Iqtisodiyot asoslari fani predmeti vazifasi va ahamiyati



Download 1.16 Mb.
bet19/23
Sana12.01.2017
Hajmi1.16 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi fan va texnologiyalar markazi fan va texnika bo‘yicha davlat qo‘mitasini qayta tashkil qilish natijasida tuzilgan.

Ushbu markaz tomonidan hal qilinadigan bosh vazifalar quyidagilardir:

 davlatning ilmiy-texnik siyosatini ilmiy-texnik taraqqiyotini ko‘rsatib, shakllantirish va o‘tkazish;

 ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik tashkilotlarining yirik ilmiy-texnik dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish, istiqbolli ishlanmalarni va texnologiyalarni joriy qilish, fan va ishlab chiqarishning aloqalarini mustahkamlashni tashkil qilish bo‘yicha faoliyatlarini muvofiqlashtirishni ta’minlash;

 fan va texnika sohasining infratuzilmasini tashkil qilish va rivojlantirish;

 respublikaning xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikda ishtirokining ustuvor va asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish, xorijiy mamlakatlar bilan fan-texnika kadrlarni tayyorlash sohasidagi aloqalarni rivojlantirish;

 fan va texnika yutuqlarini iqtisodiyotning tarmoqlariga joriy qilinishini nazorat etish.
O‘zbekiston Respublikasining mulkni boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Davlat Qo‘mitasi

Ushbu qo‘mitaning vazifalari quyidagilardir:

 respublikaning davlat mulkini respublika va kommunal mulk (ma’muriyat-hududiy tuzilmalar mulki)ni bo‘linishini amalga oshirish;

 davlat tasarrufidagi chiqarilishi va xususiylashtirilishi mumkin bo‘lmagan korxonalar va mulkning turlari hamda guruhlarini aniqlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;

 past rentabelli va zarar ko‘rib ishlaydigan korxonalarni davlat tasurrufidan chiqarish va xususiylashtirish haqida qaror qabul qilish.
O‘zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi

Vazirlikning vazifalari:

 davlatning tashqi iqtisodiy siyosatini shakllantirish va o‘tkazish;

 iqtisodiyotning va aholining import mahsulotlariga talabini qondirishdir.



O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi

Uning maqsadlari quyidagilardir:

 respublika hududida yagona moliya, soliq va narx siyosatini shakllantirish va o‘tkazish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;

 ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va aholini ijtimoiy jihatdan muhofaza qilishning moliyaviy barqarorligini ta’minlash (tashkil etish).



O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziriligining bosh vazifasibyudjetni tayyorlash va uni koinflyatsion moliyalashtirishdan iborat.

Bu vazifani hal qilish mamlakatning byudjetini tayyorlash; byudjetning O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanishi; byudjetni ijrosini moliyalashtirish; xarajatlarni nazorat qilish kabi bosqichlar orqali amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tezlashtirishga moliyaviy tizim orqali faol ta’sir ko‘rsatadi; moliyaviy resurslarning hamma turlarining o‘sishini ularni ishlab chiqarishning ustuvor yo‘nalishlariga, kompleks iqtisodiy dasturlarini, mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashni moliyalashtirishga, zarur davlat zaxiralarini yaratishga konsentratsiyalash bo‘yicha choralarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi. U mulk shaklidan qat’i nazar, korxonalarda moliyaviy intizomga rioya etilishining, ularning davlat oldidagi moliyaviy majburiyatlarining bajarishlarini nazorat qilinishini ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligining asosiy vazifalari belgilab qo‘yilgan. Bularga quyidagilar kiradi:

 qimmatbaho qog‘ozlar bozorining shakllanishi, qimmatbaho qog‘ozlarning emissiyasi va harakati ustidan nazoratni amalga oshirish;

 moliya bozorini shakllantirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;

 hissadorlik jamiyatlarining yagona registrini yuritish;

 korxonalarning qimmatbaho qog‘ozlarini ro‘yxatga olish;

 xorijiy investorlarning investitsiya faoliyatini moliyaviy va soliq jihatdan tartibga solishni amalga oshrish;

 moliya, byudjet, valyuta va soliqlar sohasida rejalashtirishning va moliyalashtirishning usullarini takomillashtirish;

 soliqqa tortish, monopoliyaga qarshi siyosat, baholarni shakllantirish, sug‘urtalash, valyuta moliyaviy va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasiga oid qonunchilik va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashish.

Bu vazirlik boshqa markaziy iqtisodiy idoralar: O‘zbekiston Respublikasning Iqtisodiyot vazirligi bilan – mamlakatning yig‘ma moliyaviy balansini tuzish bo‘yicha: O‘zbekiston Respublikasining monopoliyadan chiqarish va Raqobatni rivojlantirish bo‘yicha Davlat qo‘mitasi bilan – ulgurji chakana va xarid narxlarini, shuningdek, respublikada monopoliyaga qarshi siyosatni ishlab chiqishda: Markaziy bank bilan – pul muomalasini mustahkamlash, respublika aholisining pul daromadlari va xarajatlarini muvozanatlashtirish yuzasidan choralarni ishlab chiqish bo‘yicha yaqindan ish olib boradi.



Markaziy bank. Iqtisodiyotni boshqalarga va bank tizimini nazorat qilishda uning roli beqiyosdir.

Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutaning mo‘’tadilligini ta’minlashdir. Bu atama o‘z ichiga pul massasining mo‘’tadilligini, narxlarning va milliy valyutaning almashish kursining mo‘’tadilligini oladi.
Daromadlar sohasidagi siyosat

Soliq tushumlari davlat boshqaruvi idoralarining byudjetlariga tushadi. Respublika soliqlari respublikaning byudjetiga tushadi. Mahalliy soliqlar hokimliklarning byudjetlariga tushadi.

Mamlakatning byudjeti hukumat tomonidan tayyorlanadi, mamlakatning qonun chiqaruvchi oliy hokimiyati tomonidan tasdiqlanadi. Byudjetning ijrosi uchun ham hukumat javob beradi. Davlat byudjetida o‘zida daromadlar va xarajatlarning balansini namoyon qiladi.

Daromadlar:

 foyda solig‘i;

 sotishdan olinadigan soliq;

 mahalliy soliqlar;

 tashqi iqtisodiy faoliyatdan tushgan daromadlar;

 renta to‘lovlari;

 soliqqa tortilmaydigan daromadlar;

 daromad solig‘i;

 ssuda jamg‘arma mablag‘lari va daromadlarining boshqa moddalari.

Xarajatlar:

iqtisodiyotni moliyalashtirish;

 ijtimoiy-moddiy dasturlar;

 ilmiy tadqiqot tajriba konstruktorlik ishlanmalari va ilmiy-texnik dasturlar xarajatlari;

 mudofaa xarajatlari;

 boshqaruv xarajatlari;

 maqsadli dasturlar xarajatlari;

 boshqa davlatlarga kreditlar va yordam.


Byudjetdan to‘lanadigan ma’lum to‘lovlar mavjud. Bular:

Assignotsiyalar – korxona va muassasalarni saqlash uchun davlat byudjetidan pul mablag‘larini berish.

Subsidiyalar – davlatning tashkilotlarga, muassasalarga taqdim etadigan pul nafaqalarining turidir.

Subvensiyalar – mahalliy hokimiyat idoralariga yoki alohida tarmoq xo‘jaligi idoralariga ularni rivojlantirish maqsadlarida taqdim etiladigan davlat moliyaviy nafaqasining turidir.

Dotatsiyalar – tashkilotlar va korxonalarga ularning zararlarini qoplash va qo‘llab-quvvatlab turish maqsadlari uchun beriladigan davlat nafaqasining turidir.

Shuningdek, davlat ikki guruhga bo‘linuvchi moliyaviy imtiyozlarni ham taqdim etadi. Bular:

moslashuv imtiyozlari – ular zarar ko‘rib ishlashi rejalarda ko‘zda tutilgan yoki past rentabelli korxonalarga ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish dasturlarida ko‘zda tutilgan muddatlarga beriladi.

Rag‘batlantiruvchi imtiyozlar – korxonalarni ilmiy-texnik taraqqiyotdan, davlat buyurtmasini birinchi navbatda bajarishdan iqtisodiy manfaatdorliklarini kuchaytirish va ijtimoiy vazifalarni hal qilish maqsadlarida beriladi.



Davlat byudjetining holati:

 Agar davlat byudjetining xarajatlar qismi daromadlar qismiga teng bo‘lsa, normal bo‘ladi.

 Agar xarajatlar daromadlardan oshib ketsa, tanqis bo‘ladi.

Agarda davlat byudjetining tanqisligi yalpi ichki mahsulotning 2-3 foizi darajasida bo‘lsa, u umuman olganda iqtisodiyot uchun xavfli emas. Tanqislik darajasi bundan oshib ketsa, u pul-kredit tizimlarining va butun iqtiso-diyotning ishlashiga ta’sir qiladi.



Davlat byudjetining tanqisligi sabablari:

 iqtiodiyotning tanazzul (krizis) holati va milliy daromadning o‘sishini kamayishi sharoitlarida daromadni tushishi;

 byudjet xarajatlarini oshishi;

 davlat byudjetiga tushadigan aksiz soliqlarining kamayishi.



Byudjet tanqisligini pasaytirish bo‘yicha choralar:

 konversiya;

 moliyalashtirishdan kreditlashtirishga o‘tish;

 zarar ko‘rib ishlaydigan korxonalarga berilayotgan dotatsiyalarni asta-sekin, bosqichma-bosqich tugatib borish;

 davlatni boshqarish bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish;

 soliqqa tortish tizimini o‘zgartirish;

 mahalliy byudjetlarining rolini oshirish.

Davlat qarzi – bu hukumatning davlat qimmatbaho qog‘ozlarining egalari oldidagi qarzining umumiy hajmidir. U o‘tgan davrlardagi byudjet tanqisliklari (byudjet ortiqchaliklarini olib tashlagandan so‘ng qolgan)ning summasiga tengdir.

Jahon amaliyoti byudjet tanqisligi muammosini hal qilishining to‘rtta usulini biladi. Bular:

 byudjet xarajatlarini qisqartirish;

 qo‘shimcha daromadlar manbaalarini izlab topish;

 davlat xarajatlarini moliyalashtirish uchun foydalaniladigan, ta’minlanmagan pullarni muomalaga chiqarish (emissiya qilish);

 fuqarolardan, banklardan, xo‘jalik tashkilotlaridan boshqa davlatlar va xorijiy moliyaviy tashkilotlardan pul qarzga olish.

Pulni qarzga olish davlat qarzini vujudga keltirib, u ikki turli bo‘ladi. Bular:

Ichki qarz – ichki qarzlarning qimmatbaho qog‘ozlarini sotib olgan o‘z mamlakatining fuqarolari, banklari va firmalari, shuningdek, chet el fuqarolari oldidagi qarz;

Tashqi qarz – hukumatlararo kelishuvlar asosida pul taqdim etgan hukumatlar, xalqaro banklar, moliya tashkilotlari oldidagi qarzlar.

Davlatning mavjud bo‘lishi va uning o‘z vazifalarini bajarilishi, keladigan xo‘jalik faoliyatini ochiq, oshkor yuritimoqchi bo‘lgan shaxslarning qiziqishlariga zarar yetkazmaydigan soliqlarga tortish va davlat mablag‘larini mohirona boshqaradigan tizimni yaratishini talab etadi.


O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy siyosati

Xalqaro iqtisodiy hamkorlik – bu davlatni o‘rtasidagi ko‘p qirrali tashqi-iqtisodiy aloqalarning obyektiv jarayonidir.

Tashqi iqtisodiy aloqalar tovarlar ayirboshlash, ishlab chiqarishni va ilmiy-texnik hamkorlikni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash, shuningdek, iqtisodiy hamda texnik yordam ko‘rsatish, qo‘shma korxonalar tuzish va iqtisodiy hamkorlikning boshqa shakllarini qamrab oluvchi xalqaro xo‘jalik va savdo-siyosiy munosabatlaridir. Bu munosabatlarning barchasi tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi natijasidir.

Tashqi savdo orqali xalqaro mehnat taqsimoti amalga oshiriladi. Buning natijasida ishlab chiqarish jarayonida mamlakatlar o‘rtasida ijtimoiy mehnatning iqtisodiyoti va uning natijalarining ayirboshlashi sodir bo‘lishi kerak. Xalqaro mehnat taqsimotida qatnashish qo‘yilgan iqtisodiy maqsadlarga tezroq va ijtimoiy mehnatni kamroq sarflab erishishga imkon beradi. Bundan mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini tezlashtirish uchun hamma shakldagi tashqi iqtisodiy almashinuv miqyoslarini oshirish maqsadga muvofiqdir degan xulosa kelib chiqadi.

Xalqaro tovar almashinuvi mamlakat uchun agar u, eksprot tovarlarini Ishlab chiqarishga eksportdan tushadigan mablag‘ hisobiga importning o‘rnini bosadigan tovarlarni ishlab chiqarishga qaraganda kamroq ijtimoiy mehnat sarflaydigan hollardagina maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Xalqaro mehnat taqsimoti ayrim mamlakatlarning o‘zlari almashinadigan ma’lum bir mahsulotlar turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashishlariga yordam beradi. Hyech qaysi mamlakat agar u boshqa davlatlardan ajralib, yakkalanib olsa, o‘z xo‘jaligini katta sur’atlar bilan rivojlantira olmaydi. Ijtimoiy mehnat taqsimoti bir davlat hududlaridan tashqariga chiqayapti. Mahsulotlarning ko‘plab turini milliy ishlab chiqarish borgan sari ichki talablardan ko‘proq darajada o‘tib bormoqda va ishlab chiqarish eksportini hisobga olgan holda tashkil etilmoqda. Shu bilan bir vaqtning o‘zida xalq xo‘jaligining bir qator talablarini qondirish mahsulotni chetdan olib kelishga mo‘ljallantirilgan.

Tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bir vaqtning o‘zida chetdan olib kelinishi iqtisodiy jihatdan foydaliroq bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishdan voz kecha borib, ustunlikni mamlakat uchun eng samarali bo‘lgan tarmoqlarda konsentratsiyalash (mujassamlashtirish) imkonini beradi. Shu munosabat bilan milliy xo‘jalik tuzilmasini butunlay bo‘lganidek, uning alohida olingan tarmoqlarini ham takomillashtirish uchun imkoniyatlar paydo bo‘ladi.

Ishlab chiqarish hajmi oshib, mahsulotning yangi turlari, yangi texnologiyalar paydo bo‘lib borgan sari bitta mamlakatda mahsulotlarning hamma assortimenti jahon texnik darajasida ishlab chiqarish amaliy jihatdan mumkin bo‘lmay qoladi. Xalqaro iqtisodiy hamkorlik mahsulot turlari ro‘yxatlarini ko‘paytirish, ishlab chiqarishni konsentratsiyalashni pasaytirish va ixtisoslashishini kuchaytirish imkonini beradi. Dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida tashqi savdo hajmi ishlab chiqarish hajmiga qaraganda ikki barobar tezroq o‘smoqda.



Tashqi iqtisodiy aloqalar ishlab chiqarishni konsentratsiyalash va ixtisoslashtirishdan milliy chegaralarni olib tashlaydi va ularning samaraliroq rivojlanishlari uchun kengaytiradi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat ilmiy-texnik taraqqiyotni dolzarb tadqiqotlarni va ishlanmalarni o‘tkazish, bajarish yo‘li bilan tezlashtirish imkonini beradi. Bu faoliyat, shuningdek, ularning bazasida iqtisodiyotning butun bir tarmoqlarini zamonaviy texnika vositalari bilan tezda qayta jihozlash imkoniyatini beradi. Tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish ijtimoiy vazifalarni, hal qilish ichki bozordagi tovarlar assortimentini boyitish imkoniyatlarini yaratadi.

Tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish aholining talablarini to‘laroq qondirishga yordam qiladi.

O‘zbekiston Respublikasida «Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida»gi qonun qabul qilingan bo‘lib, u respublikada tashqi iqtisodiy faoliyatni olib borish tartibini belgilaydi va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan me’yorlariga muvofiq, mulk shaklidan qat’i nazar, tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchilarining huquqlari, manfaatlari va mulklarini himoya qilinishini ta’minlaydi, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotning jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalanishishining huquqiy asoslarini yaratadi.



Tashqi iqtisodiy aloqalar faqat davlat darajasidagina emas mintaqalar darajasida ham shakllanishi lozim. O‘zbekistonda xo‘jalikni mustaqil olib borish tendensiyalari yorqin aks etib turgan mintaqalarga Toshkent, Samarqand, Buxoro, Andijon, Xorazm viloyatlari kiritilishi mumkin.

Xo‘jalik yuritishning bozor tamoyillari iqtisodiyotning davlat va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish resurslarini chegaralashni talab qiladi. Mintaqaviy hokimiyat idoralari rivojlanish mezonlarini mustaqil tanlashlari, investitsiya siyosatini mustaqil olib borishlari mumkin. Davalt esa umumiy masalalarni hal qilishi va qaysidir guruhga imtiyozlar bermasligi kerak.

Mintaqaning tashqi iqtisodiy aloqalari o‘z xo‘jaliklarining afzalliklarini ochib berishi, bunda mahalliy resurslardan samalari foydalanishlari lozim.

Respublikaning ko‘plab mintaqalarida moddiy, moliyaviy, xom ashyo resurslarining yetishmasligi kuzatilmoqda.

Shuningdek, texnik bilimlar, tashkilotchilik tajriba ham yetishmaydi. Bularning hammasi bozor munosabatlarini shakllantirish uchun xorijiy shakllarni jalb etish masalasini hal qilishni taqozo etadi. Bundan tashqari, mazkur holat tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishini to‘xtatib, ularga to‘sqinlik qilib turadi.

Tashqi iqtisodiy aloqalarni tubdan qayta qurish uchun tashqi iqtisodiy oqimlar taqdim etgan tashqi iqtisodiy faoliyat natijalari ta’siri ostida iqtisodiyotning turli sohalaridan tuzilmaviy proporsiyalarning o‘zgarishi kabi masalalar hal qilinishi kerak. Mahsulotning tarmoqlararo oqimlarining pirovard iste’moli tuzilmasi bilan o‘zaro aloqasi, shuningdek, eksportga mahsulot ishlab chiqarishni va import mahsulotlarining iste’molini yaxshilashga, Shuningdek, daromadlarni taqsimlashga yordam berishi kerak bo‘lgan tovar va valyuta oqimlarining o‘zaro aloqasi ko‘rinib, sezilib turishi kerak.



Raqobatga bardoshlilikning tarkibiy qismi bo‘lgan tovarlarning sifatini yaxshilash masalalari hal qilinishi lozim.

Importning nomukammalligi va uni noan’anaviy qo‘llash muhim masalalardandir. Respublikaning importida mamlakat o‘zi ishlab chiqara olishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarning ulushi kattadir. Gap oziq-ovqat, texnologik uskunalarining ko‘pgina turlari haqida ketmoqda.

Importdan mavjud disbalanslarni bartaraf etish uchun foydalanish unga stixiyali xarakter kasb etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi va uning mintaqalarida ko‘proq tayyorgarlikka ega bo‘lgan sanoat sektorlarida, alohida korxonalar (birlashmalar)da, eksportga mo‘ljal oldirilgan yangi korxonalarni qurish va hududiy omillarni hisobga olgan ishlab chiqarishni konsentratsiyalash masalasi hal qilinishi kerak.

Mintaqalarda bo‘lganidek, respublikada ham tashqi iqtisodiy aloqalarning infratuzilmasini modernizatsiyalash o‘tkazilishi, ularning ishonchliligi yuklarning transportirovka qilish (tashib keltirish) saqlash va ishlov berish tizimi bilan ta’minlanishi lozim.

Tashqi iqtisodiy faoliyat uchun malakali kadrlarni tayyorlash muhim masaladir.

O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi:

1. Sherikning ichki ishlariga aralashmaslik va uning davlat suverenitetiga qat’iy rioya qilish.

2. Tomonlarning to‘liq tangligi.

3. O‘zaro foydali hamkorlik.

4. Xorijiy davlatlar bilan tuzilgan shartnomalar va kelishuvchilar bo‘yicha olingan majburiyatlarni vijdonan, halol va aniq bajarish.

5. Ikki tomonlama asosida eng ko‘p qulaylik yaratish tamoyili. Bunga o‘zlari ham muqobil tayyorgarligini ko‘rsatayotgan hamma xorijiy davlatlar bilan o‘zaro foydali tovar ayirboshlash izchillik bilan o‘tkazilishi lozim.

Tashqi iqtisodiy siyosat turli vositalar bilan o‘tkazilishi mumkin. Masalan, xorijiy davlatlar bilan tuzilgan savdo shartnomalari, iqtisodiy kelishuvlar orqali amalga oshiriladigan shartnoma amaliyoti tashqi iqtisodiy siyosatni o‘tkazish vositalaridandir.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni o‘tkazish vositalariga bajxona ta’rifi litsenziyalash tizimi valyutaviy tartibga solish orqali amalga oshiriladigan tashqi savdo tartibga solinishi ham kiritilishi mumkin.

Savdo shartnomalari savdoga, savdo va dengizda suzishga, savdo va kemalar qatnoviga taalluqli bo‘lishi mumkin. Bu hujjatlar tashqi savdoning bo‘lganidek davlat bilan iqtisodiy munosabatlarning Boshqa shakllarining ham umumiy tamoyillari va huquqiy asoslarini o‘rnatadilar. Ular savdo munosabatlarining huquqiy rejimini belgilaydilar. Savdo shartnomalari ma’lum muddatga bo‘lganidek, muddati ko‘rsatilmasdan ham tuziladi. Savdo shartnomalari ratifikatsiya qilinishi kerak va ular ratifikatsiya yorliqlari almashilganidan keyingina kuchga kiradi.

Savdo kelishuvlari tovar aylanmasiga taalluqlidir, ya’ni hujjatda tomonlar ma’lum bir vaqt mobaynida bir-biriga yetkazib beradigan tovarlarning nomlari va miqdori o‘rnatib qo‘yiladi. Bu hujjatlar tomonlarning tovarlarni aniq yetkazib berish niyatlari belgilab qo‘yiladi. Uzoq muddatli kelishuvlar bu mamlakatlar bilan savdoning istiqbolli rivojlanishini yaratishga yo‘naltirilgan.

Uzoq muddatli savdo kelishuvlarining ijro qilinishi uchun, odatda, har yili tovarlarni o‘zaro yetkazib berish haqidagi bayon (protokol)lar imzolanadi. Kelishuvlarda ikkinchi tomonga obyektlarning qurilishi va ulardan foydalanish bilan bog‘liq texnik hujjatlar, litsenziyalarni o‘tkazish ko‘zda tutilishi mumkin.

Hamkorlikning yana bir shakli ilmiy-texnik hamkorlik haqidagi kelishuvga muvofiq amalga oshiriladigan ilmiy-texnik tajriba almashinuvidir.

To‘lov kelishuvlari – bu ikki yoki bir nechta davlat hukumatlari orasidagi tashqi savdo boshqa amallar bo‘yicha hisob-kitoblarning tartibi haqidagi kelishuvdir.

Ularning bank hisob raqamini ochish tartibi o‘rnatilib, valyuta belgilanadi.



Kredit kelishuvi – bu kredit taqdim etish va uni qaytarish shartlari haqidagi kelishuvlardir. U tovar va xizmatlar to‘lov muddati kechiktirib sotilayotganda, Shuningdek, pul va moddiy qiymatlarni qaytarib berish va muayyan foiz to‘lash shartlari bilan o‘tkazish (berish)da tuziladi.

Bojxona ta’rifi – bu tovar bojxona chegarasidan o‘tkazilganida olinadigan boj to‘lovlarining tizimlash-tirilgan ro‘yxatidir. Unda import bojlarining ikki turi bor. Bular: minimal va maksimal bojlardir. Minimal boj eng katta qulaylik rejimi tamoyilini tanlangan davlat tovarlariga qo‘llaniladi. Boshqa mamlakatlarga nisbatan maksimal bojlarini qo‘llash ko‘zda tutiladi.

Kontingentlashtirish – bu davlat tomonidan amalga oshiriladigan, tovarlarni eksport va import qilishning ma’muriy bir davrda ma’lum bir miqdorlar va summalarda o‘tkazish cheklovlari. Kontingent – ba’zi tovarlarga ularni olib chiqish, olib kirish yoki ayrim mamlakatlarga tranzit olib o‘tishga belgilangan me’yordir.

Kontingentlar – bu tashqi savdoning hajmini rejalashtirishning va tuzilmasining unsur (element)laridir.

Litsenziyalashbu tovarlarni olib kirish, olib chiqish va tranzit qilishga davlat idoralari tomonidan beriladigan ruxsatnomadir. Bu eksport va valyuta mablag‘larining ishlatilishi ustidan nazorat qilinishining muhim vositasidir.

Shuningdek, ixtirolarni xorijda potentlash, ixtirolardan foydalanish, texnik belgilarga litsenziyalarni sotish, yana tovar belgilarini xorijda ro‘yxatga olish, xorijda korxonalarni “kalitgacha” yakunlash sharti bilan qurishga yordam beruvchi litsenzion kelishuvlar asosida texnologiyalarni eksport qilishni kengaytirish ham tashqi iqtisodiy faoliyatning bir qismidir.

O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy strategiyasi quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:

1. Tashqi iqtisodiy faoliyatning tashkiliy-huquqiy mexanizmini va tegishli iqtisodiy infratuzilmasini yaratish.

2. Eksport ixtisoslashini aniqlash, o‘tkazilayotgan mahsulotning raqobatga bardoshliligini hisob-kitob qilish, sheriklar izlash.

3. Jalb qilingan kapitaldan ichki etaplarini qondirish va ayrim mahsulot turlarini ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish uchun oqilona foydalanish. Xorijiy kapitalni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilish tashqi iqtisodiy siyosat doirasidagi faollikning muhim yo‘nalishidir. Xorijiy mablag‘lar va moddiy vositalarni taqsimlash asosan mintaqaviy xarakterga ega. Shuning uchun hududiy kapitalning kiritilishi uchun jozibali obyektlarga aylantirishlari mumkin. Lekin shuni ham aytib ogohlantirish kerakki, mutlaqo alohidalanish, mintaqa darajasida mustaqil tartibga solish masalani hal qilishning imkoniyati yo‘q, chunki yagona bojxona tizimi mavjuddir.

Davlatning bir butun mavjud bo‘lishining zaruriy sharti mamlakat ichida tovarlar va pullarning harakatining har qanday cheklovlaridan ozod bo‘lgan ichki bozorning birligidir.

Ichki bozorda talab va taklifning keskin disbalansi (muvozanatsizligi) sharoitlarida davlat tomonidan tartibga solishning asosiy choralardan biri litsenziyalash va kvotlashtirish.

O‘zbekiston Respublikasida «Litsenziyalash va kvotalash tartibi» haqidagi nizomga amal qiladi. Unda litsenziyalashtiriladigan tovarlar ro‘yxati, kvotalarni o‘rnatish va taqsimlash hamda litsenziya berish tizimida keltirilgan. Eksport import litsenziyalarini berishni tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi amalga oshiradi. Mintaqaviy kvotalar markaziy hokimiyat tomonidan o‘rnatiladi va ularning taqsimoti va mintaqalarga yetkazilishini tashkil etuvchi tegishli vazirliklar va idoralarga xabar qilinadi. Soliqlarga muhim o‘rin ajratiladi. Bitishuvning o‘zi, savdo amali, ssuda kelishuvi, tovarning eksporti, importi bo‘lganidek, bu bitishuvdan olingan daromad ham soliqqa tortilish obyekti bo‘lib xizmat qilishlari mumkin.

Kreditlar taqdim qilish shartlari tashqi iqtisodiy munosabatlarini tartibga solishni muhim vositasiga aylanmoqda. Kreditlar bozori ikki shaklda: umumiy va loyihaviy kreditlar shaklida namoyon bo‘ladi. Ammo munosabatlarning masalan, faktorning oziq-ovqat kreditlari, vekselga kreditlash va moliya amallari kabi yangi shakllari ham kiritilishi kerak.

Faktoring – bu dispontlash sohasidagi xizmat turidir. U bozorga yangidan kiruvchilarga, shuningdek, mayda va o‘rta firmalar uchun mo‘ljallangan.

Uning mohiyati faktor – firma tomonidan mahsulotni yetkazib beruvchilardan tovar jo‘natish bo‘yicha qisqa muddatli talablarni to‘lovlarni kattaroq qismini zudlik bilan qoplash imkoni, qarzlarni to‘liq uzish, hisoblarni olib borish bo‘yicha xarajatlarni kamaytirish kafolati bilan sotib olishda mujassamlashgan.

Xorijiy investor Ishlab turgan korxonalarning aksiyalarini sotib olishlari mumkin bo‘lgan qimmatbaho qog‘ozlar bozori haqida unutmaslik kerak. Shuning uchun sanoatda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish tamoyillariga taalluqli masalalarni aniqlash muhimdir.




Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa