Iqtisodiyot asoslari fani predmeti vazifasi va ahamiyati



Download 1.16 Mb.
bet23/23
Sana12.01.2017
Hajmi1.16 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23

Joriy amallar bo‘yicha konvertlanganlik – bu to‘lov balansidagi joriy operatsiyalar hisobi bo‘yicha bitishuvlarni amalga oshirish uchun milliy valyutani xorijiy valyutaga erkin almashtirishadi. Xorijiy amallar bo‘ycha konvertlashni joriy qilish valyuta kursining mo‘’tadilligiga, shuningdek, olib borilayotgan soliq-byudjet va kredit-pul siyosatiga bog‘liqdir. Mamlakatda erishilgan makro Iqtisodiy Mo‘’tadillik va tegishli makroiqtisodiy rag‘batlar milliy valyutaning joriy amallar bo‘ycha konvertlash vazifasini hal qilishda muhim ahamiyatga egadir.

Bunda aholini va korxonalarni valyuta kursining tebranishining salbiy oqibatlaridan himoya qiluvchi zarur kafolatlarni yaratish, davlatning valyuta zaxiralarini almashinuv kursining barqarorligini ta’minlash uchun zarur bo‘lganhajmlarda shakllantirish alohida ahamiyatga egadir. Chunki joriy amallar bo‘ycha konvertlanishning joriy etilishi bilan tavakkal (xavf) paydo bo‘lish ehtimoli bor.



Tavakkal (xavf)ning paydo bo‘lishi ichki ishlab chiqarishning pasayishi, ishsizlikning oshishi imkoniyatida mujassamlangandir. Chunki import xaridorlarining samarasini neytrallashi mumkin bo‘lgan eksport bazasi mavjud bo‘lmaganida tovarlarning importi oshishi mumkin. Shuning uchun o‘tish iqtisodiyoti ko‘plab mamlakatlar valyuta kurslarining bir qator cheklovlarini, eksport va importni litsenziyalashni, eksportdan olingan valyuta tushumlarining bir qismini davlatga topshirish bo‘ycha talabni, xorijda hisoblar ochish ustidan nazoratni, ikki tomonlama to‘lov kelishuvlarini joriy qiladilar.

Ichki konvertlashtirish – bunda rezidentlar Milliy valyutani mamlakat ichida xorijiy valyuta aktivlariga konvertlash huquqiga ega bo‘ladilar. U valyutalarni rezidentlar uchun konvertlashtirishni, shuningdek, ichki bozorda turli xil amallarni xorijiy valyutada amalga oshirish imkoniyatini ko‘zda tutadi. Rezidentlar mamlakat ichida ma’lum tipdagi aktivlar, masalan, xorijiy valyutalar ifodalangan bank depozitlarini ushlab turishga haqlidir.

Tashqi konvertlashtirish Milliy valyutaning xorijiy valyutaga va aksincha, xorijiy valyutalarning Milliy valyutaga konvertlashtirish imkoniyatini ifodalaydi.
Nazorat savollari

1. Hozirgi zamon sharoitlarida ishlab chiqarishning baynalmilallashuvining kuchayishini keltirib chiqargan omillarni va bu jarayonning asosiy shakllarini sanab bering.

2. Ishlab chiqarishning baynalmilallashtirishining qaysi shakllarini sanab bera olasiz? Ularni ta’riflab bering.

3. Kapital chiqarishi va ishlab chiqarishining banalmilallashuvi bir-biri bilan qanday bog‘langan?

4. Valyutalarning turlarini sanab bering, ularni ta’riflang.

5. Valyuta kursi nima degani? Valyuta kursiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aytib bering.

6. Milliy valyutaning kursiga ta’sir qilish uchun hukumat qanday choralarni ko‘rishi mumkin?

7. To‘lov balansi nima va u qanday bo‘limlardan tashkil topgan?



Mundarija

Kirish ................................................................................

3







Talablar va resurslar...........................................................

10







Xo‘jalik yuritishning zaruriyati ..........................................

17







Ishlab chiqarish omillari (IChO) .......................................

22







Mehnatning bo‘linishi........................................................

28







Iqtisodiy sikl ......................................................................

31







Bozor tushunchasi va bozorning vazifasi ...........................

34







Bozorning turlari va shakllari ............................................

43







Takomillashmagan bozorlarda takomillashgan raqobat modellariga narx qo‘yish ...................................................

46








Narxni belgilashga davlatning aralashishi ..........................

63







Iqtisodiy tuzumning zarurligi ............................................

68







Iqtisodiy siklda davlatning roli ..........................................

75







Umumiy xalq xo‘jaligi hisob-kitobning tamoyillari ...........

82







Iqtisodiy siyosatda davlatning vazifalari ............................

85







Iqtisodiy siyosatning maqsadlari ........................................

89







Xo‘jalik tizimini shakllantirish siyosati ..............................

94







Iqtisodiy jarayonni tartibga solish siyosati .........................

102







Konyunktura siyosati (fiskal siyosat) .................................

120







Markaziy bankining pul-kredit siyosati .............................

125







Tashqi iqtisodiy siyosat va to‘lov balansi............................

139









Iqtisodiyot asoslari

(AKT bo‘yicha mutahassislar uchun)

Toshkent – “Fan va texnologiya” – 2006



Muharrir-tarjimon J. To‘raxonov

Tex. muharrir A. Moydinov

Musahhih M. Hayitova

Rassom SH. Odilov

Bosishga ruxsat etildi 1.02.2006. Bichimi 60x84 1/16.

Nashr tabog‘i 10,0. Adadi 2000. Buyurtma №_____

“Fan va texnologiya” nashriyoti, 700003,

Toshkent shahri, Olmazor ko‘chasi, 171-uy.

Shartnoma №06-06.


“Fan va texnologiyalar Markazining bosmaxonasi” da chop etildi.



Toshkent sh., Olmazor, 171.

www.UzReferat.ucoz.net



Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa