ko‘payishiga sabab bo‘ldi.

O‘zbekistonda har bir viloyat ish haqI, stependiya, pensiya, Boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun naqd pul olish ko‘zda tutilgan o‘z byudjetiga ega. To‘lanadigan mana shu pul massasiga xuddi shuncha qiymatga ega bo‘lgan tovarlar va xizmatlar qarshi turishlari kerak. Ammo respublikaning ko‘pgina viloyatlarida tovarlarni yetarli darajadagi taklifi mavjud emas. Shuning uchun pul banklarga qaytmasdan aholida qolib ketmoqda. Shu munosabat bilan bu mintaqalarga qo‘shimcha naqd pul zarur bo‘ladi, bu esa pul emissiyasiga olib keladi. Holbuki, u qisqartirilishi kerak. Pul emissiyasini qisqartirish uchun quyidagi formuladan foydalanish mumkin:

E=R  S,

Bunda, E – emissiya, R – taklif, S – talab.

R  S bo‘lganida emissiya yo‘q, R  S da esa emissiya ishlaydi.

«S»ni ushbu mintaqadagi to‘lovlar (oylik, pensiya, nafaqa) hajmiga tenglashtirish mumkin. «S” kattaligi S1-ish haqi; S2-stipendiyalar; S3 – pensiya va nafaqalar; S4-boshіa to‘lovlar boshqa to‘lovlar sifatida taqsim etilishi mumkin.

Unda S1+ S2+ S3+ S4 = S summasiga teng bo‘ladi.

Bu formula viloyatning pul massasi hajmining tuzilmasini aniq namoyon qiladi, ko‘rsatadi.

R – ushbu viloyatdagi tovarlar massasi va xizmatlar massasidan iborat bo‘lgan takliflardir.

Umumiy “R” ga T – tovar massasi va U – xizmatlar hajmi qo‘shiladi. Unda R=T+U. Bu formula umumiy taklifda tovarlar va xizmatlarning hajmini aniqlashda foydalaniladi. Agar amalda sotilgan tovarlar va xizmatlar hajmini T1 va U1 bilan belgilasak, unda amaldagi haqiqiy taklif R1=T1+U1 bo‘ladi. R va R1 o‘rtasidagi farq ularga talab kam bo‘lgan tovarlar va xizmatlar hajmini ko‘rsatadi. Uni R2 sifatida ko‘rsatish mumkin. Unda R2= R-R1 bo‘ladi. Agar R2 katta absalyut hajmga ega bo‘lsa, R hamda R1 bilan solishtira olinsa, unda vakolatning ishlab chiqarish sektori og‘ir holatda va ishlab chiqarishni sokatsiya qilish (sog‘lomlashtirish) bo‘yicha choralar ko‘rilishi lozim. Agar SR deb taxmin qilinsa, unda pul emissiyasi muqarrardir. Shuning uchun taklifni ko‘paytirish, o‘stirish zarur bo‘ladi.

Bunday holatga quyidagi tadbirlar: viloyatda ishlab chiqa-rishning sohalari va yo‘nalishlarini o‘zgartirish, shaharda bo‘lganidek qishloqda ham zarur bozor xizmatlarini ko‘paytirish, xalqaro turizmni juda daromadli tarmoq sifatida rivojlantirish, ko‘chmas mulkni sotish uchun auksionlardan foydalanish, bu auksionlar esa zarar bilan ishlayotgan korxonalar, tugallanmagan qurilish obyektlari, ortiqcha uskunalar kiritilishi mumkin; qurilish, uy-joy, yordamchi xo‘jaliklar uchun er uchastkalarini sotish, magistral yo‘llarda ulgurji bozorlar (karvon saroylar) tuzish hisobiga erishish mumkin.

T va U tarkibiy qismlarining o‘rinlarini almashtirish, variatsiya qilish yo‘li bilan viloyatdagi pul emissiyasini tugatish mumkin. Inflyatsiya ko‘rsatkichlari miqdor bahosini beradi xolos.



Narxlarning o‘sish indeksi, shu jumladan, iqtisodiyotning iste’mol sektoridagi narxlarning o‘sishi indeksi – keng foydalaniladigan ko‘rsatkichdir.

Ko‘rsatkichlar tahlili quyidagi vazifalarni hal qilish uchun zarurdir:

1) iste’mol sektorida, uning tuzilmalari va dinamikalari;

2) tovarlarning yoki xizmatlarning ma’lum turlari narxlarining oshishiga yordam bergan sabablarni va narxlar oshishining inflyatsiyaning darajasiga ta’sirini aniqlash;

3) inflyatsiyaning o‘sish manbalarini bartaraf etish choralarini ishlab chiqish;

4) inflyatsiyaning darajasini bashorat qilish.

O‘zbekiston Respublikasida bu ko‘rsatkichlarni tahlil qilish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Iste’mol sektorida inflyatsiya darajasini tahlil qilish uchun iste’mol narxlar haqidagi har oylik axborotdan foydalaniladi.

Bunda turli xildagi hisob-kitoblar qilinadi. Bular:

a) hisobot oyidagi iste’mol narxlarining indeksi (IPTS) oldingisi (LTR) ga bo‘linadi. Bu ko‘rsatkich iste’mol tovarlari va xizmatlari narxlarining joriy oyda shu oyning o‘tgan oyidagiga solishtirgandagi o‘zgarishini ifodalaydi;

b) hisobot oyidagi iste’mol narxlari indeksi (IPTS) ning o‘tgan yil dekabrdagi indeksiga nisbati. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning yanvaridan hisobot oyigacha bo‘lgan davrda iste’mol tovarlari va xizmatlari;

v) bundan tashqari, uchinchi variantda joriy yilning hisobot oyidagi IPTS ning o‘tgan yilning xuddi shu davriga (LTRZ) nisbati hisob-kitob qilinadi. Bu nisbat joriy yilning alohida olingan oyida iste’mol tovarlari va xizmatlarning o‘tgan yilning shu oyiga solishtirilgan o‘zgarishni ifoda etadi. Bu indeks mavsumiy tebranishlarni hisobga olmaydi;

g) hisobot oyining iste’mol narxlari indeksining yil boshigacha o‘sib boruvchi natijasi bilan birga hisoblaganda o‘tgan yilning shu davriga (LTR4) nisbati. Bu indeks LTR3 ga o‘xshash, lekin narxlarning yil boshidan beri o‘tgan davr ichida o‘sib boruvchi natijalar bilan qo‘shib hisoblaganda hamda bunda o‘tgan davr ichida mavsumiy bo‘lmagan tebranishlarni hisobga olingan o‘zgarishlarini qayd etadi;

d) hisobot choragining IPTS sining o‘tgan chorakniki (LTR4a) ga nisbati. U hisobot choragida narxlarning o‘tgan chorak bilan solishtirgandagi o‘zgarishi;

e) hisobot choragi IPTS sining o‘tgan yilning shu davriga (LTR5) nisbati ham xuddi LTR4a dek. Faqat u narxlarning har xil yildagi bir xil davrdagi o‘zgarishini hisobga oladi.



Aniq tahlil qilish uchun iste’mol savatchasi o‘rganiladi, iste’mol savatchasi 3 qism: oziq-ovqat, nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlarga bo‘linishi kerak. Har bir qism ichida joriy oyning individual indeksi undan oldingisiga solishtirib tahlil qilinadi. Narxlarning o‘sishini tegishli tovarlar guruhining solishtirma salmog‘iga ko‘paytirish yo‘li bilan narxlarning o‘sishini iste’mol tovarlari va xizmatlarninng ayrim turlariga va iste’mol narxlari indeksining umumiy kattaligi (hajmi)ga ta’siri aniqlanadi. Bu usul yordamida qaysi viloyatlarda qaysi tovarlar va xizmatlar iste’mol narxlarining umumiy indeksining o‘sishiga eng katta ta’sir ko‘rsatganini aniqlash mumkin.

Respublikada har yili davlat dotatsiyalari pasaytirilmoqda. Shuning uchun foydalanish xarajatlari (kvartira haqi), issiqlik, elektroenertika, gaz, jamoat transportida yurish, aloqa xizmatlari uchun to‘lanadigan haq miqdori sezilarli darajada o‘smoqda. Bu o‘zgarishlarning hammasi narxlarni bashorat qilishda asoslanishi va hisobga olinishi lozim.

Inflyatsiyani tahlil qilishda mavsumiylik omili alohida ahamiyatga egadir.

Bozorda yil davomida emas, balki ma’lum bir mavsumda bo‘ladigan tovarlar va xizmatlar mavsumiy deb nomlanadi. Bular mevalar va sabzovotlardir. Iste’mol savatchasida ularning solishtirma salmog‘i sezilarlidir. Shuning uchun bahor va qish davrlarida bunday mahsulot narxlarining o‘sishi iste’mol narxlarining indeksiga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Ayrim tovar guruhlari va xizmatlar bo‘yicha o‘zgarishlarning hisob-kitoblari inflyatsiyaning umumiy darajasidagi ulushni aniqlashga imkon beradi. Bunda iste’mol narxlarining umumiy yig‘ma indeksiga 100 foizga qabul qilinadi. Boshqa ko‘rsatkichlar esa foiz nisbatida, arifmetik yo‘l bilan hisoblab chiqariladi. Iste’mol tuzilmasidagi o‘zgarishlarni 100 foiz deb qabul qilinadigan iste’mol savatchasidan uni tashkil qiluvchi guruhlarni ayirish yo‘li bilan aniqlash mumkin. Masalan, Qoraqalpog‘istonda birinchi chorakda narxlar o‘sishining tovarlar ishlab chiqarishga ta’siri 73,6 foizni tashkil qiladi, nooziq-ovqat tovarlariga ta’sir 16,5%, xizmatlarga ta’siri 8,9% ni tashkil qildi. Unda 100%-73,6%-16,5%-8,9%=1%.

Farg‘ona vodiysida tegishlicha, bu guruhlar 70%, 17%, 9%, 12,4% ni tashkil qildi, unda 100%-70%-12,4%=0,3%. Bu nimani bildiradi? Bu shuni bildiradiki, Qoraqalpog‘istonda indeksga narxlar ta’siri = 99%ga, 1% esa bu – tuzilmaviy o‘zgarishdir. Farg‘ona vodiysida u 100,3 foizni tashkil etadi. Bu Farg‘ona viloyatida narxlar Qoraqalpog‘iston bilan solishtirganda ko‘proq o‘sayotganligini ko‘rsatadi.

Inflyatsiya darajasini tahlil qilishida oylik o‘rtacha ko‘rsatkichi muhim ko‘rsatkichidir. U tahlil qilinayotgan davr uchun o‘rta kattalik sifatida hisoblab topiladi.

Masalan, 1 uchun IPTS-103,5%, 11 uchun-101,94%, unda o‘rtacha oylik kattalik 103,5% + 103,4% + 101,94%=102,6%.

Asosiy ko‘rsatkich inflyatsiya darajasidir. Iqtisodiy siyosatda Inflyatsiyani chidash mumkin bo‘lgan darajagacha pasaytirmasdan turib muvaffaqiyatga erishish qiyin. Chunki inflyatsiyaning yuqori sur’atdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning munosabatlariga va aholining moliyaviy sohaga ishonchiga putur yetkazishi mumkin.

Mavsum omili inflyatsiyaning umumiy darajasiga qishloq xo‘jalik oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘zgarishiga katta ta’sir qiladi.

Inflyatsiya dinamikasining tegishli oylar bo‘yicha tah-lili eng past sur’at yoz oylariga to‘g‘ri kelishidan guvohlik beradi. Bu sabzovotlar va mevalarning ommaviy pishishi, bozorlarda ularning taklifi oshishi davri bilan bog‘liqdir. Yuqori raqobat sharoitlarida sotuvchilar tez buziladigan mahsulotlarning narxlarini tushirishga majbur bo‘ladilar. Yoz oylarida nooziq-ovqat mahsulotlarining narxlari ham pasayadi, chunki aholining to‘lovga qobil talabi bu tovarlardan qishloq xo‘jalik mahsulotlariga ko‘chadi.

Inflyatsiyaning eng yuqori sur’atlari qish oylari va bahorning boshlariga to‘g‘ri keladi. Bu davr qishloq xo‘jalik mahsulotlarining tovar taklifi pasayishi, ularning zaxiralari kamayishi bilan ifodalanadi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlarining o‘sishi sanoat ishlab chiqarishini qo‘shgan holda boshqa iste’mol tovarlar narxining oshishida ham aks etadi.

Inflyatsiya boshqarilishi kerak. Shuning uchun inflyatsiyaga qarshi siyosat borasida To‘xtalamiz.

Inflyatsiyaga qarshi tadbirlar qisqa va uzoq muddatli siyosat bilan taqdim etilishi mumkin.

Uzoq muddatli siyosat o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

 aholini inflyatsiyaga qarshi kutishlarini bartaraf etish. Buning uchun hukumat tomonidan ishlab chiqarishning rag‘batlantirilishi, inflyatsiyaga qarshi choralarni ko‘rishi, narxlarni erkinlashtirishi muhimdir;

 byudjet tanqisligini soliq tizimini takomillashtirish va davlat xarajatlarini kamaytirish hisobiga qisqartirish;

 pul massasi o‘sishining yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan eng so‘nggi chegarasini, uning har yillik o‘sishiga qattiq limit kiritgan holda belgilash;

 iqtisodiyotga hukumat byudjet tanqisligini moliyalashtirish uchun xorijdan kelgan va keyin ular konvertlanadigan va shu summada milliy valyutaning qo‘shimcha massasi chiqariladigan qisqa muddatli va zayomlarni kirishish yo‘li bilan ta’sir qilib inflyatsiyaga ta’sir qiluvchi omillarni betaraflashtirish (neytrallash).

Inflyatsiyaga qarshi qisqa muddatli siyosat o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

1) yig‘ma taklifni yig‘ma talabni oshirmasdan, tovarlarni qo‘shimcha ishlab chiqarish, xizmatlarni qo‘shimcha ko‘rsatish, iste’mol tovarlarini ommaviy tarzda import qilish, korxonalarning aksiyalarini katta miqdorda sotish hisobiga kengaytirish;

2) sug‘urtalashni va jamg‘arishni rag‘batlantirish.


Nazorat savollari
1. Inflyatsiya mohiyatini tushuntiring va uning asosiy tiplarini sanab bering.

2. Inflyatsiyaning sabablarini aytib bering va uning oqibatlarini ta’riflang.

3. Inflyatsiyaga qarshi choralarni sanab bering.

4. Inflyatsiyani qanday o‘lchash mumkin?

5. Markaziy bankning asosiy vazifalarini sanab bering.
TASHQi iQtisodiy SIYOSAT va TO‘LOV

BALANSI
Almashinuv kurslari tizimi

Mamlakatlar o‘rtasidagi tashqi iqtisodiy aloqalar ularning valyuta almashinuvi zarurati sharoitini yuzaga keltiradi.



Milliy valyuta – ushbu mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan halqaro hisob-kitoblarda ishlatiluvchi pul birligidir.

Yopiq valyuta – faqat bitta mamlakat doirasida amal qiladigan va boshqa xorijiy valyutaga almashtirilmaydigan milliy valyutadir.

Zaxira valyuta – yetakchi mamlakatlarning narxlarini belgilashda tashqi savdo amallari, xorijiy investitsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblar uchun ishlatadigan milliy pul-kredit mablag‘laridir.

Erkin konvertlanadigan valyuta – boshqa xorijiy valyutalarga erkin va cheklanmagan miqdorda almashtiriladigan valyuta.

Valyutaning konvertlanganligi – milliy pul birligini xalqaro to‘lov aylanmasida halqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun erkin ishlatilish qobiliyati.

To‘liq konvertlanganlik – jismoniy va huquqiy shaxslar uchun har qanday cheklovlarning mavjud emasligi va valyutaning barcha xalqaro amallarda valyutadan to‘siqsiz foydalanish.

Cheklangan konvertlanganlik ham mavjud, u quyidagilardan iborat:

Tashqi cheklangan konvertlanganlik – valyutadan xorijiy jismoniy shaxslarning faqat joriy yoki tashqi savdo hisob-kitoblarida erkin foydalanishlari.

Ichki cheklanmagan konvertlanganlik – xorijiy valyutani huquqiy va jismoniy shaxslarga yetarli darajada erkin sotib olish va sotish.


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa