Iqtisodiyot asoslari fani predmeti vazifasi va ahamiyati



Download 0.54 Mb.
bet15/23
Sana12.01.2017
Hajmi0.54 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23

Nazorat savollari

1. Iqtisodiy nazariyaning asosiy muammosini tuzib bering.

2. Iqtisodiy tizimlarni tasniflashning asosiy belgilarini sanab bering.

3. Iqtisodiy tizimni tanlash muammosi nimadan iborat?

4. Iqtisodiy tizimning bosh masalalari (savollari): Nima? Qanday qilib? Kim uchun? Uning mazmunini ochib bering. Bu savollar yoniga o‘zingizdan savollar qo‘sha olarmidingiz. Javobingizni asoslab bering.

5. Iqtisodiy tizimning subyektini tanlash asosida qanday omillar yotadi?

6. Rivojlanishning o‘zbek modelini o‘ziga xos tomonlari nimalardan iborat?

7. Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish tamoyili nimani taqozo etadi?

8. O‘zbekiston iqtisodiyotini isloh qilish jarayonining strategik maqsadlarini sanab bering.
IQTISODIY SIKLDA DAVLATNING ROLI


Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishi


Bozor mexanizmi davlat tomonidan tartibga solishsiz ishlay olmaydi. Davlatning tartibga solishsiz normal bozorning bo‘lishi mumkin emas. Bu davlatning xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga bozor mexanizmining ishlashi uchun normal sharoitlar ta’minlash, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qilish maqsadida ta’siridir. Iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi o‘z ichiga turli: byudjet-soliq, pul-kredit, ma’muriy shakllarni oladi. Ma’muriy tartibga solish, masalan, majburan kartellashtirish, korxonalarni ochish uchun ruxsat olish va hokazo kabi choralar yordamida amalga oshiriladi. Byudjet-soliq shaklida tartibga solish byudjetining daromad va xarajat qismlarini tenglashtirishni ko‘zda tutadi. Tanqislik bilan moliyalashtirish inflyatsiya jarayonlarini kichraytiradi, ularga turtki va zamin bo‘ladi. Shuning uchun davlat byudjetni muvozanatlashtirishga intiladilar, pul-kredit shaklida tartibga solish foiz stavkalarini o‘zgartirishni, «ochiq bozor»dagi amallar (operatsiyalar)ni, majburiy bank zaxiralarining me’yorlarini o‘zgartirishni o‘z ichiga oladi.

Xo‘jalik yuritishning bozor tizimiga xos bo‘lgan rag‘batlar va tamoyillarning samaradorligini ijobiy baholagan holda unga xos bo‘lgan salbiy tomonlarni ham inkor etib bo‘lmaydi, ular iqtisodni nomo‘’tadil rivojlanishi tendensiyalari (inflyatsiya, ishsizlik, o‘sish sur’atlarining pasayishi), daromadlarning taqsimlanishidagi tengsizlikning kuchayishiga olib keluvchi tendensiyalarni yuzaga keltiruvchi, ijtimoiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan sohalarni rivojlantirish imkoniyatlarini cheklovchi bozor qonunlarining amal qilishning oqibatlaridir.

Shuning uchun hozirgi zamon bozor tizimi uchun iqtisodiy rivojlanishga davlatning aralashishi zarurdir. Buning miqyosi va shakllari har bir mamlakatda turlicha variantlardadir. Ammo bozor iqtisodiyotida davlatning iqtisodiy vazifalarini kengaytirish uchun obyektiv chegaralar mavjuddir. Bozor mexanizmining harakatlarini to‘g‘rilab, uning salbiy tomonlarini yumshatib turar ekan davlat bozor narxlarini shakllantirishning asoslarini va erkin raqobatni buzilmasligi kerak.

Bozor xo‘jaligida davlatning vazifalari:


 Bozor iqtisodiyotining samarali ishlashiga yordam beruvchi huquqiy asoslarni va ijtimoiy muhitni yaratish, bozor munosabatlari subyektlarining o‘zlarini tutishlariga iqtisodiy richaglar (soliqlar, narxlar siyosatida maqsadga yo‘naltirilgan cheklash, davlat subsidiyalari, kreditlar, jarimalar, bojxona yig‘imlari) yordamida ta’sir qilib bozor xo‘jaligini tartibga solish.

 monopoliyaga qarshi siyosat va raqobatni qo‘llab-quvvatlash;

 qayta ishlab chiqarishning samarali umumiy sharoitlarini yaratish (ishlab chiqarish, tabiatni muhofaza qilish va ijtimoiy infratizimni rivojlantirish);

 davlat mulkini iqtisodiyotning ushbu sektorida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo‘li bilan sotish (realizatsiya qilish);

 bozorning salbiy tomonlarining o‘rnini to‘ldirish;

 qayta ishlab chiqarishni makro darajada iqtisodiy dinamikani tartibga solish vositasida, investitsion-tuzilmaviy siyosat, ishlab chiqarishning, ishsizlik va inflyatsiya darajasi ustidan moliyaviy va soliq nazorat yo‘li bilan mo‘’tadillashtirish;

 daromadlarni qayta taqsimlash, transfert (mehnat sarflari bilan bog‘liq bo‘lmagan) to‘lovlarni amalga oshirish yo‘li bilan adolat tamoyillari, ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash;

 kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash;

 fiskal siyosatni o‘tkazish – xo‘jalik yurituvchi subyektlar daromadlarining bir qismini byudjetni shakllantirish uchun olib qo‘yish.

XX asrdan boshlab, davlat o‘ziga Iqtisodiy subyekt sifatida xos bo‘lgan – davlat mulkini va davlat tadbirkorligini rivojlantirish vazifalarini ham bajara boshladi.



Iqtisodiyotda davlat sektori tarixiy o‘sishining eng muhim sabablari:

 urushlar va milliy mudofaa;

 makrodinamik jarayonlarini infratuzilmaviy ta’minlash;

 aholi sonini o‘sishi;

 urbensiyalash (qishloq aholisining shaharlarga ko‘chishi);

 atrof-muhitni muhofaza qilish muammolari.



Davlat sektorining faoliyat sohalari:

 militarizatsiyalashtirish (harbiylashtirish, urush, mudofaa uchun mahsulot, xom-ashyo, qurol-aslaha ishlab chiqarish) va konversiya;

 ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi:

 mablag‘ va ilmiy salohiyat ko‘proq jalb etilishini talab qiluvchi tarmoqlardagi innovatsion jarayonlar;

 iqtisodiyotning «bemor» sohalari.

Davlat sektorining optimal chegaralari

Davlat mulkining miqyoslari rivojlangan kapitalistik davlatlarda hozirgi paytga kelib sezilarli, aniqrog‘i, salmoqli hajmlargacha ko‘paydi. AQShdagi, G‘arbiy Yevropadagi davlat mulki holatining qat’iy farqi yirik firmalar faoliyatining ko‘lami va kuchi bilan izohlanadi.

Ikkinchi jahon urushidan so‘ng G‘arbiy Yevropada xususiy sektor faoliyatning hamma sohalarini qamrab ololmagan, aynan mana shu salmoqli davlat sektorining paydo bo‘lishining sababi bo‘ldi.

Hozirgi zamon bozor xo‘jaligi Iqtisodiyotining xususiy va davlat sektorlarining o‘zaro aloqasiga, hamkorlik hamda harakatiga asoslangan.

Iqtisodiyotga ta’sirining intensivligining darajasi va davlat hal qilayotgan ustuvor vazifalarining darajasiga qarab zamonaviy bozor xo‘jaligining modellarini farqlaydilar.





Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa